O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104

 

« Psixologiya» fanining vazifasi, talabalarga, shaxs taraqqiyoti va kamoli uchun muhim bo‟lgan 
ijtimoiylashuv omillari, jumladan, undagi fikrlash jarayonlari, fikrning mustaqilligi, salomatligi
ijtimoiy muhitga moslashishi, mehnat faoliyati, professional yuksalishi, ma‟naviyati, mafkurasi, 
oilaviy munosabatlari, turli ijtimoiy guruhlardagi maqomi, shaxslararo muloqoti va konfliktli 
vaziyatlardagi ijtimoiy xulqi va boshqa psixologik hodisalar mohiyatini tushunishga 
ko‟maklashishdan iborat.«Psixologiya» kursini o‟zlashtirganlar quyidagilar bo‟yicha ilmiy va amaliy 
tasavvurlarga ega bo‟lmog‟i lozim: psixologiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‟rni va 
ahamiyati, psixologik bilimlarni amaliyotda tadbiq etish sohalari va yo‟nalishlarini bilish; 
psixologiyaning zamonaviy va ishonchli diagnostik metodlari va ularni konkret ishlab chiqarish 
sharoitida qo‟llay olish; inson e‟tiqodiga ta‟sir ko‟rsatish metodlaridan boxabar bo‟lish; jamoa 
mehnatini tashkil etish va boshqarishdagi psixologik qonuniyatlar, ijtimoiy muloqot va muomalaning 
sirlari; mehnatga to‟g‟ri motivatsiya munosabatini shakllantirish omillari to‟g‟risidagi tasavvurlarga 
ega bo‟lish; shaxsning individual, jinsiy va yoshga boqliq xususiyatlari, yetuklik davrida shaxs 
taraqqiyotining psixologik qonuniyatlari; e‟tiqod va sog‟lom dunyoqarashni shakllantirish omillari, 
har bir ijtimoiy vaziyatda fuqarolik ongi va mas‟uliyatini shakllantirish vositalarini aniqlay olish. 
Quyidagi malakalarga ega bo‟lmog‟i kerak: 
·      o‟zgalarga ta‟sir ko‟rsatish va o‟z-o‟zini boshqarish malakalari; o‟z iqtidori va qobiliyatlarini 
o‟stirish texnologiyalarni o‟zlashtirish; mehnat jamoalaridagi ijtimoiy-psixologik iqlimni o‟rganish 
va uni muvofiqlashtirish malakalari; o‟zining ijodiy faoliyatini boshqarish va mantiqiy fikrlash orqali 
ijtimoiy-psixologik jarayonlarni bashorat qilish. 
Quyidagi ko‟nikmalar bo‟lishi kerak: 
·      o‟z ustida mustaqil va ijodiy ishlash ko‟nikmalari; o‟zgalar mehnati va ijodiy faoliyatini xolis va 
obyektiv baholash; ziddiyatli sharoitlarda o‟zini tuta olish va o‟zgalar ruhiyatini tushunish 
ko‟nikmalarini amaliy faoliyatda qo‟llay bilish.  
 
 
  
                               « PSIXOLOGIYA» 
fanining
  
MAZMUNI 
 
1-MAVZU.  PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
Yangi davr va psixologiya. Psixologiya sohasida XX asrda erishilgan yutuqlar. Fanda yuzaga kelgan 
yangi yo‟nalishlar va yangicha yondashuvlar. Sinergetik yondashuv. Akmeologik yondashuv. 
Psixologiya fanining dolzarbligi. Globalizasiya sharoitida psixologiya o‟rganadigan muammolarning 
dolzarbligi. Insonni o‟rganishning ahamiyati. 
Psixologiya fanining predmeti. Psixologiya fanining predmeti va uning fanda asoslanishi. Psixikaning 
zamonaviy va klassik ta‟riflari. Psixik jarayonlarning namoyon bo‟lish shakllari va ular o‟rtasidagi 
o‟zaro bog‟liqlik. 
Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. AQSh va RFdagi mavjud 
ba‟zi psixologik tarmoqlar klassifikatsiyasi. Bizning sharoitimizda rivoj topayotgan va amaliy tus 
kasb etayotgan psixologiya tarmoqlarining qisqacha tavsiflari. 
Psixologiya fanining metodlari. Psixologiya fanining asosiy metodlari. Kuzatish metodi va uning 
qisqacha tasnifi. So‟rov metodi va uning klassifikatsiyasi. Psixologik testlar va ularning turlari. 
Psixologik eksperiment va uni tashkil etish. Modellashtirishlarning psixologiyalashtirilishi. 
Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida shaxs omiliga nisbatan e‟tibor. 
 
2-MAVZU. PSIXOLOGIYADA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOSI 
 
Shaxs ijtimoiy ta‟sirlar mahsuli sifatida. «Shaxs» tushunchasi. «Homo sapiens» – «aqlli zot» 
tushunchalari. Makro bosqichdagi ta‟sirlar. mikro bosqichdagi ta‟sirlar. Nativizm. Empirizm. 
G.Leybnis, F.Galtonlarning ilmiy tadqiqotlari. 


 

Shaxsdagi sog‟lom e‟tiqod va mafkuraviy tasavvurlarning shakllanishi. Mustaqillik g‟oyasining 
tarkib topish bosqichlari. Milliy istiqlol g‟oyalarini shaxs ongiga singdirish – psixologik muammo 
sifatida. Mafkuraviy targ‟ibotning psixologik mexanizmlari. Insonning tevarak-atrof voqyeyliklariga 
ishonish mexanizmi. Insonning tevarak-atrof voqyeyliklariga ishonish mexanizmi. 
Shaxs ijtimoiylashuvining asosiy mezonlari. Ijtimoiylashuv yoki Sotsializasiya jarayoni. Ijtimoiy 
institutlar. Oila-maktab-mahalla shaxs ijtimoiylashuvining maskanlari sifatida. 
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs hayotiy yo‟nalishining shakllanishi. Shaxs yo‟nalganligining eng 
muhim tarkibiy qismlari. Mas‟uliyat. Maqsadlar va ideallar. Qiziqishlar va e‟tiqod. Iymon. 
Dunyoqarash. 
Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida shaxs ijtimoiylashuviga nisbatan munosabat. 
 
 
 
3-MAVZU. SHAXS FAOLLIGI VA IJTIMOIY XULQINING MOTIVATSIYASI 
 
Shaxs va uning faolligi. Faollik. Tashqi faollik. Ichki faollik. Faoliyat. 
Faoliyat turlari: jismoniy va aqliy harakatlar. Aqliy harakatlar. Perseptiv harakatlar. Mnemik faoliyat. 
Fikrlash faoliyati. Imajitiv faoliyat. Aqliy harakatlarning ko‟rinishlari. Interiorizasiya. 
Eksteriorizasiya. Ko‟nikmalar. Faoliyatni klassifikatsiya qilish. Muloqot, o‟yin, o‟qish va mehnat 
faoliyatlari. Faoliyat motivlari. 
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. «Motiv» va «motivatsiya» tushunchalari. Shaxsning 
jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‟zini tutishi sabablari. Shaxsiy dispozisiyalar. Biologik 
ehtiyojlar. Ijtimoiy ehtiyojlar. 
Motivlarning turlari. Muvaffaqiyatga erishish motivi hamda mag‟lubiyatdan qochish motivi. 
Talabchanlik sifati. 
Motivlarning anglanganligi: ijtimoiy ustanovka va uni o‟zgartirish muammosi. Anglanmagan ijtimoiy 
xulq motivlari. «Attitud» hodisasi. V.A.Yadovning dispozision kontseptsiyasi. Elementar 
ustanovkalar. Ijtimoiy ustanovkalar. Ba‟zaviy ijtimoiy ustanovkalar. Qadriyatlar tizimi. G.Ollport 
bo‟yicha ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimi. 
Moliyaviy inqiroz sharoitida turli faoliyat egalariga bo‟lgan munosabat. 
 
 
4-MAVZU.  SHAXSNING BORLIQNI BILISH JARAYONLARI: DIQQAT, SEZGI, IDROK. 
 
Bilish jarayonlari va professional faoliyat. Professional bilimdonlik. Bilish jarayonlari va ularning 
umumiy xususiyatlari. 
Bilish jarayonlari va ularning qisqacha tasnifi. Sezgi. Idrok. Tasavvur. Xotira. Tafakkur. Xayol. 
Diqqat. Nutq. 
Idrok va idrok qilish qonunlari. Figura va fonda idrok qilish. Rubin figurasi. Idrok qilish 
jarayonlariga xos qonuniyatlar klassifikatsiyasi. Idrok qilish va diqqat. Diqqatni jalb etishning 
universal qoidalari (qonunlari). 
 
  
 
5-MAVZU.  XOTIRA, HAYOL, TAFAKKUR VA MUSTAQIL FIKRLASH SHART-
SHAROITLARI. 
 
Xotira va shaxs tajribasining boyligi. Xotira va ma‟lumotlarning miyada saqlanishiga ta‟sir 
ko‟rsatuvchi omillar. Xotiraning samaradorligi. Eslab qolish xususiyatiga ko‟ra xotiraning turlari. 
Kutilmagan ma‟lumot. Ma‟lumotning mazmun yoki shakl jihatdan bir-biriga yaqinligi. Esda saqlash 
vaqti bilan esga tushirish vaqti o‟rtasidagi farq. Xotiraning sakkiz qonuni. Xotirani rivojlantirish 
yo‟llari. O‟zlashtirilish lozim bo‟lgan ma‟lumotning xotirada saqlanish bosqichlari. Mnemonika yoki 
mnemotexnika. Mnemotexnik usullar. 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə