O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104

 
225 
1)  agglyu-tinatsiya  -  еlimlash,  bir  nеcha  obrazdan  yangi  obraz 
yaratish - masalan - suv parisi, kеntavr, uchar ot -  pеgas  va hokazo 
fantastik obrazlarni yaratish.  
2)  gipеrbolizatsiya  -  bo`rttirish  yoki  kichraytirish  (Gullivеr 
sarguzashtlarini eslang). 
3)  qayd  etish-narsa  va  hodisalarning  eng  muhim  bеlgilariga 
diqqatni jalb qilish (O`rtoqlik hazili, sharj).  
Bulardan  tashqari  tipiklashtirish,  orzu  xayol  (uchar  gilam  - 
samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaqlida ham bo`ladi. 
Bolalar o`yini ham, konstruktor tasavvuri ham ijodiy xayol, lеkin 
mazmuni va opеratsiyalari bir-biridan farq qiladi.  
 
 
                                         T A F A K K U R 
 
T a ya n ch     s o’ z     v a     i b o r a l a r : 
 
Tafakkur,  nuqt,  logika,  tafakkur  psixologiyasi,  uning 
turlari.  Tafafkkur  operasiyasi,  analiz,  sintez,  taqqoslash, 
umumlashtirish, 
mavhumlashtirish, 
klassifikasiyalash, 
sistemalashtirish. 
 
 
Kishining  butun  hayoti  uning  oldiga  hamisha  jiddiy  va 
kechiktirib  bo’lmaydigan  vazifalar  va  muammolarni  qo’yadi. 
Bunday  muammolarning,  qiyinchiliklarning,  tasodiflarning 
yuzaga  kelishi  atrofimizdagi  voqelikda  hali  juda  ko’p 
noma’lum,  tushunib  bo’lmaydigan,  kutilmagan,  yashirin 
narsalar borligidan  dalolat  beradi. Demak, olamni chuqurroq 
o’rganib,  unda  odamlar  va  narsalarning  tobora  yangi-yangi 
jarayonlarini,  xususiyatlarini  va  o’zaro  munosabatlarini 
ochish lozim. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, hayot va 
faoliyat  davomida  har  bir  individ  narsalarning  qandaydir 
yangi,  ilgari  ma’lum  bo’lmagan  xususiyatlariga  duch  keladi. 
O’tmishdagi  bilimlarimizning  kamligi  bilinib  qoladi.  Koinot 
cheksiz  bo’lganidek,  uni  bilish  jarayoni  ham  cheksizdir. 
Tafakkur  hamisha  hali  bilib  olinmagan,  yangilikning  ana 
shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo’ladi. 
Tafakkur-jiddiy  ravishda  yangilikni  qidirish  va 
ochishga  bog’liq,  aloqador  psixik  jarayondir,  uning 
tahlili  va  sintezi  jarayonida  voqelikni  bavosita  va 
umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy 


 
226 
faoliyat  asosida  hissiy  bilishlardan  paydo  bo’ladi  va 
hissiy  bilish  chegarasidan  ancha  tashqariga  chiqib 
ketadi. 
Tafakkur-bu  predmet  va  hodisalarning  umumiy 
xususiyatlarini  aks  ettirish,  ular  o’rtasidagi  qonuniy  aloqalar 
hamda  munosabatlarni  topish  jarayonidir.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  tafakkur-bu  borliqni  umumlashtirilgan  holda  va 
bevosita  aks  ettirishdir.  Tafakkur-inson  aqliy  faoliyatining 
yuksak  shaklidir.  Istalgan  ixtiyoriy  faoliyat,  u  xoh  o’quv,  xoh 
ishlab  chiqarish  faoliyati  bo’lsin,  uning  natijalarini  oldindan 
ko’rishni  albatta  talab  qiladi.  Biroq  oldindan  ko’rish  uchun 
dalillarni  umumlashtirish  va  shu  umumlashmalar  asosida 
xuddi  shunga  o’xshash  boshqa  dalillarga  ham  tadbiq  etish 
mumkin  bo’lgan  xulosalar  chiqarish  kerak  bo’ladi.  Bu 
ikkiyoqlama  yondashish  yakkadan  umumiyga,  umumiydan 
yakkaga-tafakkur orqali amalga oshiriladi. Voqelik tafakkurda 
idrok  va  tasavvurlardagiga  qaraganda  chuqurroq  va  to’laroq 
aks  etadi.  Narsa  vahodisalar  o’rtasidagi  eng  muhim 
bog’lanishlar  va  munosabatlar  tafakkur  yordami  bilan 
ochiladi.  Binobarin,  tafakkur  insonning  shunday  aqliy 
faoliyatidirki,  bu  faoliyat  voqelikni  eng  aniq  (to’g’ri),  to’liq, 
chuqur  va  umumlashtirib  aks  ettirishga  (bilishga),  insonning 
tag’in  ham  oqilona  amaliy  faoliyat  bilan  shug’ullanishiga 
imkon beradi. 
Bilish  faoliya  sezish  va  idrok  qilishdan  boshlanadi  va 
keyin  tafakkurga  o’tib  ketishi  mumkin.  Biroq  istagan 
tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha  hissiy 
bilish bilan, ya’ni sezgi, idrok va tasavvurlar bilan bog’langan 
bo’ladi.  Tafakkur  faoliyati  o’zining  butun  «materialini»  faqat 
bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar 
va  idrok  qilish  jarayonlari  orqali  tashqi  olam  bilan  bevosita 
bog’lanadi  hamda  shu  tariqa  olamni  aks  ettiradi.  Bu  aks 
ettirishning  to’g’riligi  (adekvatligi)  amaliy  faoliyat  orqli  tabiat 
va jamiyatni amaliy o’zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib 
turiladi. 
Bosh  miya  po’stining  biron  bir  sohasi  emas,  balki  bosh 
miyaning  butun  po’sti  bajarayotgan  faoliyat  tafakkurning 
nerv-fiziologik  negizidir.  Analizatorlarning  miyaga  borib 
tutashgan  uchlari  o’rtasida  vujudga  keladigan  murakkab  va 


 
227 
muvaqqat bog’lanishlar tafakkur  qilish  uchun birinchi galda 
ahamiyatga ega. Tafakkurni yo’naltirib turadigan asosiy nerv-
fiziologik negiz shunday yo’l ko’rsatib turuvchi refleksdirki, bu 
refleks  tafakkur  qilish  jarayonlarida  katta  rol  o’ynaydi. 
Tafakkur  qilish  jarayoni  biror  psixik  elementlarning 
shunchaki 
bir-biri 
bilan 
almashinishi 
tarzida 
voqe 
bo’lmasdan,  balki  alohida  aqliy  operasiyalar-biz  idrok 
qilayotgan  yoki  tasavvur  qilayotgan  narsalar  ustida, 
umumiylashgan  va  amalda  tushunchalarga  ega  bo’lgan 
ob’yektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo’ladi. 
Taqqoslash, 
analish 
va 
sintez, 
abstraksiya 
va 
umumiylashtirish, konkretlashtirish, klassifikasiya (tasnif) va 
sistema  (tizim)ga  solish  aqliy  operasiyalarning  asosiy 
turlaridir.  
Taqqoslash-shunday  bir  aqliy  operasiyadirki,  bu 
operasiya  ayrim  narsalar  o’rtasidagi  o’xshashlikni  yoki 
tafovutni,  tenglik  yoki  tengsizlik  borligini,  bir  xillik  yoki 
qarama-qarshilik  borligini  aniqlashda  ifodalanadi.  Amaliy 
taqqoslash 
bir 
narsani 
ikkinchi 
narsaga 
solishtirib 
ko’rilayotganda,  masalan,  bir  qalamni  ikkinchi  qalamga, 
o’lchov 
chizig’ini 
taxtaga 
va 
kabilarga 
solishtirib 
ko’rilayotganda 
sodir 
bo’ladi. 
Taqqoslash 
tasavvur 
qilinayotgan  yoki  qilingan  narsalarni  bir-biriga  fikran 
solishtirib ko’rish yo’li bilan hal bo’ladi. 
Analiz-  narsani  tarkibiy  elementlarga,  qismlarga  yoki 
tarkibiy  belgilarga  bo’lish  demakdir.  Analizning  qismlarga 
uning 
elementlariga 
bo’lgan 
munosabati 
aniqlanadi. 
Psixologiyani  o’rganish  vaqtimizda  har  bir  psixik  jarayonni 
bir-biri bilan taqqoslabgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, 
analiz  ham  qilamiz.  O’qish  mashg’uloti  vaqtida  tafakkurning 
analiz  qilish  faoliyati  katta  o’rin  tutadi.  Chunonchi,  savod 
o’rgatish  odatda  nutqni  analiz  qilishdan:  gapni  so’zlarga, 
so’zlarni  bo’g’inlarga,  bo’g’inlarni  tovushlarga  ajratishdan 
boshlanadi. 
Sintez-analizning  aksi  yoki  teskarisi  bo’lgan  tafakkur 
jarayonidir.  Bunda  tarkibiy  qismlar  yagona  bir  butunga 
birlashadi.  Analiz  va  sintez  bir-biri  bilan  chambarchas 
bog’langandir,  chunki  fikr  jarayonining  ayrim  bosqichlarida 
birinchi  o’ringa  analiz  yoki  sintez  chiqadi.  Sintez 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə