O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim



Yüklə 49,49 Kb.
səhifə3/7
tarix23.06.2022
ölçüsü49,49 Kb.
#89962
1   2   3   4   5   6   7
Havo transporti barcha transport tarmoqlari orasida alohida xususiyatlarga egahgi bilan ajralib turadi. Boshqa transport tarmoqlaridan uning ustunligi yuk va yo'lovchilarni uzoq masofalarga juda qisqa vaqt davomida yetkazib qo'yishidir. Shu sababli ham uning ahamiyati doimo oshib bormoqda. Jahon bo'yicha yo'lovchilar tashish hajmi so'nggi 40 yil ichida 60 baravarga yaqin o'sdi. Havo transportida tashilayotgan yuk va yo'lovchilarning 45 foizi ichki va 55 foizi xalqaro aloqalar hissasiga to'g'ri keladi. Xalqaro aloqalar so'nggi davrlarda, ayniqsa, Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlari o'rtasida faol kechmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra Atlantika okeani ustida bir vaqtning o'zida yuzdan ortiq havo laynerlari har ikki tomonga qarab harakatda bo'ladi.
  1. Transport tizimining xozirgi rivojlanish jarayonlari


Sanoat, qishloq xo’jaligi bilan bir qatorda transport moddiy ishlab chiqarish jarayonida markaziy o’rinni egallaydi. Transport iqtisodiy tizimda yuklarni va yo’lovchilarni tashish orqali ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadi xamda aholining xarakatchanligini ta’minlaydi. Transport yangi maxsulotlar yaratmaydi, balki moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari tomonidan yaratilgan maxsulotlarni bir joydan-ikkinchi joyga olib boradi va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirish xamda qo’shish orqali yangi ishlab chiqarish tizimini davom etishi uchun shart-sharoit xozirlaydi. Xuddi shu xususiyat maxsulotlar qiymatida transport xarajatlari miqdorining ortishiga olib keladi.
Yalpi transport xarajatlarining iste’molchiga kelib tushgan maxsulotning to’la qiymatiga bo’lgan nisbati maxsulot qiymatining transport tarkibiy qismi koeffitsienti deb ataladi. Transport tarkibiy qismi xom-ashyo, yoqilg’i maxsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yordamchi materiallarni keltirish uchun ketgan xarajatlardan tarkib topadi xamda uni iste’mol rayonlariga yetkazib berish uchun sarf bo’lgan xarajatlarni xam o’z ichiga oladi. Transportga ketgan xarajatlar miqdori qancha kam bo’lsa, iste’molchiga yetib borgan muayyan maxsulotning to’la narxi shuncha past bo’ladi. SHuning uchun xududiy faktor, ya’ni ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil qilinishi va transport-iqtisodiy aloqalarning oqilona bo’lishi yuk tashish uchun ketgan xarajatlarning kamayishiga olib keladi.
Yuk tashishning xajmi, tarkibi va yo’nalishlari, mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ko’rsatsa, transport turi aholi va ishlab chiqarishning joylashishini ifodalaydi. Transport tarmoqlarining rivojlanganlik xolati rayonlarning ixtisoslashuviga, xo’jalikni majumali taraqqiy etishiga muayyan sharoit xozirlaydi. Transport xududiy (geografik) mexnat taqsimotini yuzaga kelishining moddiy-texnik asosidir.
Ilmiy-texnika inqilobi ta’sirida transport tizimining rivojlanishi ishlab chiqarish quvvatlari tarkibidagi jiddiy o’zgarishlar, xalqaro tovarlar bozoriga
tashiladigan yuklarga extiyojning o’sishi va transport xizmati sifatiga yangi talablarning yuzaga kelishi bilan bog’liqdir. Bu yerda keskin raqobat natijasida asosiy kapitalning yangilanish zaruriyati tobora yaqqolroq namoyon bo’lmoqda. ITIning xalqaro transport bozorida xarakterli natijasi-doimiy turli transport turlari raqobatbardoshligining o’sishi, ularning o’zaro aloqadorligi, saloxiyatining kuchayishi va integratsion aloqalarning rivojlanishidir.
Transport bozoridagi keskin raqobat kurashi, ayniqsa, quruqlik transport turlari - temir yo’l, avtomobil, quvur transporti va daryo (yuklarni dengiz portiga olib beradigan) yo’nalishlarda kuchlidir. SHuningdek, ITI bilan paralel ravishda transport vositalarining monopollashuvi raqobatni yanada kuchaytirmoqda. Transport tizimi o’zining texnik darajasi, ko’lami, tashkiliy shakli, xalqaro yuk va yo’lovchi tashish sifati bo’yicha mijozlarning yangi talablariga moslashmoqda. Bunda xatto xarajatlarga nisbatan transport xizmati sifati bosh omil rolini uynamoqda.
Bu yangi talablar quyidagilar bilan bog’liqdir:

  • yuk jo’natish ko’lamining ortib borishi, ishlab chiqarish texnologik jarayonlaridagi xududiy farqlar va yuk tashishdagi mayda partiyalar, yuk tashishning tabaqalanishini kuchayishiga;

  • transport xarajatlari o’sishi tufayli yuk tashish samaradoriligini ko’tarishga intilish;

  • iqtisodiy aloqalar tarkibining o’zgarishiga moslashuv zaruriyati;

  • yo’lovchi va yuk tashishni doimiy va bir maromda ta’minlash;

  • yuklarni tashishdagi tezkorlik va saqlash darajasining ortishi;

  • asosiy transport magistrallari (yo’lak) va transport tugunlarida ishlab chiqarish va aholining xududiy to’planishi sharoitida intensiv xarakatning o’sib borishida xarakat xavfsizligini ta’minlash zaruriyati;

  • xalqaro yo’lovchi tashish aloqalarida qulayliklariga bo’lgan talabning keskin ortishi;

  • transport turlari rivojlanishiga bo’lgan ekologik talabni xisobga olish zaruriyati;

  • transportni energiya talabligini ozaytirish zaruriyati.

SHunday qilib, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllarining rivojlanishi bilan transport xizmat ko’rsatish sifati aloxida axamiyat kasb etmoqda.
Yuqoridagi omillar o’z navbatida yuk tashishda avtomobilь va xavo transportining ustun darajada rivojlanishiga, xalqaro transport kommunikatsiyalarining takomillashuviga, infratuzilmalar tizimining modernizatsiyalashuviga, transport vositalari aylanmasining tezlashuvi, aloqalarda qayta yuklamay aralash yuk tashish intensivligi ortishiga, transport vositalari va xizmatlarning mos ixtisoslashuviga, xalqaro axamiyatga ega bo’lgan yirik ixtisoslashgan transport-taqsimlash markazlarini tashkillanishiga olib kelmoqda.
Transport tizimida yuqoridagi o’zgarishlar asosida yuk tashish tarkibida jiddiy siljishlar iste’molchi tovarlari qiymati tarkibiga o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Transport tizimi rivojlanish jarayonida 2 bosqich mavjud:

    1. kapitalning dastlabki jamg’arilish davri va industrial rivojlanish bosqichida yuk tashish xajmida nisbatan arzon yuklar 30-40% va undan ko’proq bo’lib, transport tarmoqlarining asosiy vazifasi transportda yuk tashish xarajatlari xissasini pasaytirishdan iborat edi. Bunga transport vositalari yuk ko’tarish quvvatlarini oshirish va yuk xajmlarini iqtisod qilish orqali erishildi;

    2. postindustrial bosqichga o’tish transport tarmoqlari oldiga mutlaqo yangi vazifalarni qo’ydi. Bundan tashqari, transport tizimini tubdan o’zgartirmay uni taqsimlash - logistika tizimiga aylantirmay dunyo xo’jaligining postindustrial bosqichga o’tishi mumkin emas.

Bu jarayon - ishlab chiqishni takomillashtirilishi va tabaqalanishi, xalqaro savdoda tovarlar tarkibi modernizatsiyasi bilan, ya’ni qazib beruvchi tarmoqlar va ishlov beruvchi sanoatning birinchi tarmoqlari xamda qishloq xo’jaligi maxsulotlari xissasining qisqarishi bilan bog’liq. Ayni vaqtda yuksak texnologiyaga asoslangan ishlov beruvchi sanoat maxsulotlari qiymati keskin ortib bormoqda, tobora ko’proq-aniqlik, ishonchlilik, kompaktlilik, xavfsizlik,
transport to’rining istagan joyida ma’lumotlar olish, transport xizmatining javobgarligi va moslanuvchanligi, yuklarni yetkazib borish vaqtini optimallashtirish, jo’natish oraliqlari kabi omillar xatto ishlab chiqarish xarajatlarini xam ikkinchi o’ringa surib qo’ymoqda. Yuk tashishning aniq o’z vaqtida amalga oshirish tamoyili tufayli mijoz talabining ustuvorligi ta’minlanmoqda.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi tashkiliy o’zgarishlarda doimiy rivojlanib va murakkablashib borayotgan bozor extiyojlariga moslanuvchan kichik va o’rta biznesning (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish) roli katta bo’lmoqda. Ana shu o’zgarishlar ta’sirida shakllangan transport-logistika tizimi o’zida intermodelь (tarmoqlararo) tizimni ifoda etadi, ya’ni aniq yukni bir yoki bir nechta transport turida eltib beradi. SHuning uchun unchalik katta bo’lmagan partiyada qimmatbaxo yukni oldingi ommaviy yuk tashishda bo’lgani kabi arzon tashib bergan xolda yukning but saqlanishini ta’minlash masalasi xam yuzaga keladi. Xilma-xil yuklarni standartizatsiyalash orqali transport yuklarning yangi tarkibiga moslashdi. 50-60 yillardagi ommaviy yuklarni tashishda yuqori samara bergan «ko’lamdagi iqtisod» tamoyilini bosh yuklarni tashish standartizatsiyasiga tadbiq qilish yuk jo’natishlarni yiriklashuvi va oqimlarining barqarorlashuviga olib keldi. Konteynerlardan foydalanish standart transport vositalariga amalda transport jarayonlari uchun yangi talablarni qo’ydi. SHunday qilib, konteynerlar asosida transport vositalari va jixozlarini standartizatsiyalash butun transport tizimini, qolaversa, dunyo xo’jaligini qayta qurishga olib keldi.
Dunyo bo’yicha 90-yillarning o’rtalarida konteynerlar 7,5 mln. dona bo’lib, buning 3,4 mln.donasi 6 m.uzunligida, 4 mln.donasi - 12 m.uzunlikdadir. Konteynerlashtirishga - yirik transport tugunlari, ayniqsa dengiz portlari katta ta’sir ko’rsatdi. Transport tizimi ishlab chiqarish va taqsimlash tizimining integratsiyasini va intermodelь transport xizmatiga bo’lgan extiyojning qondirilishi va samaradorligini ta’minlamoqda. SHunday qilib, intermodelizm bugungi kunda xalqaro bozor tizimining markaziy bo’g’ini bo’lib qolmoqda.
  1. Xalqaro transport tizimining asosiy ko’rsatkichlari


Dunyo xo’jaligi transporttabelligining o’zgarishi 50-yillardan keyin barqarorligi bilan ajralib turadi va yuk aylanmasi va umumiy yalpi maxsulot (o’zgarmas narxlarda) o’sish sur’atlariga bog’liq xolda bordi. Bu davrda xalqaro yuk aylanmasi 1 t. ishlab chiqilgan maxsulotga nisbatan 33%, aholi jon boshiga yuk aylanmasi va aholi xarakatchanligi (km) esa 3,5-4 marta o’sdi.
Xalqaro transport tizimi va uning dinamikasi 9-10-11-12 jadvallarda o’z ifodasini topgan.
Umumiy transport turi va aloqa yo’llari keyingi o’n yilliklarda sezilarli darajada barqarorlashdi va ayni vaqtda muxim sifat o’zgarishlari temir yo’llarni elektrlashtirish va tez yurar temir yo’llar qurilishi, takomillashgan qattiq qoplamga ega avtomobilь yo’llari, yirik diametrdagi quvur magistrallari bilan bog’liqdir. Yer sharidagi barcha aloqa yo’llari (dengiz trassalaridan tashqari) 36 mln.km.iborat. keyingi 45 yil davomida temir yo’llar deyarli o’zgarmay qolgani (1,2 mln.km) xolda elektrlashtirilgan temir yo’llar va tez yurar temir yo’llar 3,3 martaga ko’paydi (200 ming.km) xamda sifat jixatidan takomillashtirilgan avtostradalar 2,8-4,5 marta ko’paydi. Ayniqsa, xalqaro transport turlari o’rtasida ITI bilan bog’liq yirik neftь quvurlari 175 ming km.dan 680 ming km.ga yetdi yoki 3,9 marta ortdi va magistral gaz quvurlari 186 ming km.dan 1,1 mln.km yetdi va 5,9 marta ko’paydi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida yangi temir yo’l, avtomobilь yo’llari va neftь-gaz quvurlari qurilishi yanada kengayib bormoqda. Jumladan, kun chiqar mamlakatlarni (Xitoy, Koreya, Yaponiya), Eron, Turkiya va Farbiy Yevropaning Janubi bilan tutashtiradigan Transosiyo magistrali (Istanbul-Toshkent-Olmaota-Pekin) muxim iqtisodiy axamiyatga egadir. Bu magistralning Drujba stantsiyasi (qozog’iston), Turkmanistonda Tajan-Saraxs va Eronda Saraxs-Mashxad yo’nalishlari foydalanishga topshirildi. Bu yo’ldan O’zbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining Buxoro-Beynau orqali Yevropa mamlakatlariga va Tajan-Saraxs orqali Yaqin SHarq mamlakatlariga chiqish imkoniyati yuzaga keldi. SHuningdek, Yevropa va Osiyoni bir-biri bilan
bog’lovchi «Buyuk ipak yo’li»ning qurilishi, «Kavkaz yo’lagi»ning barpo etilishi, shu qatori yirik neft va gaz magistrallarining qurilishi Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida, mavjud temir yo’llarning rekonstruktsiyalash Yevropa mamlakatlarida xam davom ettirilmoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro ko’lamda yuk tashish xajmi kariyib 7 martaga ko’paydi va 2010 yilga borib yana 1,2-1,3 marta o’sishi kutilmoqda.
Xalqaro yuk tashishda dengiz transporti asosiy o’rin tutadi va unga xalqaro yuk aylanmasining 62,1% to’g’ri keladi va bu ulush o’zgarmay qolmoqda. SHuningdek, xalqaro yuk aylanmasida temir yo’l transporti xissasi keyingi 45 yil ichida 17,2 foizga qisqargani xolda avtomobil transporti xissasi - 2,8 foizga, neft quvuri xissasi 4,8 foizga, gaz quvuri xissasi 3,2 foizga o’sdi. Xavo transportida yuk tashish 7 mlrd. tFkm dan, 52 mlrd. tFkm.ga yetgani xolda yoki 7,4 marta ko’payganligiga qaramay, umumiy yuk tashish xajmidagi uning xissasi o’zgarmay qolmoqda. Ayni vaqtda, transport turlari o’rtasida yuk tashish tarkibida jiddiy o’zgarishlar yuz bermoqda. CHunonchi, temir yo’l transportining bosh raqobatchisi xisoblangan avtomobil transportida yuk tashish nisbati 1990 yilda 4:1 dan 1,2:1 ga tushdi va 2000 yilda bu xolat tenglashdi. quvur transportining xissasi esa 4,2% dan 12,8 foizga yetdi.
Xalqaro yo’lovchi tashishda avtomobil transporti, ayniqsa xususiy avtomobil tranporti xissasi yuqori bo’lib, yetakchi mavqeni deyarli saqlab qolmoqda. Agar 1950 yilda xalqaro yo’lovchi tashishda shaxsiy avtomobil tranporti xissasiga 56,8% to’g’ri kelgan bo’lsa, 1995 yil - 60,3 foiz to’g’ri keldi.


  1. jadval



Yüklə 49,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə