O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/9
tarix30.05.2018
ölçüsü0,62 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi

Olmazor tibbiyot kolledji

Kattalarda hamshiralik ishi ”



kafedrasi
Kattalarda hamshiralik parvarishi ”

fanidan
II kurs 4- semestr

Kafedra yig’ilishida ko’rildi,

Tasdiqlandi. Bayon ______

“___”___________2014__

KM:______ Allayeva D.
Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’
Mavzu №1: “Yurak-qon tomir a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi’’
Mavzu №2: “Ovqar hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi’’

Mavzu №3;’’ Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda vaklinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi’’

.

Mavzu №4: “Jigar kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi’’.


Mavzu №5: “Jigar va o’t yo’llari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi’’

Mavzu N=1.Qon aylanish tizimi a’zolari kasalliklari bilan og’rigan

bemorlarda hamshiralik parvarishi

Reja;

1.Yurak-qon tomir tizimining tuzilishi va vazifalari.
2.Klinik holatlar va simptomlar.



3.Tekshirish usullari va davolash.
4.’’Yurak ishemik kasalliklari’’ bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.[Stenokardiya,miokard infarkti mohiyati,etiologiyasi,

klinikasi,davolash,parvarish qilish]
Yurak ishemik kasalligi.

Yurakning ishemik kasalligi (YuIK, ya’ni ishemicheskaya bolezn serdtsa - IBS) o’tkir yoki xronik yurak kasalligi bo’lib, toj tomiridagi kasallik protsessi munosabati bilan miokardga kelib turadigan qon kamayib qolishi yoki to’xtashi tufayli yuzaga keladi. Biroq, yurak toj tomirlarining tipik koronar yetishmovchilik (stenokardiya, miokard infarkti) manzarasini beradigan har qanday potologiya ham YuIK yurak toj tomirlari atelesklerozi munosabati bilan miokardga qon kelib tushishining izdan chiqishidir. YuIK ning quyidagi formalari bor



  1. Stenokardiya

  2. Miokard infarkti;

  3. O’tkir koronar yetishmovchilik (buning tipik belgilaridan biri koronar aterosklerozi bo’la turib, to’satdan o’lib qolishidir)

  4. Og’riqsiz formasi (bu formasi qon aylanishining yetishmovchiligi yoki yurak ritmining izdan chiqishi bilan namoyon bo’ladi)

Etiologiyasi va patogenezi. Bir qancha omillari YuIK paydo bo’lishiga olib keladi(xatar omillari). Shularning orasida gipertoniya kasalligini birinchi o’ringa qo’ymoq kerak. YuIK bo’lga bemorlarning 70% da shu kasallik topiladi. Gipertoniya kasalligi yurak koronar arteriyalarida ateroskleroz va spazm bir muncha tezroq avj olib borishiga sabab bo’ladi. Qandli diabet ham YuIK paydo bo’lishiga moyil qilib qo’yadigan omil bo’lib hisoblanadi, bu kasallik oqsil bilan lipidlar almashinuvi buzilishi tufayli ateroskleroz avj olib borishiga olib keladi. YuIK paydo bo’lishida chekish ham ro’l o’ynaydi. Chekadigan odamlarda miokard infarkti chekmaydigan kishilarga qaraganda ikki barobar ko’p uchrashi statistika ma’lumotlaridan ayon. Chekilganda yurakning toj tomirlari torayib turadigan bo’lib qoladi (spazm), shuningdek qon uviganligi kuchayadi, bu o’zgargan toj tomirlarida tromblar paydo bo’lishiga olib keladi. Irsiy omillar ma’lum ahamiyatga ega. Ota ham ona ham YuIK bilan og’rib yurgan bo’lsa, ularning bolalarida shu kasallikning sog’lom ota-onalar bolalariga qaraganda to’rt barobar ko’proq uchrashi aniqlangan. Giperxolestermnemiya YuIK paydo bo’lishi ehtimolini ancha oshiradi, u umuman organizmda va hususan yurakning koronar tomirlarida ateroskleroz paydo bo’lishiga olib boradigan eng muhim omillaridan biridir. Semiz odamlarda YuIK tana massasi odatdagicha bo’lgan kishilardagiga qaraganda bir necha barobar ko’proq uchraydi. Semirib ketgan kasallarda qonda xolesterin miqdori ko’p bo’ladi, bundan tashqari, shu hildagi kasallar kam harakat qilib turmush kechiradiki, bu ham ateroskleroz va YuIK paydo bo’lishiga olib keladi. YuIK industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ham keng tarqalgan kasalliklardan biridir. So’nggi 30 yil mobaynida YuIK ikki barobar ko’p uchraydigan bo’lib qoldi, bu odamlarning ruhan ortiqcha zo’riqishiga bog’liq deb hisoblanadi. Erkaklarda YuIK ayollardagiga qaraganda taxminan 10 yil ilgari paydo bo’ladi, jismoniy mehnat ahillari aqliy mehnat kishilariga qaraganda kamroq og’riydi.

Stenokardiya - ko’krak qisishi. Uning paydo bo’lishiga sabab ishemiya kuchayib borishi natijasida miokardning qon bilan yetarlicha ta’minlanmay qolishidir deb hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda stenokardiya yurak toj tomirlari ateroskleroziga bog’liq bo’ladi. Aterosklerozidan tashqari miokardit, koronerit, zaxm aortiti, yurak ritmining buzilishi va boshqalar ham stenokardiyaga sabab bo’lishi mumkin.

Stenokardiyaning asosiy belgisi ko’krak qafasining chap yarmida to’sh orqasida chap ko’krak. Chap qo’l va bo’yinga o’tib turadigan qattiq og’riq turib qolishidir. Og’riq huruji bir necha minut davom etadi. Og’riqlar ko’pincha yurish vaqtida, odam ovqatlanayotganda, havo sovuq mahalda issiq xonadan ko’chaga chiqqan paytda tutib qoladi. Ular tabiatdan qisadigan yoki sanchadigan bo’libadi. Og’riqlar yurish paytida paydo bo’lgan bo’lsa, bemor yurishdan to’xtashi bilan avvalgi holatiga qaytadi. Stenokardiya og’riqlar nitroglitsirin yoki validol ta’siri bilan bir minut davomida bosilib qoladi. Stenokardiya odatda asta-sekin avj oladi. Og’riq hurujlari avvaliga odam hayajonlangan jismonan zo’riqqan paytda tutib turadi, keyinchalik esa tinch turganida ham tutaveradigan bo’lib qoladi. Kasallikning boshida hurujlar ahyon-ahyonda bo’lib turadi, keyin ular har biri necha martadan takrorlanib bot-bot tutuib turadi.

Ko’krak qisish tutib turgan mahalda bemorni ob’ektiv tekshirishda taxikardiya qayd qilinadi, arterial bosim bir oz ko’tarilgan bo’ladi. Bosimning keskin pasayib ketishi miokard infarkti hususida gumon tug’diradi.



Davosi. Ko’krak qisib qolgan mahalda nitrogliserin – til ostiga 0,0005 gr yoki volidol qo’yiladi. Nitrogliserinni takror-takror ishlatgan bilan kasallik huruji barham topavermaydigan bo’lsa, teri ostiga 1 ml 2% li promedol eritmasi yoki 2% li omnopon eritmasi yuborish kerak. Og’riq hurujlariga yo’l qo’ymaslik uchun tomirlarni kengaytiradigan moddalar – nitritlar: erenit, nitrosorbit yaxshi naf beradi.

Stenokardiya hurujlari tez-tez tutib turadigan bo’lsa antisteroid preparatlar qo’llaniladi. Obzidan, inderol, anaprilin ma’lum ahamiyatga ega. Bundan tashqari bunday bemorlarga parhezga amal qilish, yog’lar, uglevodlar va osh tuzini cheklab qo’yish tavsiya etiladi.



Stenokardiya profilaktikasi. Og’riq hurujiningvqanday sharoitlarda paydo bo’lishi va nechog’li zo’rligiga bog’liqdir. Hurujlar ortiqcha his-hayajonga aloqador bo’lsa, bemorni bir muncha tinchroq ishga o’tkaziladi. Stenokardiya profilaktikasidagi muhim shartlardan biri ishda va turmushda qulay sharoitlar yaratishdir. Yetarlicha dam olish tavsiya qilmoq zarur. Uyqu buzilganda uhlatadigan va tinchlantiradigan prepatatlar buyuriladi, organizmni chiniqtirish, gimnastika bilan shug’ullanish o’rinli, lekin gimnastika mashqlari jismonan ubcha zo’r tushmaydigan bo’lishi kerak. Yirik korxonalarda bunday bemorlarga profilaktoriya – sanatoriyalariga borib turish tavsiya etiladi.
Miokard infarkti. Bu miokard ishemik nekrozidir.

Etiologiyasi . Miokard infarkti yurak toj tomirlarining tromb bilan berkilib qolishi, yurak toj tomiri aterosklerozi yoki ularning o’tkir siqilishi oqibatida kelib chiqadi. Yurak toj tomirlarining tiqilib qolishiga aterosklerotik pilakchalarning bo’lishi hamda qonning ivish jarayoni buzilishi sabab bo’ladi. Bundan tashqari gipertoniya kasalligi, tamaki chekish, qandli diabet, semirish ham sabab bo’ladi.

Klinikasi. Miokard infarktining kechish xollari miokard infarktining boshlanishiga, undagi belgilarning rivojlanishiga qarab quyidagi klinik xollarini ajratish mumkin:

    1. Klassik yoki tipik kechishi: og’riqli;

    2. Atipik kechishi:

    1. Astmatik hili;

    2. Abdominal – qorin hili;

    3. Yurakning notekis urishi bilan kechadigan hili;

    4. Miya tomirlarining faoliyati o’zgarishi bilan kechadigan hili;

    5. belgilari kam hili;

    6. og’riqning o’zgacha joylashgan hili.

Miokard infarktining og’riq bilan o’tadigan hili asosan yurak sohasida bo’ladigan qattiq og’riq bilan boshlanadi. Og’riq kuchli bo’ladi. Bemor ko’pincha chiday olmaydi. Kuchli hansirash, to’satdan lanjlik, teri rangining oqarishi, muzdek ter bosishi, o’lim vahimasini his qilish, harorat ko’tarilishi kuzatiladi. Kuchli og’riq paytida og’riq chap elkaga, chap kurakka, pastki jag’ga tarqaladi. Og’riq bir necha soat yoki 3 kun tutib tuishi bilan xarakterlanadi. Arterial bosim pasayadi.

Astmatik hilida yurak sohasida og’riq bo’lmaydi, to’satdan birdan nafas bo’g’ilishi, qattiq harsillash, havo yetishmosligi bilan kechadi.

Gastralgik – abdominal hilida og’riq huruji me’da sohasida kuzatiladi.
Miokard infarktining o’tkir davrida shoshilinch yordam ko’rsatish:


      • bemorlarni joyidan qo’zg’atmay yotqizish, tinchlantirish.

      • Zudlik bilan shifokorni chaqirish;

      • Og’riq salgina qolgandan keyin bemorni gospitalazatsiya qilish;

      • Og’riq qoldirish uchun morfin gidroxlorid 1%-1.0 t/o yoki pontopon eritmasi yuboriladi;

      • Atropine sulfat 1%-1,0 t/o;

      • Geparin 5.000 – 10000 TB m/o;

      • Anobolik gormonlar: nerobol, retabolil, kaliy orotat, ATF yuboriladi.


Tayanch iboralar.
Bradikardiya – yurak urishining sekinlashuvi

Taxikardiya – yurak urishining tezlashuvi

Sianoz ko’karish

Akrotsianoz – quloq silonchiqlari, lunj, lab, burun qanotlari va barmoq oxirgi falangalarining ko’karib turishi.

Asfiksiya – bo’g’ilish

Stenoz – naysimon a’zolar teshigining torayishi

Dilyatatsiya – yurak bo’shliqlarining kengayishi

Gipertenziya – qon tomirlarda bosimning ortishi

Dispnoe – nafas qisishi, nafas olishning qiyinlashishi

Ortopnoe – bemorning o’rinda majburiy vaziyatda o’tirishi

Astsit – qorin bo’shlig’iga suyuqlik yig’ilishi

Gidrotoraks – plevra bo’shlig’iga suv yig’ilishi.

Gidroperikard – yurak perikard bo’shlig’ida suv yig’ilishi

Anasarka – butun tanaga shish kelishi



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


  1. Stenokardiya kasalligi sabablari va klinikasi.

  2. Stenokardiya xurujida I yordam ko’rsatish.

  3. Stenokardiya kasalligining davosi va bemorlar parvarishi.

  4. Miokard infarkti kasalligining sabablari va klinikasi.

  5. Miokard infarkti o’tkir davrida yordam ko’rsatish.

  6. Miokard infarkti davosi va bemorlar parvarishi



Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. B.U.Yo’ldoshev “Ichki kasalliklar”

  2. O.B.Sharapov “Ichki kasalliklar”

  3. G’O’ Haydarov “Ichki kasalliklar”

  4. M.F. Ziyayrva “Terapiya”


Mavzu№2: “Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.”

Reja:

  1. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi va vazifalari.

  2. Klinik holati va simptomlarini.

  3. Tekshirish usullari va davolashni.

  4. Bemorlarda hamshiralik parvarishini.

  5. Gastrit kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.(kasallik etiologiyasi,patogenezi,klassifikatsiyasi,klinikasi)


Ovqat hazm qilish a’zolariga og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, me’da, ingichka ichak, jigar, o’t pufagi, me’da osti bezi va yo’g’on ichak kiradi. Ovqat og’iz bo’shlig’ida maydalanib halqumga uzatiladi va qizilo’ngachga tushadi. Qizilo’ngach devorida 3 ta fiziologik torlik bo’lib, unda dag’al ovqatlar ushlanib qoladi (bo’yin, ko’krak, diafragma), ovqat qizilo’ngachdan me’daga tushadi. Me’da qorin bo’shlig’ida joylashgan. Devori 4 qavatdan shilliq, shilliq osti, muskul va tashqi seroz qavatdan iborat. Me’daning shilliq pardasida hazm shirasini ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan. Me’da shirasi tarkibida pepsin, hlorid kislota va shilimshiq bo’ladi. bir kecha kunduzda 1,5 – 2 litr miqdorda me’da shirasi ishlab chiqariladi. Hazm shirasining kamayishi yoki ko’payishi organizmning ruhiy holatiga bog’liq. Asabiy zo’riqishlar shira ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Ovqat me’dada bir necha soat davomida saqlanadi. Maydalangan ovqat bo’lak – bo’lak bo’lib 12 barmoq ichakka o’tkaziladi. 12 barmoq chakka me’da osti va o’t pufagidan o’t suyuqligi kelib tushadi. Me’da osti bezi ishlab chiqargan pankreatin moddasi ovqatni uglevodli qismga, o’t suyuqligi esa yog’larning parchalanishiga olib keladi. Ingichka ichakda vorsinkalar (so’rg’ichlar) joylashgan bo’lib, parchalangan ovqat mahsulotlatlarining qonga so’rilishini taminlaydi. Qonga so’rilmagan qismi yo’g’on ichakka o’tadi va ichak tayoqchalari yordamida yog’ kletchatkalarga parchalanib so’riladi. Qolgan ortiqcha moddalar najas bo’lib tashqariga chiqaib ketadi. Jigar ovqat hazm qilish sistemasida zararli moddalani zararsizlantirish vazifasini bajaradi. U o’t suyuqligini ishlab chiqarib, qonni fil’tirlab beradi.

Hazm qilish a’zolari kasalliklarining asosiy simptomlari. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarning asosiy shikoyatlar: qorin sohasida og’riqlar, ishtahaning buzilishi, kekirish, zarda qaynashi (jig’ildon qaynashi), ko’ngil aynishi, qusish, qorin dam bo’lishi, ichaklar funksiyasining buzilishi.

Og’riqning intensivligi, joylashishi va uning ovqat qabul qilishi bilan bog’liqligi bo’yicha farq qilish lozim. Intensiv bo’lmagan, biroq doimiy og’riq surunkali gastirit uchun xos bo’ladi. meda va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligida og’riq intensivroq u ovqat, yeyish bilan ochiq – ravshan bog’liq. O’t – tosh kasalligida og’riq juda qattiq bo’ladi

Gastrit va yara kasalligida og’riq to’sh ostida, jigar va o’t qopchasi kasalligida o’ng qovurg’a ostida, ichak kasalligida butun qorin bo’ylab biroq, ko’proq uning pastki qismida joylashadi.

Ishtaha buzulishi ko’p jihatdan meda sekretsiyasi va kislotaliligi darajasiga bog’liq. Sekretsiya oshganda ishtaha hatto ochilib ketadi (kistalalik oshgan gastrit aksariyat me’da suyuqligi sekretsiyasi oshishi va kislatalik oshish bilan o’tadigan me’da va 12 barmoq ichakning yara kasalligi). Sekretsiya pasayganda ishtaha pasaygan bo’ladi (subasit, anasit, shuningdek ahillik gastritlar). Ishtaha buzilishida (xususan me’da rakida) bemor ayrim oziq – ovqat mahsulotlaridan yuz o’giradi (ovqatdan ko’ngli ketadi).

Og’izda yoqimsiz ta’m me’da shilliq pardasi zararlanganda, og’izda achchiq maza jigar va o’t qopchasi kasallanganda, metal ta’mi esa ovqatdan zaharlanishning ayrim turlarida kuzatiladi.



Kekirish me’dadan og’izga to’satdan ovqat moddasi tushganda paydo bo’lib, bunda o’ziga xos tovush chiqadi. Odamning 12 soat va bundan ko’proq vaqt oldin yeyilgan ovqati bilan kekirishi ayniqsa katta diagnostik ahamiyatga ega, bu me’daning evakuator funksiyasi buzilganligidan dalolat beradi. “Och” kekirish – havo bilan kekirish – me’da suyuqligida xlorit kislota kamayib ketganda yoki bo’lmaganda, kekirganda og’izdan palag’da tuxum (vadarod sulfid) hidining kelishi ahiliya bilan birga medaning evakuator funksiyasi buzilganda kuzatilib, me’dada oqsillarning jadal parchalanishiga bog’liq.

Zarda qaynash deb, xanjarsimon o’siq ostida, to’sh usti yuqori qismida va to’sh orqasida (bu qizilo’ngachning pastki kesdigiga mos keladi) kuchli achishish sezgisi paydo bo’lishiga aytiladi. Zarda qaynashi ko’p hollarda me’dadan qizilo’ngachga nordon me’da suyuqligi otilishiga bog’liq.



Ko’ngil aynishi - to’sh osti sohasida yoqimsiz sezgi paydo bo’lishidir. Aksariyat kislotalilik pasayishi bilan o’tadigan me’da kasalliklarida bo’ladi. Bazan ko’ngil aynishidan keyin odam qayt qiladi.

Qusish (qayt qilish) - hazm a’zolari kasalliklarini diagnostika qilishda katta ahamiyatga ega. Qusuqda ovqat aralashmasi bo’lishi medaning evakuator ishi anchagina buzilganidan dalolat berishi mumkin (pilorostenoz). “Kofe” quyqasi aralash qusish medadan qon oqqanda, ertalabki soatlarda shilimshiq aralash qusish – surunkali qastridda o’t suyuqligi aralash qusish – o’t yo’llari patalogiyasida kuzatiladi.

Qorin dam bo’lganda qorin shishganday bo’lib, gaz chiqishi kuchayadi. Sababi ichaklarda gaz hosil bo’lishining kuchayganligidir, bunday holat ovqat bilan o’simlik klechatkalari qabul qilinganligi oqibatida, kletchatkalar ichakda oson bijg’ishi natijasida kelib chiqadi va shuningdek, sut ichilganda ham aniqlanadi, ichak devori tonusi pasayganda, ichaklar motorikasi pasayganda ham seziladi.



Ich ketish - axlat konsistensiyasining buzilishi bilan ichaklar bo’shashidir. Ich ketish mexanizmi murakkab bo’lib, ichaklar peristaltikasining kuchayishi, suv, oziq moddalar hazm bo’lishi ichaklarda so’rilish jarayoni buzilganda yuzaga keladi. Chunki ichak devorlari yallig’lanishi, yalig’langan sekretlarning shilliq qavati ko’p ajralib chiqishi hamda nerv oxirlari qozg’alishi oqibatida ichaklar peristaltikasi kuchayadi.

Ich qotishi (qabziyat)- ichakda axlatning uzoq turib qolishidir (48 soatdan ortiq). Funksional va organik qabziyat farqlanadi.

Gastrit.

Gastrit polietiologik kasallik bo’lib, me’da shilliq pardasi va uning bezsimon apparati turli darajadagi patomorfologik (atrofik yoki gipertrofik) va funksional o’zgarishlar paydo qilibgina qolmay, balki patologik jarayonning aksariyat me’daning boshqa qatlamlariga (pardalariga) tarqalishi bilan xarakterlanadi. O’tkir va xronik gastrit farq qilinadi. Xronik gastrit klinik-anatomik tushuncha bo’lib, unda morfologik va funksional o’zgarishlar klinik belgilar bilan, shuningdek me’daning sekreter va motor funksiyasi buzilishlari bilan birga uchraydi. Erkaklarga ayollarga nisbatan ko’proq uchraydi.

Gastritlar klassifikatsiyasi 4 ta prinsipga asoslangan:



  1. Etiologik printsip:

    1. Ekzogen gastritlar (ovqatlanish rejimi va ritmi buzilishi, alkogol va nikotinga uchlik, termik, ximiyaviy va mexanik agentlar ta’siri kasb-koriga taaluqli zararli omillar ta’siri).

    2. Endogen gastritlar (vegetative nerv sistemasida va endokrin organlaridagi buzilishlar bilan bog’liq nerv-reflektorlar gastrit, gemotogen giprosemik, allergic gastrit)

  2. Morfologik printsip:

    1. Yuza gastrit

    2. Atrofiyasiz gastrit

    3. Atrofik gastrit (o’rtacha ifodalangan, epiteliyning qayta ko’rilishi hodisalari bilan)

  3. Me’daning funksional holati bo’yicha:

    1. Normal secretor funksiyali

    2. Pasaygan secretor funksiyali: a) o’rtacha; b) ifodalangan

    3. Oshgan secretor funksiyali

IV. Xronik gastitning klinik kechishi quyidagilarga bo’linadi

  1. Qo’zish fazasi

  2. Remissiya fazasi

  3. Not’liq remissiya dazasi.

Klinik ma’lumotlar va nazariy bilimlarga asoslanib talaba quyigagilarini bilishi kerak:

  1. Asosiy jarayonni aniqlash (kasallikning mustaqilligini, joylashuvi va xarakterini)

  2. Taxminiy diagnozini tasdiqlash uchun tekshirishning asoslangan rejasini tuzish

  3. Quyigagilarga asoslanib batafsil diagnozni aniqlash:

    • kasallikning yetakchi diagnostic mezinlarini, ularning patogenezini va mohiyatini bilish

    • qo’shimcha tekshirish metodlari natijalariga baho bera olish

    • klinik belgilari gastritni eslatadigan yoki gastrit belgilari ularda ikkilamchi bo’lgan kasalliklar bilan differensial diagnostika o’tkazishni bilish

  4. Jarayonning yengil og’irligini bilish, bemorning ahvoli (oriq-semizligi), boshqa organlar va sistemalari, me’da sekretsiyasi holatini hisobga olgan holda davolashning to’liq rejasini tuzish

Etiologiyasi, patogenezi va patologik anatomiyasi.

  1. Xronik gastritning o’tkir gastritdan har xil etiologiyali gastoenteritlardan keyin rivojlanishi.

  2. Xronik gastritning polietiologik bo’lishi:

    • Alimentar gastritlar: nomuntazam, odatda shoshma-shosharlik bilan ovqatlanish, quruq ovqatlar yeyish, o’tkir ziravorlar, souslar, ovqatni hushtam qiladigan moddalar, chekish, ichkilik ichish va boshqa ekzogen omillar

    • Toksik gastritlar: dorilar ta’siri, qator ximiyaviy moddalar va zararli omillarning me’da shilliq pardasiga ta’siri (ko’mir, metal, paxta change, ishqorlar, yog’ kislotalari bug’lari va boshqalar)

    • Organlar va sistemalar kasalliklarning ahamiyati (endogen omillar): buyrak yetishmovchiligi, kelib chiqishi har xil tashqi nafas yetishmovchiligi (yurak poroklari, xronik pnevmoniya, o’pka emfizemasi va boshqalar)

    • Oilaviy gastritlar ota-onalarida yoki oila a’zolarida va qarindoshlarida gastritlarning borligi.


Klinik manzarasi. Kasallikning klinik belgilari kasalik formalariga, jarayonning og’ir-yengilligiga, me’da sekreter funksiyasiga qo’shilib, keladigan kasalliklarga bog’liq:

    • To’sh osti soxasida og’riq (xarakteri- simillagan, zirqiragan), odatda ovqat yeyilgandan keyin va och qolganda paydo bo’ladi, ovqat yeyilgandan keyin og’riqning yengillashuvi oshgan sekretsiyada, og’riqning tik turganda yoki yurganda kuchayishi, gastroptoz borligidan bo’ladi

    • To’sh osti soxasida alishish va to’siqlik xis etish

    • Me’da sekretsiyasining holatiga ko’ra nordon havo bilan yoki palakda tuxum xidi keladigan kekirish

    • Qorinda bosim yoki dam bo’lish sezgisi

    • Ishtaxa buzilishi- saqlanib qolgan, oshgan, pasaygan

    • Ko’ngil aynishi, qusish, ich buzilishi, qotib qolishi (qabziyat, ich ketar)

    • Yaxshi uxlay olmaslik, injiqlik va nerv sistemasi funksional buzilishining boshqa belgilari, nevrasteniyalar

    • Behollik, kayfiyat yomonligi, ish qobiliyati pasayib ketishi

    • Bosh og’rig’I, bosh aylanishi, keskin xolsizlik, ko’z oldi qorong’ilashuvi va gastrogen anemiya yoki kasallikning boshqa asoratlariga hos har xil shikoyatlar.

2. Sub’ektiv malumotlar analizi (bemor shikoyatlari va kasalliklar anamnezi)

3. Ob’ektiv ma’lumotlar:

– Umumiy holat, gavda tuzilishi, semiz-orriqlik jarayonlarining og’ir- yengilligiga. Kasallikning klinik formalariga ko’ra har xil (sekretsiya holati norma, pasaygan yoki oshgan, shilliq parda holati gipertorofik yoki atrofik)


    • Ovqat hazmi va surilishi yetishmovchiligi sindromi (distrofik o’zgarishlar)

    • Gipovitaminoz sindromi, turli vitaminlarning yetishmovchiligi – V gruppa vitaminlarining tanqisligi natijasida lab chetlarining bichilishi, terining ortiqcha po’st tashlashi va boshqalar.

    • Dielektrolit sindromi – asosiy belgi bo’lib, kaliy ionlari tanqisligi (qonni bioximik tekshirishda va EKG da aniqlanadi – 5-T intervali pasayishi va musbat T tishchasi), kaltsiy ionlari tanqisligi (suyak trabekulalari surilishi bilan distrofiya simptomlari va biriktiruvchi to’qimaning o’sib qalinlashuvi, alkazol simptomlari bilan yuzaga chiqadi), temir tanqisligi (odatda aniq ifodalanmagan temir tanqisligi anemiyasi bilan o’tadi).

    • Astenonevrostenik sindromi, vegetative tomirlar distoniyasi simptomlari, oyoq qo’llarning sovqotib turishi, gipotoniya, peresteziya shikoyatlari.

4.Zarur labaratoriya, bioximiyaviy va instrumental tekshirish metodlari:

– Me’da suyuqligini funksional tekshirish (sekretsiya nahorga aniqlash, ma’lum vaqt ichida sekretsiya, kislotalik, pepsinning kuchayishini aniqlash, cho’kmaning mikroskopik tekshirish)



    • Me’da chayindi suvlarini sistologik tekshirish yoki rakli aynishni istisno qilish uchun birmuncha ishonchli biopsiya metodi

    • Duodenal zondlash – o’t pufagi va o’t yo’llari kasalliklarini istisno qilish

    • Koprologik tekshirish: umumiy analiz, yashirin qonga (Gregersin reaksiyasi), gijja tuxumlariga va boshqalar.

    • Instrumental tekshiruvlar: me’da-ichak yo’li rengenoskopiyasi va rengenografiyasi, fibrogastrokopiya, laparoskopiya va boshqalar.


O’tkir gastritning qisqacha ta’rifi.

Me’da shilliq pardasining o’tkir yallig’lanishi (kuyish va boshqa o’zgarishlar) poglietiologik kasallik hisoblanadi. U ximiyaviy, termik, mexanik va bacterial omillar tomonidan qo’zg’otiladi. O’tkir gastritda jarayon shilliq pardaning yuza epiteliysi bilan chegaralanib qolishi yoki butun bezli apparatning bag’ri, interstitsial to’qima va hatto mushak qatlami va serroz pardaga tarqalishi mumkin. Bu etiologiya omillarining xarakteriga, patogenligiga, ta’sir yo’llariga, patologik jarayon rivojlanishining mexanizmiga va davomiyligiga bog’liq.



    1. O’tkir oddiy gastrit. Uning rivojlanishiga ekzogen (palapartish ovqatlanish, ovqat toksikoinfektsiyalari, dori-darmonlar, ko’p ovqat yeyish va boshqalar) va endogen (o’tkir infektsiyalar, modda almashinuvining jiddiy buzilishlari, radiatsiyadan zararlanish, azotemiya va boshqalar) omillar muhim rol o’ynaydi. Og’riq simptomlari sabab bo’ladigan omillar ta’siridan 4-6 soat o’tgach paydo bo’ladi va ko’ngil aynishi, og’riq va behollik, bosh aylanishi, qusish, ich ketar va keyinchalik suvsizlanish va o’tkir tomirlar yetishmovchiligi belgilari (rangparlik, gipotenziya, taxikardiya) leykotsitoz, aksariyat buyraklarning toksinli zararlanish belgilari bilan o’tadi.

    2. O’tkir korroziv gastrit. Me’da shilliq pardasiga kislotalar, ishqorlar, og’ir metallarning tuzlari, yuksak konsentratsiyadagi spirtlar va boshqalar ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Kasallik klinikasi zaxar tabiatiga, zararlanish darajasiga bog’liq va toksinli narsalarni yutib yuborish bilan yuzaga chiqadi.

Bemorlar oz o’tmay og’zida, to’sh orqasida va epigastral soxada achishadigan og’riqlardan, azob beradigan, ba’zan qon aralash qusishdan shikoyat qiladilar, labda, og’iz, tomoq shilliq pardasida kuyish alomatlari bo’ladi, tovush bo’g’iladi, stridor nafas, qorin pardasi ta’sirlanish simptomlari bo’ladi, neytrofilli leykotsitoz, og’ir hollarda esa o’tkir tomir yetishmovchiligi belgilari – kollaps (ba’zan shok holati) kuzatiladi

    1. Flegmonali gastrit. Kamroq uchraydigan, turli bacterial flora tomonidan qo’zg’atiladigan va o’tkir boshlanishi, et junjikishi, gipertermiya, keskin adinamiya, qorinda og’riq, ko’ngil aynishi, qusish, giperleykotsitoz bilan neytrofilli siljish (toksik donadorlik bilan), SOE oshishi va yallig’lanishning boshqa alomatlari bilan xarakterlanadi. Prognozi hayrli emas. Davolash xirurgik.

Asoratlari: o’tkir gastritda o’tkir tomirlar, ehtimol yurak yetishmovchiligi, xloropenik koma, me’daning o’tkir perforatsiyasi (korroziv va flegmanoz hilida) chandiqli o’zgarishlar (uzoq muddatli vaqtdan yuz beradigan asoratlar), mediastning, yiringli plevrit, tromboflebit, jigar abtsessi, sepsis va boshqalar (og’ir formalarida), xronik formaga o’tishi. Surunkali gastritda – me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, rakka aylanishi, me’dadan qon ketish, ikkilamchi (ba’zan og’ir) temir tanqisligi anemiyasi, oriqlab ketish, kaxeksiya.

Differensial diagnostika o’tkir va surunkali gastritlarni me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, miokard infarktining abdominal formasi, o’tkir va surunkali appenditsit, me’da raki, o’tkir va surunkali pankreatit va xolististit (jumladan o’t – tosh kasalligi), o’t xaltachasi va yo’llari diskineziyasi surunkali enterokolitda farq qilish kerak.



Bundan tashqari, o’tkir gastritni diafragma osti absessi, jigar absessi, qopqa vena trombozi va “qorindagi o’tkir holat” ni boshqa turlaridan diferensiatsiya qilish kerak.

Surunkali gastrit ayrim klinik formalarining qisqacha ta’rifi.

  1. Me’da sekretsiyasi normal yoki oshgan surunkali gastrit yarada bo’ladigan og’riqqa o’xshash og’riq, nordon kekirib zarda qaynashi, qabziyatlar bilan xarakterlanadi. Aksariyat o’rta va navqiron yoshda asosan erkaklarda ychraydi. Me’da suyuqligini tekshirish - kislotalilik normal yoki giperatsid xolat. Rentgenoskopiya – burmalar qalinlashuvi, kuchaygan perestaltika, o’zgarishlar asosan pylorus va o’n ikki barmoq ichakda joylashadi.

  2. Surunkali atrofik gastrit secretor yetishmovchiligi bilan: og’izda yoqimsiz maza, ishtaha pasayishi, quruq kekirish, ovqatdan keyin qorin quldirashi, suyqlik qo’yilganidek sezgi paydo bo’lsishi, aksariyat ich ketar, oriqlash, asta-sekin anemiya rivojlanishi va boshqalar. Rentgenologik – me’da shilliq pardasi burmalari yupqalashgan, ayrim joylarda atrofiya, me’da gipotoniyasi (gastroptoz). Endoskopiya va mo’ljallangan biopsiyada, yuza gastrit yoki me’da bezlarining va ularning atrofiya bilan birga bilinarli o’zgarishlar, me’da suyuqligini tekshirish – kislotalik pasaygan yoki bo’lmagan (me’da secretor funksiyasining o’rtacha yoki ifodalangan pasayishi, axiliya xolati).

Davosi.

  1. O’tkir gastritni davolash.

    • Bemorni kasalxonaga joylashtirish parxezga rioya qilish

    • Me’dadan toksinli omillarni va boshqa sababchi omillarni haydash bo’yicha tadbirlar: 2%li natriybikorbona yoki kaliypermonganat qo’shilgan qaynagan iliq suv bilan yuvish, 30 gr magniysulfat, aktivlangan ko’mir kabilarni berish

    • Venaga tomchilab fiziologik eritma, 5%li glyukoza eritmasi, 10% li 10 ml li osh tuzi eritmasi yuborish, suvsizlanishga qarshi kurash bo’yicha boshqa tadbirlar, dezintoksikatsion choralarni ko’rish

    • Zarur bo’lganda tomirlar yetishmovchiligida ishlatadigan preparatlarni: kofein, kordiamin, mezaton, adrenalin yurak glikozidlari – strofantin, korglyukon, allergiyani yo’qotuvchi vositalar – kalsiy xlorid, dimedrol, kaltsiy glyukonat, simptomatik terapiya, quvvatga kirituvchi vositalar – vitaminlar

    • Flegmanoz gastritda – operatsiya yo’li bilan davolash yoki antibacterial preparatlar – antibiotiklar, sulfanilamidlar bilan davolash

  1. Surunkali gastritni davolash. Bemor ahvolining og’ir-yengilligiga, kasallikning kechishiga, me’da sekretsiyasi ahvoliga, kasallikning klinik formalariga binoan olib boriladi.

    • Qo’ziganda kasalxonaga joylashtirish

    • Parhezga rioya qilish (o’tkir va yog’li taomlar, ziravorlar, ichklilik, chekish kabilar man qilinadi)

    • Bo’lib-bo’lib kuniga 5-6 mahal ovqatlanish, parxez №1a, 1b tayinlanadi. Anatsin va gepatsin holatlarda yetarli miqdorda oqsillar (PO-115 g), yog’lar (80-90 g), uglevodlar va vitaminlar buyuriladi.

    • Me’daning sekretor va motor-evokuator funksiyasi oshganda – atropine, apazmolitiklar, benzogeksoniy, vikalin, metatsil, pentoksil va boshqalar tayinlanadi.

    • Antatsid vositalar sifatida: alyuminiy gidroksid (4%li suvdagi suspenziya ko’rinishida 1-2 choy qoshiqdan kuniga 4-6 marta), almagel (1-2 choy qoshiqdan 4 marta- ertalab, kunduzi, kechqurun va uxlashdan oldin 3-4 hafta mobaynida), kaltsiy karbonat 0,25-1 g dan kuniga 2-3 marta, uni bemor bedorlikda bo’lganda har soatda qabul qilsa bo’ladi.

    • Sekretsiya yetishmovchiligi bo’lgan gastritlarda kvateron, gangleron, kavkaz diokereyasi, zupturum va pantaglyutsit shirasi, PP,S,B guruxi vitaminlari, me’da shirasi abomin, betatsit, pankreatin, qon, oqsil preparatlari, plazma quyish

    • Me’da secretor funksiyasi holatiga mos keladigan mineral suvlar – borjomiy, Yessentukiy qo’llanish va boshqalar.

    • Sanatoriy-kurortda davolash (Ijevsk, Yessentukiy,Jeleznovodsk, Pyatikors, Feadosiya va boshqalar)

    • Dispanser kuzatuvi

Profilaktikasi.

To’g’ri ovqatlanish gigienasiga puxta amal qilish, chekish va ichkilikka va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashish, surunkali infektsiya o’choqlarini, hazm organlarining boshqa kasalliklarini o’z vaqtida davolash, kasb-korga taaluqli zararli omillarga qarshi kurashishi.



Tayanch iboralar

  1. Alimentar –ovqatlanish bilan bog’liq.

  2. Anamnez – kasallikning kelib chiqishi to’g’risida ma’lumot.

  3. Anoreksiya – ishtahaning batamom yo’qolishi.

  4. Atrofiya – hujayralar, to’qimalar va a’zolarning hajm jihatidan kichrayib borishi.

  5. Axiliya – ovqat hazm qilish suyuqliklarning bo’lmasligi.

  6. Vitaminlar – organizm hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan moddalar.

  7. Zaharlanish – organizmga tashqi yoki ichki muhitdan tushuvchi zararli moddalar ta’siridan kelib chiquvchi holat.

  8. Zond – uchki tomonidan metal qismi bo’lgan rezina naychalar.

  9. Zondlash – zondlar yordamida me’da, ichak shirasini tekshirish.

  10. Pepsin – me’da shirasidagi asosiy ferment.

  11. Sekretsiya – shira ajralish jarayoni.

  12. Simptom – kasallikning belgisi.

  13. Eksikoz – suv, tuz almashinuvining va to’qimalarning suvsizlanishi.

  14. Normotsid – shira ajratish vazifasi saqlangan.

  15. Giperatsid – shira ajratish vazifasi oshgan.

  16. Gipoatsid – shira ajratish vazifasi o’rtacha yetishmasligi.

  17. Anatsid – shira ajratish vazifasi ro’y-rost yetishmasligi.

18..Koprologik tekshirish: umumiy analiz, yashirin qonga (Gregersin reaksiyasi), gijja tuxumlariga va boshqalar.

19.Instrumental tekshiruvlar: me’da-ichak yo’li rengenoskopiyasi va rengenografiyasi, fibrogastrokopiya, laparoskopiya va boshqalar.





Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə