O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


To’g’ridan – to’g’ri boglanish



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə117/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129
маъруза

To’g’ridan – to’g’ri boglanish
U sizga tarmoqning xamma imkoniyatlaridan to’liq foydalanishga imkon beradi. Provayder Siz uchun aloxida telefon tarmogini ajratadi va serverni sizning kompyuteringizda joylashtiradi. Bu boglanishning eng sifatli usuli bulib juda qimmat baholanadi.
Siz server yordamida boshqa maxalliy kompyuterlarni Internetga bog’lashingiz mumkin. Har bir kompyuter Internetning barcha imkoniyatlaridan to’la foydalanishi mumkin.
SLIP va PPP orqali bog’lanish
Oddiy telefon tarmoqlarda standart modem yordamida ishlovchi Internet programma ta‘minotlarining turlaridir. SLIP va PPP da siz ish seansini tugatgandan so’ng liniyani bo’shatasiz va unda boshqa foydalanuvchilar ishlashi mumkin. SLIP va PPP ning yutugi shundaki, ular Internetga to’g’ridan – to’g’ri kirishga imkon beradi.
SLIP bu oddiy telefon tarmog’i va modemdan foydalanadigan Internet protokoldir.
PPP - bu SLIP ga o’xshash va undan keyinroq chiqqan protokol.


<< Chaqiruv >> bo’yicha bog’lanish
<> bo’yicha bog’lanish (Dial - up access, Dial -up) Internetga kirishga imkon beradi, mantiqiy nom (login) va kompyuter paroli kiritilganda Internetga to’g’ridan – to’g’ri kirib uzoqdan ishlashga imkon beradi. Internet bilan bog’lanish davomida uning imkoniyatlaridan to’la foydalanish mumkin. Chaqiruv bo’yicha bog’lanishni o’rnatish juda oddiydir. Respublikamizda ko’proq shu bog’lanishdan foydalanishadi.
UUCP yordamida bog’lanish


UNIX operatsion sistemasi UUCP deb ataluvchi servisdan foydalanadi va ma‘lumotlarni standart telefon liniyalar buyicha uzatish imkoniga ega. UUCP faqat fayllarni bir sistemadan boshqasiga uzata oladi, Internet pochtasi va USENET bilan ishlashga imkon beradi.

Boshqa tarmoqlar orqali kirish


Internetga bog’langan turli tarmoqlar unda turli darajada joylashadi. Shuning uchun ayrim xizmatlar (masalan, Bitnet yoki CompuServe) tarmoq imkoniyatlariga ega. Ular maxsus qurilmaga ega bo’lib, elektron pochta va Internetga bog’lanish imkoniyatlarini bera oladi.

IР - adreslash.


IP protokoli o’z ishini bajarish uchun axborotlar almashuvida ishtirok etuvchi kompyuterlarni bir xillashtirish kerak.


IP adreslariga misollar: 196.201.90.0
204.1.1.23
host - kompyuter adresi (IP - adres) mantiqan ikki qismga blinadi. Ulardan biri Network ID tarmoq identifikatori, ikkinchisi esa Host ID uzel identifikatori deb yuritiladi.
Tarmoq identifikatori Uzel identifikatori

Netwоrk ID

Hоst ID

Global tarmoq o’z Network ID identifikatoriga ega bo’lgan ko’plab tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Har bir tarmoqda o’z Host ID identifikatoriga ega bir qancha uzellar bo’lishi mumkin.


A sinfdagi adreslar umumiy foydalaniladigan katta tarmoqlarda qo’llash uchun mo’ljallangan. A sinfdagi tarmoqlar 126ta bo’lishi mumkin, undagi mumkin bo’lgan uzellar soni esa, 224 bo’lishi mumkin - bu gigant tarmoqdir. Bunday tarmoqlar kam.


B sinfdagi adreslar o’rta o’lchamdagi tarmoqda (katta kompaniyalar, ilmiy-tekshirish institutlari, universitetlar tarmog’i) foydalanish uchun mo’ljallangan. B sinfdagi tarmoqlar soni 16.000, undagi uzellar esa 65.000 tani tashkil etadi.


C sinfdagi adreslar tarmoqda uncha ko’p bo’lmagan kompyuterlar bilan ishlashga mo’ljallangan (uncha katta bo’lmagan firma va kompaniyalar tarmog’i). C sinfdagi tarmoq 2.000.000 ta, undagi uzellar soni esa 255dan kam bo’ladi.


D sinfdagi adreslar kompyuterlar guruhiga murojaat qilish uchun foydalaniladi. E sinfdagi adreslar esa, zashiralangan D sinflar va E sinflar - guruhli va maxsus tarmoqlardir.


Birinchi bayt byicha IP adreslar tarmoqlar sinfni aniqlaydi. Agar 1-bayt qiymati 1dan 126gacha bo’lsa, u A sinfdagi tarmoqqa tegishli:





  • 127-191-B sinfdagi tarmoq;

  • 192-223-C sinf tarmog’i.

Qolganlar - D va E sinfga mansub. Tarmoq nomerlarini taqsimlaydigan xalqaro tashkilot mavjud. Tarmoq ma‘muri tarmoq uzeli nomerini belgilaydi.


Internetda domenli adreslash

Har bir IP adres bitta aniq tarmoq domenga murojaat qiladi. Domen - bu tarmoqdagi nomma-nom xostlar guruhidir. Agar sizga kompyuter va domen nomi ma‘lum bo’lsa, ularning manzilgohi haqida aniq tasavvurga ega bo’lasiz.


Nomlardagi domenlar bir-biridan nuqtalar orqali ajralib turadi. Nomda birinchi o’rinda IP adresli aniq kompyuter - ishchi mashinaning nomi turadi. Nomda har qanday sonli domenlar bo’lishi mumkin, ammo 5 dan yuqorisi kam uchraydi.

Masalan:


ux.csо.uiuc.edu
nic.ddn.mil
yоyоdyne.cоm

Internetdagi mavzuli domenlar


Domen Mavzu belgisi


com ....................................................... Tijorat korxonalari
edu ................................... quv muassasasi (masalan, universitet)
qov ........................................... Noharbiy hukumat muassasasi
mil ...................................................... harbiy muassasalar
net ......................................................... Tarmoq tashkilotlar
orq .................................................... Boshqa tashkilotlar

Internetdagi geografik domenlar


Domen Mamlakatlar


uz ___________________________________ O’zbekiston
au ____________________________________Avstraliya
ca ____________________________________ Kanada
de ____________________________________ Germaniya
fr _____________________________________ Frantsiya
ip _____________________________________Yaponiya
it _____________________________________ Italiya
ru _____________________________________Rossiya
uk__________________________________Buyuk Britaniya
us _____________________________________ AKSH

Internet sahifalari (saytlari) va ularning turlari. Sahifalar (saytlar) yaratish usullari.


Ba‘zi-bir ommabop va qiziqarli saytlar
Internetdan foydalanish asoslari. Internet va intranet. Internetning informatsion va kommunikatsion funktsiyalari
Elektron pochta va undan foydalanish
Masofadan o’qitish tizimlari. Teletibbiyot imkoniyatlari. Internetda tadbirkorlik. Elektron darsliklar. Elektron darslik tayyorlash algoritmi. Elektron kutubxonalar

Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə