O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə14/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Video metod:







  • nazorat o‘tkazish;




  • internetda ishlash;




  • elektron variantlar bilan ishlash;




  • o‘quv filmlarini tayyorlash va namoyish etish;




  • axborottexnologiyalarigaasoslanib,ishlabchiqilgandasturlar

asosida kompyuterda farmasevtika ko‘rsatkichlarni hisoblash, ularga omillar ta'sirini o‘rganish;


* multimedia asosida taqdimot tayyorlash, namoyish etish va boshqa shu kabilarni qamrab oladi.


Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda dars o‘tishda qanday ta'lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnik vositalarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchi-talabalarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur o‘zlashtirishga katta yordam beradi o‘qitish vositalarining mukammallashib borishi natijasida dars o‘tish jarayonini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni ortib bormoqda. Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko‘ra universal va Maxsus texnik vositalarga bo‘linadi.


Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, proektor, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.


Maxsus vositalar, ma'lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga oladi.


Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, video-magnitofon, kompyuter kabilaiga bo‘lish mumkin.


Ta'lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta'lim vositalari deb ataladi.


O‘quv jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng kam chiqim talab qiladigan vosita oddiy doska hisoblanadi.

Doskadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin: — notanish so‘z, iboralarni yozish;








  • rasmlar yordamida illyustratsiya qilish;




  • misollar yechish;




  • formulalar yozish va boshqalar.

Doska har bir auditoriyada bo‘lishi kerak. Dars paytida doskadan foydalanish uchun uni darsga tayyorlash lozim. Agarda o‘qituvchi ilgari dars o‘tmagan auditoriyada dars o‘tadigan bo‘lsa, doskaning o‘lchamlari,uning qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga harakat qilish lozim:


Doskaga aniq, talabalar o‘qiy oladigan qilib yozish kerak. Yozayotganda tushuntirishni to‘htatib, yozib bo‘lgach, gapirish kerak. Chunki auditoriyada talabalaiga orqa o‘girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg‘ash qiyin.

Doskada ishlashning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə