O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə4/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Partiyaviy tizim – nechta partiya va qanday sharoitda ish olib bjrayotganligini ifodalaydigan tushuncha.


Savollar va topshiriqlar


  1. Jamiyat siyosiy sohasini uning boshqa sohalari bilan aloqasini mulohaza qiling.

  2. Siyosiy soha tarkibiga nimalar kiradi?

  3. O’quvchilar siyosat ob’ektimi yoki sub’ekti?

  4. Partiyalar faoliyati har doim oqilona tashkil etiladimi?

  5. O’zbekiston Respublikasidagi partiyaviy tizimni mulohaza qiling.


10-§. Ijtimoiy institutlar
“Institut” atamasi. Murakkab tuzilma bo‘lgan jamiyat ichida harakatlanuvchi kuchlar shunday darajada o‘zaro bog‘liqki, ularning alohida olingan har biri xatti-harakati oqibatlarini oldindan ko‘rish iloji yo‘q. Shunga ko‘ra sotsiumning qaysi darajasida olinishidan qat’iy nazar mavjudligi va rivojlanishi uning a’zolari — kishilar faoliyatining shakli bo‘lgan ijtimoiy institutga bog‘liq bo‘ladi. «Institut» atamasi fanda ko‘p ma’nolarda va ko‘p o‘rinlarda qo‘llaniladi.

Ijtimoiy institut kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, jamiyatda barqarorlikni ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Odatda eng muhim, eng zarur darajadagi institutlarga oilaviy, siyosiy, iqtisodiy, ta’limiy va diniy

tuzilmalar kiradi. Hozirgi rivojlangan jamiyatlar sharoitida fan qadriyatlari tobora muhim ahamiyat kasb etib borgani sari uning standartlarini ham institut jumlasiga kiritish mumkin.

Insoniyat tarixining har bir bosqichi o‘zidan oldingisidan institutlarning soni va salmog‘ining oshib borishi bilan tavsiflanadi. Buni hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan institutlar ko‘lami misolida ayniqsa yaqqol ko‘rish mumkin.



Ijtimoiy institutlar tarkibi. Tashkilotlar, muassasalar hamda kishilar hatti-harakati barqaror shakllarini belgilaydigan me’yorlarning yig’indisi va bu me’yorlarga muvofiq keladigan fe’l-atvor tizimi ijtimoiy institutlar tarkibini tashkil etadi. Bular yordamida kishilarning turli o’rinlarda va darajalarda ij timoiy almashuvi sodir etiladi.

Har bir institutning o‘z maqsadi, unga erishishni ta’minlovchi aniq vazifalari va alohida maqomi bo‘ladi. Ijtimoiy institut bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar xilma-xildir. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:

1. Ijtimoiy munosabatlarni takror hosil etish va mustahkamlab qo‘yish vazifasi.

2. Institutsiyaviy jarayonlar natijasida yuz beradigan o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro ma’suliyat va jipslashuvga erishish – birlashtirish vazifasi.

3. Tarbiyaviy vazifa — ijtimoiy tajribani yoyish orqali institut chegarasini kengaytirish, uning a’zolarini ko‘paytirishga erishish maqsad etib qo‘yiladi.

4. Kishilarga turli axborotlarni yetkazish orqali jamiyat ravnaqiga xizmat qilishga qaratilgan — kommunikativ vazifa.

Ijtimoiy institutlar tizimida nisbiy mustaqil holda tashkilotlar farqlanadi. Odatda tashkilot deganda muayyan me’yorlar va qoidalar asosida manfaatlarni, maqsadlarni va dasturlarni hamkorlikda amalga oshiradigan kishilar uyushmasi tushuniladi. Butun boshqa jihatlardan ham uning ma’nolari, xususan, ijtimoiy tuzilmaning unsuri, u yoki bu guruh faoliyatining ko‘rinishi, muayyan tizimning ichki unsurlari tartiboti va hokazolar farqlanadi.

Kishilik jamiyatidagi tuzilmalar uzoq vaqt davomida urf-odatlar ta’sirida rivojlanib kelgan. Kishilarning ko‘pgina ehtiyojlari tegishli tarzda oziq-ovqat tayyorlash, bolalar tarbiyasi, ish vaqti va bo‘sh vaqtda oilada hamda qarindoshlar va qo‘shnilar davrasida qondirilgan. Hozirgi jamiyatlarda kishilar ilgariga qaraganda ko‘p jihatlardan o‘zaro bog‘lanib ketgan. Ularning juda ko‘p va xilma-xil ehtiyojlari

bevosita amalga oshiriladigan aloqalar orqali qondiriladi.Tomonlarning shaxsan bir-birini bilishi talab etilmaydi. Ba’zan bunga masofaning uzoqligi sabab bo‘lsa-da, lekin mehnat taqsimoti asosiy omildir. Bunday sharoitlarda tashkiliy ishlar va alohida tashkilotlarga bo‘lgan zaruriyat o‘z-o‘zidan tushunarlidir.

Tashkilotlarning tasnifi. Tashkilotning rasmiylashuvi, ya’ni, tuzilishi, yaratilishi bilan ilgaridan mavjud konkret guruh jamoa ko‘rinishini oladi. Albatta, bu hamfikrlilar, ishqibozlar yoki biron bir obyektiv tarzda uyushganlarva hokazolar jamoasi, ya’ni tashkilotidir.

Tashkilotlar tabiati, bajaradigan vazifalari, qo‘llaydigan usullari va hokazolariga ko‘ra turlicha bo‘ladi:

1. Rasmiy tashkilotlar me’yorlar, maqomlar va aloqadorliklarning ijtimoiy shakllanishi natijasida inson hayotidagi istagan voqea — tug‘ilish, uylanish yoki o‘lim va hokazolar albatta qayd etiladi. Bu maqsadda tegishli hukumat idoralari ish ko‘radi.

2. Norasmiy tashkilotlar — shaxslar yoki ularning guruhlari o‘rtasida o‘z-o‘zidan yuzaga chiqadigan munosabatlar tizimini ifodalaydi.

3. Rasmiylikdan tashqari tashkilotlar — masalan, sport ishqibozlarining, pochta markasi to‘plovchilarning va boshqalarning tashkilotlari.

Bulardan rasmiy tashkilotlar byurokratik tizimga jiddiy darajada moyilligi bilan ajralib turadi. «Byurokratiya» (aynan ma’noda muassasa va boshqaruv) atamasi 1745-yilda birinchi marta fransuz ijtimoiyotshunosligida de Gurne tomonidan amaldorlarning hokimiyati ma’nosida qo‘llangan. Byurokratiya bir tomondan samarasizlik, sarf-xarajatdorlik, qog‘ozbozlik kabi illatlarni bildirsa, boshqa tomondan, muayyan kishilar nazarida tashkilot ishini yo‘lga qo‘yishda samarali ishlash, aniqlik, puxtalik modelini ham anglatadi. Masalaga oqilona yondoshilsa, haqiqat bu qaramaqarshilikning o‘rtasidadir.

Yuqoridagilarning hammasi jamiyat hayotining asosiy sohalarini tashkil etibgina qolmay ular o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi.
Asosiy tushunchalar
1. Institut (lotincha: qurilma, belgilanish degani) — a) muassasa, nizom, qoida, qonun; b) jamiyat doirasida munosabatlar va aloqalarning barqarorligini ta’minlaydigan, ijtimoiy hayotni tashkil etishning nisbatan barqaror shakli.

2. Tashkilot — a) aniq maqsad bilan tuzilgan uyushma; b) muayyan faoliyatni uyushtirish bo‘yicha kishilar xattiharakatini ifodalaydigan atama; d) obyektning tartibotiyligini tavsiflash darajasi.

3. Byurokratiya – ko’pincha ezgu niyat bilan bo’lsa-da, haddan tashqari rasmiyatchilik hisoblanadi. Ba’zan ishga jiddiy zarar keltiradi.
Savollar va topshiriqlar
1. Kishilik jamiyatining institutsiyaviy tavsiflanishi qachondan boshlangan?

2. Institut tarkibini tashkilotsiz ham tasavvur etish mumkinmi?

3. Byurokratiyani faqat ijobiy jihatlari bormi?
Amaliy ish


  1. “Sotsium” tushunchasi qaysi maqsadda qo’llaniladi? Buni batafsil izohlang.

  2. “Jamiyat” tushunchasini alohida holda va “Sotsium” tushunchasi bilan nisbatda tushuntiring.

  3. Nega ijtimoiyot ilmida ilgari “jamiyat” tushunchasi ishlatilmaganini mulohaza qiling.

  4. Nega “ja’ma” atamasidan yasalgan “jamoa” va “jamiyat” tushunchalari o’zaro farqli ma’nolarni anglatadi? Buni tushuntirishda ilmiy atama va tushunchalarning ham tavsifini keltiring.

  5. Nazariy modelsiz ham jamiyatni obyekt sifatida o’rganish mumkinmi?

  6. Jamiyatni ifodalaydigan atamalar qanday sharoitlarda tushunchalar maqomiga ega bo’ladi? Buni boshqa ijtimoiy-gumanitar o’quv predmetlaridan ham o’zlashtirgan bilimlaringiz asosida izohlang.

  7. Kishilik jamiyati yaxlitligi tamoyili bilan uning muayyan sohalarga bo’linganligi (tizimiyligi) qay darajada sig’isha oladi? Buni mulohaza eting.

  8. Jamiyat sohalari o’zaro nisbatda tengmi? Buni turmushdan olingab misollar orqali tushuintiring.

  9. Jamiyat hodisalariga institutsional yondashishning o’tmish va hozirini taqqoslab bering.

  10. Tashkilot va muassasa nisbatini aniqlang. Nazaringizda Sotsium miqyosida eng katta tashkilot qaysi?


Ma’ruza va referatlar uchun mavzular
1. Sotsiumning mohiyati va mazmuni.

2. Jamiyatning tavsifi.

3. Jamoaning mohiyati.

4. Model va modellashtirish. Ularning kishilik dunyosi hodisalarini o‘rganishdagi ahamiyati.

5. Jamiyat hayotining sohalarga bo‘linishi mezonlari.

6. Faollik va faoliyat.

7. Ijtimoiy voqelikni o‘rganishning asosiy tushunchalari.

8. Moddiy-iqtisodiy hayotning tavsifi.

9. Ma’naviylik mezoni.

10. Siyosat sohasining o‘ziga xos jihatlari.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., 2005.

  2. Falsafa. Darslik. Maxsus muharrir M.Agmedova. T., 2005.

  3. Кравченко А.И. Общество знаний. М., ООО «ТИД» «Русское слово - РС», 2006.



Ijtimoiy tarix: sotsiumdagi o’zgarishlar.

Reja




  1. Tarixni

  2. tushunish to’grisida.

  3. Tarixiy dinamizm va plyuralistik yondoshuv

  4. Nasroniylikda barcha ijtimoiy masalalar

  5. Islom dinida borliq holati me’yorlari

Universium hodisalari vaqt izchilligida, ketma-ketlikda, yuz berib muayyan voqelikni tashkil etishiga kishilar allaqachonlar e’tibar bergan va uni tarix atamasida ifodalaganlar.

“Jamiyat” va “tarix” tushunchalari nisbati masalasi kun tartibiga qo’yilsa, alohida holat ko’zga tashlanadi. Bunga, birinchidan, “tarix” tushunchasi, “jamiyat rivojlanishi”, “ijtimoiy jarayon” tushunchalarining sinonimi hisoblanib, kishilik jamiyati va uni tashkil etgan sohalarning o’z-o’zidan harakatini tavsiflaydi. Ko’rinadiki, tarixga bunday yondashishda, unda voqea va jarayonlarning tafsiloti ularning ishtirokchilari bo’lgan shaxslar hayotisiz ko’rsatiladi. Masalan, Yevropada va Afrikada latifundizmning salonit bilan, barshchinaning obrok yoki teylorizmning sanoatdagi “inson munosabatlari” bilan almashuvi iqtisodiyot sohasi bosqichlari sifatida tarix deb olinishi mumkin. Tarixni bunday tushunishda kishilar ustidan shaxsi noma’lum qandaydir ijtimoiy kuchlarning hukmronligi ko’zga tashlanadi.

Ikkinchidan, “jamiyat” tushunchasida “sotsium” tushunchasi konkretlashtirilsa, ijtimoiylik mavjudligining real usuli ko’rsatilsa, “tarix” tushunchasi esa “jamiyat” tushunchasini konkretlashtiradi. Natijada kishilar hayotining qayerda va qachon kechgani bilan bog’liq jihati tarixni tashkil etadi. Unda ijtimoiy hayotning barcha tomonlari o’zgarishlarining yaxlit oqimi o’z ifodasini topadi.

Uchinchidan, “tarix” tushunchasi chuqurroq mulohaza etilsa, uning nafaqat o’tmish bilan aloqadorligi ma’lum bo’ladi. Darhaqiqat, bir tomondan, biz har doim o’zimiz yashab turgan ijtimoiy-madaniy davr holatidan kelib chiqib o’tmish to’g’risida gapiramiz. Buning oqibatida o’tmishda kechgan voqealar to’g’risida hozirgi vazifalar talablari belgilovchi bo’lib hisoblanadi. Boshqacha aytganda, o’tmish hozirgi davr yordamida tushuntiriladi.

Ikkinchi tomondan, hozirgi zamon shart-sharoitidan kelib chiqib o’tmish haqida olingan bilimlar kelajak uchun zarur xulosalarni ilgari surishga imkon beradi. Bu ma’noda tarix o’z tarkibiga o’tmishni ham, hozirgi davrni ham, kelajakni ham kiritib, ularni kishilar faoliyati bilan bog’laydi.

Tarixni tushunish to’grisida. Kishilik jamiyati turli bosqichlarida tarixni tushunish tegishli tarzda amalda bo’lgan. Dinamizmi kuchli bo’lgan, taraqqiy topgan jamiyatlar sharoitida tarixni kechishi o’tmishdan hozirgacha, undan esa kelajakka o’tish tarzida qaraladi. Odatda, tarix sivilizatsiyaviy jamiyatlarga xos hisoblanadi va taxminan miloddan 4000 yil avval boshlangan deb olinadi.

An’anaviy, qoloq jamiyatlarda o’tmish hozirgi davrning oldi tarzida tasavvur qilinadi. Namuna, ideal sifatida unga intilish, tobora yaqinlashib kelish maqsad etib qo’yiladi. Bunday jamiyatlarda mif ustunlik qiladi. Shunga ko’ra, bular ma’lum ma’noda tarixga qadar bosqichda qolgan, tarixiy tajribasi yo’q jamiyatlar deyiladi.

Tarixning “ayyorligi” shundaki, uning yuz berishi kishilarga bildirilmaganday kechadi. Shunga ko’ra, uning harakati va kishilarning shaxs shakllaridagi ravnaqini bevosita yaqindan turib kuzatish juda mushkuldir. Odatda tarixni kuzatishning ikki imkoniyati haqida gapirish mumkin. Ulardan biri bola shaxsining shakllanishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi sotsium jarayonlari bosqichlarini tashkil etishni o’ziga xos shakllari qaror topishini izchillikda qayd etishdan iboratdir. Boshqacha aytganda, tarixning insoniyat va shaxs tarixlari tarzida yuzaga kelishi ijtimoiy shakllar va shaxslar tadriji tarzida bo’ladi.

Ayni vaqtda, oldingi boblarda ham ko’rsatib o’tilganidek, insoniyat tarixi bilan uning ajdodlarining inson bo’lishga qadar bo’lgan tarixi chegarasini aniqlash masalasi muhim hisoblanadi. Bunga hozircha yetarli aniqlikda va dalillar bilan hech kim javob berolgani yo’q. Chunki beriladigan javob muallif pozitsiyasiga, tafakkur kuchiga, ilmiy-nazariy model va hatto bevosita olingan ma’lumotlarga ham bog’liq.



Tarixiy dinamizm. Sotsium tabiati shundayki, uning mavjudligi har doim o’zgaruvchan xarakterga ega. Moddiy-ijtimoiy va amaliy-ruhiy mavjudot bo’lgan kishilar o’rtasidagi o’zaro funksional xilma-xil munosabatlarni ifodalaydigan voqelikning bundayligi tushunarli holdir.

Insoniyat tarixining dinamik kechishi uzoq vaqtdan beri o’rganish obyekti hisoblanadi. Buni qadimgi yunonlarning kishilik dunyosi voqealari va hodisalarini bilishga urinishlaridan, shu jumladan, “oltin davr” haqidagi xayolot va yangilanishlardan ham ko’rish mumkin. Ovchilik va terib termaklash davridagi sodda tenglikni Antik davrdagi qullar va quldorlarga bo’kinganlik bilan solishtirish xalq og’zaki ijodida tarqalgan “oltin davr” afsonasini yuzaga keltirgan edi. Bu afsonaga ko’ra, tarix bekik doira bo’ylab harakatlanadi. Buning sabalari haqida “Xudo shunday hal etgan” yoki “Tabiatning hukmi shunday bo’lgan” kabi javoblar berilgan. Ayni vaqtlarda bu javoblarda tarixning ma’nosi to’g’risidagi masala ham o’ziga xos ravishda qamrab olingan. Lekin insoniyat o’tmishining butun qamrovini Yevropa tafakkurida birinchi marta nasroniy dini pozitsiyasidan turib Avreliy Avgustin (354-430) ifodalab bergan edi. Injilda yozilganlarga tayanib insoniyat tarixini olti davrga bo’ladi. Oltinchisi Iso payg’ambar faoliyat ko’rsatgan davrni o’z ichiga oladi.

Nasroniylik dinining tushuntishicha, tarix, birinchidan chiziqli kechib, unda muayyan yo’nalish, binobarin, ichki mantiq, alohida pirovard maqsadga tegishli muqaddas ma’no mavjud. Ikkinchidan, bu nuqtayi nazarga ko’ra insoniyat tarixi ilgarilama, progressiv kechadi. Bunda Xudo tomonidan boshqariladigan insoniyat ulg’ayib boradi. Uchinchidan, tarix qaytarilmasdir. Ya’ni inson Xudo tomonidan yaratilgan bo’lsa-da, keyinroq yo’l qo’ygan gunohi uchun Yaratgan rahnamoligida o’zini takomillashtirishi lozim.

Sotsiumdagi o’zgarishlar shartlari. Sotsium o’zgarishi mexanizmini o’zlashtirmasdan kishilik dunyosi tizimiy tuzilishi va uning vaqtli dinamikasi to’g’risida muayyan tasavvur hosil etilmaydi. Sotsiumning o’zgarishi esa uni tashkil etgan tomonlar, munosabatlar va aloqadorliklarning har birining muayyan vazifani bajara olishidan iboratdir.

Murakkab tuzilmali tizimlar tabiati shundayki, ularning har biri ko‘p o‘lchamli o‘z funksional bog‘liqligiga ega. Shunga ko‘ra jamiyatning o‘z-o‘zini tutib turishi, o‘z yaxlitligini saqlashi, uning barcha bosqichlarida alohida-alohida olinganida ham funksional bog‘lanishlarning ifodasidir. Ya’ni, har bir tuzilma o‘z tizimi ichida yaxlitligiga ega. Bu yaxlitlik tuzilma darajasidagi kichik funksionallik bilan ta’minlanadi.

Jamiyat holatining funksional tahlilida uni tashkil etgan qismlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning xarakteri va yo‘nalganligi masalasi hamisha muammoli hisoblanadi. Eng umumiy tarzda bu masalaga doir qarashlarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin.

Diniy yo’nalish. Bu yo‘nalishda sotsiumning tashkiliy shakllanishidan tortib, uning turli darajalari funksional mavjud bo‘lishigacha barcha bosqichlardagi holati Oliy yaratuvchi xohish-irodasiga bog‘liq ekanligi asoslanadi. Jamiyatni nima harakatga keltiradi va uning manbayi qayerda, degan masala diniy fenomenning ilk

ko‘rinishi bo‘lgan asotirda dastavval ifodasini topgan. Masalan, Yunon shoiri Gesiodning (yangi eradan avvalgi V asr) poemasida quyidagicha hikoya qilinadi: Olimp tog‘idagi xudolar insonning birinchi avlodini baxtli qilib yaratdilar. Bu avlod yashagan davr oltin asr bo‘lgan.

Kishilar Ikkinchi asrda birinchi, oltin asrdagidek baxtli, kuchda ham, aqlda ham avvalgidek bo‘lmagan va xudolarga ham bo‘ysunmagan. Bundan achchig‘langan Zevs ularni Yer ostida yashashga majbur qilgan.

Zevs yaratgan uchinchi zot va uchinchi — mis asri oldingilariga o‘xshamagan. Kishilarning quroli ham, uy-joylari ham misdan qilingan. Ular bir-birini shafqatsiz talaganlar.

To‘rtinchi asr va yangi kishilar zoti Zevs tomonidan yarim xudo — qahramonlar sifatida yaratilgan bo‘lib, ularning barchasi keyinroq qonli urushlarda qirilib ketadilar.

So‘nggi, beshinchi temir asri kishilar zoti yaratilganidan beri hozirgacha yashab kelmoqda. Kishilar kechasi-yu kunduzi, tinimsiz ravishda og‘ir mehnatga mahkum etilganlar. Ularga ba’zan xudolar tomonidan birmuncha ezguliklar ham yuborilib tursa-da, yovuzlik ko‘proq va hamma joyda mavjuddir. Vijdon xudosi va Adolat kishilarni tashlab Olimp tog‘iga ketib qolganlar.

Kishilik dunyosi funksional holatining asotiriy holati barcha xalqlarda mavjud. Mohiyatan bu izoh keyinroq ancha o‘zgargan holda barcha monoteistik dinlarga ham o‘tgan. Iudaviylik dinning, shuningdek, nasroniylik dinining ham kitobi Injilda keltirilishicha gunohlari uchun Odam va Yeva jannatdan quvilsa-da, ularning avlodlariga e’tibor beriladi. Xudo olamni suvga bostiradi, kishilarning o‘zaro munosabatlari me’yorlarini din amri sifatida aniq belgilab beradi. Bu me’yorlardan to‘rttasida Xudoning buyukligi, qolgan oltitasida esa ota-onani hurmat qilish, o‘g‘rilik, qotillik, bevafolik qilmaslik, yolg‘on guvoh bermaslik va yaqinlarining mulkiga, xotiniga, umuman hech nimasiga ko‘z olaytirmaslik haqida gap boradi.

Nasroniylik kishilik jamiyati turli holatlarini doimo diqqat markazida tutib keladi. Bu dinning bosh g‘oyasi — insonning gunohkorligi va qutqarishlik masalasi hisoblanadi. Odam va Yevadan boshlangan gunohi tufayli kishilar, insoniyatning barcha a’zolari o‘zaro tengdir. Ular uch qiyofada namoyon bo‘ladigan yagona va buyuk xudoga e’tiqod qilib gunohlari uchun tavba-tazarru etishlari lozim.

Nasroniylikda barcha ijtimoiy masalalar shaxs fenomenida jonlanadi. Uning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatlarida Xudo bilan munosabati avtonom, deb olinadi. Shunga ko‘ra u o‘zo‘ zini baholash orqali dunyo taqdiriga mas’uldir.

Islom dinida borliq holati me’yorlari barcha musulmonlar uchun Qur’oni karimda ifodalab berilgan. Bu — har kuni besh martalik namoz, ro‘za, kambag‘allar foydasiga olinadigan zakot, imkon bo‘lganda muqaddas joylarga kamida bir marta qilinadigan haj va hokazolardir. «Albatta, osmonlar-u yerning mulki Allohnikidir. U

o‘zi tiriltiradi, o‘zi o‘ldiradi» («Tavba» surasi, 116-oyat).

Hindiylik dini yo‘nalishlaridan biri vishnuiylikda uchlik —Braxma (olamni yaratuvchi), Vishnu (olamni ehtiyot qiluvchi va homiy) va Shiva (vayron etuvchi) mavjud deb qaraladi. Vishnu inson zotini himoya qiladi, kishilar faoliyatini yo‘naltiradi.

Buddaviylikda xudolar dunyoviy ishlarga aralashmaydi. Yaxshi hayot kechirish insonning o‘ziga bog‘liq. Lekin barcha uchun majburiy bo‘lgan «bironta ham tirik jonni o‘ldirmaslik», «o‘g‘irlik qilmaslik», «birovning xotiniga ko‘z olaytirmaslik», «yolg‘on aytmaslik», «spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik» kabi qoidalar ham mavjud.

Dunyoviy oy’nalish. Jamiyat jarayonlarini o‘rganishda hamda uni funksional tomondan tushuntirishda monistik va plyuralistik yondoshishlar farqlanadi. Ulardan birinchisida sotsium holatini belgilovchisi sifatida iqlim, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lar, dengizlar va h.k. (geografik omil), etnik va irqiy jihatlar (zo‘ravonlik

omili), yashash uchun kurash (biologiyaviy omil), aholi soni, iqtisodiy manfaatlar va sinfiy kurash (marksistik ta’limot) — moddiy omillar olinadi.

Monistik yondashuv asosiga ma’naviy-intellektual omillar, ya’ni inson aql-idrokining rivojlanishi, ilmiy bilimlar, dunyoqarashlar va diniy e’tiqodlar, estetik zavqlanish, mehnat taqsimoti va hokazolar ham qo‘yilishi mumkin.

Plyuralistik yondoshuvga ko‘ra kishilik dunyosi funksional holatida belgilovchi va belgilanuvchi omillar bo‘lmay, ular bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro bog‘liq va taqozo etilgan holda mavjuddir.

Sotsium tashkiliy shakllarning funksional tahlilida alohida e’tiborga molik jihat — birinchidan, kishilik jamiyatining holatini barqaror ta’minlash bo‘lsa, ikkinchidan, uni takomillashtirish, rivojlantirish masalasidir.

Jamiyat holatini barqaror ta’minlash vazifasi mazmuniga ko‘ra dastavval bioruhiy-ijtimoiy mavjudot bo‘lgan insonning o‘zini har doim uning turli faoliyati sohalari orqali takror ishlab chiqarishdan iboratdir. Barqarorlik turg‘unlikni anglatmaydi, albatta. Ijtimoiy tizimning barqarorligiga uni rivojlantirish, optimallashtirish orqali erishiladi.

Inson kishilik taraqqiyoti davomida jamiyat holatining barqarorligi va rivojlanishi jihatidan ketma-ket tarzda quyidagi omillar ta’sirida bo‘lgan:

1. Tabiatning bevosita ta’siri — bunda tashqi va ichki tabiiy kuchlarning ta’sirida inson u yoki bu harakatni amalga oshiradi. Lekin tabiiylikning ham mutlaq xarakterga ega emasligi asta-sekin ma’lum bo‘lib qoladi.

2. Dinlar ta’siri — bunda kishilar o‘z xatti-harakatlari asosiga muayyan ma’no qo‘ydilar. Lekin bu omil ham voqelikka zid kelib qoladi.

3. Axloq — kishilar xatti-harakatlari ma’nosidan qat’iy nazar o‘zlari uchun yaxshi, zarur bo‘lgan faoliyatni amalga oshiradilar. Keyinroq uning ham inqirozi boshlanadi.

4. An’anaviylik — bu kishilarning qabul qilingan me’yorlar asosida o‘z hayotlarini yo‘lga qo‘yishi bo‘lib, albatta, keyinroq bu ham manfaatlarga to‘g‘ri kelmay qoladi.

5. Huquqiy omil — kishilarning taqiqlanmagan barcha faoliyat

turlari bilan shug‘ullana olishi.

6. Kundalik ehtiyojlar — bunda kishilar qanchalik kuchlari yetadi, shunga bog‘liq tarzda o‘zlari uchun foydali bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va hokazo faoliyat turlari bilan band bo‘ladilar.

Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, kishilik jamiyati tavsifida uni nimalardan iboratligini bilishning o‘zi yetarli emas. Uni tashkil etgan tomonlar qanday vazifalarni va qay tarzda bajaradi, degan masalalarga javob berish ham muhim hisoblanadi.

Asosiy tushunchalar
1. Funksional holat — kishilik dunyosi tarkibiy qismlarining o‘zaro mutanosibligida uning va o‘zgarishi, rivojlanishini ifodalaydigan tushuncha.

2. Monizm (yunoncha: bir) — olamni yagona asosda tashkil topganligini izohlaydigan tushuncha.

3. Plyuralizm (lotincha: ko‘plik) — narsa va hodisalarning yagona asosga keltirilmasligini, ularning o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan tarzda turli-tumanligini tushuntiradigan tushuncha.


Savollar va topshiriqlar
1. Kishilik dunyosi funksional holati uning tarkibiy qismlari holatidan nima bilan farqlanadi?

2. Kishilik dunyosi mavjudligining funksional jihati qanday tuzilishga ega?

3. Ijtimoiy tarixni tushuntirishda funksional yondashishning ahamiyati qanday?

4. Kishilik dunyosi jarayonlarida diniy omillarning o‘rnini mulohaza qiling.

5. Dunyoviy qarashlar haqidagi fikringiz?
Amaliy ish


  1. “Tarix” tushunchasini qo’llashning amaliy ahamiy ahamiyati nimada?

  2. “Sotsium”, “jamiyat” va “tarix” tushunchalari o’zaro qanday bog’liqlikda ekanligini tushuntiring.

  3. Sotsium va jamiyatga tadbiqan funksionallikni mulohaza eting.

  4. Jamiyatning funksional holati uning tarixi kechishining omili bo’la oladimi? Buni tushuntiring.

  5. Tarixning ma’nosi bo’lishi mumkinligini tushuntiring.

  6. Ijtimoiy dinamizmni tushuntiradigan nazariyalarni o’zaro solishtiring.

  7. Taraqqiyot tamoyillariga hozirgi davr qanday talablar qo’yadi? Buni rivojlangan mamlakatlar misolida tushuntiring.


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə