O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/9
tarix30.05.2018
ölçüsü0,62 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7   8   9

1. Gastrit kasalligi bila o’grigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:

-etiologiyasi, klinikasi va kechishi;

-davosi va profilaktikasi;

-hamshiralik parvarishi.

2. Bemorlarda hamshiralik parvarishini olib borish.

3. Yara kasalligi haqida umumiy tushuncha.

4. Me’da yarasi kasalligining etiologiyasi.

5. Me’da yarasi kasalligining klinikasi va kechishi.

6. Me’da yarasi kasalligining asoratlari va ularda birinchi yordam ko’rsatish

7. Me’da yarasi kasalligining davosi va parxezning ahamiyati.

8. Kasalikning oldini olish choralari.



Adabiyotlar ro’yhati.

1.«Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.

Mavzu№18: Jigar va o’t qopi kasalliklari.

REJA:

1.Jigar yo’llarining tuzilishi va vazifasi.

2.Klinik holati va simptomlarini.

3.Tekshirish usullarini.

4.Hamshiralik parvarishini olib borish.
Jigаr ovqat hazm qilish sistеmаsidаgi vа qorin bo’shlig’idаgi eng kаttа bеzdir. Bu а’zо qorin bo’shlig’ining yuqori qavatidа, o’ng qovurg’a оsti sохаsidаn chаp qovurg’a sохаsigаchа jоylаshgаn. Jigаr kаttаlаrdа 1500 gr bo’lib, 12-barmoqli ichаkkа o’t suyo’qligi yеtishtirib bеrish bilаn аjrаlib turаdi.

Оdаm оrgаnizmining «lаbоrаtоriyasi» hisoblаngаn jigаr hazm bo’lgan mоddаlаrni tоzаlаsh vа qator mоddа аlmаshinuvidаgi ishtirоki (murаkkаbligi) bilаn muаyyan аhamiyatgа egа.  

  Jigаr diаfrаgmа оstidа yotgаn хоldа, u o’ng (kаttа) vа chаp (kichikrоq) bo’lаklаrdаn ibоrаt. U qorin pаrdа bilаn uch tоmоnlаmа o’rаlgаn bo’lib, o’nlаb bоylаmlаri yordаmidа mustахkаm ushlаb turilаdi. U ayniqsa, pаstki yuzаsi bilаn qorin bo’shlig’idаgi ko’p а’zоlаrgа tеgib (mе’dа, 12-barmoqli ichаk,YU chаmbаr ichаk, o’ng egriligi, o’ng buyrаk vа buyrаk usti bеzi vа хоkаzо) ulаr tutashgаn хоldа turаdi. Jigаr tаrkibidаgi gеpаtоtsid хujаyrаsi qator murаkkаb vаzifаlаrni bаjаrgаni uchun «аjоyib to’r» nоmini оlgаn.

Jigаr ishlаb bеrgаn o’t suyo’qligi, uning ikki bo’lаgidаn ikki o’t yo’li bilаn bоshlаnib,, o’t qo’pchаsigа o’t to’plаnishini tа’minlаydi vа bu suyuqlikni hazm qilishdа fаоl qatnashuvchi suyuqlik sifаtidа 12-barmoqli ichаkning pаstgа tushuvchi qismigа yеtkаzib bеrаdi. Mоddа аlmаshinuvi buzilishi nаtijаsidа o’t pufаgi vа o’t yo’llaridа tеz-tеz tоshlаr hosil bo’lishi mumkin.



O’t suyuqligi аchchiq tа’mli, ishqоriy хususiyatgа egа eritmа bo’lib, ingichkа ichаkdа аsоsаn yog’lаrni emulsiyalаshdа, ulаrni pаrchаlаnishidа fаоl ishtirоk etаdi. Jigаr qongа siydikchil vа qator fеrmеntlаr ishlаb chiqaradi. Jigаrdа (оnа qоrnidаgi хоmilаdа) qon ishlаb chiqаrilаdi, vаzifаsi vа qon bilаn tа’minlаnishi kuchli bo’lgani uchun jigаr hоmilаdа vа yangi tug’ilgаn chаqаlоqlаrdаgigа nisbаtаn kаttа bo’lib, qorin bo’shlig’ini qаriyb yarmini to’ldirib yotаdi. 

O’t pufagi jigarning pastki tomonidagi mahsus o’yiqda joylashgan bo’lib noksimon tuzilishga ega. Uzunligi 8 – 10 sm, hajmi - 60 ml ga teng. Ot pufagi jigar ishlab chiqqan o’t suyuqligini o’zida saqlab turadi. O’t suyuqligi ovqat hazm qilish sistemasida yog’larni parchalashga yordam beradi. O’t suyuqligi o’n ikki barmoqli ichakka quyiladi..

Surunkali gepatit.

Surunkali gepatit- polietiologik kasallik bo’lib, jigar to’qimasida yallig’lanish-distrofik xarakterlanadi.



Etiologiyasi va patogenezi.

Kasallikka olib keluvchi asosiy sabablar: infeksiya, intoksikatsiya, allergiya va alkogolizmdir. Ko’p hollarda kasallik infeksion gepatitdan keyin kelib chiqadi. Bezgak, brutsellez, sil kabi infektsion kasalliklar ham surunkali gepatitning sababi bo’lishi mumkin. Sanoatda, turmushda uchraydigan zaxarli moddalar yoki dori preparatlar (benzol, qo’rg’oshin, xloroform, aminazin, izoniozid, metaldofa) bilan surunkasiga zaharlanib yurishi natijasida ham kasallik paydo bo’ladi.

Toksik- allergik gepatitlar, zaharlanish to’g’ridan to’g’ri jigarga ta’sir qilishi natijasida paydo bo’lmay, balki o’sha zaharlarga sezuvchanlik kuchayib ketishi va organizmda shikastlangan jigar to’qimasiga nisbatan antitelalar ishlab chiqarishi bilan paydo bo’ladi.

Almashinuv buzilishiga aloqador jigar kasalliklari (gepotezlar) oqsil, vitaminlar, garmonlar yetishmovchiligi tufayli vujudga keladi.



Patologik anatomiyasi.

Surunkali gepatitning uchta formasi ajratiladi:



  1. Agressiv gepatit

  2. Persistlovchi gepatit

  3. Holestatik gepatit.

Surunkali agressiv gepatit

Portal yo’llar va jigar parenximasining shikastlanishi, jigar distrofiyasi boshlanib, fibros avj olishi bilan harakterlanadi. Jigar kattalashgan, yuzi noteks, bo’lakchalarning tuzilishi aynagan bo’ladi. Surunkali persistlovchi gepatit yallig’lanishi portal yo’llarda joylashgan bo’lib, sekinlik bilan o’tadi, jigar bo’lakchalarining tuzilishi saqlanib qoladi. Jigar hujayralari nekrozga uchramaydi. Surunkali xolestatik gepatitda o’t kapilyarlarida o’t dimlanib qolishi mumkin.



Simptomatikasi.

Surunkali agressiv gepatit uchta sindrom – astenovegetativ, dispeptik sindrom va jigar yetishmovchiligi bilan o’tadi. Astenovegetativ sindrom uchun darmonsizlik, bosh og’rishi, uyquning buzilishi, asabiylik kiradi. Dispeptik sindromga – ishtaxa yo’qolishi, ko’ngil aynish, qayd qilish, qorin dam bo’lishi, ozib ketishni o’z ichiga oladi.



Jigar yetishmovchiligiga – qon ketishi, kaftlar eritemasi (jigar kaftlari), badanda yulduz nusha toshmalar paydo bo’lishi, vaqti- vaqti bilan badanning sarg’ayishi, astsit paydo bo’lishi, jigarning qovurg’a ravog’idan 5-8 sm pastga tushishi bilan o’tadi – remissiya paytida badandagi sariqlik yo’qolib, jigar kichrayadi. Agressiv gepatit retsediblar bilan o’tadi. Bemorlarning 20-40 foizida jigar serrozi rivojlanadi.

Laborator tekshiruvlar EChT ni tezlashuvi va dispratennemiya, ya’ni Ambulinlar kontsentratsiyasi pasayib, globulinlar ko’payishi aniqlanadi.

ALT va AST fermentlar aktivligi, bilurubin miqdori ortadi. Radioaktiv oltin bilan olingan skanogrammalarda jigar rasmi suyuq bo’lib ko’rinadi.

Persistlovchi surunkali gepatitda klinik manzara agressi gepatitdagidek ifodalangan bo’lmaydi. Ko’p hollarda kasallik zimdan o’tib, faqat tekshiruvlar paytidagina aniqlanadi. Bemor yog’li ovqat yeganda o’ng qovurg’a ostida og’irlik xissi, ko’ngil aynashdan shikoyat qiladi. Laborator ko’rsatkichlar birmuncha o’zgaradi. Persistlovchi surunkali gepatit nohush faktorlar ta’siri ostida (alkogolizm, intoksikatsiya, ovqat toksikoinfektsiyasi, oziq-ovqatlarda vitamin va oqsillarning yetishmasligi) kasallikning zo’rayishi kuzatiladi. Aksincha bemorlarning to’g’ri davolanishi va parvarishi kasallikni stabillashuviga olib keladi.

Holestatik gepatit asosan o’t tosh kasalligi, o’t yo’llari disneneziyasi, o’t yo’llarining parazitlar kasalliklari sababli kelib chiqadi. Kasallikning bu turida o’t yo’llarida o’t dimlanib qolishi va uni gepatotsitlarni zararlanishi kuzatiladi.



Xolestatik gepatitning asosiy belgilari –

Qayd qilish, teri qoplamlari va ko’z scleralarini sarg’ayishi, badan qichishuvi hisoblanadi. Jigar 2-3 sm gacha kattalashadi, qattiq qirrasi silliq bo’ladi. Bemorning qon zardobida bilurubin, ishqoriy fosfataza, xolesterin miqdori ko’payib ketadi, gipergommaglobullikemiya kuzatiladi. Kasallik keltirib chiqaruvchi sabab bartaraf etilmasa, kasallik zo’rayib, 5-10 yilda jigar serroziga olib keladi.



Bemorlarni davolash va parvarish qilish.

Surunkali agressiv va persistlovchi gepatit bilan og’rigan bemorlar remissiya davrida asosan 5 a parxez stoliga rioya qilishlari, sog’lom turmush tarziga rioya qilishlari kerak. Bemorlarga hayvon yog’lari, alkogol ichimliklar, ziravor, o’tkir ovqatlar berilmaydi. Kasallik zo’rayganda bemorlarga 5 a parxez stoli, yotoq rejimi tayinlanadi. Ularga yetarli miqdorda oqsil va vitaminlarga boy bo’lgan ovqatlar beriladi (sutkasiga 100-120 g oqsil)

Jigardagi almashinuv protsesslarini yaxshilash uchun vitaminlar - Vb Vb,V12 askorbinat kislota, nikotin kislota, kokarbiklaza, aminokislotalar, jigar va oqsil gidrolizatlari buyuriladi.

Aminokislotalar: linoat kislota, lipamid, glyutaminat kislota 1 tabletkadan 3-4 mahal beriladi.

Jigar gidrolizatlaridan: essensiale, vitogepat, sirenar, karsil, liv-52 buyuriladi.

Oqsil gidrolizatlaridan: gidrolizin, aminopeptin, aminoprovin buyuriladi.

Yallig’lanishga va immunodepressiv ta’sir ko’rsatish uchun garmonal preparatlar prenizolon sutkasiga 20-30 ml dan, kichik dozalarda delagil 0,25 – azotlaprin beriladi. Dezintoksikatsiya maqsadida: gemodez, natriy xloridning fiziologik eritmasi 5% glyukoza buyuriladi.

Xolestatik gepatitda o’t haydovchi vositalar: allokol, degdroxolat kislotasi beriladi.



Kasallik profilaktikasi

O’tkir gepatlarni oldini olish, alkogolizmga barham berish, ishlab chiqarishdagi va uy-ro’zg’ordagi toksik moddalar ta’sirini bartaraf qilishga, o’tkir va yarimo’tkir gepatitlarni davolash hisoblanadi.



Jigar sirrozi. Jigar sirrozi surunkali jigar hastaligi bo’lib, jigar hujayralari halok bo’lishi va biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi, morfologik jihatdan jigarning bujmayib qolishi va faoliyatining keskin buzilishi bilan xarakterlanadi.

Sabablari.:

Surunkali gepatit, viruslar ta’sirida, dorilarning zaharli ta’sirida, spirtli ichimliklar ta’sirida, ovqat ratsionida oqsil va vitaminlar yetishmovchiligida, ichki sekretsiya va moddalar almashinuvi buzilishi.

Jigar sirrozining klinik manzarasi.

Har xil sindromlardan iborat:



  1. Asab buzilishi;

  2. Jigar hujayralari faoliyatining buzilishi;

  3. Jigar hujayralarining yallig’lanishi, nekroz alomatlari;

  4. Jigarda immune yallig’lanish;

  5. O’t yo’llari faoliyatining buzilishi (xolestatik sindrom);

  6. Hazm a’zolari faoliyatining buzilishi (dispeptik sindrom).

  7. Taloqning kattalashishi (gipersplenizm);

  8. Gemorragik sindrom;

  9. Gepato- splenomegaliya.

Klinik belgilari.

Portal sirroz eng ko’p ychraydigan jigar sirrozi bo’lib,bu kasalliklar ichida 40% ni tashkil qiladi. Bemorda tez charchash, quvvatsizlik, ish faoliyati pasayishi kuzatiladi. Sekin-asta ishtaha pasayadi, ko’ngli ayniydi, qusadi, ichi buziladi. O’ng qovurg’a tagida og’riq kuzatiladi. Sekin-asta qorin kattalashadi, oyoqda shish paydo bo’ladi.qon ketish alomatlari paydo bo’ladi. Ba’zan badan sarg’ayadi, terida qon tomir “yulduzchalari” paydo bo’ladi. Bemorlarda ozish, ko’krak va qorinning oldingi qismida vena qon tomirlarining bo’rtib ko’rinishi, qorinda suv yig’ilishi, taloqning, jigarning kattalashishi kuzatiladi.



Davolash.

Jigar sirrozini davolash quyidagilarga qaratiladi:



  1. Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablariga (surunkali gepatit, o’t yo’llari

kasalliklari) va boshqa sabablarga qarshi davolash;

  1. Kasallikning rivojlanish jarayoniga ta’sir ko’rsatish (immune holatiga, jigar hujayralari, modda almashinuvini yaxshilash, asosiy katta vena bosimini pasaytirish, taloqning kattalashishi, faoliyatining oshganligi va zardob yig’ilib qolishiga qarshi kurashish).

  2. Kasallik asoratlariga qatshi kurashish (qon ketishini to’xtatish, jigar komasini davolash).

Jigar hujayralarida moddalar almashinuv jarayonlarini yaxshilash uchun: sinepar, essensiale, Lif-52, oqsil preparatlari, kaliy tuzlari va boshqalar beriladi.

Yallig’lanishga qarshi va immunodepressant ta’sir ko’rsatadigan davo- pretmizolon, deksometazon, azotiopirin.

Umumiy quvvatlantiruvchi va simptomatik davo (vitaminlar, glyukoza, yurak preparatlari) berilib borilishi yaxshi natija beradi.

Qorinda suyuqlik yig’ilganda tuzsiz ovqat iste’mol qilish, suyuqlikni cheklash, siydik haydovchi preparatlar va boshqalar qilinadi. Punksiya yordamida suyuqlik chiqarib tashlanadi.

Kasallik asoratlarining oldini olish chora-tadbirlari olib boriladi.

Qizil o’ngach va oshqozon venalaridan qon ketganda:



  • qon quyish

  • venaga aminokapron kislota tomchilab yuborish

  • venaga kaltsiy xlorid yuborish

  • vena tomiridagi bosimni pasaytirish uchun venaga 5%li 100 ml glyukozaga pitiutrin yoki vasopressin qo’shib yuboriladi.

  • Bu tadbirlar yordam bermasa jarroxlik yo’li bilan to’xtatiladi.

Kasallik oqibati.

Jigar serrozi batamom tuzalmaydi, lekin sekin-asta davom etishi mumkin.



Kasallikning oldini olish.

  • Avvalo kasallikni kelib chiqish sabablarini yo’qotish

  • Surunkali gepatit va jigarning yog’ bosgan distrofiyasini o’z vaqtida davolash

  • Serroz avj olishini to’xtatish va asoratlarining oldini olish.

O’t pufagining yallig’lanishi (xoletsistit)

Xoletsistit –o’t pufagining yallig’lanishidir. Bu kasallik ko’p tarqalgan bo’lib, ayollarda tez-tez ucrab turadi.

Etiologiyasi

Xoletsistitning kelib chiqishida har xil bakteriyalar katta ahamiyatga egadirlar: (ichak tayoqchasi, stafilokk, enterokk, streptokokk) ba’zi hollarda lyamblioz ham ta’sir qiladi.

Hozirgi vaqtda xoletsistitning kelib chiqishida virusli nazariyaning ham ahamiyati borligi isbotlangan.

Toksik va allergik tabiatga ega bo’lgan xoletsistitlar uchraydi, o’t pufagiga mikrob florasining kirishi quyidagi yo’llar bilan sodir bo’ladi:



  1. Enterogen – ichak orqali

  2. Gemotogen (qon orfli) ayrim infeksiya o’choqlaridan

  3. Limfogen (limfa tomirlari orqali).

O’t pufagiga mikrob florasining tushishi hamma vaqt yallig’lanish jarayoni darxol olib kelavermaydi.

Xoletsistit kelib cjiqishda asosiy moyillik qiluvchi omil o’t pufagi dimlanishi hisoblanadi. O’t toshlari, o’t chiqaruvchi yo’llarning buralib qolishi va siqilishi, o’t pufagi va o’t chiqarish yo’llarining diskineziyasi hamda o’t pufagi va yo’llarning anatomic tuzilishidagi har xil nuqsonlar o’t dimlanishiga olib keladi.

O’t yo’llari tonusi va harakat funksiyasining buzilishi, turli xil emotsional holatlar, endokrin va vegetative tizimlar faoliyatining zararlanishi, har xil kasalliklar natijasida ovqat hazm qilish tizimining patologik o’zgargan a’zolaridan kelib chiquvchi turlicha reflekslar ta’sirida yuzaga keladi. Uning o’t yo’llari pufagida dimlanib qolishiga yana ichki a’zolarining tushishi, homiladorlik, kam harakatlik vaqtida ovqatlanmaslik kabi omillar ta’sir etadi. O’t-tosh kasalligi asosida xoletsistitning kelib chiqishi bir qancha ta’surotlarga borliqdir. Bular o’t pufagi devorining doimo toshlardan ta’sirlanishi, o’t-tosh kasalligiga ikkinchi kasallik bo’lib qo’shilgan o’t pufagining diskeneziyasi hisoblanadi, bundan tashqari, infektsiya o’t toshlariga joylashib olib, o’t pufagida yallig’lanish jarayonini chaqiradi, o’t yo’llarining diskineziyasida pankreatik shiraning shu yerga tushishi sababli shiradagi tripsinni sitokinazalar ta’sirida aktivlashishi natijasida xoletsistit rivojlanishiga olib keladi. O’t pufagida yallig’lanish jarayonining birdaniga kelib chiqishiga ko’p ovqat yeyish, ayniqsa juda yog’li va o’tkir ovqat iste’mol qilish, sovuq qotish, boshqa organlardagi yallig’lanish jarayoni ham ta’sir qiladi. Xoletsistitlar:


  1. O’tkir

  2. Surunkali bo’ladi.

O’tkir xoletsistit.

O’tkir xoletsistit o’t qopining o’tkir yallig’lanishidir, uning rivojlanishida mikrob florasining o’t qopi devoriga ko’proq gemotogen yo’l bilan tushib, shikastlanishi kuzatiladi. Kasallik rivojlanishida qopchadagi o’t toshlari, qon aylanishining buzilishi, bo’yinchasining buklanib qolishi, o’tning turrungligi, me’da osti shirasining o’t yo’llariga tushishi ahamiyatli.



Patologoanatomik ko’rinishi.

O’tkir xoletsistit: kataral,flegmonali, gangrenali xoletsistitlarga bo’linadi.



  1. O’tkir kataral xoletsistitda o’t pufagining shilliq qavati shishadi, qizaradi, epiteliysi ba’zi joylarda yirilgan bo’lib, gistologik tekshirilganda uning qizargani, yallig’langani, shishganligi va shilliq hamda shilliq osti qavatlarining leykotsitlar bilan infiltratsiyasi aniqlanadi.

  2. Yiringli xoletsistitda o’t pufagi ko’pincha taranglashadi, tortiladi, uni o’rab turuvchi qorin parda xiralashadi, fibrinli pardalar bo’lishi mumkin, pufak bo’shlig’ida esa yiring to’planadi. Shilliq qavati shishgan, ba’zi joylarda eroziyalangan, shish va yallig’langan infiltrate o’t pufagi devorining hamma qavatlarini o’z ichiga oladi va unda abstsesslar paydo bo’ladi.

  3. Flegmonali xoletsistitda o’t pufagi devoir barcha qavatlarining segment yadroli leykotsitlar bilan diffuz infiltratsiyasi yaqqol namoyon bo’ladi, shilliq qavat nekrozi va yemirilishi yuz beradi, ba’zida esa devorining teshilishi ham kuzatiladi.

  4. Gangrenali xoletsistitda nekrotik jarayon o’t pufagi devorining barcha qavatlariga tarqaladi.

Klinik ko’rinishi:

O’tkir xoletsistit o’ng qovurg’a ostiva qorin osti soxasida birdaniga paydo bo’ladigan og’riqlar bilan boshlanadi. Ko’pincha og’riqlar o’ng yelkaga va o’ng kurak soxasida tarqaladi. Bir necha soat davomida og’riq kuchayadi,lekin o’t-tosh sanchiqlarida uchraydigan og’riqlar kabi kuchli bo’lmaydi. Og’riqlar o’t pufagini o’rab turuvchi vistseral qorin pardaning ta’sirlanishiga bog’liq. Harakat chuqur, nafas olish og’riqni yanada kuchaytiradi. Bemor ko’pincha o’ng tomonga va orqaga egilgan bo’lib, majburiy holatga o’tiradi. Tana harorati oshadi. Yuz-beti ranglar, ahvoli og’ir, ingraydi. Qaltirash paydo bo’ladi. Haroratning oshishi va titrash yiringli va flegmonali xoletsistitdan darak beradi. Til quruqlashadi, oq karash bilan qoplanadi. Huruj aslida ko’ngil aynishi, qayta-qayta qusish qorin dimlanishi bilan o’tadi, qabziyat kuzatiladi. Bemor bezovta bo’ladi. Qorinni paypaslaganda o’t chiqaruvchi tizimlar uchun xos bo’lgan og’riq bilan ifodalangan Ortner, Zaxarin,Obraztsov-Merfi, Vasilenko belgilari, Frenikus belgisi, qorin pardaning ta’sirlanishi kabi belgilar musbat bo’ladi. Qorin yuzaki palpatsiya qilinganida o’ng qovurg’a ostida, ayniqsa o’t pufagi proyeksiyasida qattiq og’riq kuzatiladi, mana shu soatda qorin oldingi devoir mushaklarining taranglashuvi aniqlanadi. Ba’zi hollarda qorin devoir yupqaligida mushaklarda og’riq borligi va himoyaviy taranglanishiga qaramasdan cho’zilgan va og’riqli o’t pufagini paypaslash mumkin. Sariqlik kuzatilmaydi. O’tkir xoletsistitda duodenal zondlashni o’tkazish mumkin emas. Bemor umumiy holatining og’irlashuvi, yuqori harorat, titrash, taxikardiya, o’ng qovurg’a ostida qorinning og’rishi kuzatiladi.

Ionga neytrofil leykotsitoz (15-20, 10 l), EChT ning oshishi flegmonali va gangrenali xoletsistitdan darak beradi. Termografiya yordamida o’t pufagi proyektsiyasi soxasida terining gipertermiyasi o’chog’ini aniqlash mumkin. O’tkir xoletsistit tashxisida exografiya katta ahamiyatga ega, ayniqsa kechadigan jarayon tekshirilganda uning dinamikasini bilish uchun bir necha soatdan keyin (ertasiga) og’ir hollarni tashxis qilishda kompyuterli tomografiya qo’llaniladi. Exografiya va tomografiya nazoratida ba’zi bir muolajalari o’tkaziladi. O’t pufagi punksiyasi qilinadi va uning ichidagi yallig’langan suyuqlik olib tashlanadi, uning bo’shlig’iga antibiotiklar yuboriladi.

Kasallikning kechishi va uning asoratlari:

Kasallik oqibatida yaxshi tugashiga og’riq, harorat va qonning o’zgarishi, kasallikning 2-4 kunida ko’proq namoyon bo’ladi va bir necha kun saqlanadi, shundan so’ng bemor tez yoki sekin asta tuzaladi. Ba’zi hollarda esa surunkali shakliga o’tadi, ko’proq bu holat yiringli va flegmonali xoletsistitda uchraydi. Kasallik yomon kechganida o’tkir davri cho’ziladi va asoratlar kelib chiqishi mumkin: o’t pufagining qorin bo’shlig’ida perforatsiyasi peritonit rivojlanishiga yoki infektsiyaning ichki a’zolariga tarqalib ichki oqmalari hosil qilishiga, yuqoriga ko’tariluvchi xolangit, jigar abstsessiga sabab bo’ladi. O’ng qovurg’a ostida birdaniga o’tkir qattiq og’riq paydo bo’lishi, peritoneal belgilarning yaqqolligi, kichikroq tutishi, yel va najas chiqishining to’xtashi sababli qorinning tushishi, bosimning tushishi o’t pufagi perforatsiyasidan darak beradi. O’tli peritonit tashxisida austkultatsiya usuli ham yordam beradi: o’t pufagi joylashgan soha ustidagi qorin pardasining ishqalanish shovqini eshitiladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, ugli peritonit og’irroq kechadi va yomon oqibatlarga olib keladi.



Davolash:

O’tkir xoletsistit bilan kasallangan bemorlarga jarrohlik bo’limlariga yotqiziladi. Flegmonali va gangrenali xoletsistitda yoki uning oqibati tezda operatsiya qilinadi. Kasallik o’rtacha kechayotgan bo’lsa va asoratlar kuzatilmasa, ta’sir doirasi keng antibiotiklar katta miqdorlarda beriladi, ampitsillin (har 4-6 soatda 0,5-1 g ichish), oletetrin (0,5-1 har 4-6 soat ichishga) yoki tetraolean (0,1 g dan kuniga 3 marta muskul orasiga), vena ichiga 500 mg 25-30 ml suvda (ineksiya uchun), levometsitin (0,5-0,75 g) kuniga 4-6 m tayinlanadi. Spazmolitiklar: atropine sulfat, no-shpa, parxezga rioya qilish, issiq shirin choy, mineral suvlar, ovqatdan o’zini tiyish tavsiya etiladi.



Profilaktikasi:

  1. Ratsional ovqatlanish tartibiga rioya qilish

  2. Fizkultura bilan shug’ullanish

  3. Yog’almashinuvi buzilishining oldini olish

  4. Badandagi infektsiya o’chog’ini yo’qotish kerak

Surunkali xoletsistit.

Surunkali xoletsistit – o’t qopining surunkali yallig’lanishidir. Surunkali xoletsistit o’tkir xoletsistitdan so’ng kelib chiqadi, ammo ko’proq mustaqil ravishda va asta-sekin o’t-tosh kasalligi asosida kelib chiqadi. Ko’pincha surunkali xoletsistit sekretoryetishmovchilik bilan o’tadigan gastrit, surunkali pankreatit va hazm a’zolari kasalliklari hamda semirish kasalligi bo’lgan bemorlarda uchraydi. Surunkali xoletsistitlarni tibbiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan tasnifi mavjud emas. Quyida A.M.Nogaller (1979) taklif qilgan tasnifini keltiramiz:



  1. Og’irlik darajasi bo’yicha:

  1. yengil turi

  2. o’rtacha og’ir turi

  3. og’ir turi

  1. Kasallikning kechish bosqichlari bo’yicha:

  1. qaytalanishi

  2. pasayib boruvchi qaytalanishi

  3. remissiya davri (barqaror va beqaror)

  1. Asoratlanishi bo’yicha:

  1. asoratlanmagan

  2. asoratlangan

  1. Kechish turlari bo’yicha:

  1. qaytalanuvchi

  2. sust kechuvchi

  3. almashinuv kechuvchi

Klinik ko’rinishi:

Surunkali xoletsistit bilan og’rigan bemorlar o’ng qovurg’a ostida to’mtoq og’riqlarni sezadilar, bu og’riqlar doimiy bo’lib, yog’li va qovurilgan ovqat iste’mol qilganda 1-3 soatdan keyin paydo bo’lib, yuqoriga, o’ng yelkaga, bo’yinga, o’ng ko’krakka tarqaladi.

Dispeptik o’zgarishlar: og’izda taxir va metal mazasini sezish, havo bilan kekirish, ko’ngil aynishi, meteorizm,defekatsiyaning buzilishi, qabziyatning ich ketishi bilan almashinib turishi kuzatiladi. Nevrasteniya belgilari: ta’sirchanlik, uyqusizlik bo’ladi.

Sariqlik kam uchraydi, asosan jigarning ikkilamchi shikastlanishida qorin soxasi paypaslab tekshirilganda va perkussiya meteorizm aniqlanadi. Qorinning yuzaki palpatsiyasida, qorin oldingi devorida o’t pufagi soxasida og’riq va sezuvchanlik aniqlanadi. Qorin pressi mushaklarining qarshiligi (rezistentligi) oshadi.ko’pincha og’riq bilan ifodalanuvchi Myusse-Georgiyev, Grekov-Ortner, Obraztsov-Merfiy, Vasilenko belgilari musbat bo’ladi.

Surunkali xoletsistit asoratlari surunkali gepatit, xolangit rivojlanadi, jigar kattalanishi mumkin. Palpatsiya jigar chetlari zichlashgani va og’riq seziladi. Surunkali xoletsistitda duodenal zondlash katta ahamiyatga ega: o’tning “V” portsiyasini olish qiyinlashadi, chunki o’t pufagining konsentratsiyalash hususiyati va pufakchaning reflector faoliyati buzilishi kelib chiqadi. O’tning “V” portsiyasi “A”, “S” portsiyasidan ko’ra xiraroq va takror bo’ladi.

Xolitsistografiyada o’t pufagi shaklining o’zgarganligi, rentgenogramma uning ko’rinishi aniq emasligi ko’rinadi.

Ultratovush bilan tekshirilganda uning devorlarining kattalashganligi va unda konkrementlar yo’qligi aniqlanadi.

Kechishi:


    1. Lagent

    2. Takrorlanuvchi

    3. Og’ir kechadigan-yiringli bo’ladi

Asoratlari.

Surunkali xolangit, gepatit qo’shiladi. Pankreatit bo’ladi, chunki 70 % hollarda umumiy o’t yo’li va pankreatik yo’llar o’n ikki barmoq, ichakdka tushishi oldidan qo’shiladi. Yallig’lanish jarayoni o’t pufagida toshlar yirilishiga olib keladi.



Davolash:

Davo terapiyasining maqsadi:



  1. Infektsiyaga qarshi kurash

  2. Og’riq sezgirlarini yo’qotish, o’t chiqarish yo’llari spazmining oldini olish

  3. O’t haydovchi vositalarni qo’llash.

Ta’sir doirasi keng antibiotiklar: jletetrin, eritromitsin. ampitsillin, monomitsin beriladi.

Sulfanilamide preparatlari: sulfademizin, sulfapiredozon ishlatiladi. O’t yo’llari diskineziyasini yo’qotish uchun spazmolitiklar va xolinolitiklar beriladi.

Yallig’lanish jarayoni tugayotgan davrda fizioterapevtik muolajalarni o’ng qovurg’a ostiga qo’yish tavsiya etiladi. (diatermiya, UVCh, induktotermiya), o’t haydovchi dorilar: alloxol. Degidroxol. Xolenzim. O’simliklardan tayyorlangan o’t haydovchilar: qaynatma (250 ml suvga 10 gr)”Bessmertnik” guli. Makkajo’xori popuklari qaynatmasi va damlamasi (250 mk suvga 10 mg) 1 kundA 3 MARTADAN 1 osh qoshiq

Sulfat magniy eritmasi, karlovar tuzi, sintetik o’t haydovchi preparatlar: oksafenamid,sikvalon, nikodinni ichish tavsiya qilinadi.



Savollar

    1. Jigar va o’t yo’llarining tuzilishi va vazifasi.

    2. Simptomlari va klinik holati.

    3. Bemorlarni tekshirish usullarini va davolash turlari.

    4. Surunkali gepatit, jigar sirrozi va xoletsistit kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishini olib borish.

Tayanch iboralar:

O’tkir xoletsistit- o’t qopining o’tkir yallig’lanishidir, uning rivojlanishida mikrob florasining o’t qopi devoriga ko’proq gemotogen yo’l bilan tushib, shikastlanishi

Surunkali gepatit- polietiologik kasallik bo’lib, jigar to’qimasida yallig’lanish-distrofik xarakterlanadi.

kuzatiladi.



Jigar sirrozi surunkali jigar hastaligi bo’lib, jigar hujayralari halok bo’lishi va

biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi, morfologik jihatdan jigarning bujmayib qolishi va faoliyatining keskin buzilishi bilan xarakterlanadi.



Xoletsistit –o’t pufagining yallig’lanishidir. Bu kasallik ko’p tarqalgan bo’lib, ayollarda tez-tez ucrab turadi.

Adabiyotlar:

1.«Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə