O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligi


Malakalarning o’zaro ijobiy aloqasi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə88/93
tarix21.04.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#85793
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligi

Malakalarning o’zaro ijobiy aloqasi. O’rganilayotgan harakat faoliyati bilan ilgari o’zlashtirilgan biror faoliyatining tuzilishlari o’rtasida o’xshashlik qancha ko’p bo’lsa, yangi harakat faoliyatini o’rganish shuncha engil bo’ladi. Bunga asos - harakatlarni o’rganish ketma-ketligini shunday rejalashtirish zarurki, bunda bir harakatni o’zlashtirish ko’nikma va malakaning boshqa xarakatni o’rganishga "ijobiy ko’chish"ga imkoniyat yaratsin. Bu jihatdan qaraganda, faoliyatlari har xil bo’lgan mashq turlarida, ayniqsa katta imkonityalar mavjuddir. Harakat faoliyatining bunday turlarida harakatlarning tuzilishining o’xshashligiga qarab guruhlarga bo’lish mumkin. So’ngra harakatlarni guruhlarga, ularning murakkabligiga qarab joylashtirilsa, bu guruhlarning navbatdagi harakatlariga tayyorlanishi guruhi bo’lib qoladi. Ko’chish odatda, harakat faoliyatlarini asosiy fazalari o’xshash bo’lganda ijobiy samara beradi. Masalan: chang’i sportiga o’rganishni birin-ketin ikki qadamlab oldinga yurish usuli bilan boshlash tavsiya etiladi, chunki bu usul boshqa barcha yurish elementlarini tashkil etadi. Turli harakatli mashqlar uchun ko’p bo’lmagan sport turlarida "ijobiy ko’chish" holatida maxsus tayyorgarlik, ya’ni imitatsiyali mashqlar yordamida foydalaniladi.

Masalan: konkida yugurish imitatsiyasi va roliklarda yugirish konkida uchish sportida keng va muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Harakat faoliyatining asosiy vazifasigina emas, xatto tayyorlanish va yakunlovchi fazalarini egallashda ham malakalar ko’chishi ijobiy samara berishi mumkin.

Shuni nazarda tutish kerakki, "ijobiy ko’chish" o’rganishning dastlabki bosqichlarida ayniqsa keng namoyon bo’ladi. Maslan: granata uloqtirish masalasi nayza uloqtirishda dastlab yordam beradi.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə