O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
B.X.XODJAEV 
UMUMIY PEDAGOGIKA
pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun 
darslik 
«Sano-standart» nashriyoti 
Toshkent – 2017 


UO’K: 37.013(075.8) 
KBK: 74.00 
X 69 
B.X.XODJAEV 
Umumiy pedagogika Darslik. – T.: «Sano-standart» 
nashriyoti, 2017-yil, 416 bet.
Mazkur darslik pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim 
yo’nalishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, u o’z ichiga 
pedagogikaning uchta – pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi 
va pedagogik mahorat kurslarini qamrab olgan. Darslik 
pedagogika ta’li, sohasining bakalavriat ta’lim yo’nalishi DTS, 
o’quv reja va o’quv dasturlari asosida yozilgan.
Taqrizchilar: 
U.I.Inoyatov, pedagogika fanlari doktori, professor
F.R.Yuzlikaev, pedagogika fanlari doktori, professor
UO’K: 37.013(075.8) 
KBK: 74.00 
ISBN 978-9943-5002-3-5 
© 
B.X.XODJAEV, 2017
© 
«Sano-standart» nashriyoti, 2017


SO’Z BOSHI 
“Umumiy pedagogika” nomli darslik pedagogikaning uch 
mustaqil sohalarini o’zida mujassamlashtirgan: pedagogika 
nazariyasi, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat. 
“Pedagogika nazariyasi” kursi kadrlar tayyorlash milliy 
modeli va uning tarkibiy qismlari, pedagogika fanining 
shakllanishi va rivojlanishi, maqsad va vazifalari, predmeti
ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi 
omillar, yaxlit pedagogik jarayon va uning mohiyati, didaktika 
(ta’lim nazariyasi), ta’lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari, 
ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalari, ta’limni tashkil 
etish shakllari, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini 
tashxis etish, tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, qonuniyatlari, 
tamoyillari, tarbiyaning umumiy metodlari, tarbiya turlari 
mazmuni, mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va 
vositalari, 
ta’lim 
muassasalarini 
boshqarish, 
korrektsion 
pedagogika asoslarini o’z ichiga qamrab olgan.
“Pedagogika tarixi” kursi pedagogikaning alohida sohasi 
sifatida pedagogik fikrlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini 
o’rganish orqali yangi, istiqbolda hal etilishi lozim bo’lgan 
vazifalarni belgilab beradi hamda uni hal etish strategiyalarini 
ko’rsatib beradi. U eng qadimgi davrlardan O’zbekiston 
Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan keyingi davrda 
pedagogik fikrlar va ta’lim tizimining rivojlanishi hamda eng 
qadimgi davrlardan hozirgi kungacha jahon mamlakatlarida 
tarbiya, ta’lim va pedagogik fikrlar rivojiga doir masalalarni 
o’zida aks ettirgan. 
“Pedagogik mahorat” kursida pedagogik mahorat va 
madaniyat, ta’lim amaliyoti va pedagogik fikrlar tarixida 
o’qituvchi mahorati masalasining aks etishi, pedagogik qobiliyat, 
o’qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot psixologiyasi 
va muloqot madaniyati, pedagogik muloqot, pedagogik takt va 
pedagogik etika, pedagogik texnika va uni egallash yo’llari, nutq 
madaniyati, 
o’qituvchining 
o’quv 
jarayonidagi 
mahorati, 


o’qituvchining tarbiyachilik mahorati, o’qituvchi mehnatini ilmiy 
asosda tashkil etish, o’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash, 
ilg’or pedagogik tajribani ommalashtirish kabi masalalar bayon 
etilgan.


I BO’LIM. PEDAGOGIKA NAZARIYASI 
I BOB. PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI 
1.1.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI 
RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI 
Tayanch so’zlar: 
ta’lim tizimi, ta’lim islohotlari, Maktabgacha 
ta’lim vazirligi, 11 yillik umumiy o’rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, 
oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keying talim, kadrlarni qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».
«Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi» O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi 
qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim 
tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda 
yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy 
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni 
to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari 
surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirishga yo’nal-tirilgandir. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning 
to’laqonli ro’yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal 
qilinishini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning 
quyidagilardan iboratligi ko’rsatiladi: 

«Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga 
muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 
maqsadi
– ta’lim 
sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik 
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy 
tizimini yaratishdan iboratdir. 


muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat 
muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv, ilmiy-
ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; 

ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga 
oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga 
moslashtirish; 

kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali 
mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va 
ijtimoiy maqomini ko’tarish; 

kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning 
ijtimoiy 
va 
iqtisodiy 
taraqqiyoti 
istiqbollaridan, 
jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning 
zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 

ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va 
ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab 
chiqish va joriy etish; 

ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini 
attestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho 
berishning xolis tizimini joriy qilish; 

yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab 
qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda 
faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, 
ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot 
bazasini yaratish; 

ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini 
ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga 
nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari
korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllanti-rishning 
mexanizmlarini ishlab chiqish; 

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan 
tashqari mablag’lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb 
etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy 
etish; 

kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish. 


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iboratdir: 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə