O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu.Maxsus fanlar o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

2-mavzu.Maxsus fanlar o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
Reja:

  1. Yaxlit pedagogik jarayon, o‘quv jarayoni, tizimli yondashuv tushunchalarining tahlili.

  2. Pedagogik aksioma.

  3. Mutaxasilik fanlarini o‘qitishga tizimli yondashuv.

  4. Mutaxassilik fanlarini o‘qitishda pedagog shaxsi va uning metodik kompetentligi

Yaxlit pedagogik jarayon, o‘quv jarayoni, tizimli yondashuv tushunchalarining tahlili. Yangi demokratik jamiyat qurishda ta'limning mazmuni bu jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib quyidagilarga amal qilgan holda belgilanadi:

  1. ilmiy bilimlarni etakchi roli to`g`risidagigi qoidaga;

  2. insoniyatning madaniy-ma'rifiy merosiy boyliklarini umuminsoniy qadriyatlarni egallab olish haqidagi "Milliy datsur" ko`rsatmalariga;

  3. tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol qilib rivojlantirish, iymon ye'tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish;

  4. ilmiy hayot bilan yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog`liqligi haqidagi qoidaga;

  5. ta'limning bir maqsadga qaratilganligi;

  6. ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik prinsiplariga muvofiqligiga amal qilinadi.

Bizning mamlakatimizda ta'limning mazmunini quyidagi yo`llar bilan takomillashti-rishni nazarda tutiladi:

    • fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish;

    • ikkincht darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materiallarni soddalashtirish;

    • o'rganilayotgan fanlar ro`yhatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o`quvchi yoshlar, albatta, o`zlashtirib olishi kerak bo'lgan malaka va ko'nikmalarning optimal hajmini belgilash;

    • o`quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g`oyalarni juda ham aniq bayon qilish;

    • o`quvchilarni pedagogik texnologiyalar to`g`risidagi bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish.

Ma'lumot mazmuni - yoshlarning ma'lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo’ljallab, hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo`li bilan tanlangan bilimlar, ko'nikma, malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir.
Ta'lim mazmuni-yoshlarni ma'lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma'lumot mazmunidan tanlanib, ta'lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko'nikma, malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta'lim mazmuni ma'lumot mazmuni asosida tanlanadi. Ta'lim mazmunini o`rgatish va o`zlashtirish yo'li bilan ma'lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni ma'lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga qarab boriladi.
Ma'lumot mazmunini tanlashga oid nazariyalarning ayrimlari uzoq o'tmishga borib taqalsa, ayrimlari XX asrda paydo bo'Igan.
Moddiy ta'lim nazariyasi XIX asrning keyingi choragida kirib keldi (1879-y, F.Doerfeld. «Didaktik materializm* kitobi). Moddiy ta'lim nazariyasi asoschilari maktabining vazifasi bolalarga imko-niyati yetguncha ko`proq bilim o`rgatishdan iborat deb hisoblardilar.
Formal ta'lim tushunchasi 1791 yili (E.Shmidtning «Empirik psihologiya» kitobida) ishlatilgan.
Formal ta'lim nazariyasi tarafdorlari maktabning vazifasini bolalar taraqqiyotida ko`rishadi. Ular maktabning ishi bilim berish emas, aksincha, bolalarda turli qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat, deb bilishadi. Bilimlarni esa har kim o`zi itsagancha, o`z qobiliyatiga yarasha o'rganadi.
Ta`limning mazmuni uning vazifalaridan kelib chiqadi. Ta`limning mazmuni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimidir. Talaba ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallash jarayonida aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashi, ahloqi shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi. Ta`lim mazmuniga insoniyat to’plagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni, xajmi, ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ya`ni uning mazmuniga tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab-chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi. Ta`limning mazmuni o’zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi.
Bugungi kunda ta`limning mazmuni O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» da belgilangan vazifalardan kelib chiqadi. Ta`lim mazmuni jamiyat umumiy o’rta ta`lim oldiga qo’yayotgan talab-buyurtma asosida belgilanishi kerak. Ya`ni shakllanayotgan inson nimani bilishi, o’rganishi, qanday insoniy fazilatlarga ega bo’lishi haqidagi savollarga javob berishi kerak.
Ta`lim jarayoni talabalarda: bilimdonlik, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, tirishqoqlik, tashabbuskorlik, ziyraklik, intizomlilik, qiziquvchanlik kabi xislatlarni shakllantiradi. Tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuriga munosabati ham ta`lim mazmunini belgilashga, ta`lim olishga yordam beradi. Talaba o’zida shakllangan munosabatlarga asoslanib tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baholaydi; oq-qorani ajratadi, ilmiy va g’ayriilmiy hodisalarning farqiga boradi.
Ta`lim mazmuniga kiritilgan o’quv materiali yuqori ilmiy va seminar ahamiyatga ega bo’lishi, ta`lim jarayonining imkoniyatlariga mos bo’lishi (ta`limni tashkiliy shakllari, qonuniyatlar, tamoyillari, usullari, talabalarning umumiy rivojlanishi darajalariga, maktabning o’quv-metodik hamda moddiy holati hisobga olinishi) lozim.
Shuningdek, ta`lim mazmunini belgilashda maktabda o’qitiladigan barcha fanlarning o’ziga xos hususiyatlari va fanlararo aloqa hisobga olinishi shart.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə