O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim



Yüklə 49,49 Kb.
səhifə6/7
tarix23.06.2022
ölçüsü49,49 Kb.
#89962
1   2   3   4   5   6   7
Катта каботаж бир нечта денгиз xавзасида кемаларнинг сузиши, кичик каботаж бир ёки икки денгиз xавзаларида кемаларнинг сузишидир.
va ixtisoslashgan Yevropa va SHimoliy Amerikada yirik port-sanoat majmualari shakllangan.
Ikkinchi o’rinda Tinch okeani turadi. Asosiy yo’nalishlari Yaponiya, Xitoy, AqSH ning g’arbiy soxil bo’yi, Koreya Respublikasi, Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari Avstraliyada, Rossiyada (Vladivostok, Janubiy Saxalin) shakllansa, Xind okeanida - Fors ko’rfazi (asosan neftь va neftь maxsulotlari), Xindiston va boshqa mamlakatlar yirik yuk yo’nalishlarida ishtirok etmoqda.
Xalqaro kanallar iqtisodiy aloqalarda muxim o’rin tutadi. Bunday kanallar uchta - Suvayish (1869 yilda ishga tushgan, uzunligi 173 km, eni 120-150 m, chuqurligi 12-13 m, yiliga 250-300 mln.t.yuk o’tadi, barcha mamlakat kemalari uchun ochiq), Panama (1914 yil ishga tushgan, uzunligi 82 km, eni 16 km.li kanal AqSHga qarashli bo’lgan va 1999 yil 31 dekabrda Panama xukumatiga berish xaqida shartnoma imzolangan bo’lib, belgilangan muddatda Panama xukumatiga berildi. Yiliga 150-200 mln.t. yuk o’tadi), Killь (uzunligi 95 km, eni 102 , chuqurligi 11 m, yiliga 50-100 mln.t. yuk o’tadi).
SHuningdek, qora dengiz, Baltika, Duvr, Gibraltar, Malakka, Singapur, Zond, Laperuza, Singapur, Koreya bo’g’ozlari xam muxim iqtisodiy axamiyatga egadir.
Dengiz suvlarida suzish barcha mamlakat kanallari uchun ochiq. qirg’oq bo’yi xududlarida esa kemalar shu xududdagi mamlakatlar tomonidan nazorat qilinadi. Dunyo bo’yicha yagona xududiy suvlarni kenglik bo’yicha nazorat qilish qonuni yo’q. Xududiy suvlarni nazorat qilish qirg’oq bo’yi mamlakatlari tomonidan yoki xalqaro shartnoma asosida o’rnatiladi. Masalan, Buyuk Britaniya, Frantsiya, AqSH va boshqa bir qator mamlakatlarning qirg’oq bo’yi xududidagi chegaralari 3milь3, O’rta Dengiz qirg’oq bo’yi mamlakatlari, Markaziy Amerika davlatlari, Xindistonda - 5 milь, CHili, Peruda 200 milь, Rossiya, Bolgariya, Ruminiyada 12 milь deb belgilangan. 80-yillarning boshlarida deyarli barcha soxil bo’yi mamlakatlari dengiz chegaralarini 200 milь deb o’zgartirdilar.


3 1 миль - 1,609 км (инглиз мили), 1,8 км (рус мили)
Ichki suv transportidan asosan, mamlakat ichki aloqalarida va mamlakatlararo aloqalarda xam keng foydalaniladi. Yuk aylanmasi xajmi jixatidan AqSH, Rossiya, Kanada, umumiy yuk aylanmasi jixatidan esa Niderlandiya (50% ortiq), Belьgiya shuningdek, Tropik Afrika mamlakatlari, Janubiy Amerika va Janubiy-SHarqiy Osiyo, Farbiy Yevropa (Frantsiya, Germaniya), SHarqiy Yevropa mamlakatlari aloxida o’rin tutadi. Xalqaro yuklar Reyn, Dunay, Amazonka, Missisipi, Obь, Yenisey, Yantszi, Kongo, Odra, SHim. Lavrentiy va Buyuk ko’llar, Gang, Mekong, Niger va Parana, Volga va boshqa daryolarida tashiladi. Ichki suv yo’llarining umumiy uzunligi 600 ming.km. ortadi, shuning 100 ming.km.ga yaqini kanallardir. Sun’iy suv yo’llari (shlyuzli daryo va kanallar) AqSH, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlarida rivojlangan. Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlardan ichki suv transporti Rossiya, Ukraina, Markaziy Osiyo (Amudaryo), Xitoy, Vengriya, Ruminiya, Polьsha, Bolgariya, Yugoslaviyada rivojlangan.
Ayni vaqtda, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi yirik daryo tizimlari xissasiga 5% yuk aylanmasi to’g’ri keladi, xolos. Ko’l kemachiligi AqSH va Kanadadagi Buyuk ko’llarda rivojlangan bo’lib, SHim, Lavrentiy daryosidan chuqur suv yo’li orqali Atlantika okeaniga chiqiladi va kontinent ichkarisiga ( 4 ming.km.) dengiz kemalari kira oladi. SHuningdek, ichki maqsadlarda Rossiyada
- Baykal, Ladogada xamda Kaspiy dengizida ko’l kemachiligi rivojlangandir.
Xavo transporti - yo’lovchi va shoshilinch yuklarni tashishda juda katta o’rin tutmoqda. Agar 1946 yil dunyo bo’yicha 20 mln. yo’lovchi tashilgan bo’lsa, 1980 yil 700 mln., 1990 yil 1,2 mlrd. va 2000 yilda 1,4 mlrd. yo’lovchidan ortib ketdi. Bugungi kunda jaxondagi barcha mamlakatlar va mintaqalar biri-biri bilan xavo yo’llari orqali bog’langan. Dunyo bo’yicha 500 dan ortiq aeroportlar mavjud bo’lib, shundan 300 dan ortig’i xalqaro aeroportlardir. 100 dan ortiq aeroport esa eng yirik aeroportlar (yiliga 10-20 mln. dan ortiq yo’lovchiga xizmat qiladi) bo’lib xisoblanadi. Bunday aeroportlar qatoriga CHikago, Nьyu-York, Los-Andjelos, London, Moskva, Sankt-Peterburg, Parij, Berlin, Tokio, Pekin, Bombey, Koxira, Toshkentni kiritish mumkin. Dunyodagi eng yirik Xitrou
(London) aeroporti sutkasiga 700 dan ortiq samolyot va 100 ming.dan ortiq yo’lovchiga xizmat qiladi. Xavo transporti rivojlangan mamlakatlar: AqSH, Rossiya, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Frantsiya, Avstraliyadir. Xavo transporti tobora mamlakatlarning bosh transport vositasiga aylanmoqda.
ITI tufayli xavo transportida keng fyuzelyajli samolyotlardan foydalanish (charter reyslari) xalqaro turizmni tez rivojlanishiga olib kelmoqda. Bunda reyslarni yo’lovchilar guruxlari uchun tashkillash, bilet tannarxining past bo’lishi aholi keng qatlamlarini jalb etmoqda (xorijiy turizm bilan bog’liq).
Ayni vaqtda, yuk tashishda xalqaro transport ma’lum ma’noda iqtisodiy aloqalar va xo’jalik xududi tarkibidagi siljishlarga xam ta’sir etmoqda. AqSH tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ixtisoslashgan texnik vositalar va terminallardan iborat shart-sharoitlar mavjud bo’lsa yuklarni samolyotlarning otseklarida tashishga nisbatan maxsus yuk samolyotlarida tashish 2 marta arzonlashadi. AqSHda keyingi 25 yilda yuklarni yuk samolyotlarida tashish 40% dan 85% yetdi va bugungi kunda 80 ta yuk terminali faoliyat ko’rsatmoqda.
Istiqbolda transport va ekspeditsiya - taqsimlash korxonalarini qo’shish jarayoni muxim axamiyatga ega. Ishonchli va tez transport aloqalari tugunlarida xavo va dengiz konteynerlari liniyalaridan iborat yirik ixtisoslashgan transport - taqsimlovchi xalqaro markazlar (Parij, Marselь, Frankfurt-na Mayne, Myunxen va boshq.) tashkillanmoqda.
Transportning boshqa shakllari. Zamonaviy transport tarmoqlaridan tashqari o’tmish transporti - chanalardan chekka shimoldagi xalqlar, jilovli transportdan esa cho’l, va tog’li rayonlardagi xalqlar, eshkakli qayiqlardan daryo va ko’l bo’yida yashovchi xalqlar foydalanib kelmoqda. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi mamlakatlarda esa xanuz xammolchilik saqlanib qolgan.

Xulosa


  • Dunyo xo’jaligi tizimida iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida transport yetakchi mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Yuk tashishning xajmi, tarkibi va yo’nalishlari, mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ko’rsatsa, tarnsport to’ri aholi va ishlab chiqarishning joylashishini ifodalaydi. Transport tarmoqlarning rivojlanganlik darajasi mintaqalarning ixtisoslashuviga xo’jalikni majmuali taraqqiy etishga muayyan sharoit xozirlaydi. Transport xududdiy (geografik) mexnat taqsimotini yuzaga kelishining moddiy-texnik asosidir.

  • XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyo xo’jaligida juda katta o’zgarishlar ta’sirida transport-logistika tizimi shakllandi va o’zida intermodelь (tarmoqlararo) jarayonni ya’ni aniq yuklarni bir yoki bir nechta transport turida eltib bera boshladi. Yuklarni konteynerlarda tashishni yo’lga qo’yilishi transport vositalari va jixozlarini standartizatsiyalash butun transport tizimi qolaversa, dunyo xo’jaligini qayta qurishga olib keldi.

  • Xalqaro yuk tashishda dengiz transporti asosiy o’rin tutadi va xalqaro yuk aylanishining 62% to’g’ri keladi xamda bu ulush o’zgarmay qolmoqda. SHuningdek, xalqaro yuk aylanishida temir yo’l transporti xissasi keyingi 45 yil ichida 17,2% ga qisqargani xolda avtomobilь transporti xissasi 2,8% ga, neftь quvurlari xissasi 4,8% ga, gaz quvuri xissasi 3,2% ga o’sdi. Xavo transportida yuk tashish xajmi ortganligiga qaramay, uning xissasi o’zgarmay qolmoqda. Yo’lovchilar tashishda esa avtomobilь transporti, ikkinchi o’rinda xavo transporti va uchinchi o’rinda temir yo’l transporti turadi.

  • Dunyo transporti tizimida quruqlik transporti (temir yo’l, avtomobilь va quvur), suv transporti (dengiz va daryo), xavo transporti xamda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida an’anaviy transport turlari (jilovli transport, xammolchilik va boshq.) mavjud.

Xalqaro transport tizimida SHimoliy Amerika, Farbiy Yevropa, MDX va Boltiq bo’yi davlatlari, SHarqiy Yevropa, Xorijiy Osiyo (MDXga nisbatan), Lotin Amerikasi, Afrika va Avstraliya mintaqaviy tizimlari shakllangan.

Yüklə 49,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə