O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə6/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58

Asosiy tushunchalar
1. Turon — geografik va tarixiy-etnografik nom bo‘lib, Yer yuzidagi katta pasttekislikni, turklar yurti, dehqonchilikka o‘tib ulgurmagan chorvadorlarning hududiy atalishi va irqiyoraliq kichik guruhni ifodalaydigan tushuncha.

2. Zardushtiylik — ko‘p xudolikdan yakka xudolikka o‘tishdagi bosqichni ifodalaydigan din bo‘lib, Markaziy Osiyoda (Xorazmda) kelib chiqqan va so‘ngra tevarak-atrof yurtlarga tarqalgan, musulmon dini bilan raqobatda barham topgan.

3. Turon sivilizatsiyasi — Jahon-Sharq sivilizatsiyasining tarkibiy qismi, bundan 2,5—3 ming yil ilgari qaror topgan sug‘orma dehqonchilik madaniyati, chorvachilik va shahar madaniyatining uzviy birligini anglatadi.

4. Fath — mamlakat yoki hududni ixtiyoriy yoki kelishuv orqali qo‘shib olish.

5. Zabt — harbiy kuch ishlatib zo‘ravonlik bilan bosib olish.

6. Islomiy lokal sivilizatsiya — islom dini tarqalishi natijasida Movarounnahr-Turkistonda IX—XII asrlardagi sivilizatsiya hamda Temur va temuriylar davrini ham o‘z ichiga oladigan tushuncha.

7. «Temur tuzuklari» — Amir Temurning asari. Unda mamlakat hayoti turli sohalarini boshqarish tamoyillarining sivilizatsiyaviy maqom talablariga muvofiq kelganligi ko‘rsatilgan.

8. Sivilizatsiyaviy rol — bu tushunchada Sohibqiron Temur, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar faoliyatining tarixiy tavsifi ifodasini topgan.


Savollar va topshiriqlar
1. Qadimgi Turonning madaniy-sivilizatsiyaviy maqomi qaysi omillar bilan taqozolangan?

2. Turon tarixidagi kishilik jamiyatlarining an’anaviyligi nimalarda ko‘rinadi?

3. Avesto ta’limoti asosida qadimgi Turon jamiyatining boshqaruvini tushuntirib bering.

4. Turkiston hududida qaror topgan an’anaviylik va jamoaviylikning salbiy-ijobiy tomonlariga baho bering.

5. Turkistondagi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar madaniyatining e’tiborga molik jihatlari nimalardan iborat bo‘lgan?

6. Turkiston sivilizatsiyasida siyosiy-jamiyat almashinuvi qay

tarzda kechgan?

7. Lokal islomiy sivilizatsiyaning xos jihatlari nimada ko‘rinadi?

8. Islom dini tarqalishiga qadar sivilizatsiya yuz berganligining sababi nimada?

9.. Turkiy-islomiy sivilizatsiyaning diniy-ma’naviy va dunyoviy tamoyillari qanday nisbatda?

10 . Yurtimiz allomalarining fanga qo‘shgan hissalari haqida fikrlaringiz?

11. Islomda dunyoviy ilm haqidagi fikrlar?

12. Movarounnahr markazi bo‘lgan lokal sivilizatsiyaning ikkinchi bosqichi Amir Temur shaxsi va faoliyati bilan bog‘liqmi?

13. Alisher Navoiy ijodiyotining sivilizatsiyaviy maqomi nimalarda ko‘rinadi?

14. Zahiriddin Bobur shaxsi va ijodining sivilizatsiya maqomi nimalarda ko‘rinadi?

15. Mustamlakachilikning birinchi davri oqibatlari va ma’rifatparvarlik.


27-28 -§. Mustamlakachilik va uning aksilsivilizatsiyaviy oqibatlari
Sivilizatsiyaviy turg’unlik. Amir Temurning sivilizatsiyaviy maqom talablariga har jihatdan javob beradigan serqirra faoliyati Movarounnahr, Turkistonda uzoq muddat o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va o‘ziga xos taraqqiyotni ta’minladi. Lekin bir qator obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra Temurning vatanida uning yetuk izdoshlari sa’y-harakatlariga qaramay XVI asr boshlarida sulolaviy almashuv sodir bo‘ldi. Yurt Dashti qipchoqdan kelgan Muhammad Shayboniyxon boshliq ko‘chmanchilar tomonidan zabt etildi.

Sharqning an’anaviyligi Movarounnahrga hukmdorlar dashtdan olib kelgan davlat-siyosiy boshqaruv sharoitlarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Kuch — hokimiyat tamoyili to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qildi. Hukmdor irodasiga na din, na odat, va na ayni malikalarning xohishi qarshi tura olmadi. Shundan keyin o‘tgan vaqt mobaynida faqat ikki hukmdor — sulola asoschisi Shayboniyxon va uning avlodidan iste’dodli Abdullaxon II davrida markazlashgan yirik davlat tuzilmasiga ega bo‘lindi. Bu o‘z navbatida yalpi rivojlanishga muayyan ko‘mak bermasligi mumkin emasdi.

Shayboniylar o‘rniga kelgan va ularga qarindosh bo‘lgan Ashtarxoniylar sulolasining yurtda bir yarim asrcha hukmronligi oldingi erishilgan darajani ham saqlab qolish nari tursin, balki ancha orqaga ketishiga olib keldi. Ularning har birida yalpi sivilizatsiyaviy orqaga ketishlik bilan birga u yoki bu sohalarda qandaydir jonlanishni (masalan, sug‘orish tizimida) ham ko‘rish mumkin edi. Lekin bu hududiy umumiy bozorni, XVI asr — XIX asrning birinchi yarmida Turkistondagi sivilizatsiyaviy turg‘unlik xo‘jalik ixtisoslashuvini, siyosiy-etnik va ma’naviy yaxlitlikni ta’minlashga qodir jarayon bo‘la olmagan.

Turkiston hududiy jihatdan o‘ziga xoslikka ega. Masalan, faqatgina O‘zbekiston tarkibiga kirgan hududda Xorazm cheksiz sahro, Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo tog‘lar, Samarqand va Buxoro Qashqadaryodan katta cho‘llar orqali bir-biridan ajralib turadi. Shunga ko‘ra yurtning katta-kichik bekliklarga bo‘linishi, beklarning esa doimo mustaqillikka intilish hissi ustun bo‘lavergan.

Bunday sharoitda ma’naviy sohada o‘zbek xalqi o‘tmish ajdodlari erishgan darajani saqlab qololmasligi aniq edi. Shunga qaramay madaniy hayot so‘nib ham ketmadi. Xonliklarning umumiy darajasidan birmuncha yuqoriroq tarzda adabiyot, san’atning boshqa ba’zi turlari, tarixnavislik, umuminsoniy qadriyatlar hisoblanishi mumkin bo‘lgan an’analar va odatlar, hunarmandchilikning turli tarmoqlari mavjud edi.

Uch xonlik sharoitida ularni birlashtirib, o‘tmishda bo‘lganidek, yaxlit mamlakatni yuzaga keltirishni ziyolilarning ma’lum qismi orzu qilgan.

Rossiya imperiyasi mustamlakachiligining aksilsivilizatsiyaviy oqibatlari.G‘arbiy Yevropada boshlangan industrial sivilizatsiyaning iqtisodiy ehtiyojlari Osiyoning ancha qismini, Amerika, Afrika, Avstraliya qit’alarini mustamlaka maqsadlarida bosib olish va o‘zlashtirishni kun tartibiga qo‘ygan edi. Rossiya davlati esa yangi hududlarni bosib olishda katta qulayliklarga ega edi. Rossiya bosqinchiligi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik siyosatida bo‘lganidek, asosan iqtisodiy manfaatlar bilan cheklanmay, balki siyosiy-harbiy maqsadlarni ham ko‘zlagan edi. Markaziy Osiyoda Rossiya bilan Hindistonda turgan Angliyaning o‘zaro to‘qnashuvi xavfidan tashqari, Rossiyaning Qrim urushida Turkiya va Yevropaning asosiy davlatlaridan yengilganligi uchun Xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining sivilizatsiyaviy oqibatlari turkiy xalqlardan buning muqobilini qaytarib olishi ham ushbu mustamlakachilikdan kutilgan edi. Shu sababdan ham bosqinchilik g‘oyat shafqatsiz kechdi.

Rossiya mustamlakachilari Turkistonning bosib olingan hududlarida hayotning hamma sohalarini o‘z davlati, millati xohishiga ko‘ra o‘zgartirish harakatini boshlab yubordilar. Bosh gubernatorlik tuzildi, uning boshlig‘i podsho noibi, qo‘shinlar qo‘mondoni, kazaklar atamani, bosh mirshab, bosh prokuror, vassallar hisoblangan

Buxoro va Xivaning nazoratchisi edi. Ko‘rinib turibdiki, IX asrning ikkinchi yarmida boshqaruvning bu tarzi shu davrdagi Yevropa sivilizatsiyasida erishilgan maqomga mutlaqo mos kelmagan va sof rus mustamlakachilik edi.

Shahar va qishloqlarni boshqarish ham mustamlakachilik maqsadlariga bo‘ysundirilib, ko‘chirib keltirilgan rus aholi manfaatlariga xizmat qilgan. O‘lka darvozasi lang ochiq — unga Rossiyadan istagan toifadagi aholi kelib mahalliy xalq hisobidan juda ko‘p narsalarga erisha boshlaganlar. Bularni hatto Rossiyaning o‘zida kinoyali tarzda «janob toshkentliklar» deb atashgan. Iqtisodiy jihatdan rus mustamlakachiligi shunda ko‘rinadiki, ulkan boyliklarni talash maqsadida soliq siyosatidan tortib temir yo‘llar qurilishigacha barcha vositalar ishga solindi.

Metropoliya (Markaz) Turkistonga sanoat mahsulotlarini sotish bozori sifatida ham qaragan. Sotilgan mahsulotlar puliga ipak, paxta, teri, quruq mevalar xarid qilinib, markaziy shaharlarga jo‘natilib turilgan.

Mustamlakachilar mavjud bo‘lgan maktablar va madrasalar tarmoqlari xavfli hisoblanib, ruslashtirishni ayni shu sohadan — rus-tuzem maktablari qurishdan boshlashga qaror qilindi.

Tub aholi ma’naviy-ruhiy kechinmalariga zarur ta’sir ko‘rsatadigan musulmon muassasalari — madrasalar, diniy boshqaruv idoralari, oila va nikoh tizimi ishlariga faol aralashuv boshlandi.

Ayni vaqtda mustamlakachilar mahalliy doiralarning ma’lum qismidan boshqaruvning quyi bo‘g‘inlarida foydalanishni lozim topdi.

Xo‘sh, ajdodlari jahoniy sivilizatsiyalar yaratgan mahalliy xalq bularga javoban qanday yo‘l tutdi? Mehnatkash xalq ko‘pincha stixiyali tarzda norozilik bildirib, kurashga chiqa boshladi. Ilgari siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy hukmron bo‘lganlarning nisbatan oz qismi mustamlakachilar olib borgan bosqinchilik, nasoralashtirish va ruslashtirishga qarshi milliy davlat istiqlolini tiklash yo‘lida amaliy va g‘oyaviy kurash olib bordi. Bunga yaqqol misol Madali eshon boshchilik qilgan xalq qo‘zg‘olonidir.

Ma’rifatparvarlik. Turkiston xalqlarining an’anaviy, sharqona ma’rifatparvarlik mafkuralari, jumladan jadidchilik doirasida ham mustamlakachilikka munosabat bildirildi. Ma’lumki, Sharq an’anaviy jamiyatlari sharoitida takrorlanib turadigan ijtimoiy turg‘unlikdan chiqish uchun taraqqiyparvar kuchlar aql-idrokning o‘rni va ahamiyatiga katta e’tibor berganlar. Odatda har bir monistik din payg‘ambarining targ‘ibotidan keyingi davrlar qator mamlakatlarni qamrab olgan umumiy jarayonning ifodasi bo‘lgan.

Ma’rifatparvarlik o‘zini namoyon etishi, mavjud bo‘lishi va o‘zgarishida umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunsa-da, qaysi zaminda qaror topganligiga va qaysi davrda mavjudligiga ko‘ra o‘ziga xosliklarga ega bo‘lmasligi mumkin emas. Ta’kidlash joizki, ma’rifatparlikning umumiy va xususiy namoyon bo‘lishi doimo

o‘zaro bog‘liq.

Turkiston ma’rifatparvarligi agar mafkura tarzida olinsa, uning ijtimoiy zaminini aholining keng qatlami — mehnatkashlar tabaqalari va mulkdorlarning millatparvar qismi tashkil etgan. Albatta, aholining keng qatlami o‘z-o‘zicha ma’rifatparvarlik tashuvchisi bo‘la olmaydi. Aholi bu qismining fikr-o‘yi, xohish-istagi va intilishlari ilg‘or ziyolilar — shoirlar, yozuvchilar, jurnalistlar, huquqshunoslar va boshqalar tomonidan ifodalanadi. Ma’rifatparvarlik shu ma’noda ijtimoiy tus va keng ma’no kasb etgan.

Ma’rifatparvarlikning ijtimoiy qoloqlik va istiqlolni tiklash ehtiyojlari kuchaygan davrini qator boqichlarga bo‘lish mumkin:

Birinchi bosqich XIX asr ikkinchi yarmida hozirgi O‘zbekiston hududi tarkiblariga kirgan xonliklarda va Turkiston guberniyasida yashagan ziyolilarning ma’rifatparvarligini o‘z ichiga oladi.

Ikkinchi bosqich ma’rifatparvarlik jadidchilikdan iborat bo‘ldi. Jadidlik muayyan ma’noda keng hududdagi o‘zining asoslariga ega bo‘lgan. Turkistonda ma’rifatparvarlik jadidchilik harakatida namoyon bo‘ldi.

Jadidchilikning turkiy asoslari. Jadidchilik haqida to‘xtalganda, eng avvalo, Turkistonning o‘zida mavjud obyektiv ehtiyojlar haqida gapirmoq lozim bo‘ladi. Ayni vaqtda turkey dunyoning jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligi, turkiy xalqlarning tarqoqligi, ijtimoiy munosabatlarning turg‘unligi va hokazolarga e’tiborni qaratibgina qolmay, balki ma’rifat orqali ularni bartaraf qilish mumkinligiga ishongan Ismoilbek Gaspiralining (1851—1914) nazariy va amaliy faoliyati muhim ahamiyatga ega. U Rossiya imperiyasi tarkibidagi mustamlaka qilingan turkiy o‘lkalardagi o‘qish-o‘qitish ishini mutlaqo isloh qilishni, dunyoviy fanlarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yishni, ta’limning «usuli jadid» tarzini amalga oshirishni kun tartibiga qo‘ydi. Xususan, o‘zi tuzgan darslik va dastur asosida faoliyat ko‘rsatib, jadid maktablarining qadim maktablardan ustunligini isbotladi. I.Gaspirali, uning «Tarjumon» gazetasi platformasini qabul qilib, hayotga tadbiq etuvchilar jadidlar deb atala boshlandi.

Turkistonlik jadidlarning tan olingan boshlig‘i Mahmudxo‘ja Behbudiyning (Samarqand) «Bilmoq kerakki, haq olinur, berilmaydur », ularning Toshkentdagi yirik vakili Munavvarqori Abdurashidxonovning «Hurriyat olinur, berilmas», Abdurauf Fitratning (Buxoro) milliy istiqlol yevropaviy ma’rifat, ilm-fan, huquq, texnik rivojlanish inson sha’ni kafolatlari orqali qo‘lga kiritilishi to‘g‘risidagi fikrlari ko‘rsatadiki, jadidlar maktab-maorif, matbuotchilik, teatr imkoniyatlaridan yanada yuksakroq ko‘tarilib, siyosiy-huquqiy talablar qo‘yishgacha bordilar. Xususan, siyosiyhuquqiy sohada ular quyidagi masalalarni: Rossiyadan to‘la ajralib chiqish yoxud Rossiya federativ tuzilma bo‘lgan sharoitda uning tarkibidagi milliy-huquqiy muxtoriyatga erishish yoki Rossiya davlati tarkibida milliy-ma’naviy-diniy muxtoriyatga ega bo‘lish masalalarini ko‘tarib chiqdilar.

Bu maqsadlarga erishish uchun zarur siyosiy tashkilotlar va muassasalar kerakligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng jadidchilik faoliyati tashkiliy sohada ham o‘zini ko‘rsata boshladi. Vaqt e’tibori bilan bu Rossiya imperiyasida boshlangan dolg‘ali yillarga to‘g‘ri keldi. 1914—18 yillarda «Miftox ul-maorif», «Ravshan ul-islom», «Ittifoq ul-muslimin», «Miftox-ul-islom», «Sho‘royi Islom», «Sho‘royi Ulamo», «Temur to‘dasi», «Erk sotsialistik partiyasi», «Jadid taraqqiyparvar partiyasi», «Chig‘atoy gurungi» kabi partiyalar, uyushmalar va jamiyatlar faoliyat ko‘rsatdi. Bunday tashkilotlardan 20 tachasi Toshkent shahrida ish boshladi.

Jadidlar istiqlol yo‘lida Turkistonda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar, ular Buxoro va Xivada sovetlar yordamida hokimiyatga keltirilib, o‘lka, ayniqsa, Buxoro boyliklari talandi. Shundan so‘ng boshlanib ketgan ozodlik kurashlari jabhasiga, mafkurachilar soxtakorlik bilan atagan «bosmachilar» chiqdi. Bu kurashchilar islom dini bayrog‘i ostida Farg‘onada 20-yillar o‘rtalarigacha, Buxoro va Xivada 30-yillar boshlarigacha milliy mustaqillikni tiklashga harakat qildilar.

Sovet hokimiyati davrida hukmron tashviqot bilan jadidlarning ma’lum qismi kommunistlar safiga qo‘shildi. Ijodkorlardan ko‘pchiligi yangi tuzumga xizmat qildi. Ammo sotsialistik voqelik ularning jadid o‘tmishini kechirmadi.

Yuqorida aytilganidek, Rossiya mustamlakachiligi Turkiston — O‘zbekistonda ijtimoiy turg‘unlikning barqaror davom etishiga olib keldi. Jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etish uchun mahalliy kuchlarni birlashtirish qiyinlashdi. Bunday sharoitda kuchlarning bo‘lib yuborilishi, o‘zaro muxolifliklar va mojarolar yuz berishiga imkoniyat yaratildi, aniqrog‘i, shunday muhit vujudga keltirildi. Petrograddagi Fevral inqilobi bu jarayonlarni o‘tkirlashtirgan bo‘lsa, Oktabr to‘ntarishi ularni yanada keskinlashtirdi.

Sovet hokimiyati Turkistonda rus bolsheviklari13 tomonidan zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘rnatildi. Ular hokimiyatga kelib Metropoliyada ham, chekka mustamlaka o‘lkalarda ham biroz o‘zgartirilgan holda marksizm ta’limotini hayotga tadbiq eta boshladilar.

Nazariyaning kemtikligi. K.Marks kapitalizmni o‘z ichki ziddiyatlariga o‘ralashib qolgan, salohiyatini oxir-oqibatda tugatadigan tuzum hisoblab, uning go‘rkovini yo‘qsillarda ko‘rdi. Yo‘qsillar zo‘ravonlik bilan o‘rnatgan proletariat diktaturasi davlati xususiy mulkdorlar qarshiligini sindiradi, qurilgan sotsialistik14 jamiyat keyinroq o‘zining yuqori bosqichiga — kommunizmga15 o‘tganida sinflar yo‘qoladi, hech qanday davlatga zaruriyat qolmaydi va erkinlik davri boshlanadi.

Marksistik nazariyadagi bu mantiq va barcha mamlakatlar yo‘qsillarini birlashtirish g‘oyasi inqilobiy kuchlar tomonidan qabul qilindi. Lekin marksizmda

kapitalizmning boshqa holatlarga kirishi, xususan, zarur islohotlar o‘tkazish, yangi shakllarning berishi hisobga olinmagan edi.

Oktabr to’ntarishi va uning halokatli oqibatlari. Rus inqilobchilari sardori Lenin marksizmdan Rossiyada ijtimoiy to‘ntarish qilishda foydalandi. Petrogradda

nisbatan osonlik bilan Muvaqqat hukumatdan (uning ko‘pgina vazirlari Angliyadagi Oksford va Parijdagi Sorbonno kabi oliy maqomdagi universitetlarni bitirgan Oktyabr to‘ntarishi va uning halokatli oqibatlari ziyoli demokrat edilar) hokimiyatni qurolli yo‘l bilan tortib olgan bolsheviklar mavjud dahshatli qiyinchiliklarni bartaraf qilishga

ko‘pdan ko‘p va’dalar berib, boshlanib ketgan fuqarolar urushida ustun keldi. Inqilobchilar umid qilgan jahon inqilobi yuz bermadi.

Lenin, keyin Stalin boshchiligida bolsheviklar insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan eksperimentni boshlab yubordi, kapitalga qarshi zafarli yurish boshlandi. Lekin boshlanib ketgan fuqarolar urushida sobiq podsho tarafdorlaridan tortib don kazaklari-yu islohotparast sotsialistlargacha bo‘lgan kuchlarning qarshiligiga duch kelindi. Qo‘li ustun kelgan kommunistlar vayron bo‘lgan mamlakatda hayotni izga solish uchun bir-biridan dahshatli yo‘llar va vositalarni ishga solishdi.

Mulkdorlarning qo‘lidagi boylikni tortib olib, xo‘jalik hayoti ustidan ishchi nazorati o‘rnatdilar. Qishloqda kambag‘allar boylarga qarshi qo‘yilib, ularning barcha mulklari kolxozga — jamoa xo‘jaligiga olib berildi. O‘zlari esa qul o‘rnida ishlatildi.

Ularning g‘allasi hisobiga chet eldan asbob-uskunalar sotib olingan. Zavodlar bevosita qo‘l kuchi yordamida mutlaqo noinsoniy sharoitlarda qurilgan. Magnitogorsk metallurgiya zavodi qurilishida ishlaganlardan 60 ming kishi turli kasallaklardan o‘lib

ketgan. Ular ichida «quloq» qilingan o‘zbeklar ham bo‘lgan.

Ma’muriy-buyruqbozlik bilan barpo etilgan davlat totalitar tusda bo‘lib, fuqarolar erkinligi cheklangan, kishilar ishlab chiqarish sohasida ham, kundalik hayotda ham doimo qo‘rquv ostida bo‘ldilar.

Lekin fashizmga qarshi urushda hadsiz-hisobsiz qurbonlar evaziga erishilgan g‘oliblik bilan yanada mustahkamlanganligiga qaramay, 50—60-yillarda Sovet davlatiga bo‘lgan e’tiqodga darz keta boshladi. 70—80-yillarda esa ziyolilar tuzumni tobora ko‘proq tanqid qila boshladilar, uning tuzatib bo‘lmaydigan jihatlarini ochiqdan ochiq ko‘rsatdilar (masalan, akademik Saxarov va boshqalar). Ma’murlar

tomonidan bunday harakat aksilinqilobiylikda ayblandi.

Markaziy Osiyo xalqlari o‘zlarining xohish-irodalariga mutlaqo xilof holda bolsheviklarning bu halokatli eksperimenti obyekti bo‘ldi. Mustamlakachilik birinchi davrida bo‘lganidek, bu hududning geosiyosiy o‘rni va ahamiyati V.Leninning diqqat markazida edi.

Shunga ko‘ra Turkistonliklarning milliy davlat istiqloli yo‘lidagi barcha harakatlari shafqatsiz bostirildi. Masalan, 1917-yil 26—27- noyabrda ko‘pchiligini jadidlar tashkil etgan siyosiy kuchlar tomonidan barcha demokratik tamoyillarga ko‘ra Qo‘qon shahrida tuzilgan Turkiston milliy-hududiy muxtoriyati ag‘darib tashlandi. Qo‘qon o‘t ichida qoldi. Hech qachon zamonaviy sivilizatsiya maqomida bo‘lmagan rus inqilobchilari, ayniqsa bolsheviklar barcha vositalarni, hatto o‘zini turkiy xalqlarning ashaddiy dushmani hisoblab kelgan arman dashnoqlarini ham ishga solib Farg‘ona vodiysida qirg‘inbarotlik qildilar. Holbuki, Lenin «millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, ularning g‘ayri millatlar jamoalaridan davlat bo‘lib ajralishi, o‘z mustaqil milliy davlatini tuzishi» mumkinligi to‘g‘risida yozgan edi.



Markaziy osiyo xalqlarining sun’iy ravishda ajratilishi. Sovet davlati «lenincha milliy siyosat» niqobida Markaziy Osiyo xalqlarini bir-biridan ajratib tashladi. Bu ish barcha obyektiv omillarni nazarpisand qilmay amalga oshirildi.

Lekin Metropoliya va u yerdan Markaziy Osiyoga yuborilgan bolshevik rahbarlar til va etnik o‘ziga xoslikni haddan tashqari bo‘rttirib, ataylab ularni hududiy ajralishga olib keldilar. Ko‘pgina mahalliy ziyolilar va rahbarlar turkiy xalqlarni bo‘lib yubormaslik kerak, degan pozitsiyada bo‘lganligi ham boshlab yuborilgan bu

jarayonga ta’sir ko‘rsata olmadi.

Bunday bo‘linish natijasida Yevropa mumtoz mustamlakachiligining oltin qoidasi — «bo‘lib tashla, hukumronlik qil» tamoyilidan foydalanish amalda bo‘ldi. Binobarin, shunday yo‘l bilan mustamlaka ustidan hokimlik qilish oson edi.

Sovetlar davrida amalga oshirilgan «milliy hududiy ajralish» siyosati oqibati o‘laroq tashkil etilgan «ittifoqdosh respublika » va «muxtor respublika» hamda «milliy okrug»lar to‘g‘ridan to‘g‘ri mustamlakachilikni xaspo‘shlash uchun qilingan edi.

Xomashyo manbayi. Sovet davlatining Metropoliya sanoati manfaatini ko‘zlab olib borgan siyosati iqtisodiy sohada paxta yakka hokimligini keltirib chiqardi. Qurilgan zavod va fabrikalar ham asosan shu tarmoq bilan bog‘liq edi. Ularda ishlagan ishchilar va injener-texnik xodimlar asosan rus mutaxassislari edi.

Agrar sohada olib borilgan jamoalashtirish oqibati ayniqsa ayanchli bo‘ldi. Chorvachilikka katta ziyon yetkazildi. Sug‘orib xo‘jalik yurgizishga asoslangan tizim O‘zbekistonda an’anaviy bo‘lib qadimdan bu yurtda hayotni ta’minlab kelgan. Shunga ko‘ra o‘zbeklarni boshqa yurtlarga ochlikdan yalpi ko‘chishi ro‘y bermagan.

Lekin Sovet davlati o‘tkazgan eksperimentlar natijasida «Qizil imperiya»ning boshqa joylarida bo‘lganidek, bu yerda ham bir necha marta ocharchilik yuz berdi. O‘tgan asr 80-yillari oxirida Sovet matbuotida mavjud qiyinchiliklarning ayni shu hodisalar

bilan bog‘liq ekanligi yozilgan edi.



Ma’naviy asorat. Ma’naviyat sohasida mustamlakachilik yanada yaqqolroq ro‘y berdi: ish yuritish rus tilida olib borildi. Bu nafaqat Metropoliyadan yuborilgan amaldorlar mahalliy tilni bilmaganligi, balki shovinistik siyosat bilan ham bog‘liq bo‘lgan.

Millatning guli bo‘lgan ziyolilar qatag‘on qilindi. Ularning o‘rnini egallaganlar salohiyati esa ko‘p hollarda mustamlakachilar talablari darajasida bo‘lgan. Xotin-qizlarga tadbiqan asriy an’analar bilan hisoblashmay, ko‘p hollarda zo‘ravonlik bilan o‘tkazilgan «Hujum» kompaniyasi ancha qurbonliklarga olib keldi.

Maorif, fan va ma’naviy madaniyatning boshqa barcha tarmoqlari qoldiq tamoyilida harakatlanib, bunda ham mahalliy voqelikdan mutlaqo yiroq xayoliy, kishilar turmushi uchun zararli bo‘lgan kommunistik utopiyani targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan edi. Shaxsning o‘rniga, manfaatlariga e’tiborsizlik, barchani baravarlashtirishga urinishlar oqibatlari o‘laroq odamlar layoqatsiz, befarq bo‘lib bordi. Shunga ko‘ra bu sohalarda milliy talablar va ehtiyojlar asosida rivojlanish ta’minlanmadi. Bunday vaziyat O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingunga qadar davom etdi, deyish mumkin.

Shunday qilib, O‘zbekistonda mustamlakachilikning ikkinchi bosqichi sovetcha, o‘ziga xos tarzda kechgan bo‘lsa-da, mohiyatan birinchi davrining davom etishidan boshqa narsa emas edi.

Hozirgi vaqtda sovet hokimiyati o‘rnatilganligigina emas, balki marksistik sotsializm ham sivilizatsiyaviy maqomda bo‘lmagani e’tirof qilinmoqda. Xo‘jalik va madaniy sohada amalga oshirilgan o‘zgarishlar bir tomonlama bo‘lganligi haqiqat. Muayyan erishilgan natijalar ham berilgan behisob qurbonlar evaziga olingan edi.
Asosiy tushunchalar


  1. Mustamlakachilik — o‘z mamlakatidan tashqaridagi hududlarini egallab, u yerlardagi yashaydigan xalqning imkoniyati va kuchidan ayovsiz foydalanishga asoslangan ijtimoiy tartibot.

  2. Jadidchilik — ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘lib, Turkiston taqdiri hal qilinayotgan paytda o‘zbek xalqini g‘oyaviy jihatdan birlashtiruvchi kuch sifatida ish ko‘rgan.

  3. Turkiston milliy-hududiy muxtoriyati — Rossiya davlati federativ asosda tuzilgan taqdirda uning tarkibida bo‘lgani holda milliy manfaatlarga mos siyosiy yo‘l o‘tkazish belgilangan edi. Lekin bolsheviklar tomonidan tor-mor

qilingan.

  1. Marksizm — nemis mutafakkirlari K.Marks va F.Engels ilgari surgan ta’limot u bilan u yoki bu darajada aloqador turli yo‘nalishlar, nazariyalar, qarashlarning keng quramasi bo‘lib, uning markazida yo‘qsillarning tarixiy vazifasini asoslab

berish yotadi. Uning V.Lenin tomonidan to‘ldirilib targ‘ib qilingan varianti

Sovet davlati va ko‘pchilik sotsialistik mamlakatlaridagi tuzumning halokatga uchraganidan so‘ng inqirozga tushib qoldi.



  1. Totalitarizm (lotincha: to‘la, yalpi) — davlatchilik — siyosiy rejim bo‘lib, yagona partiya yoki tashkilotning to‘la hukmronligini bildiradi. Uning tipik ko‘rinishi bo‘lib fashizm va hozir halokatga uchragan kazarma sotsializm hisoblanadi.

  2. Yüklə 3,28 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə