O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim



Yüklə 49,49 Kb.
səhifə2/7
tarix23.06.2022
ölçüsü49,49 Kb.
#89962
1   2   3   4   5   6   7
Temiryo'l transporti quraqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir. Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi vaqtda jahon temiryo'llarining umumiy uzunligi 1,2 mln. km ni tashkil qiladi. Ammo temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy uzunligining yarmi AQSh, Kanada , Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat «birinchi o'nlik» mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi.
Quviir transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko'p miqdorda qazib chiqariladigan va ularni iste'mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan. Jahon neft va gaz quvurlarining umumiy uzunligi 1,5 mln. km dan iborat. Bu ko'rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Asosiy neft quvurlari tarmog'i neft qazib chiqaruvchi va uni iste'mol qiluvchi yirik davlatlar (AQSh,Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Kanada, Xitoy va boshqalar)da, neft eksport qiluvchi (Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Jazoir, Liviya, Meksika, Venesuela) va iste'mol qiluvchi
(Fransiya) mamlakatlarida mavjud. Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan.
Suv transport! dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi.
Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Bu tarmoq awalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit'alarni bog'lab turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida ahamiyatli. Shuningdek, asosan dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'nacha 4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda.
Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida dengiz bo'g'izlari va xalqaro kanallarning ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo'llarining eng serqatnov chorrahalari hisoblanadi.
Ichki suv (daryo va ko'l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko'ra ancha kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko'l transporti yo'llari uzunligiga ko'ra jahonda Rossiya, Xitoy, AQSh, BraziUya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo'llari orqali yuk tashishda AQSh, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda.

Yüklə 49,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə