O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə2/6
tarix25.01.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#99214
1   2   3   4   5   6
Magistrlik ishi bo\'yicha doklad Egamberdiyeva F

KIRISH

  • O'zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi inson va uning manfaatlari, uning xavfsizligi va farovonligini ta'minlash hamda barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgandir. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyingi vaqt ichida bosib o'tgan taraqqiyot yo'li asrlarga arzigulik samara va mazmun kasb etmoqda.
  • Ma'lumki, taraqqiyotni harakatga keltirishda va turmushda ro'y berayotgan jarayonlarga o'z ta'sirini o’tkazishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy yangilanishning muhim subyekti bo'lgan yoshlar, ularni barkamol shaxs qilib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
  • Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lida borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. O’zbekiston Respublikasida “Ta'lim to'g'risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
  • Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o'quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog o'qituvchi o'z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi.
  • Bugungi axborot makoni insonni har tomonlama qamrab olgan vaqtda, axborotlarni unumli va samarali qabul qilish, vaqtni tejash maqsadida, mustaqil ishlarni eskirib qolgan referat shaklida emas, balki iSpring dasturlari, videoma’ruzalar shaklida, yangi avlod taqdimotlari shaklida, audio va videoma’ruzalar, animatsiyalar, kompyuter modellari shaklida, iSpring Sute paketi dasturlari yordamida yoki Bandicam, SnagIt, Comtasiya studio dasturlari vositasida elektron shaklda o’qituvchi tomonidan qabul qilish va qog’ozsiz qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə