O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   238
9230 (2)

Korrelyatsion tatqiqot
nazariyasi korrelyatsion aloqa haqidagi tasavvurlarga asoslangan 
bo‘lib, K.Pirson tomonidan ishlab chiqilgan va matematik-statistika fani darsliklarida kengroq 
berilgan. Bu erda esa korrelyatsion psixologik tatqiqotning faqatgina metodologik asoslarigina 
ko‘rib chiqiladi. 
Korrelyatsion tatqiqot o‘tkazish strategiyasi kvazieksperiment o‘tkazish strategiyasiga yaqin. 
Kvazieksperimentdan farqli jihati shundaki, korrelyatsion tatqiqotda ob`ektga nisbatan 
boshqaruvchi ta`sirning yo‘qligi. Korrelyatsion tatqiqot rejasi murakkab emas. Tadqiqotchi 
individning bir necha psixologik xususiyat yoki ma`lum tashqi bosqichlar va psixologik holatlar 
o‘rtasidagi statistic bog`liqliklar haqida o‘z gipotezasini o‘rtaga suradi. Bunda sababiy bog`liqlik 
taxmini muhokama qilinmaydi. 
Korrelyatsion tadqiqot deb bir necha o‘zgaruvchi o‘rtasidagi statistik bog`lanishlarni tasdiqlash 
yoki inkor etish uchun o‘tkaziladigan tadqiqotga aytiladi. Psixologiyada o‘zgaruvchi sifatida 
psixologik xususiyatlar, jarayonlar, holatlar va boshqalar ko‘riladi. 
―Korrelyatsion‖ so‘zi o‘zbek tiliga ―o‘zaro munosabat‖ deb tarjima qilinadi. Agar bitta 
o‘zgaruvchining o‘zgarishi ikkinchisining ham o‘zgarishiga olib kelsa, unda bu 
ko‘rsatkichlarning korrelyatsiyasi deyiladi. Ikki o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi korrelyatsiyasi ular 
orasida sabab-oqibat munosabatlari ham mavjud deyish imkonini bermaydi, shunchaki shunday 
gipoteza bilan chiqish imkonini beradi xolos. Korrelyatsiyaning yo‘qligi esa o‘zgaruvchilar 
orasida sabab-oqibat munosabatlari bor degan gipotezasini to‘laligicha rad etish imkonini beradi. 
Ikki o‘lchanayotganlar orasida korrelyatsiyaning mavjudligini aniqlashning bir necha yo‘li bor: 
1.
To‘g`ri korrelyatsion aloqa. Bitta o‘zgaruvchining darajasi boshqasining darajasiga 
to‘laligicha mos tushadi. Misol tariqasida Xikning qonunini keltirish mumkin: axborotni qayta 
ishlash tezligi alternativlar soni logarifmiga proportsional. Boshqa misol: ijtimoiy ustanovkalarni 
almashtirishga moyillik va Yuqori shaxsiy egiluvchanlik o‘rtasidagi korrelyatsiya. 
2.
Uchinchi o‘zgaruvchi bilan asoslangan korrelyatsiya. Ikki o‘zgaruvchi (a,b) bir-biri bilan 
tadqiqot jarayonida o‘lchanmagan uchinchi o‘zgaruvchi (v) vositasida bog`langan. Tranzitivlik 
qoidasiga ko‘ra, agar R (a, B) va R (b, c) bo‘lsa unda R (a, c). bunday korrelyatsiyaga AQSH 


294 
psixologlari tomonidan aniqlangan intellekt va daromod darajalari o‘rtasidagi bog`liqlik misol 
bo‘la oladi. Agar shunday tadqiqot hozirgi zamon Rossiyasida o‘tkazilganda natijalar 
boshqacharoq ko‘rinish kasb etardi. Bundan ko‘rinadiki hamma gap jamiyatning tuzilishida. 
Sinaluvchilarning lug`at boyligi va ko‘rsatilayotgan rasmlar tezligi ham korrelyatsiyalanmoqda. 
Bu korrelyatsiyani asoslayotgan yashirin o‘zgaruvchi umumiy intellekt hisoblanadi. 
3.
Hech narsa bilan asoslanmagan tasodifiy korrelyatsiya. 
4.
Tanlanmaning turliligi bilan asoslangan korrelyatsiya. Tasavvur qiling, biz tatqiq 
qilishimiz kerak bo‘lgan tanlanma ikki o‘xshash guruhlardan iborat. Masalan, biz jinsning 
ekstrovertlikka bog`liqlik darajasini o‘rganmoqchimiz. Ma`lumki, jinsni ―o‘lchash‖ qiyinchilik 
tug`dirmaydi, ekstrovertlikni esa Ayzenkning ETI-1 testi yordamida tekshiramiz. Bizda ikki 
guruh bor: matematik-erkaklar va jurnalist-ayollar. Agar biz ekstrovertlik darajasi va jins 
o‘rtasida bog`liqlikni: ko‘pchilik erkaklar – introvert, ayollar esa – ekstrovert; aniqlasak, bu 
ajablanarli hol bo‘lmaydi. 
Korrelyatsion aloqalarni o‘ziga xosligiga qarab turlarga ajratadilar. Agar bir o‘zgaruvchi 
darajasining oshishi ikkinchisining ham o‘sishi bilan birgalikda kuzatilsa unda bu ijobiy 
korrelyatsiya. SHaxsiy bezovtalik qanchalik yuqori bo‘lsa, oshqozon yarasi kasalligi bilan 
kasallanib qolish ehtimoli ham shunchalik yuqori. Tovushning balandlashishi uni toninig ham 
oshishiga olib keladi. Agar bitta o‘zgaruvchining o‘sishi ikkinchisining kamayishiga sabab 
bo‘lsa u holda bu salbiy korrelyatsiya. Zayonts ma`lumotlariga qaraganda oilada bola sonining 
ortishi ularning intellekt darajasining pasayishiga olib kelar ekan. Mavjudot qanchalik qo‘rqoq 
bo‘lsa, guruhda liderlikni egallashi ehtimoli ham shunchalik past bo‘ladi. 
Agar o‘zgaruvchilar o‘rtasida hech qanday aloqa bo‘lmasa unda bu nulevoy korrelyatsiya 
bo‘ladi.Psixologiyada bir tekis (ijobiy yoki salbiy) aloqalarga misollar yo‘q. Ko‘pchilik aloqalar 
– notekis. Notekis bog`liqlikning klassik misoli bu - Yerks-Dodson qonuni: yosh motivatsiyalari 
o‘rgatish effektini oshiradi, keyin samaradorlikning tushishi kuzatiladi (―peremotivatsiya‖ 
effekti). Boshqa misol sifatida ma`lum narsaga erishish motivi hamda qiyinchiliklarni tanlash 
o‘rtasidagi aloqani keltirish mumkin. Omadga motivatsiyalangan shaxslar o‘rtacha 
qiyinchilikdagi vazifalarni afzal ko‘radilar – qiyinchiliklar shkalasi bo‘yicha tanlovlar chastotasi 
qo‘ng`iroqcha sifat diagrammada beriladi. 
Tekis korrelyatsiyalarning matematik nazariyasini Pirson yaratgan. Nazariyaning asosini 
o‘zining matematik statistika fani darsliklarida bergan. Eslatib o‘tamiz, Pirsonning tekis 
korrelyatsiya koeffitsienti r -1 dan +1 gacha oraliqda joylashadi. U quyidagi yo‘l bilan hisoblab 
topiladi:
r=∑(X-X,) (Y-Y,)/∑(X-X,)² ∑(Y-Y,)² 
Korrelyatsiya koeffitsientining ahamiyati qabul qilingan ahamiyati va tanlanmaning kattaligiga 
bog`liq. Korrelyatsiya koeffitsienti qanchalik katta bo‘lsa o‘zgaruvchilar orasidagi munosabat 
to‘g`ri korrelyatsiyaga shunchalik yaqin bo‘ladi. 
Korrelyatsion tatqiqotlarni rejalashtirish. 
Korrelyatsion tatqiqot rejasi kvazieksperimental rejalarning mustaqil o‘zgaruvchining 
nomustaqil o‘zgaruvchilarga ta`siri bo‘lmagan vaqtdagi bir turi hisoblanadi. Boshqacha
aytganda: tadqiq qilinayotgan guruhlarga o‘zaro ekvivalent sharoitlarda bo‘lishlari zarur. 
Korrelyatsion tadqiqot vaqtida barcha o‘lchanayotgan o‘zgaruvchilar – nomustaqil 
o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Bu bog`liqlikni aniqlovchi faktor o‘zgaruvchilarning biri yoki 
o‘lchanmagan, yashirin o‘zgaruvchi bo‘ladi. 
Korrelyatsion tadqiqot R sinaluvchilar guruhida bir-biridan mustaqil tarzda olib boriladigan bir 
necha seriyalarga bo‘linadi. Korrelyatsion tadqiqotning oddiy va qiyosiy turlari mavjud. Birinchi 
holatda sinaluvchilar guruhi bir xil. Ikkinchi holatda bir necha randolizatsiyalangan, ma`lum 
xususiyatlariga ko‘ra bir-birigan farqlanadigan guruhlar bilan ishlaymiz. Umumiy holda 
yuqoridagidek tadqiqotlar quyidagi matritsa bilan belgilanadi: RxO (sinaluvchilar x o‘lchashlar). 
Uning natijasi korrelyatsiyalar matritsasi hisoblanadi. Natijalar qayta ishlanmasini faol matritsa 


295 
qatorlari yoki ustunlarini solishtirib olib borish mumkin. Qatorlarni o‘zaro korrelyatsiyalab biz 
sinaluvchilarni o‘zaro solishtiramiz; korrelyatsiya esa o‘xshashlik koeffitsienti – insonlarning 
o‘zaro farqlari deb taxlil qilinadi. Tabiiyki R – korrelyatsiyalarni ma`lumotlar Z yordamida bitta 
shkalaga keltirilgan bo‘lsada aniqlash mumkin. 
Z=X,-X/σ 
Ustunlarni o‘zaro korrelyatsiyalab biz, o‘lchanayotgan o‘zgaruvchilar orasidagi statistik aloqa 
mavjudligi haqidagi gipotezamizni tekshiramiz. Bu holatda ular o‘lchami hech qanday ahamiyat 
kasb etmaydi. 
Bunday tatqiqot strukturali deb nomlanadi, chunki oxirgi natijada biz o‘lchangan 
o‘zgaruvchilar matritsasi korrelyatsiyasiga ega bo‘lamiz, bu esa o‘z o‘rnida ular orasidagi aloqa 
strukturasini aniqlab beradi. 
Longityut tadqiqot rejasi o‘zida ma`lum vaqt oralig`ida o‘lchangan bir yoki bir necha 
o‘zgaruvchilarning alohida seriyalarini mujassamlashtiradi. Longityut tadqiqot – korrelyatsion va 
kvazieksperimental tadqiqot orasidagi oraliq variant bo‘lib, vaqt tadqiqotchi tomonidan 
nomustaqil o‘zgaruvchilarning bog`ligini belgilovchi mustaqil ko‘rsatkich sifatida taxlil qilinadi 
(masalan shaxsiy xususiyatlar). 
Korrelyatsion tadqiqotning to‘liq rejasi chegaralari ―sinaluvchilar‖, ―operatsiya‖, ―vaqtincha 
bosqich‖ deb belgilanuvchi Rx Ox R paralipipidlarini o‘z ichiga oladi. 
Tadqiqot natijalarini turlicha analiz qilish mumkin. R va O – korrelyatsiyalarni aniqlash bilan 
bir qatorda ikki xil korrelyatsiyani – ikki o‘zgaruvchining uchinchisi bilan aloqasini hisoblash 
yo‘li bilan turli vaqt oralig`ida olingan R x O matritsalarini qiyoslash imkoni ham paydo bo‘ladi. 
Huddi shu holat R x T va T x O matritsalariga ham tegishli. 
Lekin ko‘pincha tadqiqotchilar boshqa turdagi hisob-kitobdan foydalanadilar, ular R x T 
matritsasini analiz qilib, o‘zgaruvchilarni vaqtda o‘zgarish gipotezasini tekshiradilar.
Korrelyatsion tadqiqotning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə