O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   238
9230 (2)

“CHalkash chiziqlar” usuli 
Talabalar quyida keltirilgan davlatlar va ushbu davlatlardagi psixodiagnostik tekshiruvlarning bir-
biriga mosini topishlari kerak bo‘ladi. 
Davlatlarning nomi
CHiziqlar
Psixodiagnostik tekshiruvlar
Qadimgi Misr
 
 
Bu erda sinov qoidasiga binoan bir guruh odamlar 
birinchi bosqich sinovidan o‘ta olmagan 
kishilarning ustidan kulishni boshlaganlar, agar 
sinaluvchi o‘zini munosib tutib luqma 
tashlovchilarga o‘rinli javob bera olsa u ham 
maktabga qabul qilingan.
 
Qadimgi Xitoy 
 
Aqli zaiflikning har xil shakllarini o‘rganib, 
intellektni o‘lchashda nutqning rivojlanishiga 
e`tibor qaratilgan.
 
Frantsiyada
 
Jangchilik san`ani, kamonbozlik bilan bir qatorda 
xusnixat ham tekshirilgan. 
Qadimgi YUnonistonda
 
 
Ruhoniylikka o‘qitilgan odamlarning tarjimai 
holi, ma`lumoti, suhbatlashishi, ko‘nikmasi 
tekshirilgach u qorong`u er to‘ladan bir o‘zi 
o‘tishi lozim bo‘lgan
 
 
2.2.Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri
Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida eksperimental asosda vujudga keldi.
Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus 
(1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va Th.Simon(1905)larning ishlari katta ahamiyatga 
ega bo‗ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o‗rganishning yangi statistikaga asoslangan 
quroli – test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo‗nalish asoschisi F.Galton 
testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o‗lchash metodi sifatida qo‗llanildi, keyinchalik esa undan 
shaxsni, uning reaktsiyalarini o‗rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi 
metodlarni ishlab chiqish psixiatrik shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik 
esa kasb tanlash ishlari bilan bog‗liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi. 
Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi. Shveytsariyalik 
psixolog va psixiatr H.Rorschach (1921)ning «Psixodiagnostika» asari nashr etilishi bilan 
psixodiagnostikaga asos solindi. Psixodiagnostika tushunchasi individni o‗rganadigan barcha 
metodlar majmuini o‗z ichiga oladi. Bu kitob nashr etilishi bilan psixologik diagnostika 
taraqqiyotida yangi davr boshlandi, u psixometriyadagi shaxsni o‗rganish yangi metodlari 
bo‗lmish proektiv metodlar bilan bog‗langan edi. Proektiv psixologiya bir butun shaxsni o‗rganish 
mumkin emas, deb talqin qiluvchi psixometrik nuqtai nazar va bixeviorizmga qarshi e'tiroz 
bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə