O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə5/6
tarix25.01.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#99214
1   2   3   4   5   6
Magistrlik ishi bo\'yicha doklad Egamberdiyeva F

Masalaning qo’yilishi:

  • Masalaning qo’yilishi:
  • Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi “Dasturlash tillari” fanidan multimediali elektron o’quv qo’llanma yaratishdir. Elektron o’quv qo’llanma mazkur fan bo’yicha barcha amaliy va nazariy bilimlarni hamda davlat ta’lim standartlari talablarini o’z ichiga oladi. O’quv qo’llanmadan talabalar va o’qituvchilar o’quv jarayonida foydalanishlari mumkin.

Dissertatsiya ishining maqsadi:

  • Dissertatsiya ishining maqsadi:
  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining Dasturlash tillari bo’limini o’qitishda multimediali ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish.

Dissertatsiya ishning vazifalari :

  • -”Dasturlash tillari” faninining dars samaradorligini oshirishda multimediali ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ayrim xususiyatlarini ochib berish;
  • -”Dasturlash tillari” fani dars jarayonini olib borishda axborot kommunikatsion texnologiyalarning o’rnini ko’rsatib berish;
  • - Multimediali ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda dars samaradorligini oshirishga mo'ljallangan o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish
  • - Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va olingan natijalarni tahlil qilish.

Dissertatsiya ishining obyekti:

  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanining “Dasturlash tillari” bo’limini o’qitish jarayoni, fan o’qituvchilarining takliflari, fikrlari va o’quv-tarbiya jarayoni.

Dissertatsiya ishining predmeti :

  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanining “Dasturlash tillari” bo’limini o’qitishda multimediali ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha elektron o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish va uni rivojlantirish bosqichlari, baholash mezonlari va usullari.

Dissertatsiya ishining ilmiy ahamiyati

  • Dissertatsiya ishining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ishni bajarish natijasida Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari”ning Dasturlash tillari bo’limini o’qitishda multimediali ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha ishlab chiqilgan ishlanmalar va ularni dars jarayonida qo'llashga oid metodik tavsiyalardan foydalanish natijasida dars samaradorligi oshadi, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlana boradi, o’qituvchining dars sifati yanada yuqori bo’lishiga erishiladi. Umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish uslubiyatini ishlab chiqish, o‘qitish samarasini oshirish uchun vazifalarni belgilash, umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarida Delphi, C++, Python, Java dasturlash tillarini o‘qitish uchun zarur o‘quv-uslubiy va didaktik materiallarni tayyorlash, talabalar qiyin o‘zlashtiradigan mavzularni aniqlash va ularni o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Bugungi kunda bir qancha zamonaviy dasturlash tillari mavjud. Dasturlashni o‘rganuvchi yoshlar uchun qiyin bo‘lmagan, sodda sintaksisga ega, mashina emas odam tiliga yaqin bo‘lgan til va o‘zining universalligi bilan ajralib turadigan dasturlash tilidan boshlaganlari ma’qul. Bunga misol qilib Java tilini olishimiz mumkin. Mobil ilovalarni ishlab chiqishda ham java dasturlash tili asos bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə