O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə4/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Fanning vazifasi – magistratura talabalarini mahsus fanlarni o‘qitish metodikasi sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy –pedagogik va amaliy ishlab-chqarish faoliyatiga tayorlashdan iborat.

Mutaxassislic fanlar faqatgina nazariy emas, amaliy fanlardir. Ular bevosita amaliyotga tayanadi, aniq ma'lumotlar, dalillar, raqamlar hisob-kitoblarga asoslanadi. Shuning uchun farmatsiyaga oid bilimlarni o‘rganish, tafakkurni shakllantirish, real farmatsiyaga oid jarayonlar asosida amalga oshiriladi.


Nazorat savollari



  1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani nimani o‘rganadi?

Fanning maqsadi va vazifalarini ko‘rsating.


2-mavzu Maxsus fanlarni o‘qitish jarayoni yahlit tizim sifatida
Reja:
1.Maxsus fanlarni o’qitishda : pedagogik jarayon, o’quv jarayoni, tizimli yondashuv tushunchalari
2. Mutaxassislik fanlarni o’qitishda tizimli yondashuv .
3.Maxsus (pedagogika ) fanlarni o’qitishda o’qituvchi shaxsi va uning metodik kompetentligi .
Metodika, bir tomondan o‘rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi
tomondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi.
Fanning rivojlana borishi bilan o‘rganish metodlarining roli ortib boradi.
Metodlarsiz qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. O‘qituvchining metodik
mahorati, dars o‘tishning yangi metodlarini o‘zlashtirishiga yetarli e'tibor berilmas ekan, ta'limda, sifat oshmaydi. O‘qituvchilarning metodik mahoratini oshirishga qilingan xarajatlar, ularni bunga rag‘batlantirish «minimal xarajat qilib, maksimal samara» olish imkonini beradi.
Ta'lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar:
1. Faollik tamoyili
Inson ta'lim olishining haqiqiy, chinakam mohiyati o‘zining aqliy faoliyati natijasida bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir.
Talaba o‘z harakati bilan fanlarni yaxshiroq o‘rganadi va o'zlashtiradi. o‘quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, ularning o‘zlari fanga qiziqsin, uni bilishga
harakat qilib, intilsin. Buning uchun o‘quvchi-talabalar darsga faol qatnashishi lozim.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə