O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-Milliy g’oyaning milliy negizlar va umumdemokratik printsiplarga asoslanishi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə55/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

25-Milliy g’oyaning milliy negizlar va umumdemokratik printsiplarga asoslanishi
Reja:

  1. Milliy g’oyaning milliy-ma’naviy negizlari va umumdemokratik printsiplari.

  2. “Demokratik taraqqiyot” tushunchasi ma’no-mazmuni, jamiyat g’oyaviy mafkuraviy asoslarini demokratik taraqqiyot bilan bog’liqligi.

  3. Milliy g’oya – O’zbekiston demokratik taraqqiyotining g’oyaviy–mafkuraviy asosi.



Millat taqdiriga daxldor bo’lgan g’oyalar eng avvalo, milliy zamin bilan bog’liq bo’ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan g’oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qilaolmaydi.
Bu jarayonda ikki muhim qonuniyat amal qiladi:
Birinchi qonuniyat millatning mavjudligi uning o’ziga xos xususiyatlar va mentalitetga ega ekanligi. Ular millat taraqkiyoti va istiqboli uchun asosiy manba hisoblanadi. O’z negizlari asosida rivojlanish yo’lidan bormaydigan millat istiqbolda, o’zligini yo’qotadi. Uni hisobga olish, amal qilishini millatning o’z negizlariga tayanib rivojlanish qonuniyati – deb aytish mumkin bo’ladi.
Ikkinchi qonuniyat har qanday jarayonda bo’lgani kabi milliy rivojlanishda ham vorislik qonuni amal qiladi. Uning mazmuni shundaki, barcha jarayonlar o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, balki ular shu yo’nalishda mavjud bo’lgan oldingilari bilan bog’liq bo’ladi. Uning negizida yuzaga keladi, undan keyingi taraqqiyot uchun xizmat qilishi mumkin bulgan elementlarni qabul qilish asosida, yangisi shakllana boshlaydi. Bu jarayon vorislik qonuni hisoblanadi.
U millatning o’z negiziga asoslanib rivojlanishi shart bo’lgani uchungina emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning xarakterli xususiyati hisoblanadi.
Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning o’z negizlari asosida rivojlanishi uchun imkoniyatlar salmog’ining mustaxkam bo’lishiga xizmat qiladi.
Milliy g’oya shakllanishida ana shu ikki qonuniyatning uyg’unligi asosiy hisoblanadi.
Albatta, milliy g’oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi. Shuning bilan bir qatorda umumbashariyat erishgan ilg’or yutuqlarga ham tayanadi.
Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin uni yangilash va rivojlantirishning quyidagi to’rtta asosiy negizini belgilab bergan edi. Bular:

  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  • vatanparvarlik1 kabilardir.

Ko’rinib turibdiki, ularda milliy g’oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar bilan o’zaro uyg’unlashib ketgan.
Ana shu negizlar asosida milliy g’oyamizning asosiy tamoyillari shakllanadi. Xo’sh tamoyil nima? Tamoyil biror bir ta’limot, dunyoqarash yoki faoliyatning qat’i amal qiladigan qoidasi va meyorini anglatuvchi tushuncha hisoblanadi.
Shu ma’noda ham milliy g’oyaning o’ziga xos tamoyillari mavjud bo’lib, ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda.
Milliy g’oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
-milliy ong, milliy tafakkurning va milliy o’zlikni shakllantirishga yo’naltirilganligi;
-millatni birlashtirishga qaratilganligi;
-millat manfaatini ifodalashi;
-milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning mustaxkamlanishi va rivojlanishiga asos bo’lishi;
-milliy g’urur, iftixor va ma’suliyatning shakllanishi va mustaxkamlanishiga zamin bo’lishi;
-ko’p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga asos bo’lishi;
-milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o’zlashtirish va keyingi avlodga yetkazishning ma’naviy-ruhiy manbasi bo’lishi;
-yoshlarimizda Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik ma’naviy, ruhiy salohiyatining shakllantirishga qaratilganligi;
-millatimizning mustaqil sub’ekt sifatida maqomini aks ettirish;
-millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma’naviy-ruhiy salohiyat bo’lish;
-millatimizning o’zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elatlar vakillarini o’z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga xurmat, ehtirom bilan qarash, yordam ko’rsatish, xamkorlikni mustaxkamlash va ular asosida yagona o’zbekiston xalqi tuyg’ularining shakllanishiga manba bo’lishi;
-millatimizning zamonaviy tsivilizatsiyalariga munosib hissa qo’shishiga ma’naviy-ruhiy, kuch- qudrat va ilhom bag’ishlashi;
-O’zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish va mustaxkamlashning nazariy asosi bo’lish;
-komil inson g’oyasini o’zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi.
Milliy g’oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy o’zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongida namoyon bo’lishidir.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə