O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə84/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Pedagogik aksiologiya –

Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanishidagi (pedagogik) qadriyatlarni o’rganadigan pedagogika bo’limi.

Pedagogik jarayon –

Ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan, kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyaning yo’naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o’z-o’zini taraqqiy ettirishidir.

Pedagogning mehnati –

Bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror nurlanish oni. Ko’pdan – ko’p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo’lish va talabalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilishdir.

Pedagogik reyting-

Ta’lim muassasasilarida o’qituvchining faoliyati, dasturi, o’quv rejasi, obro’sini baholovchi individual raqam ko’rsatkichi.

Pedagogik tajriba –

O’qituvchi tomonidan pedagogikaning tamoyillari va seminar qonunlarini ijodiy faol ravishda o’zlashtirish hamda real sharoitlarni, talabalarning jamoasi, shaxsning o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda amaliyotga tadbiq etishdir.

Pedagogik texnika –

O’qituvchining o’quv faoliyatida o’qitishdan tashqari zarur bo’lgan, umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi.

Pedagogik qarama –qarshiliklar –

Pedagogik amaliyot jarayonida vujudga keladigan, eskirgan pedagogik ko’rsatmalar, qarashlar, qonuniyatlar va pedagogik jarayonning tarbiyaviy samaradorligini pasaytiradigan, shaxsni shakllantirish tizimlari bilan vujudga kelgan nomuvofiqlikdir.

Pertseptsiya

Qabul qilish, sezish, ob’ektiv borliqning sezgi organlari orqali aks etishi.

Reyting

Hodisalarni diagnostika (tashxis) yo’li bilan o’lchash; fikr va bahoni tanlash.

Rivoyat –

Hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og’zaki ijod janri.

Salohiyat-

Aniq fan yo’nalishida aniq ishni samarali bajarish uchun zarur bo’lgan o’ziga xos xususiyatni bildiradi.

Sezgi



Kishini o’rab olgan moddiy dunyo, predmet va hodisalarning ongimizda aks etishidir.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə