O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


O’quv dasturlari quyidagi talablarga javob berishi zarur



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə8/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

O’quv dasturlari quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Dastur aniq qoidaga asoslangan bo‘lishi kerak. Jamiyat taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda o‘quv dasturini ishlab chiqish metodikasiga muvofiq bo‘lishi zarur. o‘quv dasturi ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablarga javob berishi, unga muvofiq o‘quv dasturi tarkibini belgilash lozim.
Ilmiylik prinsipiga asoslanishi. Dastur ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida tuziladi.
O‘quv dasturlari ishlab chiqishda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida respublikada joriy etilgan uzluksiz ta‘lirn tizimining ta'lim turlari (o‘rta Maxsus, kasb-hunar ta'limi, bakalavriat, magis-tratura) o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash, fanlarda mavzular ketma-ketligiga, oddiydan murakkabga, . xususiydan umumiylikka o‘tib borishga, ta'lim turlari bo‘yicha mavzular tak-rorlanmasligiga alohida e'tibor qaratish kerak.
Dastur fan, texnika, texnologiyaning so‘nggi yutuqlari, ta'lim tizimining rivojlanishi, jahon tendensiyasini hisobga olishi zarur.
Tarixiylik va zamonaviylik. Dasturda fan rivojlanishining xususiyatlari, hissa qo‘shgan olimlar, tarixiy shaxslar faoliyati ham aks ettirilishi, hozirgi rivojlanishi darajasiga muvofiq bilim berishni ko‘zlagan bo‘lishi zarur.
Gumanitarizm va milliylik. Dastur insonparvarlik, xalqparvarlik, ezgulik g‘oyalarini ustun qo‘yib, milliy g‘urur, milliy qadriyatlarni hisobga olish, ularga amal qilishni tartib qilish, mamlakatning rivojlanishini ilmiy asoslangan holda bayon qilishni ko‘zda tutishi kerak.
Izchillik va nazariya bilan amaliyot birligini ta'minlash. Dastur aniq mazmun va mantiqiy qoidalarni o‘zida aks ettirishi, umumiy o‘rta ta'lim va oliy ta'limga taalluqli mutanosib fan dasturlari bilan muvofiqlashtiiish, qo‘yilgan mavzularning mantiqiy izchilligini ta'minlash, fanni hayot bilan, nazariyani amaliyot bilan uzviy bog‘laydigan uslubiyotga rioya qilishi zarur.
Xalqaro standart va raqobatbardoshlik. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘rganilayotgan ana shu fan bo‘yicha amalda bo‘lgan o‘quv dasturlari bilan taqqoslash, munozara qilish, tajriba almashish asosida, rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan ilg‘orlikni ta'minlashga qaratilishi zarur.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə