O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/9
tarix30.05.2018
ölçüsü0,62 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mavzu 3. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi.
Reja;

1.Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.(kasallik etiologiyasi,patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, davolash.)

2.Klinik holat va simptomlar.

3.Tekshirish usullari; najasni yashirin qonga tekshirish uchun bemorlarni tayyorlash.

4.Davolash va bemorlarda hamshiralik parvarishi.

Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi – sikl bilan davom etadigan surunkali kasallik bo’lib, oshqozon va o’n ikki barmoq ichakda yara paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Kasallik osqozon va o’n ikki barmoq ichak ish faoliyatining neytrogumoral va endokrin boshqarilishning buzilishi tufayli paydo bo’ladi. Shu sababli oshqozon shirasida pepsin va xlorid kislota ko’paygani holiday undagi shilliqni himoya qilish hususiyati pasayadi. Bunday yara paydo bo’lishiga olib keladi. Bu kasallik har xil yoshda, ayniqsa 30-40 yoshda ko’p uchraydi. Aholining 5% bo’ladi. Shaxarliklarda qishloqliklarga qaraganda ko’p uchraydi. Erkaklarda bu kasallik ayollarga nisbatan ko’p uchraydi (ayniqsa o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi).

Amerikalik mutaxxasislar tasdiqlashicha, yara kasalligi erkaklarning 8-10% da uchraydi. Kasallikning ko’payishiga asosan not’g’ri ovqatlanish, atrof-muhitni ifloslanishi, shaxardagi ishlab chiqarish rivojlanishidan vujudga keladi.

Amaliyot ko’rsatadiki, o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, me’da yara kasalligiga nisbatan ko’proq uchraydi.



Etiologiyasi.

Kasallikning kelib chiqish sabablari polietiologik hisoblanadi. Ular 2 ta guruhga bo’linadi: asosiy va yordamchi sabablari:

Asosiy sabablar:


  1. Mexanik nazariya

  2. Nevragen nazariya

  3. Peptik nazariya

  4. Infektsion nazariya

Yordamchi sabablar:

  1. Odamning tuzilishi, irsiy hususiyatlari, oshqozon yordamchi shilliq bezlarning ko’payishi, qon gruppasining alohida hususiyatlari

  2. Tashqi sharoit ta’siri (namlik, havo bosimi, harorat)

  3. Tamaki chekish va ichimlik ichish

  4. Qo’shimcha kasalliklar (ovqat hazm qilish kasalliklari)

Patologik anatomiyasi.

Oshqozon va o’n ikki barmoq ichakdagi yaralar katta (diametric 6-8 sm gacha, gigant) va kichik (0,5 -1,0 sm gacha) bo’lishi mumkin. O’n ikki barmoq ichak yaralari ko’pincha kichik bo’ladi. Yara bitta yoki bir necha bo’lishi mumkin. Yangi yara yonida eski yaradan chandiq kuzatilishi mumkin. Yaralar oddiy va kallezli bo’lishi mumkin. Oddiy yaralar katta bo’lmagan, chetlari tekis silliq bo’ladi va bunday yaralar nisbatan qisqa vaqt ichida chandiqlanadi. Kallezli yaralar katta, chetlari qo’pol va ko’tarilgan bo’ladi. Bunday yaralar tez chandiqlanmaydi va ko’pincha o’smaga aylanishi mumkin. Patologik anatomiyasi oshqozon va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligi asoratlari (qonayotgan qon tomir, perforatsiya, penetratsiya, o’n ikki barmoq ichak stenozi va malignizatsiyasi) aniqlanishi mumkin.



Kasallik turlari.

  1. Klinik – morfologik belgilariga qarab: oshqozon yara kasalligi va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi;

  2. Yaraning joylashishiga qarab: me’daga kirish qismida, chiqish qismida, kichik egrilik soxasida, o’n ikki barmoq ichakda;

  3. Kasallikning kechishiga qarab: qaytalanishi, pasayib qaytalanishi, pasayishi;

  4. Kasallikning og’ir yengilligiga qarab: yengil kechadigan, surunkali, kuchayib boradigan;

  5. Asoratlariga qarab: asoratli va asoratsiz

Asoratlari:

- Oshqozondan qon ketish,

- penetratsiya,

- perforatsiya,

- o’smaga aylanishi,

- oshqozon va o’n ikki barmoq ichak stenozi.



Klinik manzara.

Kasallik ba’zi hollarda belgilarsiz kechadi. Buni rentgen nurida yoki endoskopik tekshiruvida aniqlash mumkin. Kasallik kechishi asosiy belgilariga ham bog’liq. Asosiy belgisi og’riq. Og’riq kuchli, kesuvchi, sanchiqli, kuchsiz va siquvchi bo’lishi mumkin. Belgining ifodalanganligi yaraning qanchalik chuqur joylashganligini bemor og’riqni sezuvchanligiga, me’da harakat faoliyati buzilishiga ham bog’liq. Og’riq mavsumiy bo’lib, bahorda kuzda kuzatiladi. Og’riq me’da va o’n ikki barmoq ichak soxasida kuzatiladi. Bu vaqtda bemor majburiy holatga keladi. Og’riq ovqatlanishga ham bog’liq bo’lishi mumkin, og’riq erta yoki kech, och qoringa, tungi turlari mavjud. Ovqatlangandan keyin 20-30 minutdan keyin boshlangan og’riq erta og’riq me’da yara kasalligiga hos. Och qoringa bo’ladigan tungi va kech og’riqlar o’n ikki barmoq ichak kasalligiga xosdir. Ba’zida og’riqlar ko’krak qafasining tepa qismiga, orqaga irratsiatsiya qilishi mumkin.

Yara kasalligi surunkali gastrit, surunkali duodenit, xoletsistit, pankreztit bilan birga kechganda og’riqning erta va doimiy turi rivojlanadi. Yaraning og’riqsiz turi ham mavjud bo’ladi.

Yara kasalligida og’riqlar qator dispeptik belgilar: ko’ngil aynash, qusish, jig’ildon qaynashi, kekirish, qabziyat bilan birga kechadi.

Dispeptik o’zgarishlar orasida hammadan ilgari zarda qaynashi bilan qayd qilishni ko’rsatib o;’tish kerak. Zarda qaynashi me’da shirasida kislotalar ko’payib ketishiga va me’da suyuqligining qizil lungachga otilib chiqib turishiga bog’liqdir. Zarda qaynashi aksari ovqatdan keyin, gohiqa nahorga yoki kechasi paydo bo’ladi.

Yara me’daning chiqish bo’limi va o’n ikki barmoq ichakda bo’lgan mahallarda ko’pincha odam qusib turadi. Qusganidan keyin odam odatda yengil tortadi. Yara kasalligi mahalida aksari ko’ngil aynishi va nordon kekirish ham bo’lib turadi. Ishtahasi yaxshi, ammo ovqat tufayli og’riq tufayli og’ri yuzaga kelgani uchun ovqat iste’mol qilishdan bosh tortadi. Natijada ozib ketadi.

Bemor ko’zrdan kechirilganda ozganligi, asabiyligi, ko’p terlashga moyilligi, qizil yoki oq dermografizm aniqlanadi. Tilda karash qoplaganligi va yorilishlar bo’ladi.

Yara kasalligining asoratlari, bular – avvalo ichdan qon ketishi, yara teshilishi va penetratsiyasi, pylorus stenozi va yaraning rakka aylanib ketishidir.

Me’dadan qon ketishi qon qusish yoki ichining qora moyga o’xshab qop-qora bo’lib tushishi bilan namoyon bo’ladi. Talaygina qon ketgan mahallarda odam kam qon bo’lib qolib, boshi aylanadi, darmoni quriydi, arterial bosimi pasayib ketadi, taxikardiya paydo bo’ladi.

Misol tariqasida shuni keltirish mumkin: 40 yoshli bemor so’ngi bir necha yil mobaynida vaqti-vaqti bilan epigastral soxasida ovqat iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan og’riqlar, jig’ildon qaynashni sezib yurardi. Poliklinikada davolanish mobaynida unga “Surunkali gastrit” tashxisi qo’yildi. Ish kuni oxirida bemor birdaniga boshi aylanishi va kuchli xolsizlanish sezdi. Uyda bemorda qora moyga o’xshagan axlat keldi va juda kuchli bosh aylanish kuzatildi. Tez yordam chaqirilib,

bemor me’dadan qon ketishini aniqladi va vena ichiga 10 ml 10% kaltsiy xlorid eritmasi yubordi. Bemor jarroxlik bo’limiga yotqazildi. Qon ketish boshqa qaytarilmadi. Rentgen tekshiruv natijasida oshqozon yarasidan qon ketish tashxisi tasdiqlandi. Bemorni ahvoli biroz yaxshilangan, bemor ichki kasalliklar bo’limiga ko’chirildi. U yerda konservativ davo choralari ko’rildi, oshqozon soxasidagi og’riqlar yo’qolishi va yarani chandiqlanishdan so’ng qoniqarli ahvolda bemorga uyga javob berildi.

Yaraning teshilishi (perforatsiya) va pepetratsiyasi (qo’shni organlarga kirib borishi) og’ir asoratlardir, chunki perforatsiya o’tkir peritonit paydo bo’lishi bilan birga davom etib boradi. Penetratsiya uncha o’tkir o’tmaydi. Yara birdan yorilib ketganida to’satdan juda qattiq og’riq paydo bo’ladi. Avvaliga og’riqlar tosh osti soxasida seziladi keyin esa butun qoringa tarqaladi. Perkussiya qilib ko’rilganida o’ng qovurg’alar ostidan jigardan chiqadigan bo’g’iq ovoz topilmaydi. Dastlabki 2-3 soatda qorin palpatsiya qilinganida qorinninng juda bezillab turganligi va muskullarining huddi taxtadek tarang tortgani ma’lum bo’ladi. 3-4 soatdan keyin og’riqlar bosilib qoladi va ahvol ko’zga yaxshilangandek bo’lib ko’rinadi. 7-8 soatdan keyin diffuz peritonit alomatlari paydo bo’ladi. Temperature baland ko’tarilib, odam qaltiraydi, tomir urishi tezlashib ketadi, arterial bosim pasayadi. Palpatsiya juda og’riqli bo’lib qoladi, qorin pardasining ta’sirlanishidan yuzaga keladigan simptomlar paydo bo’ladi. Qonda chapga surilgan leykotsitoz topiladi, SOE kuchaygan bo’ladi.

Misol tariqasida shuni keltirib o’tamiz: 45 yashar uy bekasi, kechqurun tunning ikkinchi yarmida to’sh osti epigastarl soxasida kuchli og’riqni sezadi. Og’riq tunda ham kamayadi. Bemorga 2 marta tez yordam chaqirildi. Og’riqlar ko’krak qafasining chap tomoniga tarqalganligi sababli, shifokor bemorda stenokardiya xuruji deb o’ylab, bemorga til ostiga 0,00075 nitroglitserin tabletkasini berdi va teri ostiga 0,1-0,5 ml atrofin in’eksiyasini yubordi. Dorilardan so’ng bemorning ahvoli biroz yaxshilandi. Ertasiga kechga borib bemorning ahvoli keskin yomonlashdi. Yana tez yordam chaqirildi. Shifokor bemor qorin muskullarini taranglashuvini aniqlab, yara teshilishini taxmin qilib, darxol bemorni kasalxonaga yotqizdi. Bemorga shoshilinch jarrohlik amaliyoti o’tkazildi. Teshilgan yara tashhisi tasdiqlandi.

Pilorus stenozi yaralar uzoq davom etganida pilorusning battar torayib qolishidir. Kasallarda yotgan mahallarda kuchli tunggi og’riqlar kuzatiladi.qusish ham ko’p uchraydigan simptomdir. Qusganidan keyin bemor yengil tortadi. Odam ishtahasi yo’qolib, ozib ketadi. Rentgenologik tekshirishda me’daning kengayib ketgani, bariy emulsiyasining turib qolishi topiladi.

Yarani rakka aylanayotganini gumon qilish uncha oson emas. Bunday vaqtda og’riqlar o’zining davriyligini yo’qotib, doimiy bo’lib qoladi. Kasalarda me’daning secretor fuksiyasi susayadi, axlatida mudom yashirin qon bo’ladi, anemiya kuchayib boradi, umumiy ahvol yomonlashadi, kasallar tez og’riqlab boradi, davo tadbirlari esa, uncha naf bermaydigan bo’lib qoladi. Gastroskoskopiya qilib yaraning chetlari va tubidan biopsiya olish diagnostikasida yordam beradi.



Davosi.

Davosida kasalxona tizimidan foydalanish kerak. Kun tartibi va ovqatlanish tartibiga rioya qiladi. Konservativ davoda:



  1. Markaziy asab tizimini tinchlantiruvchi, uyqu chaqiruvchi dorilar

  2. Ortiqcha ishlab chiqariladigan xlorid kislotani neytallsh va biriktirib olish.

  3. Oshqozon va o’n ikki barmoq ichak harakati va o’tkazuvchanligini ta’minlash

  4. Shilliq himoya qavati faoliyatini ko’paytirish

  5. Shilliq qavat to’qima elementlarini regenerative hususiyatini oshirish va distrofik yallig’lanish jarayonini kamaytirish.

  6. Kampilobakter piloriga qarshi antibacterial davolash.

Masalan, – xolinolitiklar, atropine eritmasi, metatsin eritmasi, platifillin eritmasi beriladi. Tarkibida modda almashinuvini yaxshilashga qaratilgan dori preparatlari buyuriladi. To’qima modda almashinuvini yaxshilashga qaratilgan dori preparatlari beriladi. Vitaminlar Vt V2 Vb V Vp V5 C,A, kokarbaksilaza, aloe ekstrakti va boshqa biogen kuchlantiruvchilar buyuriladi. Gistamin, furazolidon, de-nol, sukralfat, oksatsillin, eritromitsin, famotidin va boshqa vositalari bilan davolanadi.

Bemor parhez davo ovqatlari bilan davolanadi. №1 (a,b) parxezi. Yara kasalligida oqsil, yog’, uglevod, vitaminlar, mikroelementlar fiziologik me’yorida bo’lishi lozim. Tuzlangan, achchiq, xamir, sovuq ichimliklar, tarkibida CO2 miqdori ko’p bo’lgan mahsulotlar yaxshi pishirilmagan bo’lsa, pishmagan mahsulotlar ta’qiqlanadi.

Fizioterapevtik davolash usullari, parhez va dori moddalari bilan davolash qo’shib olib boriladi.

Epigastral soha va o’ng qovurg’alar ostiga issiqlik muolajalari (parafin, ozokerit 46-48, 30-40 daqiqa 15-20 marta har kuni), elektr issiqlik muolajalari (diatermiya, induktoterapiya) qilinadi.

Past chastotali elektr toki yordamida uxlatish, DMT (detsimetr) to’lqinli tok bilan mahalliy ta’sir etish foyda beradi. Mineral suvlar bilan vanna qilish va ularning tarkibiga, oshqozonning kislotali holatiga qarab ichishga buyurish mumkin.

Fizioterapevtik muolajalar qo’llashda yara kasalligida tez uchrab turadigan onkologik holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq.

Yara kasalligini endoskopik yo’l bilan davolashda ezofagogastroduodenoskop orqali gemostatik suyuqliklar (5%li aminokpron kislota, 10% li kaltsiy xlorid eritmasi, 5% li novakain va adrenalin) bilan muolaja o’tkaziladi.

Hozirgi vaqtda endoskopik yo’l orqali lazer nurlari bilan davolash yara kasalligini davolashda keng qo’llanilmoqda.

Kasallikning chandiqlanish bosqichidan chekish, spirtli ichimliklar ichish, kofe, achchiq ovqatlar man etiladi. Ish va dam olish tartibiga rioya qilish, fizioterapiya (suv bilan davolash, davola r:sh gimnastikasi), sanatoriy- kurortlarda davolanish: dispenser kuzatuvi, bahor va kuzda dori- darmonlar bilan davolash foyda beradi.

Tayanch iboralar


  1. Alimentar –ovqatlanish bilan bog’liq.

  2. Anamnez – kasallikning kelib chiqishi to’g’risida ma’lumot.

  3. Anoreksiya – ishtahaning batamom yo’qolishi.

  4. Atrofiya – hujayralar, to’qimalar va a’zolarning hajm jihatidan kichrayib borishi.

  5. Axiliya – ovqat hazm qilish suyuqliklarning bo’lmasligi.

  6. Vitaminlar – organizm hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan moddalar.

  7. Zaharlanish – organizmga tashqi yoki ichki muhitdan tushuvchi zararli moddalar ta’siridan kelib chiquvchi holat.

  8. Zond – uchki tomonidan metal qismi bo’lgan rezina naychalar.

  9. Zondlash – zondlar yordamida me’da, ichak shirasini tekshirish.

  10. Pepsin – me’da shirasidagi asosiy ferment.

  11. Sekretsiya – shira ajralish jarayoni.

  12. Simptom – kasallikning belgisi.

  13. Eksikoz – suv, tuz almashinuvining va to’qimalarning suvsizlanishi.

  14. Normotsid – shira ajratish vazifasi saqlangan.

  15. Giperatsid – shira ajratish vazifasi oshgan.

  16. Gipoatsid – shira ajratish vazifasi o’rtacha yetishmasligi.

  17. Anatsid – shira ajratish vazifasi ro’y-rost yetishmasligi.

18..Koprologik tekshirish: umumiy analiz, yashirin qonga (Gregersin reaksiyasi), gijja tuxumlariga va boshqalar.

19.Instrumental tekshiruvlar: me’da-ichak yo’li rengenoskopiyasi va rengenografiyasi, fibrogastrokopiya, laparoskopiya va boshqalar.



Savollar:

1. Gastrit kasalligi bila o’grigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:

-etiologiyasi, klinikasi va kechishi;

-davosi va profilaktikasi;

-hamshiralik parvarishi.

2. Bemorlarda hamshiralik parvarishini olib borish.

3. Yara kasalligi haqida umumiy tushuncha.

4. Me’da yarasi kasalligining etiologiyasi.

5. Me’da yarasi kasalligining klinikasi va kechishi.

6. Me’da yarasi kasalligining asoratlari va ularda birinchi yordam ko’rsatish

7. Me’da yarasi kasalligining davosi va parxezning ahamiyati.

8. Kasalikning oldini olish choralari.


Adabiyotlar ro’yhati.

1.«Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 yil.


Mavzu№4: Jigar va o’t qopi kasalliklari bilan og’rigan

bemorlarda hamshiralik parvarishi.
REJA:

1.Jigar va o’t yo’llarining anatomo-fiziologik xususiyatlari

.

2.Klinik holati va simptomlarini.


3.Tekshirish usullarini va davolash.
4.Surunkali gepatit va jigar tsirrozi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.(kasallik etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, asoratlari, davolash)
5.O’zbekiston respublikasi SSV tibbiyot muassasalarida virusli gepatitga qarshi kurashish choralari va profilaktikasi to’g’risida 5-sonli 05.01.2012y dagi buyrug’i.
Jigаr ovqat hazm qilish sistеmаsidаgi vа qorin bo’shlig’idаgi eng kаttа bеzdir. Bu а’zо qorin bo’shlig’ining yuqori qavatidа, o’ng qovurg’a оsti sохаsidаn chаp qovurg’a sохаsigаchа jоylаshgаn. Jigаr kаttаlаrdа 1500 gr bo’lib, 12-barmoqli ichаkkа o’t suyo’qligi yеtishtirib bеrish bilаn аjrаlib turаdi.

Оdаm оrgаnizmining «lаbоrаtоriyasi» hisoblаngаn jigаr hazm bo’lgan mоddаlаrni tоzаlаsh vа qator mоddа аlmаshinuvidаgi ishtirоki (murаkkаbligi) bilаn muаyyan аhamiyatgа egа.  

  Jigаr diаfrаgmа оstidа yotgаn хоldа, u o’ng (kаttа) vа chаp (kichikrоq) bo’lаklаrdаn ibоrаt. U qorin pаrdа bilаn uch tоmоnlаmа o’rаlgаn bo’lib, o’nlаb bоylаmlаri yordаmidа mustахkаm ushlаb turilаdi. U ayniqsa, pаstki yuzаsi bilаn qorin bo’shlig’idаgi ko’p а’zоlаrgа tеgib (mе’dа, 12-barmoqli ichаk,YU chаmbаr ichаk, o’ng egriligi, o’ng buyrаk vа buyrаk usti bеzi vа хоkаzо) ulаr tutashgаn хоldа turаdi. Jigаr tаrkibidаgi gеpаtоtsid хujаyrаsi qator murаkkаb vаzifаlаrni bаjаrgаni uchun «аjоyib to’r» nоmini оlgаn.

Jigаr ishlаb bеrgаn o’t suyo’qligi, uning ikki bo’lаgidаn ikki o’t yo’li bilаn bоshlаnib,, o’t qo’pchаsigа o’t to’plаnishini tа’minlаydi vа bu suyuqlikni hazm qilishdа fаоl qatnashuvchi suyuqlik sifаtidа 12-barmoqli ichаkning pаstgа tushuvchi qismigа yеtkаzib bеrаdi. Mоddа аlmаshinuvi buzilishi nаtijаsidа o’t pufаgi vа o’t yo’llaridа tеz-tеz tоshlаr hosil bo’lishi mumkin.



O’t suyuqligi аchchiq tа’mli, ishqоriy хususiyatgа egа eritmа bo’lib, ingichkа ichаkdа аsоsаn yog’lаrni emulsiyalаshdа, ulаrni pаrchаlаnishidа fаоl ishtirоk etаdi. Jigаr qongа siydikchil vа qator fеrmеntlаr ishlаb chiqaradi. Jigаrdа (оnа qоrnidаgi хоmilаdа) qon ishlаb chiqаrilаdi, vаzifаsi vа qon bilаn tа’minlаnishi kuchli bo’lgani uchun jigаr hоmilаdа vа yangi tug’ilgаn chаqаlоqlаrdаgigа nisbаtаn kаttа bo’lib, qorin bo’shlig’ini qаriyb yarmini to’ldirib yotаdi. 

O’t pufagi jigarning pastki tomonidagi mahsus o’yiqda joylashgan bo’lib noksimon tuzilishga ega. Uzunligi 8 – 10 sm, hajmi - 60 ml ga teng. Ot pufagi jigar ishlab chiqqan o’t suyuqligini o’zida saqlab turadi. O’t suyuqligi ovqat hazm qilish sistemasida yog’larni parchalashga yordam beradi. O’t suyuqligi o’n ikki barmoqli ichakka quyiladi..

Surunkali gepatit.

Surunkali gepatit- polietiologik kasallik bo’lib, jigar to’qimasida yallig’lanish-distrofik xarakterlanadi.



Etiologiyasi va patogenezi.

Kasallikka olib keluvchi asosiy sabablar: infeksiya, intoksikatsiya, allergiya va alkogolizmdir. Ko’p hollarda kasallik infeksion gepatitdan keyin kelib chiqadi. Bezgak, brutsellez, sil kabi infektsion kasalliklar ham surunkali gepatitning sababi bo’lishi mumkin. Sanoatda, turmushda uchraydigan zaxarli moddalar yoki dori preparatlar (benzol, qo’rg’oshin, xloroform, aminazin, izoniozid, metaldofa) bilan surunkasiga zaharlanib yurishi natijasida ham kasallik paydo bo’ladi.

Toksik- allergik gepatitlar, zaharlanish to’g’ridan to’g’ri jigarga ta’sir qilishi natijasida paydo bo’lmay, balki o’sha zaharlarga sezuvchanlik kuchayib ketishi va organizmda shikastlangan jigar to’qimasiga nisbatan antitelalar ishlab chiqarishi bilan paydo bo’ladi.

Almashinuv buzilishiga aloqador jigar kasalliklari (gepotezlar) oqsil, vitaminlar, garmonlar yetishmovchiligi tufayli vujudga keladi.



Patologik anatomiyasi.

Surunkali gepatitning uchta formasi ajratiladi:



  1. Agressiv gepatit

  2. Persistlovchi gepatit

  3. Holestatik gepatit.

Surunkali agressiv gepatit

Portal yo’llar va jigar parenximasining shikastlanishi, jigar distrofiyasi boshlanib, fibros avj olishi bilan harakterlanadi. Jigar kattalashgan, yuzi noteks, bo’lakchalarning tuzilishi aynagan bo’ladi. Surunkali persistlovchi gepatit yallig’lanishi portal yo’llarda joylashgan bo’lib, sekinlik bilan o’tadi, jigar bo’lakchalarining tuzilishi saqlanib qoladi. Jigar hujayralari nekrozga uchramaydi. Surunkali xolestatik gepatitda o’t kapilyarlarida o’t dimlanib qolishi mumkin.



Simptomatikasi.

Surunkali agressiv gepatit uchta sindrom – astenovegetativ, dispeptik sindrom va jigar yetishmovchiligi bilan o’tadi. Astenovegetativ sindrom uchun darmonsizlik, bosh og’rishi, uyquning buzilishi, asabiylik kiradi. Dispeptik sindromga – ishtaxa yo’qolishi, ko’ngil aynish, qayd qilish, qorin dam bo’lishi, ozib ketishni o’z ichiga oladi.



Jigar yetishmovchiligiga – qon ketishi, kaftlar eritemasi (jigar kaftlari), badanda yulduz nusha toshmalar paydo bo’lishi, vaqti- vaqti bilan badanning sarg’ayishi, astsit paydo bo’lishi, jigarning qovurg’a ravog’idan 5-8 sm pastga tushishi bilan o’tadi – remissiya paytida badandagi sariqlik yo’qolib, jigar kichrayadi. Agressiv gepatit retsediblar bilan o’tadi. Bemorlarning 20-40 foizida jigar serrozi rivojlanadi.

Laborator tekshiruvlar EChT ni tezlashuvi va dispratennemiya, ya’ni Ambulinlar kontsentratsiyasi pasayib, globulinlar ko’payishi aniqlanadi.

ALT va AST fermentlar aktivligi, bilurubin miqdori ortadi. Radioaktiv oltin bilan olingan skanogrammalarda jigar rasmi suyuq bo’lib ko’rinadi.

Persistlovchi surunkali gepatitda klinik manzara agressi gepatitdagidek ifodalangan bo’lmaydi. Ko’p hollarda kasallik zimdan o’tib, faqat tekshiruvlar paytidagina aniqlanadi. Bemor yog’li ovqat yeganda o’ng qovurg’a ostida og’irlik xissi, ko’ngil aynashdan shikoyat qiladi. Laborator ko’rsatkichlar birmuncha o’zgaradi. Persistlovchi surunkali gepatit nohush faktorlar ta’siri ostida (alkogolizm, intoksikatsiya, ovqat toksikoinfektsiyasi, oziq-ovqatlarda vitamin va oqsillarning yetishmasligi) kasallikning zo’rayishi kuzatiladi. Aksincha bemorlarning to’g’ri davolanishi va parvarishi kasallikni stabillashuviga olib keladi.

Holestatik gepatit asosan o’t tosh kasalligi, o’t yo’llari disneneziyasi, o’t yo’llarining parazitlar kasalliklari sababli kelib chiqadi. Kasallikning bu turida o’t yo’llarida o’t dimlanib qolishi va uni gepatotsitlarni zararlanishi kuzatiladi.



Xolestatik gepatitning asosiy belgilari –

Qayd qilish, teri qoplamlari va ko’z scleralarini sarg’ayishi, badan qichishuvi hisoblanadi. Jigar 2-3 sm gacha kattalashadi, qattiq qirrasi silliq bo’ladi. Bemorning qon zardobida bilurubin, ishqoriy fosfataza, xolesterin miqdori ko’payib ketadi, gipergommaglobullikemiya kuzatiladi. Kasallik keltirib chiqaruvchi sabab bartaraf etilmasa, kasallik zo’rayib, 5-10 yilda jigar serroziga olib keladi.



Bemorlarni davolash va parvarish qilish.

Surunkali agressiv va persistlovchi gepatit bilan og’rigan bemorlar remissiya davrida asosan 5 a parxez stoliga rioya qilishlari, sog’lom turmush tarziga rioya qilishlari kerak. Bemorlarga hayvon yog’lari, alkogol ichimliklar, ziravor, o’tkir ovqatlar berilmaydi. Kasallik zo’rayganda bemorlarga 5 a parxez stoli, yotoq rejimi tayinlanadi. Ularga yetarli miqdorda oqsil va vitaminlarga boy bo’lgan ovqatlar beriladi (sutkasiga 100-120 g oqsil)

Jigardagi almashinuv protsesslarini yaxshilash uchun vitaminlar - Vb Vb,V12 askorbinat kislota, nikotin kislota, kokarbiklaza, aminokislotalar, jigar va oqsil gidrolizatlari buyuriladi.

Aminokislotalar: linoat kislota, lipamid, glyutaminat kislota 1 tabletkadan 3-4 mahal beriladi.

Jigar gidrolizatlaridan: essensiale, vitogepat, sirenar, karsil, liv-52 buyuriladi.

Oqsil gidrolizatlaridan: gidrolizin, aminopeptin, aminoprovin buyuriladi.

Yallig’lanishga va immunodepressiv ta’sir ko’rsatish uchun garmonal preparatlar prenizolon sutkasiga 20-30 ml dan, kichik dozalarda delagil 0,25 – azotlaprin beriladi. Dezintoksikatsiya maqsadida: gemodez, natriy xloridning fiziologik eritmasi 5% glyukoza buyuriladi.

Xolestatik gepatitda o’t haydovchi vositalar: allokol, degdroxolat kislotasi beriladi.



Kasallik profilaktikasi

O’tkir gepatlarni oldini olish, alkogolizmga barham berish, ishlab chiqarishdagi va uy-ro’zg’ordagi toksik moddalar ta’sirini bartaraf qilishga, o’tkir va yarimo’tkir gepatitlarni davolash hisoblanadi.



Jigar sirrozi. Jigar sirrozi surunkali jigar hastaligi bo’lib, jigar hujayralari halok bo’lishi va biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi, morfologik jihatdan jigarning bujmayib qolishi va faoliyatining keskin buzilishi bilan xarakterlanadi.

Sabablari.:

Surunkali gepatit, viruslar ta’sirida, dorilarning zaharli ta’sirida, spirtli ichimliklar ta’sirida, ovqat ratsionida oqsil va vitaminlar yetishmovchiligida, ichki sekretsiya va moddalar almashinuvi buzilishi.

Jigar sirrozining klinik manzarasi.

Har xil sindromlardan iborat:



  1. Asab buzilishi;

  2. Jigar hujayralari faoliyatining buzilishi;

  3. Jigar hujayralarining yallig’lanishi, nekroz alomatlari;

  4. Jigarda immune yallig’lanish;

  5. O’t yo’llari faoliyatining buzilishi (xolestatik sindrom);

  6. Hazm a’zolari faoliyatining buzilishi (dispeptik sindrom).

  7. Taloqning kattalashishi (gipersplenizm);

  8. Gemorragik sindrom;

  9. Gepato- splenomegaliya.

Klinik belgilari.

Portal sirroz eng ko’p ychraydigan jigar sirrozi bo’lib,bu kasalliklar ichida 40% ni tashkil qiladi. Bemorda tez charchash, quvvatsizlik, ish faoliyati pasayishi kuzatiladi. Sekin-asta ishtaha pasayadi, ko’ngli ayniydi, qusadi, ichi buziladi. O’ng qovurg’a tagida og’riq kuzatiladi. Sekin-asta qorin kattalashadi, oyoqda shish paydo bo’ladi.qon ketish alomatlari paydo bo’ladi. Ba’zan badan sarg’ayadi, terida qon tomir “yulduzchalari” paydo bo’ladi. Bemorlarda ozish, ko’krak va qorinning oldingi qismida vena qon tomirlarining bo’rtib ko’rinishi, qorinda suv yig’ilishi, taloqning, jigarning kattalashishi kuzatiladi.



Davolash.

Jigar sirrozini davolash quyidagilarga qaratiladi:



  1. Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablariga (surunkali gepatit, o’t yo’llari

kasalliklari) va boshqa sabablarga qarshi davolash;

  1. Kasallikning rivojlanish jarayoniga ta’sir ko’rsatish (immune holatiga, jigar hujayralari, modda almashinuvini yaxshilash, asosiy katta vena bosimini pasaytirish, taloqning kattalashishi, faoliyatining oshganligi va zardob yig’ilib qolishiga qarshi kurashish).

  2. Kasallik asoratlariga qatshi kurashish (qon ketishini to’xtatish, jigar komasini davolash).

Jigar hujayralarida moddalar almashinuv jarayonlarini yaxshilash uchun: sinepar, essensiale, Lif-52, oqsil preparatlari, kaliy tuzlari va boshqalar beriladi.

Yallig’lanishga qarshi va immunodepressant ta’sir ko’rsatadigan davo- pretmizolon, deksometazon, azotiopirin.

Umumiy quvvatlantiruvchi va simptomatik davo (vitaminlar, glyukoza, yurak preparatlari) berilib borilishi yaxshi natija beradi.

Qorinda suyuqlik yig’ilganda tuzsiz ovqat iste’mol qilish, suyuqlikni cheklash, siydik haydovchi preparatlar va boshqalar qilinadi. Punksiya yordamida suyuqlik chiqarib tashlanadi.

Kasallik asoratlarining oldini olish chora-tadbirlari olib boriladi.

Qizil o’ngach va oshqozon venalaridan qon ketganda:



  • qon quyish

  • venaga aminokapron kislota tomchilab yuborish

  • venaga kaltsiy xlorid yuborish

  • vena tomiridagi bosimni pasaytirish uchun venaga 5%li 100 ml glyukozaga pitiutrin yoki vasopressin qo’shib yuboriladi.

  • Bu tadbirlar yordam bermasa jarroxlik yo’li bilan to’xtatiladi.

Kasallik oqibati.

Jigar serrozi batamom tuzalmaydi, lekin sekin-asta davom etishi mumkin.



Kasallikning oldini olish.

  • Avvalo kasallikni kelib chiqish sabablarini yo’qotish

  • Surunkali gepatit va jigarning yog’ bosgan distrofiyasini o’z vaqtida davolash

  • Serroz avj olishini to’xtatish va asoratlarining oldini olish.

O’t pufagining yallig’lanishi (xoletsistit)

Xoletsistit –o’t pufagining yallig’lanishidir. Bu kasallik ko’p tarqalgan bo’lib, ayollarda tez-tez ucrab turadi.

Etiologiyasi

Xoletsistitning kelib chiqishida har xil bakteriyalar katta ahamiyatga egadirlar: (ichak tayoqchasi, stafilokk, enterokk, streptokokk) ba’zi hollarda lyamblioz ham ta’sir qiladi.

Hozirgi vaqtda xoletsistitning kelib chiqishida virusli nazariyaning ham ahamiyati borligi isbotlangan.

Toksik va allergik tabiatga ega bo’lgan xoletsistitlar uchraydi, o’t pufagiga mikrob florasining kirishi quyidagi yo’llar bilan sodir bo’ladi:



  1. Enterogen – ichak orqali

  2. Gemotogen (qon orfli) ayrim infeksiya o’choqlaridan

  3. Limfogen (limfa tomirlari orqali).

O’t pufagiga mikrob florasining tushishi hamma vaqt yallig’lanish jarayoni darxol olib kelavermaydi.

Xoletsistit kelib cjiqishda asosiy moyillik qiluvchi omil o’t pufagi dimlanishi hisoblanadi. O’t toshlari, o’t chiqaruvchi yo’llarning buralib qolishi va siqilishi, o’t pufagi va o’t chiqarish yo’llarining diskineziyasi hamda o’t pufagi va yo’llarning anatomic tuzilishidagi har xil nuqsonlar o’t dimlanishiga olib keladi.

O’t yo’llari tonusi va harakat funksiyasining buzilishi, turli xil emotsional holatlar, endokrin va vegetative tizimlar faoliyatining zararlanishi, har xil kasalliklar natijasida ovqat hazm qilish tizimining patologik o’zgargan a’zolaridan kelib chiquvchi turlicha reflekslar ta’sirida yuzaga keladi. Uning o’t yo’llari pufagida dimlanib qolishiga yana ichki a’zolarining tushishi, homiladorlik, kam harakatlik vaqtida ovqatlanmaslik kabi omillar ta’sir etadi. O’t-tosh kasalligi asosida xoletsistitning kelib chiqishi bir qancha ta’surotlarga borliqdir. Bular o’t pufagi devorining doimo toshlardan ta’sirlanishi, o’t-tosh kasalligiga ikkinchi kasallik bo’lib qo’shilgan o’t pufagining diskeneziyasi hisoblanadi, bundan tashqari, infektsiya o’t toshlariga joylashib olib, o’t pufagida yallig’lanish jarayonini chaqiradi, o’t yo’llarining diskineziyasida pankreatik shiraning shu yerga tushishi sababli shiradagi tripsinni sitokinazalar ta’sirida aktivlashishi natijasida xoletsistit rivojlanishiga olib keladi. O’t pufagida yallig’lanish jarayonining birdaniga kelib chiqishiga ko’p ovqat yeyish, ayniqsa juda yog’li va o’tkir ovqat iste’mol qilish, sovuq qotish, boshqa organlardagi yallig’lanish jarayoni ham ta’sir qiladi. Xoletsistitlar:


  1. O’tkir

  2. Surunkali bo’ladi.

O’tkir xoletsistit.

O’tkir xoletsistit o’t qopining o’tkir yallig’lanishidir, uning rivojlanishida mikrob florasining o’t qopi devoriga ko’proq gemotogen yo’l bilan tushib, shikastlanishi kuzatiladi. Kasallik rivojlanishida qopchadagi o’t toshlari, qon aylanishining buzilishi, bo’yinchasining buklanib qolishi, o’tning turrungligi, me’da osti shirasining o’t yo’llariga tushishi ahamiyatli.



Patologoanatomik ko’rinishi.

O’tkir xoletsistit: kataral,flegmonali, gangrenali xoletsistitlarga bo’linadi.



  1. O’tkir kataral xoletsistitda o’t pufagining shilliq qavati shishadi, qizaradi, epiteliysi ba’zi joylarda yirilgan bo’lib, gistologik tekshirilganda uning qizargani, yallig’langani, shishganligi va shilliq hamda shilliq osti qavatlarining leykotsitlar bilan infiltratsiyasi aniqlanadi.

  2. Yiringli xoletsistitda o’t pufagi ko’pincha taranglashadi, tortiladi, uni o’rab turuvchi qorin parda xiralashadi, fibrinli pardalar bo’lishi mumkin, pufak bo’shlig’ida esa yiring to’planadi. Shilliq qavati shishgan, ba’zi joylarda eroziyalangan, shish va yallig’langan infiltrate o’t pufagi devorining hamma qavatlarini o’z ichiga oladi va unda abstsesslar paydo bo’ladi.

  3. Flegmonali xoletsistitda o’t pufagi devoir barcha qavatlarining segment yadroli leykotsitlar bilan diffuz infiltratsiyasi yaqqol namoyon bo’ladi, shilliq qavat nekrozi va yemirilishi yuz beradi, ba’zida esa devorining teshilishi ham kuzatiladi.

  4. Gangrenali xoletsistitda nekrotik jarayon o’t pufagi devorining barcha qavatlariga tarqaladi.

Klinik ko’rinishi:

O’tkir xoletsistit o’ng qovurg’a ostiva qorin osti soxasida birdaniga paydo bo’ladigan og’riqlar bilan boshlanadi. Ko’pincha og’riqlar o’ng yelkaga va o’ng kurak soxasida tarqaladi. Bir necha soat davomida og’riq kuchayadi,lekin o’t-tosh sanchiqlarida uchraydigan og’riqlar kabi kuchli bo’lmaydi. Og’riqlar o’t pufagini o’rab turuvchi vistseral qorin pardaning ta’sirlanishiga bog’liq. Harakat chuqur, nafas olish og’riqni yanada kuchaytiradi. Bemor ko’pincha o’ng tomonga va orqaga egilgan bo’lib, majburiy holatga o’tiradi. Tana harorati oshadi. Yuz-beti ranglar, ahvoli og’ir, ingraydi. Qaltirash paydo bo’ladi. Haroratning oshishi va titrash yiringli va flegmonali xoletsistitdan darak beradi. Til quruqlashadi, oq karash bilan qoplanadi. Huruj aslida ko’ngil aynishi, qayta-qayta qusish qorin dimlanishi bilan o’tadi, qabziyat kuzatiladi. Bemor bezovta bo’ladi. Qorinni paypaslaganda o’t chiqaruvchi tizimlar uchun xos bo’lgan og’riq bilan ifodalangan Ortner, Zaxarin,Obraztsov-Merfi, Vasilenko belgilari, Frenikus belgisi, qorin pardaning ta’sirlanishi kabi belgilar musbat bo’ladi. Qorin yuzaki palpatsiya qilinganida o’ng qovurg’a ostida, ayniqsa o’t pufagi proyeksiyasida qattiq og’riq kuzatiladi, mana shu soatda qorin oldingi devoir mushaklarining taranglashuvi aniqlanadi. Ba’zi hollarda qorin devoir yupqaligida mushaklarda og’riq borligi va himoyaviy taranglanishiga qaramasdan cho’zilgan va og’riqli o’t pufagini paypaslash mumkin. Sariqlik kuzatilmaydi. O’tkir xoletsistitda duodenal zondlashni o’tkazish mumkin emas. Bemor umumiy holatining og’irlashuvi, yuqori harorat, titrash, taxikardiya, o’ng qovurg’a ostida qorinning og’rishi kuzatiladi.

Ionga neytrofil leykotsitoz (15-20, 10 l), EChT ning oshishi flegmonali va gangrenali xoletsistitdan darak beradi. Termografiya yordamida o’t pufagi proyektsiyasi soxasida terining gipertermiyasi o’chog’ini aniqlash mumkin. O’tkir xoletsistit tashxisida exografiya katta ahamiyatga ega, ayniqsa kechadigan jarayon tekshirilganda uning dinamikasini bilish uchun bir necha soatdan keyin (ertasiga) og’ir hollarni tashxis qilishda kompyuterli tomografiya qo’llaniladi. Exografiya va tomografiya nazoratida ba’zi bir muolajalari o’tkaziladi. O’t pufagi punksiyasi qilinadi va uning ichidagi yallig’langan suyuqlik olib tashlanadi, uning bo’shlig’iga antibiotiklar yuboriladi.

Kasallikning kechishi va uning asoratlari:

Kasallik oqibatida yaxshi tugashiga og’riq, harorat va qonning o’zgarishi, kasallikning 2-4 kunida ko’proq namoyon bo’ladi va bir necha kun saqlanadi, shundan so’ng bemor tez yoki sekin asta tuzaladi. Ba’zi hollarda esa surunkali shakliga o’tadi, ko’proq bu holat yiringli va flegmonali xoletsistitda uchraydi. Kasallik yomon kechganida o’tkir davri cho’ziladi va asoratlar kelib chiqishi mumkin: o’t pufagining qorin bo’shlig’ida perforatsiyasi peritonit rivojlanishiga yoki infektsiyaning ichki a’zolariga tarqalib ichki oqmalari hosil qilishiga, yuqoriga ko’tariluvchi xolangit, jigar abstsessiga sabab bo’ladi. O’ng qovurg’a ostida birdaniga o’tkir qattiq og’riq paydo bo’lishi, peritoneal belgilarning yaqqolligi, kichikroq tutishi, yel va najas chiqishining to’xtashi sababli qorinning tushishi, bosimning tushishi o’t pufagi perforatsiyasidan darak beradi. O’tli peritonit tashxisida austkultatsiya usuli ham yordam beradi: o’t pufagi joylashgan soha ustidagi qorin pardasining ishqalanish shovqini eshitiladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, ugli peritonit og’irroq kechadi va yomon oqibatlarga olib keladi.



Davolash:

O’tkir xoletsistit bilan kasallangan bemorlarga jarrohlik bo’limlariga yotqiziladi. Flegmonali va gangrenali xoletsistitda yoki uning oqibati tezda operatsiya qilinadi. Kasallik o’rtacha kechayotgan bo’lsa va asoratlar kuzatilmasa, ta’sir doirasi keng antibiotiklar katta miqdorlarda beriladi, ampitsillin (har 4-6 soatda 0,5-1 g ichish), oletetrin (0,5-1 har 4-6 soat ichishga) yoki tetraolean (0,1 g dan kuniga 3 marta muskul orasiga), vena ichiga 500 mg 25-30 ml suvda (ineksiya uchun), levometsitin (0,5-0,75 g) kuniga 4-6 m tayinlanadi. Spazmolitiklar: atropine sulfat, no-shpa, parxezga rioya qilish, issiq shirin choy, mineral suvlar, ovqatdan o’zini tiyish tavsiya etiladi.



Profilaktikasi:

  1. Ratsional ovqatlanish tartibiga rioya qilish

  2. Fizkultura bilan shug’ullanish

  3. Yog’almashinuvi buzilishining oldini olish

  4. Badandagi infektsiya o’chog’ini yo’qotish kerak

Surunkali xoletsistit.

Surunkali xoletsistit – o’t qopining surunkali yallig’lanishidir. Surunkali xoletsistit o’tkir xoletsistitdan so’ng kelib chiqadi, ammo ko’proq mustaqil ravishda va asta-sekin o’t-tosh kasalligi asosida kelib chiqadi. Ko’pincha surunkali xoletsistit sekretoryetishmovchilik bilan o’tadigan gastrit, surunkali pankreatit va hazm a’zolari kasalliklari hamda semirish kasalligi bo’lgan bemorlarda uchraydi. Surunkali xoletsistitlarni tibbiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan tasnifi mavjud emas. Quyida A.M.Nogaller (1979) taklif qilgan tasnifini keltiramiz:



  1. Og’irlik darajasi bo’yicha:

  1. yengil turi

  2. o’rtacha og’ir turi

  3. og’ir turi

  1. Kasallikning kechish bosqichlari bo’yicha:

  1. qaytalanishi

  2. pasayib boruvchi qaytalanishi

  3. remissiya davri (barqaror va beqaror)

  1. Asoratlanishi bo’yicha:

  1. asoratlanmagan

  2. asoratlangan

  1. Kechish turlari bo’yicha:

  1. qaytalanuvchi

  2. sust kechuvchi

  3. almashinuv kechuvchi

Klinik ko’rinishi:

Surunkali xoletsistit bilan og’rigan bemorlar o’ng qovurg’a ostida to’mtoq og’riqlarni sezadilar, bu og’riqlar doimiy bo’lib, yog’li va qovurilgan ovqat iste’mol qilganda 1-3 soatdan keyin paydo bo’lib, yuqoriga, o’ng yelkaga, bo’yinga, o’ng ko’krakka tarqaladi.

Dispeptik o’zgarishlar: og’izda taxir va metal mazasini sezish, havo bilan kekirish, ko’ngil aynishi, meteorizm,defekatsiyaning buzilishi, qabziyatning ich ketishi bilan almashinib turishi kuzatiladi. Nevrasteniya belgilari: ta’sirchanlik, uyqusizlik bo’ladi.

Sariqlik kam uchraydi, asosan jigarning ikkilamchi shikastlanishida qorin soxasi paypaslab tekshirilganda va perkussiya meteorizm aniqlanadi. Qorinning yuzaki palpatsiyasida, qorin oldingi devorida o’t pufagi soxasida og’riq va sezuvchanlik aniqlanadi. Qorin pressi mushaklarining qarshiligi (rezistentligi) oshadi.ko’pincha og’riq bilan ifodalanuvchi Myusse-Georgiyev, Grekov-Ortner, Obraztsov-Merfiy, Vasilenko belgilari musbat bo’ladi.

Surunkali xoletsistit asoratlari surunkali gepatit, xolangit rivojlanadi, jigar kattalanishi mumkin. Palpatsiya jigar chetlari zichlashgani va og’riq seziladi. Surunkali xoletsistitda duodenal zondlash katta ahamiyatga ega: o’tning “V” portsiyasini olish qiyinlashadi, chunki o’t pufagining konsentratsiyalash hususiyati va pufakchaning reflector faoliyati buzilishi kelib chiqadi. O’tning “V” portsiyasi “A”, “S” portsiyasidan ko’ra xiraroq va takror bo’ladi.

Xolitsistografiyada o’t pufagi shaklining o’zgarganligi, rentgenogramma uning ko’rinishi aniq emasligi ko’rinadi.

Ultratovush bilan tekshirilganda uning devorlarining kattalashganligi va unda konkrementlar yo’qligi aniqlanadi.

Kechishi:


    1. Lagent

    2. Takrorlanuvchi

    3. Og’ir kechadigan-yiringli bo’ladi

Asoratlari.

Surunkali xolangit, gepatit qo’shiladi. Pankreatit bo’ladi, chunki 70 % hollarda umumiy o’t yo’li va pankreatik yo’llar o’n ikki barmoq, ichakdka tushishi oldidan qo’shiladi. Yallig’lanish jarayoni o’t pufagida toshlar yirilishiga olib keladi.



Davolash:

Savollar

    1. Jigar va o’t yo’llarining tuzilishi va vazifasi.

    2. Simptomlari va klinik holati.

    3. Bemorlarni tekshirish usullarini va davolash turlari.

    4. Surunkali gepatit, jigar sirrozi va xoletsistit kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishini olib borish.

Tayanch iboralar:

O’tkir xoletsistit- o’t qopining o’tkir yallig’lanishidir, uning rivojlanishida mikrob florasining o’t qopi devoriga ko’proq gemotogen yo’l bilan tushib, shikastlanishi

Surunkali gepatit- polietiologik kasallik bo’lib, jigar to’qimasida yallig’lanish-distrofik xarakterlanadi.

Jigar sirrozi surunkali jigar hastaligi bo’lib, jigar hujayralari halok bo’lishi va

biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi, morfologik jihatdan jigarning bujmayib kuzatiladi.

qolishi va faoliyatining keskin buzilishi bilan xarakterlanadi.

Xoletsistit –o’t pufagining yallig’lanishidir. Bu kasallik ko’p tarqalgan bo’lib, ayollarda tez-tez ucrab turadi.

Adabiyotlar:

1.«Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.

3.’’Terapiya’’ M.F.Ziyayeva 2001 y




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə