O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-O’zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə59/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

29-O’zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda
milliy g’oyaning o’rni
Reja:
1. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga to’laqonli a’zo bo’lishi – Istiqlolning sharofati.
2. Davlat mustaqilligining BMT tomonidan tan olinishi.
3. Yurtimizning xalqaro tashkilotlarga a’zoligi.

O’zbekistonning mustaqil rivojlanishidagi o’tgan qisqa tarixiy davrda respublikani suveren davlat sifatida qaror toptirish yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirildi. Hozir O’zbekistonni 165 davlat tan olgan. Dunyodagi 140 dan ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari o’rnatilgan. Toshkentda 80 dan ortiq mamlakat o’z elchixonasini ochgan.


Bugungi kunda O’zbekiston to’la huquqli asosda eng obro’li va nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirgan bo’lib, barcha qit’alardagi o’nlab mamlakatlar bilan do’stona aloqalarni rivojlantirib bormoqda. Eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va nohukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari royxatdan o’tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkiloti ishlab turibdi. O’tgan yillar mobaynida respublika ko’plab juda muhim xalqaro konventsiyalarga qo’shildi.
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq ishlab chiqilgan quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilmoqda.
Birinchidan, o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
Ikkinchidan, teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
Uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
To’rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi;
Beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.
Biz tashqi aloqalarni xalqaro munosabatlarning turli yo’nalishlari boyicha muvaffaqiyatli rivojlantirishni xavfsizlik va barqarorlikning kafolati deb bilamiz. O’zbekiston dunyo uchun ochiq. Biz ham dunyoning O’zbekistonga juda katta qiziqish bilan qarayotganligini his etmoqdamiz. Bu esa O’zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun eng yaxshi kafolatdir. Buni biz O’zbekiston kapital sarflash nuqtai nazaridan ham, dunyo miqyosidagi keng qamrovli xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida mintaqada barqarorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan ham borgan sari e’tiborga sazovor bo’lib borayotganligining dalili deb bilamiz.
Biz jahon hamjamiyati bilan keng ko’lamda integratsiyalashgan zamonaviy demokratik davlatni qurishdan iborat strategik vazifani hal qilar ekanmiz, jahon hamjamiyatining o’zi bugungi kunda serqirra bo’lib borayotganligini juda yaxshi tushunamiz. XX asr oxirida dunyoda jo’Qrofiy-siyosiy ahamiyati va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar roy bermoqda. Bu o’zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur oylab ko’rishni, balki ko’p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. "Sovuq urush" davrida xalqaro munosabatlarga asos bo’lgan ko’p qoidalar, tamoyil va G’oyalarni tubdan qayta ko’rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga boQliq tizim bo’lib bormoqda, unda o’zi-o’zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o’rin yo’q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o’zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qoymoqda.
XXI asr, shubhasiz, xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo’ladi. Bunday sharoitda integratsiya jarayonini, xalqaro institutlar va tashkilotlarda suveren davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozosi deb emas, balki ayrim mintaqalar ko’lamida ham, shuningdek, umuman - butun sayyoramiz ko’lamida ham sobitqadamlik, barqarorlikning qudratli omili deb hisoblamoq zarur.
Bu holda masala xalqaro integratsiya jarayonlarida qatnashish yoki qatnashmaslik tarzida qoyilmaydi. Yangi mustaqil davlat bo’lgan O’zbekiston uchun, eng avvalo, tashqi siyosatning oqilona maqbullikka hamda davlatimiz, jamiyat va insonning uzoqni ko’zlovchi manfaatlariga asoslanadigan eng muhim tamoyillariga qat’iy rioya etish ulkan ahamiyat kasb etmoqda.
Biz uchun mustaqillik - o’z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo o’z hayotimizni o’z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko’zlagan holda tashkil etish, o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurish huquqidir. Shu bois o’z-o’zidan ayonki, agar integratsiya mamlakatimizning ozodligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini cheklab qoysa yoki qandaydir mafkuraviy majburiyatlar bilan boQlansa, u holda chetdan olib kelinadigan har qanday integratsiya biz uchun nomaqbul.
Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlanQich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida - integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir.
Biz mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo’lgan demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos kelgan taqdirdagina jahon hamjamiyatiga kirishimiz mumkinligiga asoslanamiz. Ayni choQda mamlakat jahon hamjamiyati bilan hamkorlik o’rnatgan taqdirdagina, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o’zining munosib o’rnini topganda, mintaqa va butun dunyo xavfsizlik tizimlarini barpo etishda faol ishtirok etgandagina uni zamonaviylashtirish mumkin bo’ladi.
O’zbekistonning xalqaro munosabatlarning turli sub’ektlari bilan aloqalari qanchalik chuqur va keng bo’lsa, ular bilan munosabatlarda noaniqliklar, yotsirashlar, muammolar va hal qilinmagan masalalar, kutilmagan voqea-hodisalar shunchalik kam bo’ladi. Xuddi shu narsa xavfsizlikka solinayotgan tahdidlarni bartaraf etish va barqaror rivojlanishni ta’minlashning zarur shartidir.
Qolaversa, biz mamlakatlar va davlatlarning xavfsizlik darajasi ularning integratsiya jarayonlarida qatnashish darajasiga bevosita boQliq deb hisoblaymiz. Mamlakat qanchalik integratsiya aloqalari bilan boQlangan bo’lsa, uning xavfsizligiga tahdid shunchalik kam bo’ladi.
Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda, eng avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz. 1997 yil 2 martda O’zbekiston BMTga a’zo bo’lganligiga besh yil to’ldi. Biz o’zimizning bunday obro’li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini qaratish imkoniyati deb bilamiz. O’ozirgi paytda umumiy xavfsizlik muammosiga aloqador bo’lgan xalqaro tashkilotlar G’oyat xilma-xil bo’lishiga qaramay, faqat BMTgina xavfsizlikni saqlash va ta’minlashga xizmat qiladigan - oldini olishga qaratilgan diplomatiyadan tortib to tinchlik o’rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo’lgan vositalarning hammasiga ega.


1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б. 102.

2 1 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ этиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. -Т.:Ўзбекистон, 2000. 8.Т. –Б.565-566.

3 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б. 76.



4 Қаранг: Тўраев Б., Раматов Ж. Миллий истиқлол ғояси: асосий хусусиятлари, фалсафий ва тарихий илдизлари. -Т.: Ижод дунёси, 2002.

1. Қаранг: Тўраев Б., Раматов Ж. Ўша китоб.

1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 132.

5 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 28-29.

6 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.101

1Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.11. Т.: Ўзбекистон, 2003. –Б.21.

7 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 50-51.

8 1Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.11. Т.: Ўзбекистон, 2003. –Б.27.

1 Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни - халқ, миллатни- миллат қилишга хизмат этсин. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 94. 8.

1 Каримов И. Тарихий зотирасиз келажак йўқ. - Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 137.

9 Қаранг: Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Изоҳли кўргазмали воситалар тўплами. -Т.: Янги аср авлоди, 2001,. –Б. 12-17.

10 Қаранг: Тўраев Б., Раматов Ж. Миллий истиқлол ғояси: асосий хусусиятлари, фалсафий ва тарихий илдизлари. -Т.: Ижод дунёси, 2002.

11  Каитмов И.А. Оллощ =албимизда, юрагимизда, Т.: «Ызбекитон», 1999 йил, 18-бет

12 И.Каримовнинг Ш. Рашидов таваллудининг 75 йилилигига ба\ишлаб сызлаган нут=идан.1992 йил,тноябрь

13 Каримов И. А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт-пировард мақсадимиз. Т.8. – Т.:Ўзбекистон, 2000. –Б. 503.

14 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар, тамойиллар ва атамалар (қисқа изоҳли тажрибавий луғат) –Т.: 2002. –Б. 149.

15 «Жаҳон адабиёти», 2003, ноябр. 116-бет.

16 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 28-29.

17 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.101

1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 135.

1 Каримов И. . А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 143.

18 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 50-51.

19 1Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.11. Т.: Ўзбекистон, 2003. –Б.27.

20

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə