O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

XORAZM VILOYATI XALQ TA”LIMI XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING

MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

«Tasdiqlayman»

VXTXQTMOI rektori

________ B. Sultanov

__ ________ 2016 yil

PEDAGOGIK A- PSIXOLOGIYA VA TA’LIM MENEJMENTI” KAFEDRASI



XULQI OG`IShGAN BOLALAR PSIXOLOGIYaSI

MODULI bo`yicha O`QUV - USLUBIY MAJMUA.


URGANCH - 2016



Ko`rildi

Kafedra mudiri

______N.Salayeva

«___» __________2016y








Ma’ruzachi: X.Bekchanov - o’qituvchi

Taqrizchi: J.Iskandarov ps.f.n.

Ushbu ma’ruzalar matni «Pedagogik - psixologik, psixologiya va ta’lim menejmenti» kafedrasi yig`ilishida «___»_yanvar 2016 yilda muhokama qilingan.

MUNDARIJA


1

Ishchi o`quv-rejasi va dasturi.............................................




2

Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining vazifasi, metodlari




3

Xulqi og`ishgan bolalarni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablar




4

Deviant xulqning shakllari va tiplari




5

Xulqi og`ishgan bolalar va ta`lim




6

Xarakter aksentuatsiyasi va uning guruhlari




7

Deviant xulq-atvor ko`rinishlarining klassifikatsiyasi




8

Agressiv xulq




9

Jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini voyaga yetmaganlarda o`rganish




10

Test savollari………………………………………………




11

Glossariy…………………………………………………….





12

Foydali maslahatlar……………………………………….





Foydalangan adabiyotlar ro’yxati..............................................





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI

XORAZM VILOYaTI XALQ TA`LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRISh INSTITUTI



Tasdiqlayman

O`quv – metodik ishlar

bo`yicha prorektor

______B.Qalandarov

«___» ________2016y


Pedagogik - psixologik, psixologiya va ta’lim menejmenti

kafedrasi
Umumta`lim maktablari psixologi huquqini berish bo`yicha

kasbiy qayta tayyorlash kursining kursining ishchi

O`QUV-REJASI va DASTURI



Urganch – 2016


1.12. XULQI OG`IShGAN BOLALAR PSIXOLOGIYaSI

KIRISh

“Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” kursini o`zlashtirish jarayonida tinglovchilar xulqi og`ishgan bolalarni keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar, ularning guruhlari, o`smirlardagi salbiy xulq-atvor reaksiyalari, agressiyaga ta`sir etuvchi agressiv odatlarni har tomonlama bilishlari va o`rganishlari lozim. “Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” kursi psixolog mutaxassislik bo`yicha ta`lim olayotgan tinglovchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.


O`qitish maqsadi va vazifasi

Fanning maqsadi: kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlash, tinglovchilarga xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi va ular bilan ishlash haqida ma`lumot berish.

Fanning vazifalari: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasini o`rganuvchi metodlar, xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasini keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar, xulqi og`ishgan bolalar guruhlari, ta`lim-tarbiya jarayonida ularga yondoshish, xarakter aksentuatsiyasi va uning tiplari, o`smirlardagi salbiy xulq-atvor guruhlari, agressiv xulq, agressiyaga ta`sir qiluvchi omillar, oilada bolalarni to`g`ri tarbiyalash shartlari bilan tanishtirish.
Fan bo`yicha tinglovchilarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar:

Hozirgi zamon ta`lim-tarbiya jarayonida o`smirlar bilan ishlashning o`ziga xos tomonlarini, vositalarini, profilaktika qilish chora va tadbirlarining ahamiyati va o`rni, shaxsni biologik nuqsonlari, psixik kamolotidagi kamchiliklar, tarbiyasidagi nuqsonlar, bilish faoliyatidagi kamchiliklar, maktabdan tashqari muhitdagi nuqsonlarni o`rganish asosiy mezon ekanligini, xulqi og`ishgan bolalarning guruhlarini ajratish, ular bilan ishlash yo`llarini bilishi kerak;

Xulqi og`ishgan bolalarning o`qishga nisbatan salbiy munosabatini shakllanishida rol o`ynovchi qiziqish va o`quv motivlarini ajratish, xarakter aksentuatsiyasi va uning guruhlarini hamda o`smirlardagi salbiy xulq-atvor guruhlarini o`rganish, agressiya va unga ta`sir qiluvchi omillarni o`rganish, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini voyaga yetmagan o`smirlarda aniqlash, ayblanuvchining ruhiyatini o`rganish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim.

Xulqi og`ishgan bolalar bilan ishlash tadbirlarini o`tkazish va ularni qayd qilish, oilada bolalarni to`g`ri tarbiyalash shartlarini ko`rib chiqish, xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasining fiziologik va psixik o`zgarishlari haqida, xulqi og`ishgan bolalarni psixodiagnostika qilish usullari bilan ishlash malakasiga ega bo`lishi kerak.


Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi

“Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” kursi “Yosh davrlari psixologiyasi”, “Pedagogik psixologiya”, “Umumiy psixologiya”, “Shaxs psixologiyasi”, “Ijtimoiy-psixologik trening”, “Umumiy psixodiagnostika” kabi fanlar bilan uzviy bog`liqlikda o`rganiladi.


Fanning ta`limdagi o`rni

“Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” kursi psixologiya mutaxassisligida ta`lim olayotgan tinglovchilarga shaxs muammolarini hal qilishda va xulqi og`ishgan bolalar bilan ishlash, ularga psixologik yondashish, ko`mak berish usul va vositalarini aniqlash hamda o`rganish, ularga individual yondashish malakasini egallashlarida muhim ahamiyat kasb etadi.


Fanni o`qitishdagi yangi texnologiyalar.

Tinglovchilar bilimini muntazam ravishda oshirish maqsadida ma`ruza matnlari, savollarni oldindan tinglovchilarga berish. Darslarni o`tish jarayonida «klaster», «venn diagrammasi», «grafik tashkilotchilar», «aqlga hujum» kabi interaktiv usullardan foydalanish. Dasrlarda xulqi og`ishgan bolalarni o`rganuvchi psixologik metodlarni qo`llash. Xulqi og`ishgan bolalar bilan ishlashga aloqador bo`lgan yangi ma`lumotlarni berish.


XULQI OG`IShGAN BOLALAR PSIXOLOGIYaSI MODULI bo`yicha O`QUV-MAVZU REJASI




Mavzular

Jami

Ma`ruza

Amaliy mashg`ulot

Seminar

1

Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining vazifasi, metodlari

4

2




2

2

Xulqi og`ishgan bolalarni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablar

6

2

2

2

3

Deviant xulqning shakllari va tiplari

6

2

2

2

4

Xulqi og`ishgan bolalar va ta`lim

4

2




2

5

Xarakter aksentuatsiyasi va uning guruhlari

6

2

2

2

6

Deviant xulq-atvor ko`rinishlarining klassifikatsiyasi

4

2




2

7

Agressiv xulq

4

2




2

8

Jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini voyaga yetmaganlarda o`rganish

4

2




2

Jami

38

16

6

16


XULQI OG`IShGAN BOLALAR PSIXOLOGIYaSI

MODULI bo`yicha o`quv dasturi

1 – mavzu. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining vazifasi, metodlari (2 coat ma`ruza. 2 soat seminar)

Xulqi og`ishgan bolalar haqida tushuncha. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining vazifasi, deviant-xulq motivlari. Suhbat, intervyu, anketa, eksperiment metodlari


2 – mavzu. Xulqi og`ishgan bolalarni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablar (2 coat ma`ruza, 2 soat seminar, 2 soat amaliy)

Shaxsning biologik nuqsonlari, shaxsning psixik kamolotidagi kamchiliklar, shaxsning tarbiyasidagi va bilim olish faoliyatidagi nuqsonlar, maktab ta`limi va maktabdan tashqari muhitdagi kamchiliklar


3 – mavzu. Deviant xulqning shakllari va tiplari (2 coat ma`ruza, 2 soat seminar, 2 soat amaliy)

Xulqi og`ishgan bolalarning xulq-atvor motivlarining noto`g`ri rivojlanishi, hududiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya, xulq-atvor reaksiyalari, axloq qoidalaridan chetga chiqish sabablari, jinoiy va axloqiy qonunbuzarlar. Balog`atga yetmagan qaysar o`smirlar guruhi, beqaror mustaqil fikrga ega bo`lmagan o`smirlar guruhi, kechinmalarga boy va affektiv kechinmali o`smirlar guruhi



4 – mavzu. Xulqi og`ishgan bolalar va ta`lim (2 coat ma`ruza, 2 seminar)

Xulqi og`ishgan bolalarning o`qishga nisbatan salbiy munosabati sababi, o`quv faoliyati usullari, o`quv ko`nikmalar va malakalarining tarkib topmaganligi, fikrlash qobiliyatining bo`shligi, ta`limda shu xususiyatlarni inobatga olinmasligi. Fanlarni yaxshi o`zlashtira olmaslik sabablari


5 – mavzu. Xarakter aksentuatsiyasi va uning guruhlari ( 2 coat ma`ruza, 2 soat seminar, 2 soat amaliy)

Xarakter aksentuatsiyasi haqida tushuncha, xarakter aksentuatsiyasining turlari, aksentuatsiya tiplari


6 – mavzu. Deviant xulq-atvor ko`rinishlarining klassifikatsiyasi (2 coat ma`ruza, 2 soat seminar)

Psixoanalitik shaxs nazariyasida affekt-jarohat modeli. Suitsidal shaxsiga xos bo`lgan xulq shakllari, individning ichki va tashqi resurslari. Suitsidal simptomlar.


7 – mavzu. Agressiv xulq (2 coat ma`ruza, 2 soat seminar)

Agressiya va uning turlari, agressiya nazariyalari, frustratsiya va deprivatsiya


8 – mavzu. Jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini voyaga yetmaganlarda o`rganish (2 coat ma`ruza, 2 soat seminar)

Psixologiyada voyaga yetmaganlar muammosi, tarbiyasi qiyinlikning paydo bo`lish shartlari, voyaga yetmagan o`smirlarning norasmiy guruhlarga qo`shilishi, voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha tergovning psixologik xususiyatlari




1 – mavzu. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining vazifasi, metodlari

Ma’ruza mashguloti ta’lim texnologiyasining modeli


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

Xulqi og`ishgan bolalar haqida tushuncha. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining vazifasi, deviant-xulq motivlari. Suhbat, intervyu, anketa, eksperiment metodlari


O`quv mashg`ulotining maqsadi : Talabalarni xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish.

Pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalarda xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma’lumotlarni kospektlashtiradilar.



Ta’lim usullari:

BBB, “Klaster”, ma’ruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, flipchart, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

I-Bosqich.

O’quv mashg’uloti
(20 min).


1.1. Mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon etadi.

1.2. «Insert» metodini to’ldirish.

1.3. +!?


1.1. YOzib oladilar.

1.2. «Insert» metodining jadvalini to’ldiradilar, savol-javob o’tkazish natijasida aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.

1.3. +!?


II-Bosqich.

Asosiy anglash bosqichi.
(50 min).


2.1. «Insert» metodi bilan tanishtirish.

2.2. Ma’ruza matni tarqatiladi, uning asosiy tushunchalari bilan tanishiladi.

2.3. Nazariy bilimlar haqida ma’lumot beriladi.


2.1. «Insert» metodidan foydalanish.

2.2. Har bir savolga javob yozishga harakat qilinadi. Ta’rifni yod oladi, misol keltiradi.

2.3. Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etadilar.

2.5. Jadvallarni o’z daftarlariga chizib oladilar.



III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).


3.1. «Insert» metodi jadvalini to’ldirish.

3.2. «Insert» jadvali orqali talabalar tasavvurlarini aniqlaydi.



3.1. «Insert» metodini jadvalini tugatadilar va o’z tasavvurlarini boshqalar bilan taqqoslashadi.

3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.




1. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining shakllanish tarixi. Psixologiyada axloq atamasidan tur va inson faolligi darajasi, uning faoliyati, mushohadasi, tafakkuri, muloqoti kabi ko’rinishlari bilan bir qatorda belgilash uchun keng foydalaniladi, Inson axloqi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar XX asrning boshlarida bixevioristlar uni psixologiya fanining predmeti deb e’lon qilgan vaqtdan boshlab, ayniqsa, shiddatli rivojlanish tusini oldi, Dastlab axloq tushunchasi ostida shaxsning istalgan tashqi kuzatiluvchi, "rag’bat — reakqiya" sxemasi bo’yicha ishlaydigan reakqiyasini (harakatlanuvchan, vegetativ, nutqiy) tushundilar. Empirik ma’lumotlarning to’planish darajasi bo’yicha asnosida inson axloqining tabiati yanada chuqurlashdi. 1931 yilda esa axloq psixologiyasining asoschilaridan biri Djon Uoqon axloq to’g’risida "tuxumni mahsuldor qilish lahzasida dunyoga keluvchi va organizmning rivojlanishi darajasi bo’yicha yanada murakkablashib boruvchi faollikning uzluksiz oqimi" haqida gapirgan edi .

Axloqning zamonaviy tushunchasi tashqi rag’batga reakqiyalar to’plami doirasidan ancha chetga chiqadi. SHunday qilib, psixologik lug’atda ko’rsatilishga axloq "tirik mavjudotga xos bo’lgan, ularning ichki va tashqi faolligi vositasidagi atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirdir".

Odamning tashqi faolligi ostida har qanday tashqi ko’rinish: harakat, faoliyat, muomala, mulohaza, vegetativ reakqiyalar tushuniladi. Quyidagilar axloqning ichki tarkibi bo’lib hisoblanadi: motivaqiya va maqsad qo’yish, kognitiv ishlov berish, hissiy reaksiyalar, o’z-o’zini boshqarish jarayonlari. Kelgusi muhokamalarda axloq tushunchasi ostida biz shaxsning individual xususiyatlari va shaxsning tashqi harakat hamda muomalasi shaklida ifodalanuvchi ichki faolligi bilan bog`liq muhitdan kelib chiqqan o’zaro harakati jarayoqhi tushunamiz.

Ta’rifga ega bo’lgach, o’rganilayotgan reallikning asosiy belgilarini ajratishga urinamiz. Inson axloqining birmuncha muhim xususiyatlaridan biri - bu uning o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoishigidar, u jamiyatda shakllanadi va amalga oshadi. Inson axloqining boshqa muhim xususiyati - bu uning nutqiy boshqaruv va maqsad ko’yishi bilan muapsqkam aloqasi hisoblanadi. YAxlit olganda insonning axloqi uning ijqhyuiylashuvi jarayonini - jamiyatga integraqiyasshi aks ettiradi. Ijtimoiylashuv, o’z navbatida, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy muhitga moslashishni ko’zda tutadi. Moslashuv - individuallashuv jarayonlarining nisbati bo’yicha, shuningdek, jamiyatda shaxs mavqei yuzasidan ijtimoiy moslashuvning quyidagi variantlarini ajratish mumkin:

radikal moslashuv — shaxsning mavjud ijtimoiy hayotda o’zgarishi orqali o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi;

gipermoslashuv - shaxsning o’z oliy yutuqlari vositasida

ijtimoiy hayotga ta’siri orqali o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi;

uygunlashgan moslashuv - shaxsning jamiyatda ijtimoiy talablarga yo’nalishi vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarshpi;

konformistik moslashuv - individuallikni bostirish, o’z-o’zini ro’yobga chiqarishni birlashishi hisobiga;

deviant moslashuv - mavjud bo’lgan ijtimoiy talab (me’yor) lardan chetga chiqish vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarish;

ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik - o’z-o’zini ro’yobga chiqarish va moslashish jarayonlarini to’sish holati.

Muayyan insoi axloqida ijtimoiylashuvning istalgan variantida axloqning umumiy tavsifnomasidan foydalanib, quyidagilarni ifodalash mumkin:

asoslanganlik - shaxsning ehtiyojlari va maqsadlariga yo’naltirilgan harakatlanishga ichki tayyorlik;

o’xshashlik — aniq vaziyat bilan kelishish;

moslashish - ijtimoiy muhitning etakchi talablariga muvofiqlik;

haqqoniylik - individuallik axloqining mosligi, uning ushbu shaxs uchun tabiiy ekanligi;

mahsuldorlik - ongli maqsadlarni amalga oshirish. SHaxs xulqining shunday belgalari borki, ular anchagina xususiy, biroq kam bo’lmagan ahamiyatga egadir:

- faollik darajasi (energiyalilik va tashabbuskorlik);

-hissiy ifodalanganlik (namoyon etilayotgan affektlarning kuchi va xarakteri);

- jo’shqinlik;

-turg’unlik (turli vaqt va turlicha vaziyatlarda ko’rinishlarning doimiyligi);

- onglilik (o’z axloqini tushunish uni so’z bilan tushuntira olish qobiliyati);

- ixtiyoriylik (o’z-o’zini nazorat);

- egiluvchanlik (muxitaing o’zgarishiga javoban axloqni o’zgartirish).

"Axloq" turidagi tushunchaning barcha ko’rib chiqilgan tavsifnomalari uning "shaxsning ogashgan xulqi" kabi turiga ham to’la ma’noda taalluqlidir.

2.“Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi”ning maqsad va vazifalari: Pedagogika va psixologiya yo’nalishida talabalarga 3 kursda Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi fani o’qitiladi. Mazkur kurs o’qituvchi kadrlarni tayyorlashdagi muhim fanlardan biri hisoblanadi. Bu fan talabalarning psixologiyada umumiy nazariy bilimlar asosini egallashga yo’naltirilgandir.

Bu kursning maqsadi-talabalarga hozirgi zamon psixologiyasi bilimlarni egallashga va shaxsni shakllantirish muammolariga hamda etnopsixologik bilimlarni egallashga analitik nuqtai-nazardan yondosha olishga yordam beradi.

Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko’rinshlari - tajovuzkorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan to’qnashamiz... SHu kabi muammolar bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ko’p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar. Bunday axloqning sababi nimada bo’lishi mumkin?! Nima insonni qayta-qayta o’ziga va atrofdagilarga zarar keltirishga majburlaydi? Bunday qanday qutulish mumkin? Va nihoyat, "og’ishgan xulq" atamasidan foydalanish qonuniymikin?

Deviantlik, og’ishgan xulq psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni ximoyalovchi organlar xodimlari, soqiologlar, faylasuflarda jonli qiziqish uyg’otib kelgan. Og’ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning "ijtimoiy me’yor" tushunchasi bilan payvasta ekashshgi muammoni ko’p marotaba murakkablashtiradi, chunki me’yorning chegaralari o’ta shartli, insonda esa barcha ko’rsatkichlar bo’yicha absolyut me’yorning o’zi mavjud emas.

YOndoshuvlarning turli-tumanligi shaxs xulqini og’ishganligini tashhis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni echishda ham ko’zga tashlanadi.

Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi o’quvchilarda shaxs og’ishgan xulqi muammolarining zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishiga yordamlashishda ko’rinadi. Og’ishgan xulqni tushuntirshp uchun turlicha psixologak konqepqiyalar qimmatini tan olgan holda biz asos kognitiv-axloqiy yondoshuv bo’lgan konsepsiyalarni ustuvor sifatida ajratamiz.

Ushbu fanni o’qitish tajribasi shuni ko’rsatdiki, materialni anglashda ba’zi bir qiyinchshshklar mavjud ekan. Birinchidan, "og`ishgan xulq" tushunchasining ko’p ma’noliligi va bu bilan bog’liq bo’lgan terminologik chalkashliklar.

Ikkinchidan, har birimizning ichki dunyomizga xos bo’lgan shaxsiy ozodlik ehtiyoji va jamiyatning cheklashlari orasidagi qarama-qarshilikdir.

Og’ishgan xulq fenomeni mavjudligining o’zi "ozodlik yoki zaruriyat" dilemmasi faktini tasdiqlaydi, hatto jamiyatning umidlariga qarshi har bir odamning shaxsiy tanlovchi predmeti hisoblanadi. YAna bir ma’lum murakkablik shundaki, ogashgan xulq muammosi bo’yicha ma’lumotlarni turli fanlar, masalan, sosiologiya, tibbiyot, xuquq, psixologiya, pedagogikadan izlash lozim bo’ladi. Mavjud bo’lgan adabiyotlar, qoidadagidek, yoxud o’ta ixtisoslashtirilgan, yoki o’ta ommaviy xarakterga ega. Og’ishgan xulq psixologiya bo’yicha adabiyotlar unga ta’sir qilishning samarali texnologiyalari ozligi kabi shubhasiz, etishmaydi.

Ushbu qismning asosiy vazifasi "shaxsning og’ishgan xulqi" tushunchasini ta’riflash xdsoblanadi. Tushunchani ta’riflash -uning mazmunini ochish, ya’ni mavjud belgilar to’plamini ajratish demakdir. Ta’rifning birinchi bosqichi tur orqali -tur tushunchalarining hajmi bo’yicha aniqlanayotgan tushunchani birmuncha keng yoritishdir. Og’ishgan xulq - bu, avvalo, shaxs axloqining allaqanday shakli, albatta, unga insoniy axloqning barcha xususiyatlari xos, biz ham o’z taxdilimizni aynan shuni ko’rib chiqishdan boshlaymiz.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə