O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104

 

Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati. Tafakkur. Fikrlash jarayonlarining tabiati. Insayt 
– oydinlashuv. 
Tafakkurning turlari. Nazariy tafakkur. Amaliy tafakkur. Ko‟rgazmali – harakat tafakkuri. 
Ko‟rgazmali-obrazli tafakkur. Mantiqiy tafakkur. Reproduktiv, produktiv yoki ijodiy tafakkur. 
Konvergent fikrlash. Divergent tafakkur. Kreaktivlik sifati. Predikativ tafakkur. Sun‟iy intellekt yoki 
tafakkur. Intuitiv tiplilar. Fikrlovchi tiplar. 
Tafakkur mahsullari va operatsiyalari. Forobiyning fikr yuritish, tafakkur xususiyatlari haqidagi 
fikrlari. Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlari. Tushunchalar. Hukmlar. Xulosalar. Fikrlash 
jarayonini ta‟minlovchi operatsiyalar klassifikatsiyasi. 
Mustaqil fikrlash – sog‟lom ma‟naviyat va tafakkurning alohida xossasi sifatida. Z.Nishonova hamda 
E.Usmanovalarning tafakkur xususidagi qarashlari. Mustaqil fikrlashning zamonaviy ta‟rifi. Jahon 
inqirozi sharoitidaTafakkurni rivojlantirish va mustaqil fikrlash muammosi. 
Mustaqil fikrlash – ijtimoiy-psixologik hodisa. Mustaqil fikrlash. «Subekt-obyekt» va «subyekt-
subyekt» munosabatlari mazmuni. Ta‟lim muassasasi va uning imkoniyatlari. M.Davletshin, 
E.G‟oziyev, Z.Nishonova, R.Sunnatova, R.Tojiboyeva, E.Usmonovalar tafakkur jarayoni bo‟yicha 
olib borayotgan izlanishlari. Tafakkur mustaqilligi. Mustaqil fikr rivojlanganligining mezonlari. 
Talabalar tafakkurida inqiroz tushunchasining talqin qilinishi. 
 
 
6-MAVZU. SHAXSNING INDIVIDUAL  XUSUSIYATLARI VA ULARNI DIAGNOSTIKA 
QILISH. 
 
Individual-tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi. «Individ» va «individuallik» tushunchalari. 
Individuallikni izohlovchi xususiyatlar majmuasi. Temperament. Xarakter. Irodaviy sifatlar. 
Emotsiya (hissiyot)lar va motivatsiya. Ijtimoiy ustanovka. 
Shaxs iqtidori va qobiliyatlari diagnostikasi. Intellekt va uning ta‟riflari. Qobiliyatlardagi tug‟ma va 
orttirilgan sifatlar. Shaxs intellektual salohiyatini shakllanganlik darajalari. Qobiliyatlarning 
psixologik strukturasi. Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi. 
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. Temperament. I.Pavlovning temperament 
xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalari. Nerv jarayonlari va temperament 
tiplari o‟rtasidagi o‟zaro bog‟liqlik. 
Xarakter va shaxs. Xarakter. V.S.Merlinning xarakter xususidagi qarashlari. S.L.Rubinshteyn 
bo‟yicha shaxsning o‟ziga xosligligini ifodalovchi xarakterologik tizim. Faoliyatga nisbatan 
yondashuvlarga xos xarakter tizimlari. Nutqining xususiyatlari. Tashqi qiyofa. Fizionomika. 
Xiromantiya. Konstitusion nazariyalar. 
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining individual xususiyatlarga bog‟liq tarzda talqin qilinishi  
 
7-MAVZU. SHAXS TARAQQIYOTINING YOSHGA BOG‟LIQ XUSUSIYATLARI 
 
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar. Yosh davrlari psixologiyasi. Genetik, tug‟ma 
yoki orttirilgan ijtimoiy omillar. 
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‟lish. Davrlarga bo‟lishga qaratilgan klassifikatsiyalar. J.Piaje 
bo‟yicha intellektni rivojlanish bosqichlari. 1965 yili XFAning maxsus simpoziumida qabul qilingan 
yosh davrlari sxemasi. E.Eriksonning shaxs «Men»ini rivojlanish bosqichlariga tayangan 
klassifikatsiyasi. 
Bolalik – ilk yoshlik davri. 1 yoshdan keyingi taraqqiyot. 3 yoshgacha bo‟lgan taraqqiyot. 
Maktabgacha tarbiya yoshi davri. Bolalikning maktab davri. 
O‟smirlik va o‟spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‟ziga xos xususiyatlari. O‟smirlik davri 
va uning o‟ziga xos psixologik talqini. O‟spirinlik davri xos qonuniyatlar. Professional o‟z-o‟zini 
anglash bosqichlari. Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar. Do‟stlik. Sevgi. 
Yetuklik davri psixologiyasi – Akmeologiya. Levinson tasnifi bo‟yicha yetuklik davrining 
bosqichlari. Akmeologiya va uning lug‟aviy ma‟nosi. Akmeologiya fanining asosiy vazifasi. 
 


 

 
 
8-mavzu 
Shaxs insoniy munosabatlar tizimida.Muomala texnikasi va strategiyasi.Psixologiyada ijtimoiy ta'sir 
masalasi.Samarali ta'sir sirlari 
Insoniy munosabatlar tizimi – shaxs dunyoqarashini shakllantiruvchi birlamchi omil sifatida. 
Shaxslararo insoniy munosabatlarning va sharqona muomalaning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyati va 
o„rni. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari va shart-sharoitlari. Ijtimoiylashuv  
institutlarining bu jarayondagi o„rni: “Oila-bog„cha-mahalla-maktab-maxsus va oliy ta'lim 
muassasalari – mehnat jamoalari” tizimida uzluksiz ta'lim va tarbiya mexanizmlari orqali 
sotsializatsiya jarayonini takomillashtirish.Muloqot texnikasi – verbal va noverbal vositalar va 
ulardan o„rinli foydalanishga o„rgatish muammosi. Muloqot strategiyasi: guruhlarda va shaxslararo 
munosabatlarda monolog, dialog va poliloglarning o„rni. Muloqotga o„rgatish masalasi – sotsial-
psixologik trening. 
Ijtimoiy ta'sirning turlari: ta'sirlanish, ishontirish, taqlid qilish va e'tiqodni shakllantirish. Yoshlarda 
sog„lom e'tiqod va ma'naviyatni shakllantirishning ob'ektiv va sub'ektiv shartlari. Katta guruhlar bilan 
ishlaganda ta'sirning o„ziga xosligi va uni tarbiya jarayonida hisobga olish. 
Shaxslararo muloqotning interaktiv xususiyatlari. Shaxslararo ta'sir zaruriyati va imkoniyatlari. 
Ijtimoiy rollar va ularning ijtimoiy kutishlarga boqliqligi. Alohida shaxsning o„zgalarga ta'sir 
ko„rsatish imkoniyatlari; guruhiy va guruhlararo ta'sir masalalari. Ijtimoiy muloqot jarayonida 
mijozlar va hamkorlikdagi shaxslarga ta'sir o„tkazish yo„llari. Samarali ta'sir sirlari. Ta'sir ko„rsatish 
psixologiyasi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
                          MA‟RUZA VA AMALIY MASHG‟ULOTLARDA O‟QITISH    
         TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING  KONSEPTUAL ASOSLARI 
       
 
O‟zbekiston o‟z istiqlol va taraqqiyot yo‟lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o‟zining munosib 
o‟rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo‟lini ta‟minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy va ma‟rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson 
manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita ta‟lim tizimida tayyorlanayotgan 
mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog‟liqdir. 
Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga 
qurilgan va jahondagi ilg‟or davlatlar ta‟limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash 
tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 1997 yilda qabul qilingan O‟zbekiston 
Respublikasining “Ta‟lim to‟g‟risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta‟lim 
taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi 
ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati jahon andozalariga mos keladigan kadrlar 
tayyorlash masalalariga e‟tiborni qaratib kelmoqda. Dars jarayonini boshqarish va tashkillashtirishda 
professor-o‟qituvchining bilimi, tajribasi, ko‟nikmasi, ilmiy-pedagogik salohiyati, mahorati, 
qobiliyati asosiy omil hisoblanadi. Shunga ko‟ra, jumladan ma‟ruzani oddiydan murakkabga qarab 
rivojlantirib qo‟llaniladigan o‟quv qo‟llanmalar va vositalar tayyorlanadi. O‟quv xonasi dars uchun 
tayyorlab qo‟yiladi. 
 
O‟qituvchi ma‟ruza qila turib quyidagilarga e‟tibor qaratadi: 
 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə