O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim


jadval Transport turlarida xalqaro yuk aylanmasi. 1993 yil% xisobida



Yüklə 49,49 Kb.
səhifə5/7
tarix23.06.2022
ölçüsü49,49 Kb.
#89962
1   2   3   4   5   6   7

jadval


Transport turlarida xalqaro yuk aylanmasi.

1993 yil% xisobida.







Mintaqalar

Transport turlari.

Avtomobil transporti

Temir yo’l transporti

Suv (daryo va kabotaj)

quvur transporti (neft va tabiiy
gaz

Rossiya

9

46

5

40

SHimoliy

26

28

18

28

Amerika













FarbiyEvropa

67

19

8

6

SHarqiy
Yevropa

9

78

2

11

Yaponiya

40

9

51

-

Demak, turli mintaqalardagi aloqa yo’llari, transport yo’llari zichligi, yuk va yo’lovchi tashishdagi ulushi transport tarmoqlarining o’zaro aloqadorligi va uyg’unlashuvi turlicha ekanligi bilan ajralib turadi. Barcha mintaqalardagi transport tizimi birgalikda xalqaro transport tizimini tashkil qiladi.


  1. Transport tulari. quruqlik transporti.


Temir yo’l transporti xalqaro yuk va yo’lovchi aylanmasida xissasi qisqarib borayotganligiga qaramay muxim transport vositasi bo’lib qolmoqda va sezilarli ravishda sifat o’zgarishlarni (elektrlashtirish va tez yurar temir yo’llar qurilishi) boshdan kechirmoqda. Dunyo bo’yicha temir yo’llarning umumiy uzunligi 1,2 mln.km. bo’lib buning 200 ming km. elektrlashtirilgandir.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda temir yo’llarni elektrlashtirish, monorelьsli va magnit osilmali yo’llar qurish davom etmoqda. Dunyodagi 140 dan ortiq mamlakatda temir yo’llar bo’lishiga qaramay, 50% temir yo’llar «o’nlikka» kiruvchi mamlakatlar - AqSH, Rossiya, Kanada, Xindiston, Xitoy, Avstraliya, Argentina, Frantsiya, GFR va Braziliyada joylashgan. Mavjud temir yo’llarning 650 ming km yoki 54% iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga, 31% (380 ming km) bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarga va 29% (320 ming km) rivojlanayotgan mamlakatlar xissasiga to’g’ri keladi.
Temir yo’l tarmoqlarining zichligi jixatidan Yevropada Belьgiya, ( 100 km2 xududga 25 km), Lyuksemburg, GFR, Buyuk Britaniya, SHveytsariya, Daniya, Niderlandiya, Frantsiya, Avstriya, Italiya, Vengriya, CHexiya va Slovakiya, Polьsha, Osiyoda - Yaponiya oldingi o’rinda turadi. Turli
mamlakatlarda temir yo’l liniyalari orasidagi masofalar xam turlichadir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud temir yo’llarning 2F3 qismi -1435 mm, SHarqiy Yevropa mamlakatlarida xam 1435 mm, MDX xududida esa 1524 mm, Janubi - SHarqiy Osiyo mamlakatlarida esa 1000 mm.dir.
Transkontinental temir yo’llar katta axamiyat kasb etadi. Yevropada bunday yo’llar: a) Kale-Parij-Lion-Marselь-Italiyaning janubiy portlariga; b)Gamburg-Myunxen-SHveytsariya-Italiya; v) kenglik bo’yicha Madrid-Parij- Berlin-SHarq. Buyuk Britaniya parom aloqasi orqali (Duvr-Dyunkerk) Belьgiya va Frantsiya bilan bog’langan. Daniya esa parom aloqasi (Katta Belьt va Eresund) orqali SHvetsiya, Vernemyunde paromi orqali Germaniya bilan bog’langan. SHvetsiya Trolleberg-Zasnits paromi orqali kontinent bilan bog’langandir.
SHimoliy Amerikada 12 ta transkontinental temir yo’llar mavjud. Janubiy Amerikada Buenos-Ayres-Velьparasio va Buenos-Ayres-Antofagasto transkontinental temir yo’llari mavjuddir.
Osiyoda eng yirik transkontinental temir yo’l Buyuk Sibirь magistralidir. (9322 km). Parom aloqasi Kaspiy dengizida (Baku-Turkmenboshi) mavjuddir.
Afrika materigining eng qisqa xududida temir yo’llar kesishgan. (Bengola- Lobitu-Beyra va Lideriy-Durban) Avstraliyada esa sharqdan-Farbga yagona Sidney-Perta temir yo’li yo’nalgandir.
Temir yo’llarning joylashishiga iqtisodiy, siyosiy va tabiiy-geografik omillar kuchli ta’sir ko’rsatadi.
XX asrning oxirgi o’n yilligida Yevropada geopolitik xolatning jiddiy o’zgarishi, «sovuq urush» munosabatlarining tugashi va SHarq-Farb aloqalarining rivojlanishi transport tizimi saloxiyatlaridan xam integratsion aloqalarni amalga oshirish maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi.
Siyosiy chegarlardagi to’siqlarning bartaraf etilishi transport yo’lkalarini ko’p magistralli shakllantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish imkonini yaratdi. Natijada, Yevropada 9 ta transport yo’lkalari: 1) Xelьsinki-Tallin-Riga- Kaliningrad-Vrotslav; 2) Berlin-Varshava-Minsk-Moskva-Nijniy Novgorod; 3)
Berlin-Vrotslav-Krakov-Kiev; 4) Drezden-Praga-Budapesht-Sofiya-Stambul; 5)
Venetsiya-Lyublyan-Budapesht-Ujgorod-Lьvov; 6) Gdanьsk-Katovitse-Ellin- Poznanь; 7) Dunay suv yo’li orqali Reyn-Mayn-Dunay kanaliga chiqish; 8) Durres-Tirana-Sofiya-Plovdiv-Varna; 9) Xelьsinki-Sankt-Peterburg-Moskva- Kiev-Buxarest (so’ngra Novorossiysk va Astraxanga qadar) shakllantirilmoqda.
Xelьsinki shaxrida (1997 yil) bo’lib o’tgan uchinchi Panevropa transport konferentsiyasida transport yo’lkalarini shakllantirish va kuchaytirish loyixasi tasdiklandi va uchta mintaqaviy transport tizimini - SHimoliy kontinent, O’rta Dengiz va qora dengiz soxil bo’yini rivojlantirish g’oyasini amalga oshirishga kirishildi.
Ayni vaqtda, XXI asr boshlarida tobora ko’proq joriy transport xarajatlariga nisbatan xam yuk tashishning sifat omili muxim o’rin tutmoqda. Buning yorqin ifodasi butun transport jarayonlariga inqilobiy ta’sir ko’rsatgan xalqaro konteyner tizimining shakllanishidir. Yiliga dengiz konteyner aylanmasi 70 mln.donaga yetdi va asosiy yuklarning 40%ga yaqinini qamrab olmoqda. Bu jarayonning aniq ko’rinishi transport aloqalarida ishonchli va kafolatli transkontinental konteyner «ko’prik» lari, ya’ni dengiz transporti bilan tez yurar temir yo’l sostavlari, avtopoezdlar (kontreyleri) kombinatsiyasiga asoslangan Transsibir (Yaponiya-Farbiy Yevropa), Transamerika, Farbiy Yevropa, Yaqin va O’rta SHarq magistrallarining yuzaga kelishidir.
SHuningdek, temir yo’llarning yangi yo’nalishlarini barpo etish Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy xayotida katta rol o’ynashdan tashqari bu mintaqa mamlakatlarini dunyo xo’jaligi integratsion jarayonlarga tortilishini tezlashtiradi.
Avtomobilь transporti - XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, XX asr 50-yillaridan boshlab xalqaro transport tizimida asosiy o’rin tuta boshladi va ijtimoiy-iqtisodiy xayotning xamda insonlar faoliyatining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Dunyo miqyosida avtomobil yo’llari tobora rivojlanib, sifat jixatidan takomillashib bormoqda va o’ziga xos avtomobil yo’llari industriyasi xam shakllanmoqda. Jami avtomobil yo’llari 25 mln.km.dan iborat bo’lib, buning 22 mln. km.qattiq qoplamga va 13 mln. km. takomillashgan yo’llardan iboratdir.
Mavjud avtomobil yo’llarining 50% AqSH, Xindiston, Rossiya, Yaponiya va Xitoyga to’g’ri keladi. SHimoliy Amerika, Farbiy Yevropa va Yaponiyadagi avtomobilь yo’llari g’oyat yuqori sifatli va infratuzilmalar bilan ta’minlanganlik darajasi jixatidan oldingi o’rinda turadi. Jaxon avtomobil parki yildan-yilga avtomobillar bilan mustaxamlanib bormoqda. Agar, 1980 yil jaxon avtomobil parki 350 mln. avtomobilga ega bo’lgan bo’lsa, 1990 yil 400 mln. va XX asr oxirida bu 500 mln.dan ortib ketdi. SHuningdek, aholining transport xarakatchanligida, xalqaro yuk va yo’lovchi tashishda avtomobil transporti xissasi ortib bormoqda.
Yaqin masofalarga yuk tashishning qulayligi va katta xajmda (50-100 t) yuk tashuvchi ixtisoslashgan avtomobillarning yuzaga kelishi bilan xalqaro yuk aylanmalarida xam (ayniqsa) 30-50 km. (masofalarga) avtomobilь transportining xissasi ortib bormoqda.
Avtomobilь transporti bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda tez rivojlanib bormoqda. Ammo, jaxon mamlakatlari o’rtasida AqSH, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Braziliya aloxida ajralib turadi. Bu mamlakatlarda avtomobilь yo’llari xozirgi zamon talablariga mos bo’lib, bir tomonlama xarakat, ko’p polosali, asfalьt va beton qoplamiga, qulayaylanmalarga xamda xizmat ko’rsatish (mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish, mexmonxona-kempinglar, ovqatlanish, sog’liqni saqlash muassasalari) shaxobchalariga egaligi bilan ajralib turadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar o’rtasida avtomobilь transporti rivojlanganlik darajasi jixatidan Rossiya, SHarqiy-Evropa mamlakatlari ajralib turadi. Bu mamlakatlar avtomobilь parklarida yengil avtomobillarga nisbatan yuk avtomobillari ko’pdir. Avtombilь yo’llarining uzunligi jixatidan Rossiya, zichligi jixatidan xamda sifati jixatidan SHarqiy Yevropa mamlakatlari aloxida o’rin tutadi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda «O’zDEU» avto qo’shma korxonasi turli markadagi yengil avtomobillar, Samarqand shaxrida 12 modifikatsiyadagi turli yuk va yo’lovchi avtomobillari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Avtomobilь yo’llari 115 ming.km. bo’lib, 3,2 ming. km xalqaro va 18,8
ming. km. davlat axamiyatiga egadir. O’zbekistonda Xitoy va Tinch okeaniga chiqish imkoniyatini beradigan Toshkent-Andijon-O’sh-Ergashtom-qashqar- SHanxay xalqaro avtomobilь yo’li qurilishi tugallanish arafasida bo’lsa, Afg’onistonda tinchlikning qaror topishi Xind okeaniga chiqish imkoniyatini beruvchi xalqaro Termiz-Xirot-Karachi avtomobilь yo’li qurilishining boshlanishi ijobiy ta’sir qilishi mumkin.
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarda keyingi yillarda avtomobilь transporti tez rivojlana boshladi. Bu jarayon yirik avtomobilь yo’llarining qurilishi xamda katta xajmdagi loyixalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’ldi.
Keyingi yillarda yo’lovchi tashishda aholi xarakatchanligining o’sish jarayoni va komfortlilikni ta’minlash katta axamiyat kasb etmoqda. g’arb mamlakatlarida 40% ga yaqin yo’lovchi aylanmasi mexnat tashrifiga to’g’ri kelsa, 70% dan ortiq tashrif shaxsiy foydalanishdagi yengil avtomobillarga to’g’ri keladi. Turizm maqsadlaridagi yurishlar (shaxar atrofi va shaxar tashqarisiga) aholida «sifat» o’zgarishlarni ta’minlashdan tashqari, kichik shaxarlar va kam rivojlangan xududlarning iqtisodiy saloxiyatini o’sishiga olib kelmoqda.
SHuningdek, avtomobillashuv jarayoni komfortdan tashqari jamoat transportidagi singari qat’iy xarakat grafigining yo’qligi, tasodifiy yo’lovchilar bo’lmasligi, yo’nalishlarni erkin tanlash kabi qator qulayliklar bilan bog’liqdir. Xatto benzin narxining yuqorilab borishi xam avtomobillashuv sur’atlariga ta’sir etmadi. (AqSHda 1 kishiga 600 avtomobilь, Farbiy Yevropada 400-500, Rossiyada - 100) va 100 km.ga sarflanadigan benzin sarfini qisqartirish jarayoni amalaga oshirildi.
Avtomobillashuv urbanizatsiya jarayoni bilan chambarchas bog’liq bo’lib uning yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda urbanizatsiyaning yangi shakllari sub-, konurbanizatsiya, aglomeratsiyalarning shakllanishi aholining avtomobillashuvini yanada kuchaytirmoqda.
Xozirgi zamon urbanizatsiya jarayoni shaxar va shaxar atrofi yo’lovchi aloqalarining rivojlanishi bilan bog’liq. Keyingi 25 yilda AqSHda shaxar
atroflaridan shaxar markazlariga tashrif 35% dan 10% ga qadar qisqardi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa o’rtacha - 50% shaxarlararo aloqalar yengil avtomobillarda (2% yayov, 20% avtobus, tramvay va metropoliten, 15% velosiped va moped), 3% shaxar temir yo’llari orqali amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislar xisob-kitoblariga ko’ra informatika vositalarining rivojlanishi bilan ish yuzasidan tashriflarga bo’lgan extiyojning 20-25%, maishiy tashriflar - 50% ga qadar qisqarishi mumkin.
quvur transporti, neftь va tabiiy gaz zaxiralarini xududiy joylashishi, uni qazib chiqarish va iste’mol o’rtasidagi farqlarni yaqqol ifoda etadi. Dunyo bo’yicha neftь va neftь maxsulotlari quvurlari 680 ming km, gaz quvurlari esa 1,1 mln.km.dan ortdi. quvur transporti neftь va neftь maxsulotlari xamda tabiiy gaz tashishda boshqa transport vositalariga nisbatan bir qator qulayliklarga egadir. Bu qulayliklar avvalo neftь va neftь maxsulotlarini isrof bo’lishining oldini oladi, iste’mol rayoniga bir xil va doimiy kelib turishini ta’minlaydi, atrof-muxitni ifloslanishini sezilarli darajada kamaytiradi. Magistral neftь va gaz quvurlari ayniqsa, AqSH, Rossiya, Markaziy Osiyo respublikalari (O’zbekiston va Turkmaniston), Kanada, Meksika, Yaqin SHarq mamlakatlari, Farbiy Yevropa mamlakatlarida rivojlangandir.
Neftь quvurlari asosan neftь qazib chiqaruvchi rayonlar bilan port shaxarlarni bog’laydi. Yaqin SHarq mamlakatlaridagi neftь qazib chiqaruvchi rayonlardan port shaxarlarga neftь quvurlari tortilgan. Farbiy Yevropada esa port shaxarlardan neftni qayta ishlovchi va uni iste’mol qiluvchi rayonlarga neftь quvurlari tortilgandir. AqSH neftь quvurlari ichki extiyojlari uchun xizmat qiladi. Rossiya deyarli barcha SHarqiy Yevropadagi mamlakatlarni (Ruminiyadan tashqari) va Farbiy Yevropadagi mamlakatlarni, Ukraina va Belorusni neftь va tabiiy gaz bilan «Do’stlik» va «qardoshlik» neftь va tabiiy gaz quvurlari orqali
ta’minlab turadi.
SHuningdek, yuk tashish ishonchliligini oshirish maqsadlarida xalqaro axamiyatga molik transport kommunikatsiyalari bilan barobar ishlaydigan ikkinchi aloqa vositalari qurish orqali «qaynoq nuqta» larni aylanib o’tilmoqda.
Jumladan, Suvaysh va Panama kanallariga paralel ravishda yirik neftь quvurlari barpo qilindi. O’rta SHarqda Eron tomonidan nazorat qilinadigan Ormuz bo’g’ozidan tankerlarni o’tkazishdan qochib, Saudiya Arabistonini Yanbu (qizil dengiz) bilan bog’laydigan Transarab neftь quvuri qurildi. Suvaysh kanalidan o’tmaslik maqsadida Sudan-Kamerun Transafrika neftь quvuri loyixalashtirilmoqda. Erkin xarakat qilish maqsadida Tansport turlarini birlashtirish jarayoni Farbiy Yevopada Janubiy va SHimoliy quvurlar tizimining qo’shilishi, La-Mansh bo’g’ozi ostidan «Evrotunnel» ning ochilishi Yevropa gaz quvuri «xalqa» sini tashkillashga olib keldi.


  1. Suv va xavo transporti. Transportning shakllari.


Xalqaro iqtisodiy aloqalarda dengiz transporti juda katta o’rin tutadi. Dengiz transporti orqali 8000-10000 km masofadagi (o’rtacha) yuklar tashiladi va unga xalqaro yuk aylanmasining 3F5 qismi to’g’ri keladi. Yo’lovchi aylanmasidagi xissasi unchalik katta emas (xavo transportining rivojlanib borishi tufayli). Dengiz turizmi xam bir muncha muxim o’rin tutadi.
Dunyo dengiz floti 80 mingdan ortiq kemalardan iborat bo’lib, yalpi sig’imi 500 mln. br-reg-t (registr-tonna kemalarning shartli yuk ko’tarish birligi bo’lib 100 kub.futga yoki 2,8 m3 teng; registr tonna-bruttoda- kemaning butun xajmi xisobga olinsa, tonna-nettoda -kema xajmida yashash joyi, maishiy xonalar va mashinalar joylashgan xonalar xisobga olinmaydi) yoki ko’tarish quvvati 500 mln.t. ortiq, dengiz floti tarkibida universal kemalar bilan bir qatorda suyuq (neftь va neftь maxsulotlari, suyultirilgan tabiiy gaz), quruq yuklar - ko’mir, ruda, g’alla va yog’och-taxta, fosfor tashishga ixtisoslashgan tanker, super tankerlar, refrijeratorlar (muzlatgich jixozlarga ega), temir yo’l paromlari katta o’rin tutadi. Dengiz floti yangi tiplardagi kemalar - konteyner tashigichlar, lixter (ruda va ruda maxsulotlari) tashigichlar, paket tashigichlar xisobiga kengaymoqda. Dengizlarda konteynerlarda yuk tashish yagona transport tsiklini, ya’ni «eshikdan-eshikka» yuk yetkazib berish tsiklini yaratishga olib keldi. «R0-R0» tipidagi kemalar
(rolkerlar) kemalarning ikki tomonidagi darvozalar orqali yuklarni gorizontal usul bilan tushirish va ortish imkonini bermoqda.
Ko’pchilik mamlakatlar yirik savdo flotiga (160 davlat bayrog’i ostida suzadi) ega bo’lishiga qaramay Yaponiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Gretsiya, Niderlandiya, SHvetsiya, Liberiya, Panama, Gonduras, Rossiya1, Polьsha, Xitoy, Yugoslaviya, Ruminiya, V’etnam, Koreya Respublikasi va boshq. aloxida ajralib turadi. Liberiya, Panama, Gonduras, Gretsiya davlatlarining katta savdo flotiga ega bo’lishi, bu mamlkatlarda soliqlarning pastligi bilan xarakterlanadi. SHuning uchun xam chet el kompaniyalariga karashligi kemalar yuqoridagi mamlakatlar bayrog’i ostida suzsa-da, umuman bu mamlakatlar portlariga kirmaydi. Panlibgoko mamlakatlari (Panama, Liberiya, Gonduras, Kolumbiya) savdo flotining 50% Gretsiyaga qarashlidir, maxsus chet el adabiyotlarida ta’kidlanishicha, Gretsiya kemalari 16 ta boshqa davlat bayroqlari ostida suzadi. Xuddi shunday xolat Niderlandiya uchun xam xosdir.
Dengiz transportining rivojlanishi xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayishi, ya’ni yangi xom-ashyo va iste’mol mintaqalarining ishlab chiqarish va iste’molning o’sib borishi bilan bog’liqdir. Xalqaro aloqalarda neftь va neftь maxsulotlarining asosiy o’rin tutishi savdo floti yuk tashishda xam o’z ifodasini topgan. Dengiz floti orqali tashilayotgan yuklarning 50% neftь va neftь maxsulotlari xissasiga to’g’ri kelmoqda. SHuningdek, qora va rangli metallar, ko’mir, tog’-kimyo maxsulotlari, o’rmon maxsulotlari, qishloq xo’jalik maxsulotlariga to’g’ri keladi. ITI sharoitida esa tobora tayyor maxsulotlar tashish (konteynerlarda ) muxim o’rin tutmoqda.
Dengiz aloqalarida port va xalqaro kanallar juda muxim o’rin tutadi. Bugungi kunda barcha dengiz va okeanlarda 2700 port mavjuddir, 840 portga esa yuk aylanmasining 96% to’g’ri keladi. 30 ta gigant-portning yillik yuk aylanmasi esa 50 mln.t.dan, 4 tasi esa 100 mln.t.dan ortiqdir.
Bunday yirik portlar AqSHda - Nьyu-York, Filadelьfiya, Baltimor, San- Frantsisko, Boston, Buyuk Britaniyada - London, Liverpulь, Glazgo, Frantsiyada


1 Sobiq ittifoqga qarashli bo`lgan savdo flotining (1800 ta kema) asosiy qismi Rossiyada qoldi.
- Marselь, Yaponiyada- Simonoseki, Osaka, Kobe, GFRda - Gamburg, shuningdek, Rotterdam, Antverpen, Singapur, Port-Said, quvaytda - Man-al- Axmad, Rossiyada - Sankt-Peterburg va boshqalar.
Bu portlarni maqsadli xizmat ko’rsatish xolatiga ko’ra quyidagi gruppalarga ajratish mumkin:

    1. Xarbiy-dengiz portlari (CHatem, Portsmut, Pirl-Xabor, Gibraltar, Sevastopol). Bu portlarning bir qismi tijorat maqsadlariga xam xizmat qiladi (AqSHda - San-Diego, Yaponiyada - Yokosuka, Rossiyada (Sankt- Peterburg, Kronshtad).

    2. Baliq ovlash va baliqni qayta ishlash xamda panoxgox portlar.

    3. Parom aloqasiga ega portlar (Gavr, Duvr, Folkston).

    4. Tranzit portlar va erkin gavanlar - London, Amsterdam, Kopengagen, Rotterdam, Antverpen, Marselь, Lissabon, Singapur. Erkin gavanlarda boj solig’i olinmaydi. Bunday gavanlar Gamburg, Bremen, Kopengagen, Malьmyo, Stokgolьm, Triest, Rio-De-Janeyroda mavjuddir.

    5. Avan portlar port oldi ya’ni yirik tonnajli kemalar uchun maxsus qurilgan portlar. (Gamburg uchun Kuksxafen, Nant uchun Sen-Nazer, Ruan uchun Gavr).

    6. qirg’oq bo’yi va yaqin aloqalarga (kabotaj2) xizmat qiluvchi portlar. (Gretsiya, Daniya, Norvegiya, Baltika bo’yi davlatlari, Rossiya, Italiya), O’rta dengiz xavzasi, Karib dengiz xavzasida).

    7. Maxsus portlar (ko’mir, ruda, neftь, va neftь maxsulotlari, o’rmon va boshqa yuklarga mo’ljallangan).

Xalqaro kema katnovida Atlantika okeani yetakchi o’rin tutadi. Bugungi kunda Atlantika soxil bo’yida (Evropa, Afrika, SHimoliy va Janubiy Amerika) 70 mamlakat va 1,5 mlrd. aholi joylashgan bo’lib dengiz yuk tashishining kariyib 50% to’g’ri keladi. Dunyodagi 70% ga yaqin portlar, ayniqsa eng yirik universal


2 Каботаж алоqалари икки qисмдан катта каботаж ва кичик каботаждан иборат.

Yüklə 49,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə