O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim maxsus ta`lim vazirligi


Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə2/8
tarix24.09.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#123610
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture 10 (1)

Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri.

Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko`rsatkichlar, havoning harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo`lib, hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmidagi biologik o`zgarishlarga katta ta`sir ko`rsatadi
Inson tanasidagi doimiy mo``tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy nerv a`zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi.
Inson uchun orombaxsh, mo``tadil iqlim sharoiti deganda, yuqorida aytilgan havo o`lchamlarining o`zaro mutanosibligi tushuniladi. Bu mutanosiblik odam tanasida harorat almashuvi reaktsiyasini hech qanday zo`riqishsiz kechishini hamda o`zida huzur-halovat sezishi va shu bilan birga ishchanlik qobiliyatini yuqori bulishligini ta`minlaydi.
Ma`lumki haroratning 18-250S, nisbiy namlikni 40-70% va bosimning 740-760mm. sm ustunida bulishi, odam tanasi va uni o`rab turgan havo o`rtasidagi harorat almashinuvi jarayoniga kuchli ta`sir ko`rsata olmaydi, chunki bunday sharoitda muhitlar o`rtasidagi issiqlik almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko`chadi, ya`ni tanadan chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng holda almashinadi. Agar havoning holatida bunday mutanosiblik buzilsa, shu muhitda ishlayotgan odamning salomatligida ham o`zgarish paydo buladi.
Muhitning harorati 18-250 S bulganda odam tanasidan chiqayotgan issiqlik nurlanish yoki harorat almashinuvi qonuni asosida havoga quruq g’ubor holatiga sekin tarqaladi, 300 S dan yuqori haroratda esa bug’lanish sodir buladi, ya`ni tanadagi ortiqcha issiqlik mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat ta`siridan yo`l-yo`lakay to`qimalardagi tuz eritmalarini yuvib, teri sirtida ter shaklida paydo buladi.
Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik uzatish qobiliyati susayib boradi, bug’lanish jarayoni esa to`xtovsiz ortib boradi, natijada organizm tez holsizlana boshlaydi. Agar havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa tanadan ajralib chiqayotgan terning bug’lanishi qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit o`rtasidagi harorat almashuvi buziladi.
Agar havo harakati tezligi oshib ketsa tana bilan havo o`rtasidagi harorat tafovuti keskin orta boradi, shu sababdan organizm tez soviy boshlaydi, va natijada shamollash bilan bog’liq xastaliklar kelib chiqadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə