O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu№16: Ovqat hazm qilish a’zolarining qisqacha anatomik – fizialogik



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/9
tarix30.05.2018
ölçüsü0,62 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mavzu№16: Ovqat hazm qilish a’zolarining qisqacha anatomik – fizialogik

xususiyatlari.

Reja:

  1. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi va vazifalari.

  2. Klinik holati va simptomlarini.

  3. Tekshirish usullari va davolashni.

  4. Bemorlarda hamshiralik parvarishini.

Ovqat hazm qilish a’zolariga og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, me’da, ingichka ichak, jigar, o’t pufagi, me’da osti bezi va yo’g’on ichak kiradi. Ovqat og’iz bo’shlig’ida maydalanib halqumga uzatiladi va qizilo’ngachga tushadi. Qizilo’ngach devorida 3 ta fiziologik torlik bo’lib, unda dag’al ovqatlar ushlanib qoladi (bo’yin, ko’krak, diafragma), ovqat qizilo’ngachdan me’daga tushadi. Me’da qorin bo’shlig’ida joylashgan. Devori 4 qavatdan shilliq, shilliq osti, muskul va tashqi seroz qavatdan iborat. Me’daning shilliq pardasida hazm shirasini ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan. Me’da shirasi tarkibida pepsin, hlorid kislota va shilimshiq bo’ladi. bir kecha kunduzda 1,5 – 2 litr miqdorda me’da shirasi ishlab chiqariladi. Hazm shirasining kamayishi yoki ko’payishi organizmning ruhiy holatiga bog’liq. Asabiy zo’riqishlar shira ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Ovqat me’dada bir necha soat davomida saqlanadi. Maydalangan ovqat bo’lak – bo’lak bo’lib 12 barmoq ichakka o’tkaziladi. 12 barmoq chakka me’da osti va o’t pufagidan o’t suyuqligi kelib tushadi. Me’da osti bezi ishlab chiqargan pankreatin moddasi ovqatni uglevodli qismga, o’t suyuqligi esa yog’larning parchalanishiga olib keladi. Ingichka ichakda vorsinkalar (so’rg’ichlar) joylashgan bo’lib, parchalangan ovqat mahsulotlatlarining qonga so’rilishini taminlaydi. Qonga so’rilmagan qismi yo’g’on ichakka o’tadi va ichak tayoqchalari yordamida yog’ kletchatkalarga parchalanib so’riladi. Qolgan ortiqcha moddalar najas bo’lib tashqariga chiqaib ketadi. Jigar ovqat hazm qilish sistemasida zararli moddalani zararsizlantirish vazifasini bajaradi. U o’t suyuqligini ishlab chiqarib, qonni fil’tirlab beradi.

Hazm qilish a’zolari kasalliklarining asosiy simptomlari. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarning asosiy shikoyatlar: qorin sohasida og’riqlar, ishtahaning buzilishi, kekirish, zarda qaynashi (jig’ildon qaynashi), ko’ngil aynishi, qusish, qorin dam bo’lishi, ichaklar funksiyasining buzilishi.

Og’riqning intensivligi, joylashishi va uning ovqat qabul qilishi bilan bog’liqligi bo’yicha farq qilish lozim. Intensiv bo’lmagan, biroq doimiy og’riq surunkali gastirit uchun xos bo’ladi. meda va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligida og’riq intensivroq u ovqat, yeyish bilan ochiq – ravshan bog’liq. O’t – tosh kasalligida og’riq juda qattiq bo’ladi

Gastrit va yara kasalligida og’riq to’sh ostida, jigar va o’t qopchasi kasalligida o’ng qovurg’a ostida, ichak kasalligida butun qorin bo’ylab biroq, ko’proq uning pastki qismida joylashadi.

Ishtaha buzulishi ko’p jihatdan meda sekretsiyasi va kislotaliligi darajasiga bog’liq. Sekretsiya oshganda ishtaha hatto ochilib ketadi (kistalalik oshgan gastrit aksariyat me’da suyuqligi sekretsiyasi oshishi va kislatalik oshish bilan o’tadigan me’da va 12 barmoq ichakning yara kasalligi). Sekretsiya pasayganda ishtaha pasaygan bo’ladi (subasit, anasit, shuningdek ahillik gastritlar). Ishtaha buzilishida (xususan me’da rakida) bemor ayrim oziq – ovqat mahsulotlaridan yuz o’giradi (ovqatdan ko’ngli ketadi).

Og’izda yoqimsiz ta’m me’da shilliq pardasi zararlanganda, og’izda achchiq maza jigar va o’t qopchasi kasallanganda, metal ta’mi esa ovqatdan zaharlanishning ayrim turlarida kuzatiladi.



Kekirish me’dadan og’izga to’satdan ovqat moddasi tushganda paydo bo’lib, bunda o’ziga xos tovush chiqadi. Odamning 12 soat va bundan ko’proq vaqt oldin yeyilgan ovqati bilan kekirishi ayniqsa katta diagnostik ahamiyatga ega, bu me’daning evakuator funksiyasi buzilganligidan dalolat beradi. “Och” kekirish – havo bilan kekirish – me’da suyuqligida xlorit kislota kamayib ketganda yoki bo’lmaganda, kekirganda og’izdan palag’da tuxum (vadarod sulfid) hidining kelishi ahiliya bilan birga medaning evakuator funksiyasi buzilganda kuzatilib, me’dada oqsillarning jadal parchalanishiga bog’liq.

Zarda qaynash deb, xanjarsimon o’siq ostida, to’sh usti yuqori qismida va to’sh orqasida (bu qizilo’ngachning pastki kesdigiga mos keladi) kuchli achishish sezgisi paydo bo’lishiga aytiladi. Zarda qaynashi ko’p hollarda me’dadan qizilo’ngachga nordon me’da suyuqligi otilishiga bog’liq.



Ko’ngil aynishi - to’sh osti sohasida yoqimsiz sezgi paydo bo’lishidir. Aksariyat kislotalilik pasayishi bilan o’tadigan me’da kasalliklarida bo’ladi. Bazan ko’ngil aynishidan keyin odam qayt qiladi.

Qusish (qayt qilish) - hazm a’zolari kasalliklarini diagnostika qilishda katta ahamiyatga ega. Qusuqda ovqat aralashmasi bo’lishi medaning evakuator ishi anchagina buzilganidan dalolat berishi mumkin (pilorostenoz). “Kofe” quyqasi aralash qusish medadan qon oqqanda, ertalabki soatlarda shilimshiq aralash qusish – surunkali qastridda o’t suyuqligi aralash qusish – o’t yo’llari patalogiyasida kuzatiladi.

Qorin dam bo’lganda qorin shishganday bo’lib, gaz chiqishi kuchayadi. Sababi ichaklarda gaz hosil bo’lishining kuchayganligidir, bunday holat ovqat bilan o’simlik klechatkalari qabul qilinganligi oqibatida, kletchatkalar ichakda oson bijg’ishi natijasida kelib chiqadi va shuningdek, sut ichilganda ham aniqlanadi, ichak devori tonusi pasayganda, ichaklar motorikasi pasayganda ham seziladi.



Ich ketish - axlat konsistensiyasining buzilishi bilan ichaklar bo’shashidir. Ich ketish mexanizmi murakkab bo’lib, ichaklar peristaltikasining kuchayishi, suv, oziq moddalar hazm bo’lishi ichaklarda so’rilish jarayoni buzilganda yuzaga keladi. Chunki ichak devorlari yallig’lanishi, yalig’langan sekretlarning shilliq qavati ko’p ajralib chiqishi hamda nerv oxirlari qozg’alishi oqibatida ichaklar peristaltikasi kuchayadi.

Ich qotishi (qabziyat)- ichakda axlatning uzoq turib qolishidir (48 soatdan ortiq). Funksional va organik qabziyat farqlanadi.

Hazm qilish a’zolari kasalliklarining tekshirish usullari.

Kasalxonaning qabul qilish bo’limida kasallik tarixi ochiladi va to’g’risida malumotlar yoziladi.



So’rab - surishtirish hazm a’zolari kasalliklarini aniqlashda bemorning shikoyatlari so’raladi. Bemorlar ko’pincha og’riq, ishtaha yo’qligi, ko’ngil aynishi, jig’ildon qaynashi (zarda bo’lish) va kekirishdan shikoyat qiladilar. Kasalik tarixini aniqlashda bemordan qachondan beri kasallik belgilari boshlanganligi, qanday dori-darmonlarni istemol qilganligi so’rab surishitiriladi. Kasallikning hayot anamnezini aniqlashda bemorning oilaviy sharoiti, ovqatlanish rejimi va uning tarkibi, kasb-kori, oilasida, yaqin qarindosh urug’larida shunday belgilar mavjudligi, zararli odatlari (chekish va sipirtli ichimliklar ichishi kabilar) so’raladi. So’rab- surishtirish vaqtida bemorlarning qaysi dori vositalariga o’ta sezuvchanligini so’rab bilish allergik xolatlarning oldini olishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bemorlardagi klinik belgilarni o’rganish kasallikning to’liq aniqlashda muhim o’rnini egallaydi. Og’riq – hazm a’zolari kasalliklarda asosiy belgilardan biridir, uning jadalligi (intensevligi), joylashgan o’rni, ovqat qabul qilishga bog’liqligi yoki bog’liq emasligini bilish kerak. Jadal bo’lmagan, doimiy harakterdagi og’riq surunkali gastrit kasalligi uchun xos bo’ladi. Me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligida og’riq jadal, u ovqat yeyish bilan bog’liq bo’ladi. O’t toshi – kasalligida og’riq juda kuchli bo’ladi. Pankreatit me’da osti bezi kasalligida og’riq kuchli tasmasimon harakterda bo’ladi. Rak kasalligida og’riq doimiy harakterda bo’ladi. Ishtahaning buzilishi ko’p jihatdan me’daning shirasining ko’p ishlab chiqarilishi ishtahani kuchaytirib boradi. Shiraning ko’p ajralish – gipersekretsiya deb ataladi. Shira ishlab chiqarish pasayganda ishtaha ham pasayadi, bu gipoasit gastritni keltirib chiqaradi. Me’dada shira ajralishi butunlay yo’qolsa, anosit gastrit kelib chiqadi. Bemorlarda ayrim ovqat mahsulotlarini hush ko’rmasligi me’dada o’smasi (rak) kasalligidan dalolat beradi. Kekirish – quruq (havoli) va ovqat qoldig’i bilan namoyon bo’ladi. quruq kekirish me’da suyuqligida xlorit kislota kamayib ketganda yoki bo’lmaganda paydo bo’ladi. Ovqat bilan kekirish bu me’daning qisqarish faoliyati buzilganidan dalolat beradi. Jig’ildon qaynashi – qizilo’ngach, me’da va o’n ikki barmoq ichakning sekreti va mator funksiyalari buzilishining belgilaridan bo’lib, bu me’da suyuqligi qizilo’ngachga otilib chiqqanida va me’da shirasida kislotalilik ortib ketganida ro’y beradi. Sog’lom odamlarda ayrim ovqat mahsulotlariga sezuvchanlik kuchayib ketishi natijasida jig’ildon qaynaydi. Ko’ngil aynishi – to’sh osti sohasida yoqimsiz sezgi paydo bo’lishidir. Ko’ngil aynishi ko’pincha kislotalilik pasayishi bilan o’tadigan me’da kasalliklarida bo’ladi.

TAYANCH IBORALAR

Peristaltika- me’da-ichak, urug’ kanali, o’t yo’li, siydik yo’li kabi g’ovak a’zolar devorining bir me’yorda to’lqinsimon qisqarishi.

Sekretsiya- shira ajralish jarayoni- bez hujayralarining organizm uchun zarur sekret ishlashi va chiqarishi.

Ko’ngil aynishi – to’sh osti sohasida yoqimsiz sezgi paydo bo’lishidir. Ko’ngil aynishi ko’pincha kislotalilik pasayishi bilan o’tadigan me’da kasalliklarida bo’ladi.

Ich qotishi (qabziyat)- ichakda axlatning uzoq turib qolishidir (48 soatdan ortiq). Funksional va organik qabziyat farqlanadi.

Kekirishme’dadan og’izga to’satdan ovqat moddasi tushganda paydo bo’lib, bunda o’ziga xos tovush chiqadi
SAVOLLAR:

    1. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi va vazifalari.

    2. Klinik holat va simptomlar.

    3. Tekshirish usullari. Bemorlarni tayyorlash.

    4. Bemorlarda hamshiralik parvarishi.

    5. Simptomatik parvarish va bemorlarni davolash.

Adabiyotlar:

1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.

Mavzu:№17 Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bila og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.

REJA:

1. Gastrit, me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.



Gastrit.

Gastrit polietiologik kasallik bo’lib, me’da shilliq pardasi va uning bezsimon apparati turli darajadagi patomorfologik (atrofik yoki gipertrofik) va funksional o’zgarishlar paydo qilibgina qolmay, balki patologik jarayonning aksariyat me’daning boshqa qatlamlariga (pardalariga) tarqalishi bilan xarakterlanadi. O’tkir va xronik gastrit farq qilinadi. Xronik gastrit klinik-anatomik tushuncha bo’lib, unda morfologik va funksional o’zgarishlar klinik belgilar bilan, shuningdek me’daning sekreter va motor funksiyasi buzilishlari bilan birga uchraydi. Erkaklarga ayollarga nisbatan ko’proq uchraydi.

Gastritlar klassifikatsiyasi 4 ta prinsipga asoslangan:



  1. Etiologik printsip:

    1. Ekzogen gastritlar (ovqatlanish rejimi va ritmi buzilishi, alkogol va nikotinga uchlik, termik, ximiyaviy va mexanik agentlar ta’siri kasb-koriga taaluqli zararli omillar ta’siri).

    2. Endogen gastritlar (vegetative nerv sistemasida va endokrin organlaridagi buzilishlar bilan bog’liq nerv-reflektorlar gastrit, gemotogen giprosemik, allergic gastrit)

  2. Morfologik printsip:

    1. Yuza gastrit

    2. Atrofiyasiz gastrit

    3. Atrofik gastrit (o’rtacha ifodalangan, epiteliyning qayta ko’rilishi hodisalari bilan)

  3. Me’daning funksional holati bo’yicha:

    1. Normal secretor funksiyali

    2. Pasaygan secretor funksiyali: a) o’rtacha; b) ifodalangan

    3. Oshgan secretor funksiyali

IV. Xronik gastitning klinik kechishi quyidagilarga bo’linadi

  1. Kuzish fazasi

  2. remissiya fazasi

  3. Not’liq remissiya dazasi.

Klinik ma’lumotlar va nazariy bilimlarga asoslanib talaba quyigagilarini bilishi kerak:

  1. Asosiy jarayonni aniqlash (kasallikning mustaqilligini, joylashuvi va xarakterini)

  2. Taxminiy diagnozini tasdiqlash uchun tekshirishning asoslangan rejasini tuzish

  3. Quyigagilarga asoslanib batafsil diagnozni aniqlash:

    • kasallikning yetakchi diagnostic mezinlarini, ularning patogenezini va mohiyatini bilish

    • qo’shimcha tekshirish metodlari natijalariga baho bera olish

    • klinik belgilari gastritni eslatadigan yoki gastrit belgilari ularda ikkilamchi bo’lgan kasalliklar bilan differensial diagnostika o’tkazishni bilish

  4. Jarayonning yengil og’irligini bilish, bemorning ahvoli (oriq-semizligi), boshqa organlar va sistemalari, me’da sekretsiyasi holatini hisobga olgan holda davolashning to’liq rejasini tuzish

Etiologiyasi, patogenezi va patologik anatomiyasi.

  1. Xronik gastritning o’tkir gastritdan har xil etiologiyali gastoenteritlardan keyin rivojlanishi.

  2. Xronik gastritning polietiologik bo’lishi:

    • Alimentar gastritlar: nomuntazam, odatda shoshma-shosharlik bilan ovqatlanish, quruq ovqatlar yeyish, o’tkir ziravorlar, souslar, ovqatni hushtam qiladigan moddalar, chekish, ichkilik ichish va boshqa ekzogen omillar

    • Toksik gastritlar: dorilar ta’siri, qator ximiyaviy moddalar va zararli omillarning me’da shilliq pardasiga ta’siri (ko’mir, metal, paxta change, ishqorlar, yog’ kislotalari bug’lari va boshqalar)

    • Organlar va sistemalar kasalliklarning ahamiyati (endogen omillar): buyrak yetishmovchiligi, kelib chiqishi har xil tashqi nafas yetishmovchiligi (yurak poroklari, xronik pnevmoniya, o’pka emfizemasi va boshqalar)

    • Oilaviy gastritlar ota-onalarida yoki oila a’zolarida va qarindoshlarida gastritlarning borligi.

3. Xronik gastritning rivojlanishiga sabab bo’ladigan patogenetik o’zgarishlar:

    • Me’da apparatning regeneratsiya buzilib, uni atrofik bo’lishi, individual genotip hususiyatlari va immunologic siljishlar. Bular shilliq pardaga va kasal ichki omiliga antitelolar hosil bo’lishida namoyon bo’ladi.

    • Antigenlar paydo bo’lishi (alimentar omillar, dorilar, bakterial toksinlar ta’siri natijasida paydo bo’ladi) immune component sistemasida muayyan nuqsonlar bo’lganda va me’da ichki pardasi to’qima elementlariga antitelolar ishlaganda gipersensibilizatsiyaga olib kelishi mumkin.

  1. Morfologik o’zgarishlar epiteliy to’qimalarida distrofiya, atrofik va pardasining o’zgarishi bilan harakterlanadi. Bu o’zgarishlar yuza yoki chuqur bo’lishi, o’choqli yoki diffuz harakterda bo’lishi mumkin


Klinik manzarasi. Kasallikning klinik belgilari kasalik formalariga, jarayonning og’ir-yengilligiga, me’da sekreter funksiyasiga qo’shilib, keladigan kasalliklarga bog’liq:

    • To’sh osti soxasida og’riq (xarakteri- simillagan, zirqiragan), odatda ovqat yeyilgandan keyin va och qolganda paydo bo’ladi, ovqat yeyilgandan keyin og’riqning yengillashuvi oshgan sekretsiyada, og’riqning tik turganda yoki yurganda kuchayishi, gastroptoz borligidan bo’ladi

    • To’sh osti soxasida alishish va to’siqlik xis etish

    • Me’da sekretsiyasining holatiga ko’ra nordon havo bilan yoki palakda tuxum xidi keladigan kekirish

    • Qorinda bosim yoki dam bo’lish sezgisi

    • Ishtaxa buzilishi- saqlanib qolgan, oshgan, pasaygan

    • Ko’ngil aynishi, qusish, ich buzilishi, qotib qolishi (qabziyat, ich ketar)

    • Yaxshi uxlay olmaslik, injiqlik va nerv sistemasi funksional buzilishining boshqa belgilari, nevrasteniyalar

    • Behollik, kayfiyat yomonligi, ish qobiliyati pasayib ketishi

    • Bosh og’rig’I, bosh aylanishi, keskin xolsizlik, ko’z oldi qorong’ilashuvi va gastrogen anemiya yoki kasallikning boshqa asoratlariga hos har xil shikoyatlar.

2. Sub’ektiv malumotlar analizi (bemor shikoyatlari va kasalliklar anamnezi)

3. Ob’ektiv ma’lumotlar:

– Umumiy holat, gavda tuzilishi, semiz-orriqlik jarayonlarining og’ir- yengilligiga. Kasallikning klinik formalariga ko’ra har xil (sekretsiya holati norma, pasaygan yoki oshgan, shilliq parda holati gipertorofik yoki atrofik)


    • Ovqat hazmi va surilishi yetishmovchiligi sindromi (distrofik o’zgarishlar)

    • Gipovitaminoz sindromi, turli vitaminlarning yetishmovchiligi – V gruppa vitaminlarining tanqisligi natijasida lab chetlarining bichilishi, terining ortiqcha po’st tashlashi va boshqalar.

    • Dielektrolit sindromi – asosiy belgi bo’lib, kaliy ionlari tanqisligi (qonni bioximik tekshirishda va EKG da aniqlanadi – 5-T intervali pasayishi va musbat T tishchasi), kaltsiy ionlari tanqisligi (suyak trabekulalari surilishi bilan distrofiya simptomlari va biriktiruvchi to’qimaning o’sib qalinlashuvi, alkazol simptomlari bilan yuzaga chiqadi), temir tanqisligi (odatda aniq ifodalanmagan temir tanqisligi anemiyasi bilan o’tadi).

    • Astenonevrostenik sindromi, vegetative tomirlar distoniyasi simptomlari, oyoq qo’llarning sovqotib turishi, gipotoniya, peresteziya shikoyatlari.

4.Zarur labaratoriya, bioximiyaviy va instrumental tekshirish metodlari:

– Me’da suyuqligini funksional tekshirish (sekretsiya nahorga aniqlash, ma’lum vaqt ichida sekretsiya, kislotalik, pepsinning kuchayishini aniqlash, cho’kmaning mikroskopik tekshirish)



    • Me’da chayindi suvlarini sistologik tekshirish yoki rakli aynishni istisno qilish uchun birmuncha ishonchli biopsiya metodi

    • Duodenal zondlash – o’t pufagi va o’t yo’llari kasalliklarini istisno qilish

    • Koprologik tekshirish: umumiy analiz, yashirin qonga (Gregersin reaksiyasi), gijja tuxumlariga va boshqalar.

    • Instrumental tekshiruvlar: me’da-ichak yo’li rengenoskopiyasi va rengenografiyasi, fibrogastrokopiya, laparoskopiya va boshqalar.

O’tkir gastritning qisqacha ta’rifi.

Me’da shilliq pardasining o’tkir yallig’lanishi (kuyish va boshqa o’zgarishlar) poglietiologik kasallik hisoblanadi. U ximiyaviy, termik, mexanik va bacterial omillar tomonidan qo’zg’otiladi. O’tkir gastritda jarayon shilliq pardaning yuza epiteliysi bilan chegaralanib qolishi yoki butun bezli apparatning bag’ri, interstitsial to’qima va hatto mushak qatlami va serroz pardaga tarqalishi mumkin. Bu etiologiya omillarining xarakteriga, patogenligiga, ta’sir yo’llariga, patologik jarayon rivojlanishining mexanizmiga va davomiyligiga bog’liq.



    1. O’tkir oddiy gastrit. Uning rivojlanishiga ekzogen (palapartish ovqatlanish, ovqat toksikoinfektsiyalari, dori-darmonlar, ko’p ovqat yeyish va boshqalar) va endogen (o’tkir infektsiyalar, modda almashinuvining jiddiy buzilishlari, radiatsiyadan zararlanish, azotemiya va boshqalar) omillar muhim rol o’ynaydi. Og’riq simptomlari sabab bo’ladigan omillar ta’siridan 4-6 soat o’tgach paydo bo’ladi va ko’ngil aynishi, og’riq va behollik, bosh aylanishi, qusish, ich ketar va keyinchalik suvsizlanish va o’tkir tomirlar yetishmovchiligi belgilari (rangparlik, gipotenziya, taxikardiya) leykotsitoz, aksariyat buyraklarning toksinli zararlanish belgilari bilan o’tadi.

    2. O’tkir korroziv gastrit. Me’da shilliq pardasiga kislotalar, ishqorlar, og’ir metallarning tuzlari, yuksak konsentratsiyadagi spirtlar va boshqalar ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Kasallik klinikasi zaxar tabiatiga, zararlanish darajasiga bog’liq va toksinli narsalarni yutib yuborish bilan yuzaga chiqadi.

Bemorlar oz o’tmay og’zida, to’sh orqasida va epigastral soxada achishadigan og’riqlardan, azob beradigan, ba’zan qon aralash qusishdan shikoyat qiladilar, labda, og’iz, tomoq shilliq pardasida kuyish alomatlari bo’ladi, tovush bo’g’iladi, stridor nafas, qorin pardasi ta’sirlanish simptomlari bo’ladi, neytrofilli leykotsitoz, og’ir hollarda esa o’tkir tomir yetishmovchiligi belgilari – kollaps (ba’zan shok holati) kuzatiladi

    1. Flegmonali gastrit. Kamroq uchraydigan, turli bacterial flora tomonidan qo’zg’atiladigan va o’tkir boshlanishi, et junjikishi, gipertermiya, keskin adinamiya, qorinda og’riq, ko’ngil aynishi, qusish, giperleykotsitoz bilan neytrofilli siljish (toksik donadorlik bilan), SOE oshishi va yallig’lanishning boshqa alomatlari bilan xarakterlanadi. Prognozi hayrli emas. Davolash xirurgik.

Asoratlari: o’tkir gastritda o’tkir tomirlar, ehtimol yurak yetishmovchiligi, xloropenik koma, me’daning o’tkir perforatsiyasi (korroziv va flegmanoz hilida) chandiqli o’zgarishlar (uzoq muddatli vaqtdan yuz beradigan asoratlar), mediastning, yiringli plevrit, tromboflebit, jigar abtsessi, sepsis va boshqalar (og’ir formalarida), xronik formaga o’tishi. Surunkali gastritda – me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, rakka aylanishi, me’dadan qon ketish, ikkilamchi (ba’zan og’ir) temir tanqisligi anemiyasi, oriqlab ketish, kaxeksiya.

Differensial diagnostika o’tkir va surunkali gastritlarni me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, miokard infarktining abdominal formasi, o’tkir va surunkali appenditsit, me’da raki, o’tkir va surunkali pankreatit va xolististit (jumladan o’t – tosh kasalligi), o’t xaltachasi va yo’llari diskineziyasi surunkali enterokolitda farq qilish kerak.



Bundan tashqari, o’tkir gastritni diafragma osti absessi, jigar absessi, qopqa vena trombozi va “qorindagi o’tkir holat” ni boshqa turlaridan diferensiatsiya qilish kerak.

Surunkali gastrit ayrim klinik formalarining qisqacha ta’rifi.

  1. Me’da sekretsiyasi normal yoki oshgan surunkali gastrit yarada bo’ladigan og’riqqa o’xshash og’riq, nordon kekirib zarda qaynashi, qabziyatlar bilan xarakterlanadi. Aksariyat o’rta va navqiron yoshda asosan erkaklarda ychraydi. Me’da suyuqligini tekshirish - kislotalilik normal yoki giperatsid xolat. Rentgenoskopiya – burmalar qalinlashuvi, kuchaygan perestaltika, o’zgarishlar asosan pylorus va o’n ikki barmoq ichakda joylashadi.

  2. Surunkali atrofik gastrit secretor yetishmovchiligi bilan: og’izda yoqimsiz maza, ishtaha pasayishi, quruq kekirish, ovqatdan keyin qorin quldirashi, suyqlik qo’yilganidek sezgi paydo bo’lsishi, aksariyat ich ketar, oriqlash, asta-sekin anemiya rivojlanishi va boshqalar. Rentgenologik – me’da shilliq pardasi burmalari yupqalashgan, ayrim joylarda atrofiya, me’da gipotoniyasi (gastroptoz). Endoskopiya va mo’ljallangan biopsiyada, yuza gastrit yoki me’da bezlarining va ularning atrofiya bilan birga bilinarli o’zgarishlar, me’da suyuqligini tekshirish – kislotalik pasaygan yoki bo’lmagan (me’da secretor funksiyasining o’rtacha yoki ifodalangan pasayishi, axiliya xolati).

  3. Gemorragik (erochiyali) gastrit: klinik jihatdan me’dadan qon ketishi, gipoxrom anemiya, og’riqlar bilan xarakterlanadi, me’da sekretsiyasi saqlanib qolgan, oshgan yoki o’rtacha pasaygan. Endoskopiya – ko’p sonli eroziyalar va patexiyalar, ularning qonashga moyilligi.

  4. Rigid antral gastrit. Kamdan kam uchraydi. Og’riqlar (dispeptik), giposekretsiya yoki axiliya harakterlanadi. Rengenoskopiya va endoskomiyada me’da antral bo’limining doirasimon torayishi, iniq ifodalangan yallig’li chandiqli jarayonlar, ko’pincha havfli o’smaga aylanadi.

Davosi.

  1. O’tkir gastritni davolash.

    • Bemorni kasalxonaga joylashtirish parxezga rioya qilish

    • Me’dadan toksinli omillarni va boshqa sababchi omillarni haydash bo’yicha tadbirlar: 2%li natriybikorbona yoki kaliypermonganat qo’shilgan qaynagan iliq suv bilan yuvish, 30 gr magniysulfat, aktivlangan ko’mir kabilarni berish

    • Venaga tomchilab fiziologik eritma, 5%li glyukoza eritmasi, 10% li 10 ml li osh tuzi eritmasi yuborish, suvsizlanishga qarshi kurash bo’yicha boshqa tadbirlar, dezintoksikatsion choralarni ko’rish

    • Zarur bo’lganda tomirlar yetishmovchiligida ishlatadigan preparatlarni: kofein, kordiamin, mezaton, adrenalin yurak glikozidlari – strofantin, korglyukon, allergiyani yo’qotuvchi vositalar – kalsiy xlorid, dimedrol, kaltsiy glyukonat, simptomatik terapiya, quvvatga kirituvchi vositalar – vitaminlar

    • Flegmanoz gastritda – operatsiya yo’li bilan davolash yoki antibacterial preparatlar – antibiotiklar, sulfanilamidlar bilan davolash

  1. Surunkali gastritni davolash. Bemor ahvolining og’ir-yengilligiga, kasallikning kechishiga, me’da sekretsiyasi ahvoliga, kasallikning klinik formalariga binoan olib boriladi.

    • Qo’ziganda kasalxonaga joylashtirish

    • Parhezga rioya qilish (o’tkir va yog’li taomlar, ziravorlar, ichklilik, chekish kabilar man qilinadi)

    • Bo’lib-bo’lib kuniga 5-6 mahal ovqatlanish, parxez №1a, 1b tayinlanadi. Anatsin va gepatsin holatlarda yetarli miqdorda oqsillar (PO-115 g), yog’lar (80-90 g), uglevodlar va vitaminlar buyuriladi.

    • Me’daning sekretor va motor-evokuator funksiyasi oshganda – atropine, apazmolitiklar, benzogeksoniy, vikalin, metatsil, pentoksil va boshqalar tayinlanadi.

    • Antatsid vositalar sifatida: alyuminiy gidroksid (4%li suvdagi suspenziya ko’rinishida 1-2 choy qoshiqdan kuniga 4-6 marta), almagel (1-2 choy qoshiqdan 4 marta- ertalab, kunduzi, kechqurun va uxlashdan oldin 3-4 hafta mobaynida), kaltsiy karbonat 0,25-1 g dan kuniga 2-3 marta, uni bemor bedorlikda bo’lganda har soatda qabul qilsa bo’ladi.

    • Sekretsiya yetishmovchiligi bo’lgan gastritlarda kvateron, gangleron, kavkaz diokereyasi, zupturum va pantaglyutsit shirasi, PP,S,B guruxi vitaminlari, me’da shirasi abomin, betatsit, pankreatin, qon, oqsil preparatlari, plazma quyish

    • Me’da secretor funksiyasi holatiga mos keladigan mineral suvlar – borjomiy, Yessentukiy qo’llanish va boshqalar.

    • Sanatoriy-kurortda davolash (Ijevsk, Yessentukiy,Jeleznovodsk, Pyatikors, Feadosiya va boshqalar)

    • Dispanser kuzatuvi

Profilaktikasi.

To’g’ri ovqatlanish gigienasiga puxta amal qilish, chekish va ichkilikka va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashish, surunkali infektsiya o’choqlarini, hazm organlarining boshqa kasalliklarini o’z vaqtida davolash, kasb-korga taaluqli zararli omillarga qarshi kurashishi.



Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi – sikl bilan davom etadigan surunkali kasallik bo’lib, oshqozon va o’n ikki barmoq ichakda yara paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Kasallik osqozon va o’n ikki barmoq ichak ish faoliyatining neytrogumoral va endokrin boshqarilishning buzilishi tufayli paydo bo’ladi. Shu sababli oshqozon shirasida pepsin va xlorid kislota ko’paygani holiday undagi shilliqni himoya qilish hususiyati pasayadi. Bunday yara paydo bo’lishiga olib keladi. Bu kasallik har xil yoshda, ayniqsa 30-40 yoshda ko’p uchraydi. Aholining 5% bo’ladi. Shaxarliklarda qishloqliklarga qaraganda ko’p uchraydi. Erkaklarda bu kasallik ayollarga nisbatan ko’p uchraydi (ayniqsa o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi).

Amerikalik mutaxxasislar tasdiqlashicha, yara kasalligi erkaklarning 8-10% da uchraydi. Kasallikning ko’payishiga asosan not’g’ri ovqatlanish, atrof-muhitni ifloslanishi, shaxardagi ishlab chiqarish rivojlanishidan vujudga keladi.

Amaliyot ko’rsatadiki, o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, me’da yara kasalligiga nisbatan ko’proq uchraydi.



Etiologiyasi.

Kasallikning kelib chiqish sabablari polietiologik hisoblanadi. Ular 2 ta guruhga bo’linadi: asosiy va yordamchi sabablari:

Asosiy sabablar:


  1. Mexanik nazariya

  2. Nevragen nazariya

  3. Peptik nazariya

  4. Infektsion nazariya

Yordamchi sabablar:

  1. Odamning tuzilishi, irsiy hususiyatlari, oshqozon yordamchi shilliq bezlarning ko’payishi, qon gruppasining alohida hususiyatlari

  2. Tashqi sharoit ta’siri (namlik, havo bosimi, harorat)

  3. Tamaki chekish va ichimlik ichish

  4. Qo’shimcha kasalliklar (ovqat hazm qilish kasalliklari)

Patologik anatomiyasi.

Oshqozon va o’n ikki barmoq ichakdagi yaralar katta (diametric 6-8 sm gacha, gigant) va kichik (0,5 -1,0 sm gacha) bo’lishi mumkin. O’n ikki barmoq ichak yaralari ko’pincha kichik bo’ladi. Yara bitta yoki bir necha bo’lishi mumkin. Yangi yara yonida eski yaradan chandiq kuzatilishi mumkin. Yaralar oddiy va kallezli bo’lishi mumkin. Oddiy yaralar katta bo’lmagan, chetlari tekis silliq bo’ladi va bunday yaralar nisbatan qisqa vaqt ichida chandiqlanadi. Kallezli yaralar katta, chetlari qo’pol va ko’tarilgan bo’ladi. Bunday yaralar tez chandiqlanmaydi va ko’pincha o’smaga aylanishi mumkin. Patologik anatomiyasi oshqozon va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligi asoratlari (qonayotgan qon tomir, perforatsiya, penetratsiya, o’n ikki barmoq ichak stenozi va malignizatsiyasi) aniqlanishi mumkin.



Kasallik turlari.

  1. Klinik – morfologik belgilariga qarab: oshqozon yara kasalligi va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi;

  2. Yaraning joylashishiga qarab: me’daga kirish qismida, chiqish qismida, kichik egrilik soxasida, o’n ikki barmoq ichakda;

  3. Kasallikning kechishiga qarab: qaytalanishi, pasayib qaytalanishi, pasayishi;

  4. Kasallikning og’ir yengilligiga qarab: yengil kechadigan, surunkali, kuchayib boradigan;

  5. Asoratlariga qarab: asoratli va asoratsiz

Asoratlari:

- Oshqozondan qon ketish,

- penetratsiya,

- perforatsiya,

- o’smaga aylanishi,

- oshqozon va o’n ikki barmoq ichak stenozi.



Klinik manzara.

Kasallik ba’zi hollarda belgilarsiz kechadi. Buni rentgen nurida yoki endoskopik tekshiruvida aniqlash mumkin. Kasallik kechishi asosiy belgilariga ham bog’liq. Asosiy belgisi og’riq. Og’riq kuchli, kesuvchi, sanchiqli, kuchsiz va siquvchi bo’lishi mumkin. Belgining ifodalanganligi yaraning qanchalik chuqur joylashganligini bemor og’riqni sezuvchanligiga, me’da harakat faoliyati buzilishiga ham bog’liq. Og’riq mavsumiy bo’lib, bahorda kuzda kuzatiladi. Og’riq me’da va o’n ikki barmoq ichak soxasida kuzatiladi. Bu vaqtda bemor majburiy holatga keladi. Og’riq ovqatlanishga ham bog’liq bo’lishi mumkin, og’riq erta yoki kech, och qoringa, tungi turlari mavjud. Ovqatlangandan keyin 20-30 minutdan keyin boshlangan og’riq erta og’riq me’da yara kasalligiga hos. Och qoringa bo’ladigan tungi va kech og’riqlar o’n ikki barmoq ichak kasalligiga xosdir. Ba’zida og’riqlar ko’krak qafasining tepa qismiga, orqaga irratsiatsiya qilishi mumkin.

Yara kasalligi surunkali gastrit, surunkali duodenit, xoletsistit, pankreztit bilan birga kechganda og’riqning erta va doimiy turi rivojlanadi. Yaraning og’riqsiz turi ham mavjud bo’ladi.

Yara kasalligida og’riqlar qator dispeptik belgilar: ko’ngil aynash, qusish, jig’ildon qaynashi, kekirish, qabziyat bilan birga kechadi.

Dispeptik o’zgarishlar orasida hammadan ilgari zarda qaynashi bilan qayd qilishni ko’rsatib o;’tish kerak. Zarda qaynashi me’da shirasida kislotalar ko’payib ketishiga va me’da suyuqligining qizil lungachga otilib chiqib turishiga bog’liqdir. Zarda qaynashi aksari ovqatdan keyin, gohiqa nahorga yoki kechasi paydo bo’ladi.

Yara me’daning chiqish bo’limi va o’n ikki barmoq ichakda bo’lgan mahallarda ko’pincha odam qusib turadi. Qusganidan keyin odam odatda yengil tortadi. Yara kasalligi mahalida aksari ko’ngil aynishi va nordon kekirish ham bo’lib turadi. Ishtahasi yaxshi, ammo ovqat tufayli og’riq tufayli og’ri yuzaga kelgani uchun ovqat iste’mol qilishdan bosh tortadi. Natijada ozib ketadi.

Bemor ko’zrdan kechirilganda ozganligi, asabiyligi, ko’p terlashga moyilligi, qizil yoki oq dermografizm aniqlanadi. Tilda karash qoplaganligi va yorilishlar bo’ladi.

Yara kasalligining asoratlari, bular – avvalo ichdan qon ketishi, yara teshilishi va penetratsiyasi, pylorus stenozi va yaraning rakka aylanib ketishidir.

Me’dadan qon ketishi qon qusish yoki ichining qora moyga o’xshab qop-qora bo’lib tushishi bilan namoyon bo’ladi. Talaygina qon ketgan mahallarda odam kam qon bo’lib qolib, boshi aylanadi, darmoni quriydi, arterial bosimi pasayib ketadi, taxikardiya paydo bo’ladi.

Misol tariqasida shuni keltirish mumkin: 40 yoshli bemor so’ngi bir necha yil mobaynida vaqti-vaqti bilan epigastral soxasida ovqat iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan og’riqlar, jig’ildon qaynashni sezib yurardi. Poliklinikada davolanish mobaynida unga “Surunkali gastrit” tashxisi qo’yildi. Ish kuni oxirida bemor birdaniga boshi aylanishi va kuchli xolsizlanish sezdi. Uyda bemorda qora moyga o’xshagan axlat keldi va juda kuchli bosh aylanish kuzatildi. Tez yordam chaqirilib,

bemor me’dadan qon ketishini aniqladi va vena ichiga 10 ml 10% kaltsiy xlorid eritmasi yubordi. Bemor jarroxlik bo’limiga yotqazildi. Qon ketish boshqa qaytarilmadi. Rentgen tekshiruv natijasida oshqozon yarasidan qon ketish tashxisi tasdiqlandi. Bemorni ahvoli biroz yaxshilangan, bemor ichki kasalliklar bo’limiga ko’chirildi. U yerda konservativ davo choralari ko’rildi, oshqozon soxasidagi og’riqlar yo’qolishi va yarani chandiqlanishdan so’ng qoniqarli ahvolda bemorga uyga javob berildi.

Yaraning teshilishi (perforatsiya) va pepetratsiyasi (qo’shni organlarga kirib borishi) og’ir asoratlardir, chunki perforatsiya o’tkir peritonit paydo bo’lishi bilan birga davom etib boradi. Penetratsiya uncha o’tkir o’tmaydi. Yara birdan yorilib ketganida to’satdan juda qattiq og’riq paydo bo’ladi. Avvaliga og’riqlar tosh osti soxasida seziladi keyin esa butun qoringa tarqaladi. Perkussiya qilib ko’rilganida o’ng qovurg’alar ostidan jigardan chiqadigan bo’g’iq ovoz topilmaydi. Dastlabki 2-3 soatda qorin palpatsiya qilinganida qorinninng juda bezillab turganligi va muskullarining huddi taxtadek tarang tortgani ma’lum bo’ladi. 3-4 soatdan keyin og’riqlar bosilib qoladi va ahvol ko’zga yaxshilangandek bo’lib ko’rinadi. 7-8 soatdan keyin diffuz peritonit alomatlari paydo bo’ladi. Temperature baland ko’tarilib, odam qaltiraydi, tomir urishi tezlashib ketadi, arterial bosim pasayadi. Palpatsiya juda og’riqli bo’lib qoladi, qorin pardasining ta’sirlanishidan yuzaga keladigan simptomlar paydo bo’ladi. Qonda chapga surilgan leykotsitoz topiladi, SOE kuchaygan bo’ladi.

Misol tariqasida shuni keltirib o’tamiz: 45 yashar uy bekasi, kechqurun tunning ikkinchi yarmida to’sh osti epigastarl soxasida kuchli og’riqni sezadi. Og’riq tunda ham kamayadi. Bemorga 2 marta tez yordam chaqirildi. Og’riqlar ko’krak qafasining chap tomoniga tarqalganligi sababli, shifokor bemorda stenokardiya xuruji deb o’ylab, bemorga til ostiga 0,00075 nitroglitserin tabletkasini berdi va teri ostiga 0,1-0,5 ml atrofin in’eksiyasini yubordi. Dorilardan so’ng bemorning ahvoli biroz yaxshilandi. Ertasiga kechga borib bemorning ahvoli keskin yomonlashdi. Yana tez yordam chaqirildi. Shifokor bemor qorin muskullarini taranglashuvini aniqlab, yara teshilishini taxmin qilib, darxol bemorni kasalxonaga yotqizdi. Bemorga shoshilinch jarrohlik amaliyoti o’tkazildi. Teshilgan yara tashhisi tasdiqlandi.

Pilorus stenozi yaralar uzoq davom etganida pilorusning battar torayib qolishidir. Kasallarda yotgan mahallarda kuchli tunggi og’riqlar kuzatiladi.qusish ham ko’p uchraydigan simptomdir. Qusganidan keyin bemor yengil tortadi. Odam ishtahasi yo’qolib, ozib ketadi. Rentgenologik tekshirishda me’daning kengayib ketgani, bariy emulsiyasining turib qolishi topiladi.

Yarani rakka aylanayotganini gumon qilish uncha oson emas. Bunday vaqtda og’riqlar o’zining davriyligini yo’qotib, doimiy bo’lib qoladi. Kasalarda me’daning secretor fuksiyasi susayadi, axlatida mudom yashirin qon bo’ladi, anemiya kuchayib boradi, umumiy ahvol yomonlashadi, kasallar tez og’riqlab boradi, davo tadbirlari esa, uncha naf bermaydigan bo’lib qoladi. Gastroskoskopiya qilib yaraning chetlari va tubidan biopsiya olish diagnostikasida yordam beradi.



Davosi.

Davosida kasalxona tizimidan foydalanish kerak. Kun tartibi va ovqatlanish tartibiga rioya qiladi. Konservativ davoda:



  1. Markaziy asab tizimini tinchlantiruvchi, uyqu chaqiruvchi dorilar

  2. Ortiqcha ishlab chiqariladigan xlorid kislotani neytallsh va biriktirib olish.

  3. Oshqozon va o’n ikki barmoq ichak harakati va o’tkazuvchanligini ta’minlash

  4. Shilliq himoya qavati faoliyatini ko’paytirish

  5. Shilliq qavat to’qima elementlarini regenerative hususiyatini oshirish va distrofik yallig’lanish jarayonini kamaytirish.

  6. Kampilobakter piloriga qarshi antibacterial davolash.

Masalan, – xolinolitiklar, atropine eritmasi, metatsin eritmasi, platifillin eritmasi beriladi. Tarkibida modda almashinuvini yaxshilashga qaratilgan dori preparatlari buyuriladi. To’qima modda almashinuvini yaxshilashga qaratilgan dori preparatlari beriladi. Vitaminlar Vt V2 Vb V Vp V5 C,A, kokarbaksilaza, aloe ekstrakti va boshqa biogen kuchlantiruvchilar buyuriladi. Gistamin, furazolidon, de-nol, sukralfat, oksatsillin, eritromitsin, famotidin va boshqa vositalari bilan davolanadi.

Bemor parhez davo ovqatlari bilan davolanadi. №1 (a,b) parxezi. Yara kasalligida oqsil, yog’, uglevod, vitaminlar, mikroelementlar fiziologik me’yorida bo’lishi lozim. Tuzlangan, achchiq, xamir, sovuq ichimliklar, tarkibida CO2 miqdori ko’p bo’lgan mahsulotlar yaxshi pishirilmagan bo’lsa, pishmagan mahsulotlar ta’qiqlanadi.

Fizioterapevtik davolash usullari, parhez va dori moddalari bilan davolash qo’shib olib boriladi.

Epigastral soha va o’ng qovurg’alar ostiga issiqlik muolajalari (parafin, ozokerit 46-48, 30-40 daqiqa 15-20 marta har kuni), elektr issiqlik muolajalari (diatermiya, induktoterapiya) qilinadi.

Past chastotali elektr toki yordamida uxlatish, DMT (detsimetr) to’lqinli tok bilan mahalliy ta’sir etish foyda beradi. Mineral suvlar bilan vanna qilish va ularning tarkibiga, oshqozonning kislotali holatiga qarab ichishga buyurish mumkin.

Fizioterapevtik muolajalar qo’llashda yara kasalligida tez uchrab turadigan onkologik holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq.

Yara kasalligini endoskopik yo’l bilan davolashda ezofagogastroduodenoskop orqali gemostatik suyuqliklar (5%li aminokpron kislota, 10% li kaltsiy xlorid eritmasi, 5% li novakain va adrenalin) bilan muolaja o’tkaziladi.

Hozirgi vaqtda endoskopik yo’l orqali lazer nurlari bilan davolash yara kasalligini davolashda keng qo’llanilmoqda.

Kasallikning chandiqlanish bosqichidan chekish, spirtli ichimliklar ichish, kofe, achchiq ovqatlar man etiladi. Ish va dam olish tartibiga rioya qilish, fizioterapiya (suv bilan davolash, davolash gimnastikasi), sanatoriy- kurortlarda davolanish: dispenser kuzatuvi, bahor va kuzda dori- darmonlar bilan davolash foyda beradi.

Tayanch iboralar:


  1. Alimentar –ovqatlanish bilan bog’liq.

  2. Anamnez – kasallikning kelib chiqishi to’g’risida ma’lumot.

  3. Anoreksiya – ishtahaning batamom yo’qolishi.

  4. Atrofiya – hujayralar, to’qimalar va a’zolarning hajm jihatidan kichrayib borishi.

  5. Axiliya – ovqat hazm qilish suyuqliklarning bo’lmasligi.

  6. Vitaminlar – organizm hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan moddalar.

  7. Zaharlanish – organizmga tashqi yoki ichki muhitdan tushuvchi zararli moddalar ta’siridan kelib chiquvchi holat.

  8. Zond – uchki tomonidan metal qismi bo’lgan rezina naychalar.

  9. Zondlash – zondlar yordamida me’da, ichak shirasini tekshirish.

  10. Pepsin – me’da shirasidagi asosiy ferment.

  11. Sekretsiya – shira ajralish jarayoni.

  12. Simptom – kasallikning belgisi.

  13. Eksikoz – suv, tuz almashinuvining va to’qimalarning suvsizlanishi.

  14. Normotsid – shira ajratish vazifasi saqlangan.

  15. Giperatsid – shira ajratish vazifasi oshgan.

  16. Gipoatsid – shira ajratish vazifasi o’rtacha yetishmasligi.

  17. Anatsid – shira ajratish vazifasi ro’y-rost yetishmasligi.

18. Zarda qaynashi deb, hanjarsimon o’siq ostida, to’sh usti yuqori qismida va to’sh orqasida ( bu qizilo’ngachning pastki kesigiga mos keladi) kuchli achishish sezgisi paydo bo’lishi aytiladi.

19.Alimentar gastritlar: nomuntazam, odatda shoshma-shosharlik bilan ovqatlanish, quruq ovqatlar yeyish, o’tkir ziravorlar, souslar, ovqatni hushtam qiladigan moddalar, chekish, ichkilik ichish va boshqa ekzogen omillar

20.Toksik gastritlar: dorilar ta’siri, qator ximiyaviy moddalar va zararli omillarning me’da shilliq pardasiga ta’siri (ko’mir, metal, paxta change, ishqorlar, yog’ kislotalari bug’lari va boshqalar)

21.Duodenal zondlash – o’t pufagi va o’t yo’llari kasalliklarini istisno qilish

22.Koprologik tekshirish: umumiy analiz, yashirin qonga (Gregersin reaksiyasi), gijja tuxumlariga va boshqalar.

23.Instrumental tekshiruvlar: me’da-ichak yo’li rengenoskopiyasi va rengenografiyasi, fibrogastrokopiya, laparoskopiya va boshqalar.



Savollar:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə