O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu — nazariy jihatdan qo‘yilgan



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə3/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu — nazariy jihatdan qo‘yilgan
maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir.
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogike1) bo’lib, insonil shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to’g’risidagi hamda ta'lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.
Metodologiya esa (yunoncha metod va logiya so‘zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limotdir.
Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta'siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya'ni ilmiy bilish faoliyatining shakJlari va usullari tushuniladi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida metodologiyaga quyidagicha ta'rif berilgan: «Metodlar haqidagi ta'limot fanda metodologiya deyiladi».
«Metodologiya — tadqiqotning nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta‘liimot»2.
«Metodologiya metodlar haqidagi ta'limot yoki yalpi umumiy bilish metodi» deb ham ta'riflanadi. Metodologiya metodlaiga va umuman voqyelikka qanday yondashish yo‘lini o‘rgatadi. Voq‘elikning muayyan qismini, biron jihatini o‘rgatuvchi metodologiyaga metafizikani, voqyelikni chiziqli rivojlanishi, o‘zgarish jarayonini uni tashkil etuvchi bilimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, voqyelikda ro‘y beruvchi, keskin halokatli o‘zgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini o‘rganishda qo‘llanilayotgan metodologiyaga sinergetikani misol sifatida kiritish mumkin» — deyiladi, mazkur ensiklopediyada.
Insonning boshqa maxluqotlardan farqi uning ma'lum bir maqsad sari harakat qilishidir. Maqsadga yetishda turli-tuman to‘siqlarga duch kelinadi. Muayyan to‘siqni yechish uchun qo‘llaniladigan chora yoki tadbirni usul deyiladi. Maqsadga yetishda qo‘llaniladigan chora-tadbirlar ma'lum bir ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Bu — qonuniyat. Ana shu turli-tuman chora-tadbirlarni ma'lum bir ketma-ketdikda qo‘llash usullar tizimi bo‘ladi.
Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma'lum bir fanni o‘rganish, o‘qilish metodlari to‘g‘risidagi talimot.

Farmatsiya fanlarni o‘qitish metodikasining maqsadi farmatsiya-nazariy ta'lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini o‘rganishdir.


Boshqacha aytganda metodika — bu dars o‘tishda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarni realizatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir.
Magistratura talabalari uchun «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» o‘rganilishi zarur bo‘lgan asosiy predmetlardan biri hisoblanadi. Farma-pedagoglar tayyorlashda esa Maxsus fanlar – mutaxassislic fanlar bo‘lib, ana shu fanlardan dars o‘tish metodikasi o‘rganiladi.
Dars o‘tish o‘qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‘z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar katta ahamiyatga
ega. Shu sababli, farmasevt-pedagoglar mutaxassislic fanlarni o‘rganish metodlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak.

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi – yetuk kadrlarni tayorlash maqsadida farmasevt-pedagoglarga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mahsus fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan turli an‘anaviy va interfaol usullar va ularni dars jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatish hamda yangi usullarni yaratish bo‘yicha ko‘nikma va malakasini shakillantirishdir.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə