O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


DARS VOSITALARINI TANLASH



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
DARS VOSITALARINI TANLASH 
Gimnastika mashg‘uloti mazmunini belgilovchi asosiy manba-bu davlat 
dasturidir. Biroq mashg‘ulot o‘tkazishda bitta umumiy dasturida nazarga olish 
mumkin bo‘lmagan sharoitlar uni uslubiy jihatdan yoritib berishni va ba‘zi 
xollarda ayrim tuldirishlar kiritishni taqazo etadi. Har bir o‘quv mashg‘ulotini 
(chorak, semstr, va x.k. ) maqsadini belgilab olib, qisqa vaqt uchun vazifalarni 
hamda ularga muvofiq bo‘lgan vositalarni aniqlash mumkin. O‘qituvchi o‘quv 
darsida shug‘ullanuvchilarni amaliy va saf sport mashqlarining oqilona 
bajarilishi uslublarini o‘rgatadi. Har qanday gimnastika mashqini o‘rgatish 


242 
imkoniyatini taminlaydigan eng muxim shartlardan bari shug‘ullanuvchilarning 
jismoniy sifatlari rivojlanish darajasining o‘rganilayotgan mashq qiyinligiga 
muvofiqligidir. Demak gimnastika bo‘yicha o‘quv darsi tarkibiga maxsus 
jismoniy tayyorgarlikni taminlaydigan mashqlar kiritish zarur. 
Gimnastika bilan shug‘ullanuvchi, kuch va egiluvchanlik kabi jismoniy 
sifatlrdan tashqari, o‘z harakatlarini uning yo‘nalishi, amplitudasi, vaqti, mushak 
kuchlanishlari darajasiga ko‘ra tabaqalashtira olishi ya‘ni o‘z harkatlarini 
boshqara bilishi lozim. SHuning uchun bunday ko‘nikmalarni shakllantirishga 
yordam beradigan mashqlar gimnastika darsining tarkibiy qismi bo‘lishi kerak.
1.Shug‘ullanuvchilarning 
maxsus 
jismoniy 
tayyorgarligini 
ta‘minlaydigan mashqlar. 
2.Shug‘ullanuvchilarni muvaffaqiyatli o‘rgatishga yordam beradigan 
yaqinlashtiruvchi va maxsus qo‘shimcha mashqlar. 
3.Shug‘ullanuvchilarning koordinacion imkoniyatlarini oshiradigan turlm 
xil gimnastika mashqlari. 
4.Davlat dasturida ko‘zda tutilgan, shug‘ullanuvchilar kontingentiga 
muvofiq bo‘lgan mashqlar. 
DARS VAZIFALARINI BELGILASH 
Dars jarayonida vazifalarning uch turining tarbiyaviy, sog‗lomlashtirish 
va ta‘lim vazifalari birgalikda xal etiladi. 
Dars vazifalarini belgilashda quyidagilarni: shug‗ullanuvchilarning 
yoshi, ularning tayyorgarlik (jismoniy, ruhiy, harakatni ongli boshqara olish) 
darajasi, darsni o‗tish sharoiti va asbob anjomlarning mavjudligini xisobga olish 
zarur. 
Tarbiyaviy ish barcha darslar jarayonida amalga oshiriladi, hamma dars 
konspektida tarbiyaviy muammolarni xal etish uchun maxsus tadbirlar yoki 
mashqlar qo‗llanilgandagina tarbiya6y vazifalar deyiladi. 
Dars vazifasini belgilar ekanmiz, uning fazilati, xili (iroda axloq, estetik) 
va bu vazifalarni amalga oshirish uchun qo‗llaniladigan vositalar ko‗rsatiladi: 


243 
-
o‗quvchilarni «qal‘a himoyasi» o‗yinida jamoatkorlik ruhida 
tarbiyalash, ko‗maklashish: 
-
bar, ikki metr balandlikdan sakrab tushishda qo‗rqmaslikni, botirlikni 
tarbiyalash; 
-
saf mashqlarini bajarish davomid tartib intizomiga erishish; 
-
kiyim kechakdan foydlanishda gimnastika oid ozodalikni saqlash; 
-
ertalabki gigienik gimnastika bilan shug‗ullanish odatini tarbiyalash; 
-
gimnastika asbob va anjomlariga nisbatan saramjonlik ruhida 
tarbiyalash; 
-
«ovchilar va o‗rdaklar» o‗yinida o‗zaro yordam jamoa bo‗lib harakat 
qilish xissini tarbiyalash; 
-
«nima o‗zgardi» o‗yinida kuzatuvchanlikni tarbiyalash va x.k. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə