|
 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligiMalakalarning o’zaro aloqasi va o’rgatishining ketma-ketligi
|
səhifə | 87/93 | tarix | 21.04.2022 | ölçüsü | 0,9 Mb. | | #85793 |
| O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligi Ўзбекистонни рив стратегияси ФЖ 3 курс 2021 2022, Вариацион статистика Султонова М М, Tourism in UzbekistanMalakalarning o’zaro aloqasi va o’rgatishining ketma-ketligi. Harakat malakalari tarkib topishi va qo’llanish jarayonida ko’pincha bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Ilgari hosil qilingan malakalar ko’chish deb ataluvchi mexanizm bo’yicha yangi malakaning tarkib topishini yoki namoyon bo’lishini osonlashtirish yoki qiyinlantirish mumkin. Ko’chish ko’p hollarda yangi ko’nikma va malakaning hosil bo’lishiga yordam beradi. Masalan: kichik koptokni irgitish granata irgitishni, velosipedda yurish malakasi, mototsiklda yurishni o’rgatishga yordam beradi va h.k. Malakalarning bunday o’zaro aloqasi ijobiy samara beradi yoki "ijobiy ko’chish" deyiladi.
Shu bilan birga malakalarning o’zaro aloqasi salbiy ham bo’ladi. Masalan: Balandlikka sakrash malakasi tusiqlardan yugirishni o’rganishga halaqit berishi mumkin, yonboshlagan usulida so’zish malakasi ma’lum sharoitlarda brass harakat qilishini izdan chiqaradi. Ko’chirishning bunday turi o’rgatish jarayonida salbiy ta’sir etadi va ijobiy samara bermaydi yoki "salbiy ko’chish" deyiladi.
Ko’chish xarakteri - uning ijobiy yoki salbiy bo’lishi, o’rgatishning to’la yoki qisman bo’lishi, ilgari harakat hosil qilingan ta’siri yangi tartibga qaysi darajada yaroqli bo’la olishiga bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|