O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
9230 (2)

«Psixodiagnostika»
atamasi 
psixologik tashxis qo„yish degan
ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy 
holati, to‗liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning 
taraqqiyot ko‗rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va 
xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor 
Rorshaxning 
«Psixodiagnostika»
asari chop etilishidan so‗ng psixiatriyada qo‗llanilgan bo‗lib, u tez orada 
tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa 
shaxs rivojlanishidagi har qanday og‗ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret 
taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir. 
Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‗lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot 
ko‗rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish 
bilan bog‗liqdir. Psixologiya fani o‗rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning 
baholash ob'ekti bo‗lishi mumkin. Masalan: o‗zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-
harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab 
ijtimoiy- psixologik jarayongacha. 
Psixodiagnostika fanining 
nazariy vazifalari
quyidagilardan iborat:
psixik ko‗rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini 
aniqlashtirish; 
hozirgi paytda psixologik ko‗rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik 
holatini o‗rganish; 
psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat


psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni 
interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan; 
test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari 
nimalardan iborat.
Psixodiagnostika fanining 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə