O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
9230 (2)

amaliy
vazifalari
psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli 
bo‗lib, amaliy psixologik tashxis qo‗yish bilan bog‗liqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki 
psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o‗tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda 
quyidagi vazifalardan iboratdir:
psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‗yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish; 
psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli 
o‗zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida; 
psixodiagnostika sohasida o‗z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o‗zida 
mujassamlashtirishi shart bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalar; 
psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan 
tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish. 
Bu vazifalar majmuasi, ya'ni psixodiagnostika fanining nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan 
bog‗liqdir. Ushbu sohada etuk mutaxassis bo‗lib etishish uchun, psixolog nazariyani va amaliy 
psixodiagnostikaning asoslarini Yuqori darajada o‗zlashtirib olgan bo‗lishi shart. 
Amaliyotda individ, guruhning psixik taraqqiyot darajasi o‗rganiladi hamda quyidagi vazifalardan 
biri amalga oshiriladi:
biror-bir xususiyatga xos taraqqiyot holatini aniqlash; 
taraqqiyot dinamikasini va qandaydir vaqt davri mobaynida qayta tarbiyalash imkonini aniqlash
ta'lim-tarbiya natijasida, o‗tkazilgan pedagogik eksperiment natijasida individ guruh xulqi va 
ruhiyatidagi real o‗zgarishlarni kuzatib borish; 
shaxs sifatlarining oldingi taraqqiyot dinamikasi va qonuniyatlari tahlili asosida kelajakdagi 
taraqqiyotini aniqlab olish; 
sinaluvchi kishilar guruhlarini taraqqiyot darajasi natijasiga asoslanib kelajakdagi ishlar uchun 
toifalarga ajratish; 
u yoki bu topshiriqlarni bajara olishiga qarab individ guruhlarning yaroqliligini aniqlash, masalan 
o‗z xizmat vazifasini bajara olishda kasbiy tayyorgarligini tekshirish; 
psixokorrektsion ishlar olib borish maqsadida individ guruhning ijtimoiy me'yorga mos yoki mos 
emasligini aniqlash; 
individ yoki guruhning kelajak hayot yo‗liga yordam berish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish. 
Yuqorida sanab o‗tilgan vazifalar psixodiagnostika fani uchun umumiy hisoblanadi. Bu 
vazifalardan aksariyati maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktab ta'limida har xil yoshdagi 
bolalarga mos ravishda olib boriladigan ish jarayonlarida u bu darajada hal qilinadi. 
Psixodiagnostika 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə