O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi


Zotiljam kasalligi mohiyati 2



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə4/9
tarix30.05.2018
ölçüsü0,62 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7   8   9

1.Zotiljam kasalligi mohiyati

2. Kasallik etiologiyasi

3. Kasallik klinikasi va kechishi.

4.Kasallik davosi.

5.Kasallik profilaktikasi.

6.Hamshiralik parvarishi xususiyatlari.

Adabiyotlar:

  1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

  2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.


Mavzu: №12 Nafas a’zolari kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.
Reja :

  1. Nafas a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.

  2. O’pka gangrenasi, o’pka abtsessi, plevrit kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.

O’pka abtsessi.

O’pka yiringlashi guruhiga absess va gangrena kiradi. O’pka absessi-o’pka to’qimasining sog’lom to’qimadan cheklangan holda yiringlab irishi bilan xarakterlanadi.

Absessda odatda bronx bilan tutashib turadigan bitta va bir necha bo’shliq hosil bo’ladi.

O’pka gangrenasi- o’pka to’qimasining jonsizlanishi, chirib parchalanishi bo’lib, bunday balg’am ajralishi bilan o’tadi. Absessdan farq qilib, gangrena maxalida patologik o’choqning aniq ajralib turadigan chegaralari bo’lmaydi. O’pkasi yiringlagan bemorlar orasida o’rta yoshdagi erkaklar ko’pchilikni tashkil qilishadi. Ayollar 4-6 marta kam kasallanadilar. Buning boisi shundaki, erkaklar orasida chekuvchilar, ichkilikka berilganlar nisbatan ko’p bo’ladi, ular bronxit bilan ko’p og’ridilar, erkaklarning kasb-kori zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri bilan ko’proq bog’liq bo’ladi.

Kasallik etiologiyasi. O’pka abssesi bilan gangrenasi kelib chiqishida o’tkir, ayniqsa krupoz pnevmaniyalar, yuqumli narsalarning (shilimshiq yiring, qusuq massalari va boshq.) mayda bronxlarga tushib qolishi katta ro’l o’ynaydi. Bu kasalliklar qon oqimi bilan o’pkaga infeksiyalar tushganda hamda ko’krak qafasi jaroxatlanganda ham paydo bo’ladi. O’pka abssesida juda xilma-xil mikroflora, strepptokokklar, pnevmakokklar, ichak tayoqchalari, Fridlender dipkokklari, ichak tayoqchalari va boshqalar topiladi. Sovqatish, charchash, noqulay mehnat va turmush sharoitlari kasallik kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Klinik manzarasi. Bemorlar asosan ahvol, kayfiyatning asta- sekin yomonlashuvi, et junjukishi, sovqatish, tana haroratining ko’tarilishi, ko’p terlash, loxaslik, keskin bexollik, ko’krak qafasida aniq bo’lmagan og’riqlar bo’lishidan shikoyat qiladilar.

Bemorlarda quruq yo’tal yoki mo’l tiringli balg’am ajralishi hamda badbo’y hidli balg’am chiqishi, bo’g’imlarda og’riq bo’lishi, ishtaxa yomonligi, dispeptik hodisalar asosiy klinik belgilardan hisoblanadi. Umumiy ko’zdan kechirilganda lab tianozi, qo’l barmoqlari “nog’ora tayoqchalar” ko’rinishida o’zgarganligi, tirnoqlar soat oynasiga o’xshab qolganligi, oyoqlarga shish kelishi yaqqol ko’rinib turadi.



Kasallikning kechishi. O’pka yiringlaganida 2 ta – birinchisi- absess yorilguncha bo’lgan davr, ikkinchisi- absess yorilgandan keyingi davr farq qilinadi.

B i r i n ch i d a v r (absess yorilguncha bo’lgan davr) og’ir kechishi bilan harakterlanadi. Bu davrda bemor tana harorati 40 darajagacha ko’tarilishi, qartilash, hansirash, bo’shashish, ishtaxa yo’qolishi, bosh og’rig’i, ba’zan yonboshda og’riq paydo bo’lishi kabi belgilardan noliydi, tez-tez yuza nafas oladi. Kasal tomoni nafasdan keyin qoladi. Perkussiyada shikastlangan soha ustida toskop bilan bosilganda yo’tal refleksi kuchayadi. Bu plevraning yallig’lanish jarayoniga tortilishining ilk belgisidir. Puls tezlashgan (minutda 120 tagacha), yurak tonlari bo’g’iqroq, ausskultatsiyada qattiq, ba’zan bronxial nafas, quruq va nam hirillashlar eshitiladi. Rengenologik yo’l bilan tekshirib ko’rilganda infil’tatsiyasi bor joy qorayibroq turadi.

I k k i n ch i d a v r yiringning bronxlar bo’shlig’iga yorilishidan boshlanadi. Bemordan bir talay (1 l gacha va bundan ko’proq) yiringli yoki chiriq balg’am chiqadi. Abssesda balg’am yashil rangli, hidsiz bo’ladi. Gangrenada esa balg’am shokolad tusida va qo’lansa hidli bo’ladi. sutka ichida ajralib chiqadigan balg’am miqdori oshishi bilan bemorlarning umumiy ahvoli sezilarli darajada yahshilanib boradi, tana harorati esa pasayadi, ishtaha asl holiga keladi, qonda leykositlar soni kamayadi va ECHT sekinlashadi. Ayrim hollarda kuchli yo’talda o’pka ichidagi bosim anchagina oshishi natijasida absess plevra bo’shlig’iga yorilib, plevropul’monal shok (piophevmotoraks) yoki yiring ko’ks oralig’i bo’shlig’iga yorilganda (kamdan - kam) yiringli mediastinit rivojlanishi mumkin. Balg’am miqdori va uning xarakteri bo’shliq xajmiga yiring miqdoriga qo’zg’atuvchisiga va absess joylashgan sohaga bog’liq bo’ladi.

O’pka gangrenasi.

Bu og’ir kasallik hisoblanadi. Uning kilinik kechishi asosan o’tki absessni eslatadi, biroq hamma simptomlarni bir muncha yaqqol ifodalangan. Balg’am “og’iz to’lib” ajraladi, u badbo’y hidga ega, u gungurt shokolad rangli, suyuq ko’p miqdorda turli tuman jumladan aneyrop mikroblarni saqlaydi.

D a v o l a sh bemorni kasalxonaga yotqizish, o’rinda yotish, ovqatlanish, uyqu rejimiga amal qilish, ularni tegishlicha parvarishlash, ovqat oqsillarga A,C,D va B guruh vitaminlarga boy bo’lishini taminlash lozim. O’pkaning yiringli kasalliklariga konservativ va jarrohlik usuli bilan davo qilinadi.

Konservativ usulda asosan antibiotiklar bilan davo o’tkaziladi. Antibiotiklarni bronxoskop yoki bronxial kotetrlar yordamida bronhlar orqali yuvorilganda hammadan yahshi natijaga erishiladi. Bronxoskop yoki katetir yordamida avval yiring suyuqligi tortib olinadi, keyin esa 1 000 000 TB gacha pentselin va 5 000 000 TB gacha streptomitsin yuboriladi. Antibokterial terapiya bemorning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlab olgandan keyin o’tkaziladi. Pentselin (katta miqdorda sutkasiga 3-4-8mln gacha) streptamisin, eritsiklin, levamitsin, termitsin, sigmamitsin, morfotsiklin, sul’famnilamid preparat (norsul’fazol, sul’fadimezin va ta’siri uzaytirilgan boshqa sul’fanilamid ) lar qo’llanadi. Intoksikatsiyaga qarshi kurashish maqsadida gemodez, poliglyukin, plazma, 5 % li glyukoza eritmasi va fiziologik eritmalar tayinlanadi. Organizmning himoya kuchlarini oshirish maqsadida bemorlarga oqsil preparatlarini qo’yish, anobolik garmonlar, V guruh vitaminlari, askarbinat kislota, kalsiy xlorid buyuriladi. Shu bilan birga balg’am ko’chiruvchi dorilar hamda bronhalitiklar berib borilsa maqsadga muofiq bo’ladi.

Jarrohlik usulida davolash o’pkadan qon oqqqanda, piepnevmotoraksida, o’pka emfizemasida, surunkali opseslarda shuningdek, o’smaga shubha bo’lganda o’tkaziladi.

Bronxoektatik kasalliklar.

Bronxoektaziya surunkali o’pka yiringlashi turlaridan biri bo’lib, butun bronh devori va atrofidagi to’qimasining chuqur destroktiv o’zgarishga uchrashi natijasida mayda bronhlarning kengayib ketishidan iborat kasallikdir.

E t i a l o g i y a s i. kasallik ko’pincha o’pkadagi yallig’lanish jarayonlari natijasida kelib chiqadi. Bronxoektazlar ko’pincha chang va ta’sirlovchi gazlarning nafasga kirishi natijasida kuzatiladi. Bronxoektaziyaga surunkali bronxitlar, pnevmoniyalar, o’pka sili, o’pka apsesi pnevmaskleroz hammadan ko’p sabab bo’ladi. Mana shu kasalliklarda bronxlar shilliq pardasi bilan muskul qavatning o’zgarib qolishi tufayli bronxlar kengayib ketadi, bu bronx devoridagi elastik to’qima o’rniga chandiq to’qima paydo bo’lishiga olib keladi. Kasallik to’qima va turmushda orttirilgan bo’lib katta yoshli odamlar va bolalarda qayd etiladi.

K l i n i k m a n z a r a kasallik uzoq vaqtgacha sezilarsiz o’tishi va bemor hech narsadan nolimasligi mumkin. Kasallikda 3 ta davr tafovut etiladi.

I. Davrda bemor o’zini sog’lom deb hisoblaydi, ahyon – ahyonda yo’tal tutib shilimshiqli balg’am tashlab turadi, odatda buni shamollash yoki chekishdan ko’rishadi. Yilning sovuq va zah bo’ladigan payitlarida kasallik og’ir o’tadi.(odam madori qurib, lanj bo’laveradi, yo’tal zo’rayadi). Bu davirda perkutsiya va askultatsiya uchun harakterli belgilar kuzatiladi, faqatgina bronxografiya yoki bronxoskopiyada bronxoektazlarida topilishi mimkin.

II. Davrda bronxoektaziya uchun harakterli manzara ko’zdan kechiriladi. Bemorlar ertalab yiringli balg’am tashlab, yo’talib turishadi, balg’am miqdori asta sekin ko’payib borib bir kecha kunduz davomida 0,5 l gacha yetadi. Bemor bir yonboshi bilan yotganida ikkinchi yonboshi bilan yotganiga qaraganda ko’proq balg’am tashlaydi. Rentgenologik tekshiruvda mayda mayda uyalar holida qorayib turgan joylar aniqlanadi. Bronhografiya kasallik harakteri to’g’risida aniq tasavvur berib, unda kengaygan bronhlarning talaygina bo’shliqlari topiladi.

III Davrda bronhlar bilan o’pkada sezilarli o’zgarishalar, o’pka yurak yetishmovchiligi, xar hil asoratlar qayd etiladi. Bemorlarda tana harorati ko’tarilib turadi, doim bir talay (sutkasiga 1 l gacha ) ko’llansa balg’am tushishi bilan o’tadigan yo’tal tutadi. Ko’krak qafasi bochqasimon shaklga kirib boradi. Tirnoq falangalari yo’g’onlashib, barmoqlar nog’ora cho’plari ko’rinishiga kiradi, tirnoqlar esa soat oynalari shaklini oladi. Perkussiya mahalida bazi joylarda bo’g’iqroq tovush chiqsa (yallig’lanish o’choqlari ), boshqa joylarda quticha tovushi eshitilda (o’pka emfizemasi ). Nafas susaygan, qattiq bir talay quruq va nam hirillashlar bo’ladi. Qonda leykositos kuzatiladi, eritratsitlar cho’kish tezligi kuchayadi . bro’nxoektaziyalarning III davrida yurak va nafas faoliyati buzuladi, ko’pincha bunga animiya qo’shiladi. Bemorlar mehnat qobilyatini yoqotib, ishga yaroqsiz bo’lib qoladilar. Bro’nxoektazlar bir qancha asoratlar berishi mumkin, o’pkadan takror –takror qon ketishi, pnevmaniyalarning tez-tez qo’zib turishi, sepsis, miya absessi, buyrak kassaliklari (amiloidoz ) shular jumlasidandir.

D a v o s i. kasallika chalingan bemorlarni vaqti- vaqtida kasalxonaga yotqizish yoki ularga uy sharoitida o’rin – ko’rpa qilib yitishni tayinlash zarur. Bunday bemorlar kravatda birmuncha boshqacharoq holatda yotadilar, karavatning oyoq tomoni bir oz yuqori (25-30sm) bo’lishi kerak. Bu klinik holat deb atiladi. Bunday holat bronxoektazlarda to’planib qolgan balg’amning yaxshiroq ketishiga yordam beradi, balg’am odatda o’pkaning pastki bo’limlarida bo’ladi. Karavatning oyoq tomoni odatda 3 -4 soatga ko’tarib qo’yiladi, orada esa tanaffuslarqilib turiladi. Bronxoektatik kasallikda kundalik ovqat patsioni oqsilga boy bo’lishi kerak. Balg’amni chiqarib tashlash uchun balg’am ko’chiradigan vositalar, jumladan termopsis o’ti 1 choy qoshiqda kuniga 3 mahal ichish uchun buyuriladi. Hozirgi kunda balg’amni so’rib olib tashlash, bronclarni yuvish va bronhlar ichiga antibiotiklar yuborish (balg’amdagi mikroflora xili va uning antibiotiklarga sezgirligini aniqlagandan so’ng) usuli qo’llanmoqda. Antibiotiklar mushaklar orasiga ham yuboriladi. Kasallikning dastlabki davrida quruq issiq iqlimli (Qrimning janubiy sohilida )sanatoriylarda davolanish maqsadga muvofiqdir.



P l e v r i t – plevra pardalarining yallig’lanishi bo’lib, sil infeksiyasi, revmatizm, o’pka raki, pnevmaniya, shuningdek jarohatlanish oqibatida kelib chiqadi. Plevrit quruq va ekssudativ turlarga bo’linadi.

Q u r u q (fibrinoz) p l e v r i t – bu kasallikka moyil qilib qo’yadigan omillar – odamning sovuq qotishi, jarohatlanishi, pnevmoniya bilan og’rishidir. Fibrinoz plevritda yallig’lanish jarayoni plevra bo’shlig’ida ekssudat paydo bo’lishiga olib bormaydi. Bunda suyuqlik kam bo’ladi, u plevra varaqlarini go’yo moylab turadi va bu joyga cho’kmalar holida cho’kib tushadi, shu narsa plevra varaqlarining sirpanishini qiyinlashtirib qo’yadi. Yallig’lanish ekssudatida fibrin ko’p bo’ladi.

K l i n i k m a n z a r s i. bemor ko’krak qafasining u yoki bu yarmida qattiq og’riq borligidan, yo’talib turishi (og’riq bilan quruq yo’tal), tana harorati ko’tarilishi, lanjlikdan noliydi. Fibrinoz plevritning asosiy obektiv simptomi o’pka auskultasiya qilib ko’rilganida plevra ishqalanishidan chiqadigan shovqindir. Kasal tomon nafasda orqada qoladi, bu rentgenoskopiya vaqtida ham sezilib turadi.

Diafragma plevrasi yallig’langanda og’riq qorinning yuqori qismida bo’lib, o’mrovga ham o’tib turadi. Plevritda og’riq trapetsiyasimon muskul sohasida seziladi.

Fibrinoz plevritni qovurg’alar sinishi yoki qovurg’alararo nevralgiyada ajratib olishi juda muhim. Qovurgalar singanda rentgenografiyada suyak tuzilishining zararlangani va palpatsiya qilib ko’rilganda suyak singan joyning bezillab turishi ma’lum bo’ladi. auskultatsiya qilib ko’rilganida qovurg’a suyaklari qsmlarining krepitatsiyasi qayd qilinadi. Qovurg’alar aro nevralgiyada o’g’riqning qovurg’alar aro ner chiqib keladigan nuqtalarda (to’sh suyagiga birikish joyida, qo’ltiq osti sohasi, paravertebral nuqtada ) bo’lishini hisobga olish zarur. Davo chora tadbirlarni to’g’ri belgilab olish uchun diagnoz aniq belgilash kerak, zaruriyati tug’ilgan payitlarda mutahasislar (hirurg yoki nevropatolog ) konsultatsiya tayinlanadi.

D a v o s i. kasalga tinch, issiq sharoit yaratib berish, og’riqqa qarshi choralar ko’rish: ko’krak qafasini bog’lab qo’yish, plastir yopishtirib fiksatsiya qilish, novakain blokadasini buyurish o’rinlidir. Bankalar, gorchichniklar, kodein, amidopirin va boshqa dori darmonlar bilan davolash buyuriladi.

Ekssudativ plevrit etialogiyasida sil intaktikatsiyasi pnevmoniy, revmotizm 1 – o’rinni egallaydi. Ekssudativ plevrit, aksarifibrinoz plivritdan keyin avj oladi.

Kasallikda talaygina miqdorda ekssudat paydo bo’lib, plevra bo’shlig’ini to’ldirib turadi, u o’pkaning qisilib qolishiga olib keladi, nafasni qiyinlashtirib qo’yadi,( bir necha litrgacha eksudat to’planib qoladi).



K l i n i k m a z a r a s i. ekssudativ plevritda og’riq fibrinoz plevritdagiga qaraganda ancha kam ifodalangan bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi, yo’tal ham kamroq, og’riqli bo’ladi. o’pkaning suyuqlik bilan bosilib qolganiga aloqador simptomlar jumladan hansirash (nafas funksiyasining buzilishi), birinchi o’ringa o’tadi. Kasallikni o’z vaqtida aniqlab olishga imkon beradigan juda aniq tayin simptomlar bor. Plevra bo’shlig’idagi suyuqlik miqdorining tez ko’payib borishi perkussiya qilib ko’rilganda perkutor tovushning sezilarli darajada kalta tortib qolishiga sabab bo’ladi, shu bilan birga suyuqlikning ustki chegarasi rentgenalogik ko’rinib turadigan qiyshiq chiziq (ellis – damuazo – sokolov chizig’i) ni hosil qiladi. Askultatsiya eksudat ustida nafas susayib qolgan bo’ladi, ekssudatning yuqorida esa bronhial nafas eshitiladi. Chunki bu yerda o’pka eksudatdan qisilib turadi.

D a v o s i muhim davo chorasi plevrani punksiya qilish, ya’ni plevra bo’shlig’idan eksudatni chiqarib tashlashdir. Oltinchi qovurg’alar orasida kurakdan pastka tomon pastga boradigan chiziq bo’ylab mahsus yo’g’on igna bilan teshik ochiladi. Igna uchi plevra bo’shlig’iga tushgan bo’lsa, u vaqtda ignadan tashqariga eksudat chiqib keladi. Talaygina suyuqlik to’planib qolgani plevra funksiyasini mutlaqo zarur qilib qo’yadi. Plevra punksiyasi uchun Poten opatatidan foydalaniladi.

Bemor transsudat yoki eksudat borligini hisobga olish kerak, chunki eksudat ko’picha jarayonning tabiatan yallig’lanishga aloqador ekanligidan, transsudat bo’shliqlarda shishalar borligidan dalolat beradi. Diferensial diagnostika uchun labaratoriya usullaridan foydalanadi. Transsudat zichligi 1,015 dan kam bo’lsa, eksudat zichligi 1,015 dan yuqori bo’ladi. transsudatning oqsil miqdori 3 % dan kam, eksudatga 3% dan ortiq bo’lib chiqadi. Bundan tashqari , rentgenologik yo’l bilan tekshirib ko’rilganda transsudatning plevra bo’shlig’ida gorizontal ravishda joylashgani va kasal ekran tagida vaziyatni o’zgartirganida plevra bo’shlig’idagi suyuqlik sathi o’zgarib qolgani ma’lum bo’ladi, ekssudatda esa bunday bo’lmaydi, yani suyuqlik Ellis – Damuazo – sokolov chizig’i bo’ylab joylashadi va o’z sathini o’zgartirmaydi.

Plevra punksiya qilinayotgan paytda meditsina hamshirasi stulda o’tirgan bemor yonida turib, vrachga qarashib boradi. Mana shu muolaja bajarilayotgan maxalda bemor o’zidan ketib qolishi mumkin, bunday holda zudlik bilan yurak tomirlarni quvvatlaydigan dori- darmonlar (kamfora, kafein)dan ineksiya qilinadi. Medikamentoz vositalar- salitilatlar, kalsiy xlorid beriladi. Plevrit etiologiyasi sil deb gumon qilinganda streptamitsin, ftivazid preparatlari o’rinlidir. Plevrit bilan og’rigan bemor o’rnidan turmasdan yotishi (kasal yon boshini bosib yotishi) kerak. Unga bankalar, garchichniklar buyruladi.

Ekssudat surilayotgan davrda nafas gimnastikasi tavsiya etiladi. Plevritning oldini olishga taalluqli muhim tadbir asosiy kasallik: pnevmaniya, o’pka sili, revmatizmga davo qilishdir.
Yiringli plevrit

Kasallik ko’pincha organizmda yiringli jarayon bo’lganida avj oladi. Himoya kuchlari susayib qolganda odamni holdan toydirib qo’yadigan kasalliklarda, o’pka sbsessi plevra bo’shlig’iga yorib chiqqanida ham yiringli plevrit paydo bo’lishi mumkin.



Klinik manzarasi. Yiringli plevrit umumiy intaksikatsiya hodisalari, qattiq isitma, ko’p terlash bilan o’tadigan og’ir kasallikdir.

Perkutor va auskultativ ma’lumotlar huddi ekssudativ plevritdagi bilanbir xil bo’ladi, lekin qonning tekshirish natijalari (SOE kuchayishi, anchagina lekositoz bo’lishi), shuningdek plevra punksita qilinganida olinadigan ma’lumotlar yiringli yallig’lanish borligidan dalolat beradi.



Davosi. Antibiotiklarni katta dozalarda buyurish, jumladan ularni plevra ichiga yuborib turishdan iborat. Zaruriyatga qarab, operatsiya choralari ko’riladi. Nafas aparatining boshqa kasalliklaridagidek, bemorga kislorodni to’g’ri berib turish katta ahamiyatga ega.

Tayanch iboralar:

O’pka gangrenasi- o’pka to’qimasining jonsizlanishi, chirib parchalanishi bo’lib, bunday balg’am ajralishi bilan o’tadi.

Plevrit- plevra pardalarining yallig’lanishi bo’lib, sil infeksiyasi, revmatizm, o’pka raki, pnevmaniya, shuningdek jarohatlanish oqibatida kelib chiqadi.

Bronxoektatik kasallik- Bronxoektaziya surunkali o’pka yiringlashi turlaridan biri bo’lib, butun bronh devori va atrofidagi to’qimasining chuqur destroktiv o’zgarishga uchrashi natijasida mayda bronhlarning kengayib ketishidan iborat kasallikdir.

Quruq(fibrinoz) plevrit – bu kasallikka moyil qilib qo’yadigan omillar – odamning sovuq qotishi, jarohatlanishi, pnevmoniya bilan og’rishidir.

Ekssudativ plevrit- etialogiyasida sil intoktikatsiyasi pnevmoniy, revmotizm 1 – o’rinni egallaydi. Ekssudativ plevrit, aksari fibrinoz plivritdan keyin avj oladi.

SAVOLLAR

1. O’pka gangrenasi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:

--Etiologiyasi;

--Klinikasi va kechishi;

--Davosi;

--Profilaktikasi;

--Hamshiralik parvarishi.



2. O’pka absessi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:

--Etiologiyasi;

--Klinikasi va kechishi;

--Davosi;

--Profilaktikasi;

--Hamshiralik parvarishi.



3. Plevrit bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:

--Etiologiyasi;

--Klinikasi va kechishi;

--Davosi;

--Profilaktikasi;

--Hamshiralik parvarishini olib borish.


Adabiyotlar:

1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

2. «Ichki kasalliklar» G’O’Haydarov 2002 y.


Mavzu№ 13: Qon aylanish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.
Reja:

1.Yurak va qon tomir tizimining tuzilishi va vazifalari.

2.Bemorlarga hamshiralik parvarishini ko’rsatishni.

Yurak qon -tomir sistemasi.

Yurak qon- tomir sistemasining qisqacha anatomik-fiziologik xususiyatlari.

Yurak qonni harakatlantirib, uni inson a’zolari va to’qimalariga yetkazib berib turadigan a’zodir. U oldingi ko’ks oralig’ida joylashgan bo’lib, sog’lom odam yuragining asosi chap tomonda II qovurg’a damida tursa, uchi V qovurg’a oralig’ida turadi. Yurak hajmi 250-300 g ni tashkil etadi. Uzunasiga ketgan to’siq bilan yurak chap va o’ng nimtaga bo’linadi. Har bir nimtasi yurak bo’lmachasi bilan yurak qorinchasiga bo’linadi.

Yurak 3 qavatdan: ichki- endokard, o’rta- miokard, tashqi- perikarddan tashkil topgan. Endokard yurak bo’lmachalari bilan qorinchalari bo’shliqlarining ichki yuzasini qoplab turadigan endotiman hujayralardan iborat yurakning bir bo’shlig’I ikkinchisiga aylanadigan joyida endokard qalin tortib, burmalar hosil qiladi, yurak klapanlari deb shularga aytiladi. Miokard-yurakning o’rta qavati bo’lib. O’ng qorincha miokardi chapnikiga qaraganda sustroq rivojlangan. Qorinchalari muskul qavati bo’lmachalarinikiga qaraganda ancha qalinroq bo’ladi. miokard tolalari bir biri bilan chalkashib qo’zg’alishi bilan qisqarishning butun yurakka bir laxza ichida tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Perikard-ichki va tashqi varaqlardan tashkil topgan. Bu varaqlar orasida bo’shliq bor, shu bo’shliqda doimo 20-30ml serroz suyuqlik bo’ladi. tana pastki qismlarining venalaridan kelgan qon pastki kovak venaga, yuqori qismlardan kelgan qon esa yuqori kovak venaga quyiladi. Bu venalarning ikkalasi o’ng bo’lmachaga quyiladi. So’ngra venoz qon o’ng qorinchaga o’tadi, undan esa o’pka arteriyasi orqali o’pkaga o’tadi.

O’pka arteriyasi o’pkada tobora mayda tomirlarga, pirovard natijada alveolalarni o’rab turadigan kapillyarlarga bo’linadi. Mana shu yerda venoz qon kislorod bilan to’yinadi. So’ngra kapillyarlar bir-biri bilan tutashib, o’pka venalarini hosil qiladi. Bu venalardan arterial qon chap bo’lmachaga, undan chap qorinchaga tushadi. Kislorod bilan to’yingan qon chap qorinchadan aota va arteriyalar tarmog’i orqali butun organizmga tarqaladi. Arteriyalar kichikroq kalibrdagi tomirlarga bo’linib borib, kapillyarlar bilan tugallanadi. Kapillyarlarning diametri 7-8 mkm ni tashkil etadi. Kapillyarlardan oqib kelgan qon kislorod va oziq moddalarni hujayralarga beradi va ishlangan mahsulotlarni o’ziga singdirib oladi. Kapillyallarning arteriyal va venoz tirsagi bor. Kapillyarlarning ko’pgina qismi odatda puchaygan holatda bo’lib, dam olib turadi. Puchayib turgan shu kapillyarlar jismoniy zo’riqish paytida qon bilan to’lishadi. Organizmdagi barcha a’zo va to’qimalar kapillarlaridan qon venalariga yeg’iladi va ular o’ng bo’lmachaga oqib keladi.



Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish sistemasi ikkita- katta va kichik qon aylanish doirasiga bo’linadi. Tomirlar sistemasiningbir qismi, yani o’ng qorinchadan o’pka arteriyasining chiqish joyidan to o’pka venasining chap bo’lmachaga quyish joyigacha bo’lgan qismi kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Tomirlar sistemasining qolgan qismi, ya’ni aorta va uning tarmoqlaridan tortib to ustki va kovak venalarigacha bo’lgan qismi katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Tomirlar sistemasi bo’ylab qon bir qancha omillar tufayli, birinchi galda yurakning bir tekis va davriy suratda qisqarib borishi tufatli harakatlanib turadi. Yurakni qisqarishga majbur etadigan impulslar o’ng bo’lmachada ustki kovak venaning og’izi yaqinida joylashgan sinus tugunida vujudga keladi. Sinus tugunidan impuls bo’lmachalar orasidagi to’siqda joylashgan bo’lmacha – qorincha tuguncha tarqaladi. Yurakning qisqarishi sistola, bo’shashish esa diastola deb ataladi. Sistola diastolaga qaraganda ancha qisqa davom etadi. Diastolaning muddati yurak qisqarishlari tezligiga qarab o’zgarib boradi. Normada yurak minutiga 60-80 marta qisqarib turadi. Yurak o’zining qisqarishi uchun impul’slarini o’zi ishlab chiqarib boradi, ya’ni u avtomatizm xususiyatiga egadir. U har safar qisqarganda normada 50-70 ml qonni otib chiqaradi, bu sistolik hajmni tashkil etadi. Yurakning minutlik hajmi 1 minut davomida yurak otib chiqaradigan qon miqdori hisoblanadi. Odam tinch turganida u 3,5 – 5 l tashkil etadi. Sistola payitida yelka arteriyasidagi qon bosimi sog’lom odamda tahminan 17,5 – 18,5 kPa (simop ustuni hisobida 110-140 mm )ni tashkil etadi. Diastola mahalida bu bosim pasayib 9,33-10,7 kPa (simob ustuni hisobidan 70-80 mm)ga tushadi. Qonning hammasi tomirlar o’zanidan aylanib yurmaydi. Sog’lim odam organizmidagi 5-6 l qonning 1/3 qismi asosiy qon depolari- jigar, taloq, muskullar va terida aniqlanadi.
YURAK QON – TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARINING ASOSIY SIMPTOMLARI.

Qon aylanish sistemasi kasalliklarining o’ziga xos klinik belgilari: yurak o’ynashi, uning to’htab – to’htab urishi (aritmiya), yurak sohasida og’riq, hansirash, nafas qisishi (bo’g’ilish ), shish, sianoz va boshqalar.

Y U R A K O’ Y N A SH I - sog’lom odam tinch holatda va sezilarli fizik kuchlanishda ham yurak urishini sezmaydi, faqatgina fizik zo’riqishda (masalan, zo’r berib yuqurgandan so’ng) yurak urishi tezlashishi bilan uning qattiq urayotgani seziladi, tana haroratining yuqori darajalarga ko’tarilishida ham yurak o’ynashi seziladi. Yurak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda yurak o’ynashi sezilarsiz fizik kuchlanishda, hattoki tinch turganda ham aniqlanadi. Ozgina hayajonlanish, ovqatdan so’ng ham yurak o’ynashi sezilishi mumkin. Normada yurak minutiga 60-80 marotaba uradi. Yurak kasalliklarida yurak o’ynashining kelib chiqish sababi – bu yurak qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishidir, bunda yurak qisqargan vaqtda aortaga yetarli miqdordagi qonni haydab chiqara olmay qoladi, shuning evaziga a’zo va to’qimalarni yetarli miqdorda qon bilan ta’minlash uchun yurak “majburan” tez qisqara boshlaydi (kompensator holat). Yurak urishining tezlashishi – tahikardiya deyiladi.

Y U R A K R I T M I N I N G B U Z I L I SH I – aritmiya deganda, yurakning to’htab- to’htab, huddi hayolda yurak muzlab, to’htab qolganday, qisqa kuchli urishi tushuniladi. Yurakning to’htab – to’htab urishi bir marotaba yoki davomli bo’lishi mumkin. Bu holatga yurak qisqarishining buzilishi sabab bo’ladi.

Y U R A K S O H A S I D A G I O G’ R I Q - yurak kasalliklarining muhim simptomidir. Qisib turadigan og’riqlar, ko’pincha yurak muskulini oziqlantirib turadigan toj tomirlar orqali yurakning qon bilan ta’minlanmasligi (miokard ishemiyasi) natijasida kelib chiqadi. Og’riq qisqa vaqtli (3-5 minutgacha), hurujsimon bo’lib, ko’pincha fizik kuchlanish vaqtida (yurganda, yuqoriga zinadan ko’tarilganda), ko’chadagi havo harorati past bo’lgan vaqtda birdaniga ko’chaga chiqqanda seziladi. Og’riq ko’pincha to’sh sohasida (kamdan – kam yurak sohasida) bo’lib, ba’zan harakatni to’htatganda yoki nitroglitserin qabul qilganda o’tadi.

H A N S I R A SH - yurak kasalliklarida ko’p uchraydigan belgilar yurak qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi natijasida kelib chiqadi va buning evaziga kichik qopn aylanishi doirasida qon dimlanadi, hansirash- yurak yetishmovchiligining birinchi belgilaridan hisoblanadi. Yurak muskullarining sezilarsiz bo’shashi natijasida fizik kuchlanishlarda hansirash seziladi.

Yurak muskullarining to’satdan bo’shashishi sababli, to’satdan hansirash kelib chiqadi (huddi nafas qisish hurujiday), bu holat yurak astmasi huruji deb ataladi. Agar hurujda shoshilinch yordam ko’rsatilmasa (yetarliu dori moddalari bilan), o’pka shishuvi kelib chiqadi, bunda hurujga qon aralash ko’pikli balg’amli yo’tal qo’shiladi. Bu holat ancha og’ir bo’lib, ba’zan bemor o’lib qolishi mumkin.

SH I SH - yurak yetishmovchiligining harakterli belgisidir, aniqrog’I uning qorincha yetishmovchiligi. O’ng qorincha muskullari qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi evaziga katta qon aylanish doirasida qon dimlanadi, tomirlar devorining buzilishi natijasida suyuqlik sizib chiqadi va shish paydo bo’ladi.

Yurak kasalliklarida shish asosan pastdan boshlanadi (oyoqlardan), bemor yotgan paytda shish bel va dumg’aza sohasida aniqlanadi.

S I A N O Z - lablar, burun uchi, barmoqlar, tirnoqlar ko’karadi va yurak yetishmovchilik belgilaridan biri bo’lib, shshdan oldin kelib chiqadi.

Yurak qon- tomir sistemasi kasaliklarining tekshirish usullari.

S O’ R A B S U R I SH T I R I SH - qon aylanish sistemasi zararlangada kasal hansirash, vaqti-vaqti bilan bo’g’ilib qolish, yurak o’ynog’i va yurak ishida to’htalish bo’lib turishi, yurak sohasi hamda to’sh ortidagi og’riqlar, yo’tal qon tuflash, badanida shishlar borligidan nolidi. Yurak tomirlar sistemasi kasaliklarda bemorlarda markaziy nerv sistemasiga aloqador funksional o’zgarishlar kuzatiladi, bular darmonsizlik, tez charchab qolish, uyqu buzulishi, bosh og’rig’I va bosh aylanishi ko’rinishida bo’ladi. hansirash ko’pincha chap qorincha yetishmovchiligining alomati bo’lib hisoblanadi. Yetishmovchilikning asosiy dastlabki davirlarida odam jismonan zo’r berganida, tez yurganidam, zinadan ko’tarilib chiqqanda hansiraydi. Yurak kasalliklarida hgansirash paydo bo’lishining sababi – gazlar almashinuvi buzilib, chala oksidlangan mahsulotlarning qonda to’planib qolishidir. Bo’g’ilish hurujlari : odatda kechasi tutilib qoladi. Bo’g’ilish huruji tutgan mahalda bemor birda havo yetishmay qolganini sezadi, ko’kragida g’ar – g’araga o’hshagan hirillashlar paydo bo’ladi, qon aralash balg’am tushadi. Yurak sohasidagi og’riqlar turli sabablarga ko’ra paydo bo’ladi. bemor so’rab – surishtirilganda og’riqlarning aniq joyi, tabiati, qancha davom etishi, qay tariqa o’tishi, tarqalishi, qanday sharoyitlar paytida paydo bo’lishini bilib olish zarur. Yurak kasalliklari mahalida shishlar o’ng qorincha yetishmovchiligining ifodasidir. Avvaliga shishlar kechga yaqin borib paydo bo’ladi, tuni bilan esa yoqolib ketadi. Shishlar paydo bo’lganida birinchi galda venalar bilan kapilyarda o’tkazuvchanlik kuchayib, qondan to’qimalarga suyuqlik o’tadi.

So’rab – surishtirish yordamida bemorning turmush tarzidagi zarur voqealar ham aniqlab olinadi.bunda ilgari boshidan kechirgan kasalliklari, mehnat va turmush sharoitlari, zararli odatlarni o’rganish to’g’risidagi malumotlarni qo’lga kiritish kerak. Ayollarda homiladorlik va tug’uruqlarning qanday o’tganligini aniqlab olish lozim, chunki qon aylanish sistemasi kasalliklarining belgilari an shunday davirda paydo bo’ladi.

Bemor ko’zdan kechirilganda hammadan avval uning vaziyati, teri qoplamlarining rangiga ahamiyat beriladi. Yurak yetishmovchiligida bemor qaddini ko’tarib yotishga majbur bo’ladi. lablar va ko’zga ko’rinib turadigan shilliq pardalar sianozi, hansirash, yurak yetishmovchiligidan darak beradi, yurak yetishmovchiligining harakterli alomati- shishdir. U teri osti yog’ klichatkasida bir tekis suyuqlik to’planib qolish oqibatida ham, qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planib qolishi (assit) oqibati bo’lishi mumkin. Shish ko’pincha (ayniqsa yurak yetishmovchiligining dastlabki davirlarida) oyoqlarda bo’ladi, bazan u odam dam olgani yoki kechasi uhlab turganidan keyin tez yoqolib ketadi. Bunday shish bazan terining oziqlanishini izdan chiqaradi, natijada terining o’sha joylari yoriladi, moddalaydi, yar bo’lib ketadi. Shish paydo bo’lganida qon dimlanib qolishi va mayda qon tomirlar o’tkazuvchanligining buzilishi katta ro’l o’ynaydi. Shishga bir necha usullar bilan abyektiv baho berish (uning bor yo’qligini, qayerga kelganini aniqlab olish) mumkin. Bemor og’irligini muntazam ravishda tekshirib turish, diurezni (chiqqan siydikni hisobga olib borish), qorin aylanasini o’lchash va boshqalar shular jumlasidandir. Yurak sohasi ko’zdan kechirilganda do’ppayib chiqib turgan joy (yurak yoki aorta anevrizmasi ) borligini yurak uchi zarbining ancha kuchayganini bilsa bo’ladi. Bazan yirik tomirlar (uyqu arteriyalari)ning zo’r berib urib turgani ma’lum bo’ladi. arteriyalarning egri – bugri va zich bo’lib qolganini sklerotik jarayonida kuzatiladi. Yurk sohasi palpatsiya qilib ko’rilganda bazan yurak yoki yurak uchining zarbi seziladi (chap qorinchaning zo’r berib urib turishi ). Yurakni palpatsiya qilish yo’li bilan “mushuk hirillashi ” degan simptom bor – yo’qligini aniqlasa bo’ladi. bu simptom yurakning o’ng bo’lmachasi bilan chap qorinchasi o’rtasidagi teshik torayib qolganida uchraydi (yurak parogining bu hili chap bo’lmacha – qorincha teshigi stenozi yoki mitral stenoz deb ataladi). Perkutor tovush yurak bilan o’pka ustida har hil bo’ladi. o’pkada havo bo’lganidan, o’pka ustidan ancha qattiq tovush chiqsa, qattiqqina muskulli a’zo bo’lmish yurak ustidan bo’g’iq tovush chiqadi.

Biror- bir yurak bo’limi chegaralari (masalan, aorta klapani yetishmovchiligida ayniqsa yurak chap qorinchasining ancha kengaygani) yoki yurakning umumiy chegaralari kengayib ketganini (sezilarli yurak yetishmovchiligi payitida kuzatiladigan “ho’kiz yurak” degan narsa) perkussiya yordamida aniq2lab olish mumkin.

Auskultatsiya diagnostikasining keng rasim bo’lgan usulidir yurak fanendaskop yoki stetaskop bilan eshitib ko’riladi. No’rmada ikkta yurak toni eshitiladi: I sistolik ton yurak qisqarib (sistola), chap bo’lma- qorincha klapini bilan o’ng bo’lma – qorincha klapinlari bekiladigan va miokard tarang tortadigan payitda yuzaga kelsa, II diastolik tom diastola vaqtida paydo bo’ladi va aorta klapani bilan o’pka stvoli klapani bekilishidan kelib chiqadi.

I ton bilan II ton orasidagi interval (o’rtasida o’tadigan vaqt ) II ton bilan I ton orasidagi intervalga qaraganda qisqaroq bo’ladi. yurakdagi u yoki bu patologik o’zgarishlar sababli yurak to’nlari o’zgarib qolishi mumkin. Masalan, miokard zaifligida to’nlar bo’g’iq bo’lib qoladi. Diastolik ton askari arterial bosimning ko’tarilib ketishidan paydo bo’ladi. sog’lom odamda yurak tonlari yetarlicha qattiq, jarangdor bo’lib eshitiladi. Yurak kasalliklarida, miokard zaifligida yurak tonlariu bo’g’iq bo’lib qoladi. Biroq, yurak tonlarining yurak kasalliklari tufayli bo’g’iq bo’lib qolganini talaygina yog’ borligi sababli ko’krak qafasi qalin ketganidan – to’nlarining sekin bo’lib qolganidan farqlash kerak.

Bir qancha yurak kasalliklarini aniqlash uchun auskultatsiya mahalida topiladigan yurak shovqinlari katta ahamiyatga ega. Bunday shovqinlar miokard yoki yurak klopani aparatidagi arganik, shuningdek o’tkinchi o’zgarishlar munosabati bilan paydo bo’lishi mumkin.

Masalan, chap bo’lma – qorincha klapini revmatik jarayondan zararlanganda klapan tavaqalarining to’l beklishiga to’sqinlik qiladigan nuqson paydo bo’ladi. klopin yetishmovchiligi deb shunga aytiladi, bunda qorincha sistolasi vaqtida chap qorinchadan qon aorta o’tibgina qolmay, balki chala bekilgan nuqsonl klapin orqali orqaga ham qaytadi – chap bo’lmaga qaytib tushadi. Shunday qon aylanishi sistolik deb ataladigan shovqin paydo bo’lishiga olib keladi.

Fiziologik shovqinni miokard yoki yurak klapinlarining birinchi bo’lib zaralanishiga aloqador bo’lmagan ba’zi holatlarda uchratish mumkun. Masalan, o’smirlik shovqini degan shovqin ko’p uchraydi, u organizmning tez o’sib borayotganiga bog’liq bo’ladi. yosh ulg’ayishi bilan bu shovqin yoqolib ketadi va arganik o’zgarishlarga bog’liq bo’lmaydi. Yurakning nervlar bilan idora etilishi buzilganida, ayniqsa tahikardiya vaqtida, jismoniy zo’riqishdan keyin davo qilsa yoqolib ketadigan sistolik tovush paydo bo’ladi. endokrin sistemaning bir qancha patologik holatlari yurakda ikkilamchi o’zgarishlar va sisrolik tovush paydo bo’lishi bilan birga davom etadi (masalan, tiriotksikoz).

Diastolik shovqin aorta klapini yetishmovchiligida kelib chiqadi, bunda diastola vaqtida qon jips bekilmay qolgan klapinlar orqali chap qorinchaga yana qayitib tushadi. Diastolik shovqin chap bo’lmacha bilan qorincha o’rtasidagi teshik stenozi paytida eshitiladi, bunda chap bo’lmachadan chap qorinchaga qon qiyinlik bilan o’tadi.

P U L S - yurak qisqargan mahalda undan qon otilib chiqishi tufayli arterial devorning dam- badam tebranib turishi, tomirlarning urib turishidir. Puls harakteri (soni, ritmi, yani maromi, to’lishuvi, tarangligi, tezligi)ni aniqlash uchun bilak kaft bo’g’imi sohasida o’ng qo’lning 4 ta barmog’i bilan bilak arteriyasini paypaslab topib, shu arteriyani bilak suyagi sal bosib turiladi. Solishtirib turish uchun ikkala blak arteriyasi paypaslab ushlab ko’riladi. Pulsni chakka arteriyalarida ham, uyqu arteriyalarida ham aniqlasa bo’ladi.

Puls to’lqining hosil bo’lish mehanizmi mana bunday: chap qorinchadan aortaga otilib chiqadigan qon arteriyalariga tarqalib ularni to’ldiradi. Sog’lom odamda puls soni minutiga 60-80 zarbini tashkil etadi, ritmi odatda raso bo’ladi, ya’ni ayrim puls zarblari baravar vaqt oralab kelib turadi. Bilak arteriyasining qon bilan to’lishuvi pulsni aniqlash uchun yetarlidir.

Puls tarangligi arteriya devorining tarangligi, tonusining holatidir. Taranglik anchagina bo’lib, masalan, bilak arteriyasining urib turishi to’xtaguncha uni bosish uchun ma’lum darajada kuch talab qilinadigan mahallarda puls tarang yoki to’lqini tarangligi kuchaygan deb ataladi (masalan, arteriyalar sezilarli darajada sklerozga uchraganida)

Puls tezligi (minutdagi puls zarblari sonini hisoblab chiqariladigan pulsdan, ya’ni tomir urishidan farq qilib) puls to’lqining ko’tarilish tezligi (jadalligi)ni hisoblashdir.

Pulsga ob’yektiv baho berish uchun sfemograf degan alohida asbobdan foydalaniladi, shu asbob yordamida puls egri chizig’i-sfigmogramma qora qilib dudlangan qog’ozga yozib olinadi. Har bir meditsina hodimi bilak arteriyasidan puls harakterini aniqlashni bilishi kerak. Masalan, ipsimon degan puls yurak faoliyatining ancha yomonlashib qolgani va zudlik bilan davo-choralarini ko’rish zarurligini bildiradi. Yurak qisqarishlari ritmining buzilishi-aretmiyalarni aniqlash uchun pulsni tekshirib ko’rish ayniqsa muhimdir. Aretmiyalar yurakning funksional o’zgarishlariga ham (ekstrasistoliya), organik kasalliklariga ham (titroq aretmiya, blokada) bog’liq bo’lishi mumkin.

Arteriyal bosim sistola va diastola vaqtida arteriya devoraga qondan tushadigan bosimdir. Arteriyal bosim sfigmomanametr-Riva-Rochchi aparati yordamida Korotkov usulida aniqlanadi.

Bemorning yelkasiga rezina manjet o’raladi. Yumshoq to’qimalar va arteriyani bosish uchun uni havo bilan to’ldiriladi. Fonendoskop tirsak arteriyasining to’nlari eshitiladigan joyiga, tirsak bo’g’imiga qo’yiladi. Manjetkadan havoni chiqarib turib, shu bilan bir vaqtda tirsak arteriyasini to’nlariga quloq solib turiladi. Dastlabki tonlar paydo bo’lishi sistolik (maksimal) arteriyal bosimga tog’ri keladi, uning shu vaqtda qanchaligi simobli manometrdagi raqamlarga qarab bilib olinadi. Eshitiladigan to’nlar yo’qolib ketishiga qarab diastolik (minimal) arteriyal bosim raqamlari aniqlab olinadi.



Sog’lom odamda sistolik arterial bosim simob ustuni hisobida 115 mm dan to 145 mm gacha, diastolik bosim esa simob ustuni hisobida 60 mm dan 95 mm gacha bo’lishi mumkin. Arterial bosim darajasi bir qancha shart-sharoitlariga: odamning konstitutsiyasiga, yoshiga, his hayajonlari bor yo’qligiga ovqat yegan yemaganligiga, jismoniy jihatdan zo’riqqan-zo’riqmaganiga bog’liq bo’ladi ( odam hayajonlagani, ovqat yeganidan keyin arterial bosim ko’tariladi, dam olgandan keyin pasayadi). Sistolik arterial bosimning simob ustuni hisobida 145 mm dan va diatolik bosimning simob ustuni hisobida 95 mm dan baland bo’lishi gipertenziya bor degan fikrga olib kelishi kerak.(agar bosim tez-tez shunday raqamlarga yetib turadigan bo’lsa). Sistolik arterial bosim simob ustuni hisobida 100mm dan va diastolik bosim simob ustuni hisobidan 55mmdan past bo’lsa, bunday arterial bosimni gipotenziya deb hisoblash zarur.
Tayanch iboralar.

  1. Bradikardiya yurak urishining sekinlashuvi

  2. Taxikardiya – yurak urishining tezlashuvi

  3. Sianoz – ko’karish

  4. Akrotsianoz – quloq silonchiqlari, lunj, lab, burun qanotlari va barmoq oxirgi falangalarining ko’karib turishi.

  5. Asfiksiya – bo’g’ilish

  6. Stenoz – naysimon a’zolar teshigining torayishi

  7. Dilyatatsiya – yurak bo’shliqlarining kengayishi

  8. Gipertenziya – qon tomirlarda bosimning ortishi

  9. Dispnoe – nafas qisishi, nafas olishning qiyinlashishi

  10. Ortopnoe – bemorning o’rinda majburiy vaziyatda o’tirishi

  11. Astsit – qorin bo’shlig’iga suyuqlik yig’ilishi

  12. Gidrotoraks – plevra bo’shlig’iga suv yig’ilishi.

  13. Gidroperikard – yurak perikard bo’shlig’ida suv yig’ilishi

  14. Anasaka – butun tanaga shish kelishi

Savollar:

  1. Yurak va qon tomir tizimining tuzilishi va vazifalari.

  2. Yurak va qon-tomir sistemasing anatomo-fiziologik xususiyatlari.

  3. Asosiy klinik belgilarini va tekshirish usullari.

  4. Hamshiralik parvarishi xususiyatlari.

  5. Kasallik simptomlariga qarab bemorlarni parvarish qilish.

  6. Davolanayotgan bemorlarga hamshiralk parvarishi.



Foydalanadigan adabiyotlar:

    1. V.O.Haydarov “Ichki kasalliklar” 2002-yil.

    2. B.U.Yoldoshev “Ichki kasalliklar” 1996-yil.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə