O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə7/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Texnologik xarita — ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik operatsiyalar ketma-ketligini yorituvchi texnik hujjat.
Texnologik operatsiyalar esa ishchi tomonidan o‘zining ish o‘rnida bajariladigan yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi.
Texnologik xaritada ana shu operatsiyalar va ularni qanday ketma -ketlikda qanday bajarilishi ko‘rsatiladi. Xuddi mahsulot ishlab chiqarishda bo‘lganidek o‘quv yurtlarining «mahsuloti» ko‘zda tutilgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlardir. Xaritada ana shu jarayon, unda bajariladigan «operatsiya»lar ketma-ketligi, muddati ko‘rsatiladi.
Tuzilgan texnologik xarita kafedra majlisida tasdiqlanadi hamda majlis bayonnomasi tartib raqami qo‘yilib, kafedra mudiri, fakultet dekani, o‘quv bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Xarita 2 nusxada tuziladi. Nusxalarni kafedra va o‘quv bo‘limida saqlanadi.
Xaritaning aslidan olingan nusxa fan bo‘yicha dars beruvchi o‘qituvchi qo‘lida bo‘lib, rejada belgilangan dars va mustaqil ishlarni haqiqatda bajarilishi bilan kuzatib, nazorat qilib boriladi.
Texnologik xarita o‘quv dasturi asosida o‘tiladigan fanlardan tashqari har -bir mavzu, har bir dars bo‘yicha ham ishlab chiqiladi.
Dars jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda kalendar reja ham muhim o‘rin tutadi. Kalendar reja odatda, o‘quv dasturi, o‘quv texnologik xarita va dars jadvali asosida tuziladi.
O‘quv dasturi bo‘yicha o‘rganiladigan fandan kalendar reja, har bir o‘qituvchi tomonidan har bir akademguruh uchun tuzilib, unda mavzular bo‘yicha ajratilgan soat va uni ma'ruza, amaliy (seminar) mashg‘uloti, mustaqil ishlar bo‘yicha taqsimlanishi bo‘yicha reja bo‘yicha o‘tiladigan sana va soati, haqiqatda bajarilishi ko‘rsatiladi.
Kalendar reja orqali har bir mavzuni belgilangan muddat va ajratilgan soat bo‘yicha dars o‘tishni nazorat qilish amalga oshiri-ladi.
O’quv majmuasi va uning tarkibi, o’quv dasturining tutgan o’rni
Fanni o‘rganish uchun rejalashtirilgan mavzular ta'lim stan-dartlaridan kelib chiqqan holda, qo‘yilgan maqsadga ko‘ra o‘quv dasturida o‘z ifodasini topadi.
O‘quv dasturi fanni o‘rganish bo‘yicha hujjat hisoblanib, bo‘lajak mutaxassisga qo‘yilgan talablarga mos holda ta'lim maz-munini va uni o‘quvchi, talabalar tomonidan o‘zlashtirishni tashkil etish usullarini aks ettiradi.
O‘quv dasturlari alohida o‘quv piedmetlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni o‘rganish ketma-ketligini belgilaydi.
Har bir mavzu bo‘yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib chiqqan holda, mavzuning mazmunini o‘zlashtirish uchun uning xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o‘zlashtirish zarur bo‘lgan masalalar, qo‘yilgan muammo va boshqalarni hisobga olib o‘quv jarayonini tashkiliy shakllari bo‘yicha vaqt ajratiladi.
Har bir mavzu o‘rganiladigan fanning shu mavzu doirasidagi qisqacha mazmunini ifodalaydi.
Dastur fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda tarmoq standartlariga muvofiq ravishda shu fan o‘quvchi-talabalarda qanday bilim va ko‘nikmalarni shakllantirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. o‘quv dasturi namunaviy va ishchi o‘quv dasturidan iborat bo‘lib, ishchi o‘quv dasturi namunaviy dastur asosida toziladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə