O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Diagnostika uchun zarur ma`lumotlarni olish



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   238
9230 (2)

Diagnostika uchun zarur ma`lumotlarni olish. 
Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba`zi belgilarining ko‘rinishini o‘rganish 
maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma`lumotlar yordamchi xarakterga ega 
bo‘lib, bola xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funktsiyalari taraqqiyot 
darajasi bilan taqqoslashda foydalanadi. Masalan: darsda bola diqqatining barqaror emasligi, 
diqqatini bir joyga to‘plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg`ishi va 
boshqalar bilan ajralib turadi. Ikkala holatda ham u yoki bu o‘quvchi o‘zlashtirishi va 
intizomining pasayishi tashqaridan sezilsada, psixodiagnostik tadqiqotlarda o‘rganilayotgan 
o‘zgarishlar manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo‘lishi psixologik holat belgilari ham 
o‘rganiladi.
1. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma`lumotlarni to‘plash. Agar «ko‘ndalang 
kesim» metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot ma`lum bosqichda bola psixik taraqqiyoti 
darajasini, ya`ni psixik funktsiyalar rivojlanishining dolzarb zonasi aniqlanadigan bo‘lsa, 
«uzunasiga kesim» (longitYud) psixodiagnostik tadqiqotlarda bola psixik hayoti taraqqiyoti 
xususiyatlari rivojlanishi, ya`ni ta`lim va tarbiya jarayonida o‘ rganiladi. 
2.O‘yin va o‘qish faoliyatida ko‘p martalab o‘tkazilgan eksperimental-psixologik tadqiqotlar bola 
shaxsini shakllanishi va rivojlanishida ma`lum faoliyatning ta`sir ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. 
Bolada o‘tkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga egadir, chunki 
qo‘llanilgan turli metodlarning o‘quv-tarbiyaviy ta`sirini hisobga olganda shaxs rivojlanishi 
istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. 
3. Aqliy zaiflik darajasini, yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni 
aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar mahsus yoki yordamchi maktabda o‘qish haqida 
masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik xay`at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin. 
4. Bolalarda paydo bo‘lgan etarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun 
ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda tadqiqotchini 
qiziqtirgan masala bo‘yicha katta guruhlarda tadqiqot o‘tkaziladi. Bu erda olingan natijalarning 
statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə