O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi



Yüklə 331,5 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü331,5 Kb.
#140654



6- Tajriba ishi


Generator – yuritkich tizimli elektr yuritmaning elektromexanik, mexanik tavsiflarini va tezlikni rostlash xususiyatlarini o‘rganish.

Ishni bajarishdan maqsad.


Generator – yuritkich tizimli elektr yuritmaning elektromexanik va tezlikni rostlash xususiyatlarini o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
O‘zgarmas tok elektr yuritmalarini ishga tushirish va tezligini rostlash uchun reostatli xamda kuchlanishni o‘zgartirish usullaridan foydalaniladi.
Ishga tushirish va tormozlash jarayonlari ko‘p takrorlanib turadigan yoki keng ko‘lamda tezligi o‘zgartiriladigan mexanizmlarda, ayniqsa kata quvvatlilarida zanjirida qarshiliklar bilan ishlashi iqtisodiy tejamsiz bo‘ladi, chunki elektr energiyaning isrofi katta bo‘ladi.
Bu xollarda o‘zgarmas tok yuritkichlarini boshqarish uchun kuchlanishni o‘zgartirish usuli maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu boshqarish usulidan foydalanish uchun ko‘pincha elektr mashinali yoki tiristorli o‘zgartirgich qo‘llaniladi. Ularning vositasida tarmoqning o‘zgaruvchan tokini o‘zgarmas tokka o‘zgartiriladi. O‘zgarmas tok kuchlanishni keng ko‘lamda rostlash mumkin bo‘ladi. Bunday elektr yuritmalarni generator-yuritkich (G-YU), tiristorli o‘zgartirgich-yuritkich (TO‘-YU) tizimlari deyiladi.
G-YU tizimining asosiy afzalligi, tezlikni oddiy usuli bilan keng ko‘lamda rostlash mumkin, shu bilan birga u yaxshi ishga tushirish va tormozlash xususiyatlariga ega.
G-YU tizimida farqli, TO‘-YU tizimi o‘zgaruvchan tok, o‘zgarmas tokka bevosita, o‘zgartiriladi. SHu sababda energiyaning yo‘qotilishi kamayadi, F.I.K. oshadi. YAna TO‘-YU tizimining o‘lchamlari va vazim katta bo‘lmaydi.
Bu tizimdagi yuritkichning ishga tushirilishi va tezligini rostlash, tiristorli o‘zgartirgich orqali kuchlanishni o‘zgartirib amalga oshiriladi.
TO‘ning (2-rasm) asosiy elementlarini yarim o‘tkazgichli tiristorlar tashkil etadi.
To‘g‘rilangan kuchlanishning miqdori tiristorlarning ochilish, vaqtiga, fazani E.YU.K., fazalar soniga bog‘liq bo‘ladi. tiristorlar, AS boshqarish tizimidan boshqariladi. h drosseli, pulsatsiyali kuchlanishni tekislash uchun xizmat qiladi. VS7 tiristori va R qarshiliklari dinamik tormozlash uchun qo‘llaniladi.
G-YU tizimida (1- rasm) UA ishchi mexanizmini xarakatlantirivchi M2 yuritkich G o‘zgarmas tok generatori bilan elektrli bog‘langan. G generatorini va GE qo‘zg‘atgich generatorini M1 tarmoq yuritkichi xarakatlantiradi. M1-sinxron yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron yuritkich bo‘lishi mumkin. GE qo‘zg‘atgichdan G generatorning va M2 yuritkichlarning LG, LM2 qo‘zg‘atuvchi cho‘lg‘amlari oziqlanadi.
Bu tizim quyidagi tarkibda ishlaydi M1 tarmoq yuritkichi ishga tushiriladi. U G va GE larni aylanma xarakatlantiradi. R1 qarshilik orqali GE qo‘zg‘atgichning nominal e.yu.k.o‘rnatiladi. R3 qarshiligi orqali M2 yuritkichning LM2 qo‘zg‘atish cho‘lg‘amida nominal qo‘zg‘atish toki o‘rnatiladi. SA pereklyuchateli xarakat yo‘nalishiga mos tegishli xolatga ulanadi. R2 qarshilik orqali LG cho‘lg‘amdagi tok oshiriladi. Natijada magnit oqimi va G dagi e.yu.k. oshadi xamda o‘z navbatida M2 dagi kuchlanish oshadi. M2 yuritkich tezligini o‘zgartirish yana R2 qarshilik orqali amalga oshiriladi.
G-YU tizimdagi asosiy zvnjir uchun kuchlanishlar muvozanatining tenglamasini shunday ifodalash mumkin:

Tizimdagi M2 yuritkichning elektromexanik tavsifi quyidagicha ifodalanadi:

bu erda: - generatorning e.yu.k.


- asosiy zanjirning to‘liq qarshiligi.


-generator yakorning qarshiligi
- yuritkich yakorning qarshiligi
- o‘tkazgichlarning qarshiligi
Xarakatlantiruvchi M momentning bo‘lishni xisobga rlganda, M2 yuritkichning mexanik tavsifi quyidagicha ifodalanadi:



ning xar bir qiymatiga o‘zining salt yurish tezligi to‘g‘ri keladi.


Tezlikning pasayishi , tenglamalarning ikkinchi tashkil etuvchisi Bilan belgilanadi.
YUritkichning magnit maydoni birdayligida va generator e.yu.k ning turli qiymatlarida sun’iy mexanik tavsiflar, tabiiy mexanik tavsifga parallel bo‘lishadi. (3-rasm). YUritkichning magnit maydoni o‘zgartirilganda, tezlik nolga teng bo‘lganda, turli magnit oqimiga tegishli elektromexanik tavsiflar bir nuqtada kesishadi (4-rasm).
Asosiy zanjir qarshiligining oshganligi yuritkichni o‘zgarmas kuchlanishli tarmoqqa ulangandagiga nisbatan mexanik tavsifning qatiqligini pasayishiga sabab bo‘ladi.
G generatorning E.YU.K.ni o‘zgartirish orqali tezlikni [(8-10):1] ko‘lamda rostlash va M2 yuritgichning magnit oqimini pasaytirish orqali bu ko‘lamni yana 2-3 marta kengaytirish mumkin. SHunday qilib umumiy [(20-30):1] ko‘lamda tezlikni rostlash mumkin.
Tezlikni rostlash ko‘lamining chegaralanganligiga sabab, asosiy zanjir qarshiliklarida kuchlanishning pasayishidir.
Mexanik tavsifning qattiqligini oshirish, tezlikni rostlash ko‘lamini kengaytirish va maxsus shaklli mexanik tavsiflarni olish uchun, G-YU tizimida turli qayta aloqalar qo‘llaniladi. Bular generatorning qo‘zg‘atish chulg‘amidagi jamlovchi kuchaytirgich yordamida amalga oshiriladi. Kuchaytirgich sifatida elektr mashinali (EMK) va elektron (EK) kuchaytirgichlar qo‘llaniladi.
Tajriba qurilmasida elektr mashinali kuchaytirgichdan foydalaniladi. Uning ulanish sxemasi 5-rasmda keltirilgan. Bu sxemada ikkita qayta aloqa bajarilgan: EMKning Wkch – kuchlanish chulg‘ami yordamida generatorning kuchlanishi bo‘yicha manfiy qayta aloqa va Wtch – tok chulg‘ami yordamida yuritgichning toki bo‘yicha kechiktirilgan manfiy qayta aloqa, EMKning uchinchi Wbch – chulg‘ami boshqaruvchi hisoblanadi.
Generatorning kuchlanishi bo‘yicha manfiy qayta aloqa, yuritgich statik momentining ruxsat etilgan chegarasida tizimning mexanik tavsifi qattiqligini oshiradi.
YUritgichning toki bo‘yicha kechiktirilgan manfiy qayta aloqa, yuritgich statik momentining ruxsat etilgan chegarasidan tashqarisida amal qiladi va mexanik tavsifning qattiqligini sezilarli darajada kamaytirib, maxsus shaklli mexanik tavsif olish imkoniyatini yaratadi.
Bu (5-rasm b) mexanik tavsiflar grafiklari orqali ko‘rsatilgan.
Ishni bajarish rejasi:
1. G-YU tizimining generator kuchlanishini o‘zgartirgandagi va yuritgichning magnit oqimini o‘zgartirgandagi mexanik va elektromexanik tavsiflarini o‘rganish.
2. Tajriba ishi bajariladigan stendning tuzilishi bilan tanishish.
3. Tajriba stendini ish bajarishga tayorlash.
4. G-YU tizimining I va II kvadrantalardagi elektromexanik tavsiflarini qurish.
5. G-YU tizimining tezlikni rostlash tavsiflarini qurish.
6. Bajarilgan ishning hisobotini tuzish.

Tajriba ishini bajarish tartibi va uslubi.


1. G-YU tizimining mexanik va elektromexanik tavsiflarini o‘rganish.


Uslubiy qo‘llanmaning qisqacha nazariy qismidan va adabiyotlardan foydalanib, G-YU tizimining, generator kuchlanishini o‘zgartirganda va yuritgichning magnit oqimini o‘zgartirganda mexanik va elektromexanik tavsiflari (3- va 4-rasmlar) xususiyatlari o‘rganiladi.
2. Tajriba ishi bajariladigan stendning tuzilishi.
Tajriba ishi 1-stendda bajariladi. Stendning oldi tomonida, panelda boshqarish va himoya apparatlari, o‘lchash asboblari, signal lampalari o‘rnatilgan va tajriba qurilmasining elektr sxemasi chizilgan (5-rasm). O‘rganilayotgan yuritkich, yuklama mashinasi, yuklama reostati qarshiliklari va qo‘shimcha qarshiliklar stend ortiga o‘rnatilgan. Qo‘shimcha qarshiliklar 1R= 4,8 Om, 2R= 2,4 Om, 3R= 1,2 Om qiymatlarga teng.
O‘rganilayotgan yuritkich va yuklama mashinasi P-32 rusumli o‘zgarmas tok yuritkichlaridir.
YUritkichlarning pasport ko‘rsatkichlari:



  • Nominal quvvat, kVt......................................................................................................4,5

  • Nominal kuchlanish, V..................................................................................................220

  • Nominal tok, A...............................................................................................................24

  • Nominal tezlik, ................................................................................................3000

  • YAkor cho‘lg‘ami qarshiligi, Om.....................................................................................0,58

  • Nominal qo‘zg‘atish toki, A............................................................................................0,7

Generatorni yurituvchi A51-2A yuritgichning pasport ko‘rsatgichlari:
Nominal quvvat, kVt – 4.7
Nominal kuchlanish, V – 220/380
Nominal tok, A – 24.7/14.3
Nominal F.I.K, % - 85
Nominal quvvat koeffitsienti – 0,82
Nominal aylanish tezligi, ayl/min – 2890
Elektr mashinali kuchaytirgich EM4-2A ning pasport ko‘rsatgichlari:
Nominal quvvat, kVt – 1,2
Nominal kuchlanish, V – 115
Nominal tok, A – 10,4
YAkor qarshiligi, Om – 3
EMK ning o‘zining korpusiga o‘rnatilgan, qisqa tutashgan rotorli asinxron yuritgich yuritadi.
EMK ning boshqarish chulg‘ami quyidagi ko‘rsatgichlarga ega:
Qarshiligi, Om – 184
Nominal tok, mA – 94
CHegaraviy ruxsat etilgan tok, mA – 240
Asinxron yuritgichlar stend ortiga o‘rnatilgan magnit puskatellar va stend paneliga o‘rnatilgan knopkalar orqali boshqariladi.
YUritgichning aylanish tezligini o‘lchash uchun, uning o‘qiga taxogenerator o‘rnatilgan. Taxogenerator, aylanish tezligini o‘lchash asbobi taxometrga ulangan.
YUklama mashinasi tajriba ishida statik moment hosil qilish uchun qo‘llaniladi, ya’ni ishchi mexanizmning vazifasini bajaradi. U o‘rganilayotgan yuritgich bilan yarim muftalar vositasida ulangan. Tavsiflarni olishda almashtirib ulash holatida ishlaydi.
Tajriba qurilmasida qo‘llanilgan elektr uskunalar elektr sxemada quyidagicha belgilangan (6-rasm):
QF1, QF2, QF3, QF4 - avtomat o‘chirgichlar
SA1 - tumbler
SA2 - paketli pereklyuchatel
SA3, SA4, SA5-paketli vыklyuchatellar
PA1, PA2, PA3,PA4, PA6, PA8 – ampermetrlar;
RV1, RV2-voltmetrlar
Rn - taxometr
YUM, LYUM - yuklama mashinasi
M, LM - o‘rganilayotgan yuritkich
G, LG- generator
AG, LAG- elektr mashinali kuchaytirgich
M1, M2- qisqa tutashgan rotorli asinxron yuritgichlar
VR - taxogenerator
RYU - yuklama reostati
1R, 2R, 3R - qushimcha qarshiliklar
4R, 5R, 7R - rostlovchi reostatlar
KM1, KM2- magnit puskatellar
SHu bilan birga apparatlarning holatlari quyidagicha belgilangan:
UL - ulangan holat
UZ - uzilgan holat
YU - yuritkich holati
AU - almashtirib ulash holati
DT - dinamik tormozlash holati

3. Tajriba stendini ish bajarishga tayyorlash.


Tajriba stendi elektr tarmoqqa taqsimlovchi shkaf orqali ulanadi.
2.1 Stend oldi tomonidagi 2- va 3- klemmalar hamda 4 va 5 klemmalar ulab qo‘yiladi.
2.2. Stendga, YUM va LYUM uchun 300V, yuklama mashinasi uchun 220V, LAG uchun 110V kuchlanishli o‘zgarmas tokini , M1 va M2 lar uchun 380V kuchlanishli o‘zgaruvchan tokni uzatish uchun shkafdagi 1, 2, 6,9, 11 – avtomatlar ulanadi.
2.3. Stenddagi tegishli signal lampalari yonadi.

4. G-YU tizimining I va II kvadrantalaridagi elektromexanik tavsiflarini qurish.


Tavsiflarni qurish quyidagi tartibda bajariladi:
Quyidagi shaklda tajriba ishi ko‘rsatkichlari jadvali tuziladi.





RA1

RV1

RA2

RV2

n(n)

Rn

O‘lchov birligi

A

V

A

V





1.
2.
3.
4.



















4.1. QF3 avtomati ulanib LYUM va LM qo‘zg‘atish chulg‘amlarida 0,7 A tok o‘rnatiladi. Buni 4R va 5R reostatlari orqali rostlab RA3 va RA4 ampermetrlarda o‘rnatiladi.


4.2. QF1 avtomati ulanadi. SA2 pereklyuchatel D holatga o‘tkaziladi SA1, SA2, SA3 vыklyuchatellar ulanadi va KM1 puskateli orqali M1 asinxron yuritgichi ishga tushiriladi.
4.3. QF5 avtomati ulanadi 8R reostati orqali G generatorining LG qo‘zg‘atish chulg‘amining toki oshirilib, G yakorida 50V kuchlanish o‘rnatiladi. Buni PV2 voltmetr ko‘rsatadi. Ish bajarish davomida R8 orqali bu ko‘rsatgichni birday ushlab turish kerak.
4.4. SA1 tumbleri D holatga o‘tkaziladi. RYU yuklama qarshiligi orqali YUM yuklama mashinasining momenti o‘zgartirilib, 3-4 nuqta olinadi. RAning ko‘rsatgichi 24Adan oshmasligi kerak. O‘lchov asboblari ko‘rsatgichlari ishorasiga ahamiyat berish kerak, jadval to‘ldiriladi.
4.5. RYU yuklama qarshiligi dastlabki holatiga qo‘yilib, SA1 pereklyuchatel AU holatiga o‘tkaziladi. RYU yuklama qarshiligi orqali YUM yuklama mashinasining momenti o‘zgartirilib, 3-4 nuqta olinadi. RAning ko‘rsatgichi 24Adan oshmasligi kerak. O‘lchov asboblari ko‘rsatgichlari ishorasiga ahamiyat berish kerak, jadval to‘ldiriladi. RYU dastlabki holatiga qaytariladi.
4.6. 8R reostati orqali G generatorning LG qo‘zg‘atish chulg‘amining toki oshirilib, G yakorda 80V kuchlanish o‘rnatiladi, buni PV2 voltmetr ko‘rsatadi. Ish bajarish davomida R8 orqali bu ko‘rsatgichni birday ushlab turish kerak.
4.7. SA1 tumbleri D holatga o‘tkaziladi. RYU yuklama qarshiligi orqali YUM yuklama mashinasining momenti o‘zgartirilib, 3-4 nuqta olinadi. RAning ko‘rsatgichi 24Adan oshmasligi kerak. O‘lchov asboblari ko‘rsatgichlari ishorasiga ahamiyat berish kerak, jadval to‘ldiriladi.
4.8. RYU yuklama qarshiligi dastlabki holatiga qo‘yilib, SA1 pereklyuchatel AU holatiga o‘tkaziladi. RYU yuklama qarshiligi orqali YUM yuklama mashinasining momenti o‘zgartirilib, 3-4 nuqta olinadi. RAning ko‘rsatgichi 24Adan oshmasligi kerak. O‘lchov asboblari ko‘rsatgichlari ishorasiga ahamiyat berish kerak, jadval to‘ldiriladi. RYU dastlabki holatiga qaytariladi.
4.9. 8R reostati orqali G generatorning LG qo‘zg‘atish chulg‘amining toki o‘zgartirilib, G yakorda 110V kuchlanish o‘rnatiladi, buni PV2 voltmetr ko‘rsatadi. Ish bajarish davomida R8 orqali bu ko‘rsatgichni birday ushlab turish kerak.
4.10. SA1 tumbleri D holatga o‘tkaziladi. RYU yuklama qarshiligi orqali YUM yuklama mashinasining momenti o‘zgartirilib, 3-4 nuqta olinadi. RAning ko‘rsatgichi 24Adan oshmasligi kerak. O‘lchov asboblari ko‘rsatgichlari ishorasiga ahamiyat berish kerak, jadval to‘ldiriladi. RYU yuklama qarshiligi dastlabki holatiga qo‘yilib, SA1 pereklyuchatel AU holatiga o‘tkaziladi. RYU yuklama qarshiligi orqali YUM yuklama mashinasining momenti o‘zgartirilib, 3-4 nuqta olinadi. RAning ko‘rsatgichi 24Adan oshmasligi kerak. O‘lchov asboblari ko‘rsatgichlari ishorasiga ahamiyat berish kerak, jadval to‘ldiriladi. RYU dastlabki holatiga qaytariladi. 8R reostati orqali G generatorining kuchlanishi 0ga keltiriladi.
Jadvalda keltirilgan ko‘rsatgichlarga asosan G-YUtizimining elektromexanik tavsiflari koordinata tizimining I va II kvadrantalarida quriladi. Abssissa o‘qida I-yuritgichni toki miqdorlari (RA2 ampermetr ko‘rsatgichlari), ordinata o‘qida n aylanish tezligi miqdorlari belgilanadi (Pn taxometr ko‘rsatgichlari).

5. G-YU tizimining tezlikni rostlash tavsiflarini qurish.


Tavsiflarni qurish quyidagi tartibda bajariladi:
Quyidagi shaklda tajriba ishi ko‘rsatkichlari jadvali tuziladi.





RA1

RV2

n(n)

O‘lchov birligi

A

V



1.
2.
3.
4.










5.1. SA1 pereklyuchatel AU holatiga o‘tkaziladi. RYU yuklama qarshiligi dastlabki holatiga keltiriladi.


5.2. 8R reostati orqali G generatorining kuchlanishi 10Vga tenglashtiriladi, M yuritgichning tezligi oshiriladi. Jadval to‘ldiriladi.
5.3. SHu tariqa G generatorning kuchlanishi 110Vgacha oshirilib boriladi. Har 10V oraliqda o‘lchov asboblarining ko‘rsatgichlari yozib olinib, jadval to‘ldiriladi. 8R qarshilik orqali G generatorning kuchlanishi 0ga keltiriladi.
5.4. RYU yuklama qarshiligi orqali RA1da 10A tok o‘rnatiladi.
5.5. 8R reostati orqali G generatorining kuchlanishi 10Vga tenglashtiriladi, M yuritgichning tezligi oshiriladi. Jadval to‘ldiriladi. SHu tariqa G generatorning kuchlanishi 110Vgacha oshirilib boriladi. Har 10V oraliqda o‘lchov asboblarining ko‘rsatgichlari yozib olinib, jadval to‘ldiriladi. 8R qarshilik orqali G generatorning kuchlanishi 0ga keltiriladi.
5.6. RYU yuklama qarshiligi orqali RA1da 15A tok o‘rnatiladi. 8R reostati orqali G generatorining kuchlanishi 10Vga tenglashtiriladi, M yuritgichning tezligi oshiriladi. Jadval to‘ldiriladi. SHu tariqa G generatorning kuchlanishi 110Vgacha oshirilib boriladi. Har 10V oraliqda o‘lchov asboblarining ko‘rsatgichlari yozib olinib, jadval to‘ldiriladi. 8R qarshilik orqali G generatorning kuchlanishi 0ga keltiriladi.
Stend quyidagi tartibda o‘chiriladi:
5.7. Avtomat QF1 o‘chiriladi, KM1 puskateli o‘chiriladi, QF5 avtomati o‘chiriladi, 4R va 5R reostatlari orqali RA3 va RA4 ampermetrlari ko‘rsatgichlari minimal miqdorga keltiriladi. QF3 avtomat o‘chiriladi.
5.8. Taqsimlovchi shkafdagi avtomatlar 11, 9, 6, 2, 1 tartibda o‘chiriladi. Jadvalda keltirilgan ko‘rsatgichlarga asosan G-YU tizimining tezlikni rostlash tavsiflari grafiklari koordinata tizimining I kvadrantasiga quriladi. Abssissa o‘qida II generatorning kuchlanish miqdorlari(PV2 volmetr ko‘rsatgichlari), ordinata o‘qida M yuritgichning n-aylanish tezligi miqdorlari belgilanadi (Pn taxometr ko‘rsatgichlari).

6. Bajarilgan ishning hisoboti.


Hisobga sarvaraq yoziladi.
Hisobning mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi:
6.1. Ishning nomlanishi.
6.2. Ishni bajarishdan maqsad.
6.3. Elektr yuritkichlarning pasport ko‘rsatkichlari.
6.4. Tajriba qurilmasining elektr sxemasi.
6.5. Tajriba ishi ko‘rsatkichlari jadvallari.
6.6. G-YU tizimining qurilgan elektromexanik va tezlikni rostlash tavsiflari grafiklari.









А РА
Yüklə 331,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə