O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Oʻqitishda oʻquvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə10/17
tarix31.03.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#103870
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Abidova Moxidil Adiljonovna

1.4. Oʻqitishda oʻquvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash
Metodlari
Oʻqitishda oʻquvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari guruhi ta’lim jarayonida pedagogik ragʻbatlantirish orqali oʻquvchilarning yangi oʻquv materialini egallashlarida ishtiyoq va faollikni ta’minlaydi. Mazkur metodlar oʻquvchilarning bilishga boʻlgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, yangi bilimlarni egallashga boʻlgan ehtiyojlari, muloqot madaniyati, oʻz-oʻzini nazorat qilish va boshqarish, baholash koʻnikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Shuningdek, ta’limning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, oʻquvchilarda ongli intizom, burch va ma’suliyatni tarkib toptiradi. Oʻqitishda oʻquvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari guruhiga oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish, didaktik oʻyin, oʻquv munozaralari, oʻquvchilarning tahsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish metodlari mansub boʻlib, ular quyidagi:
Oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish metodlari oʻquvchilarda ijobiy hissiyotni vujudga keltirish, qiziqarli analogiyalardan foydalanish, taajjublanish effekti, bilish quvonchini vujudga keltirish, oʻquvchilarni ragʻbatlantirish va tanbeh berish uslubi.
Didaktik oʻyin metodi oʻyin syujetini tanlash, oʻyin vaziyatlarini vujudga keltirish, oʻquv-bilishga oid oʻyinlarni tanlash, oʻquvchilarni ragʻbatlantirish uslubi.
Oʻquv munozaralari metodi oʻquv bahslarini keltirib chiqaradigan vaziyatni yaratish, ilmiy bahslarni vujudga keltirish, oʻquvchilarni muvaffaqiyatlarga yoʻllash, oʻquvchilar fikrini bayon qilishi, ular javobidagi xatolarni toʻgʻrilash, oʻquvchilarni ragʻbatlantirish uslubi.
Oʻquvchilarning tahsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish metodi ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, oʻqishning shaxsiy ahamiyatini tushuntirish, oʻquv talablarini qoʻyish, oʻqitishda ragʻbatlantirish va tanbeh berish kabi uslublarni mujassamlashtiradi.

1.5. Oʻqitishdagi nazorat va oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari

Nazorat ta’lim jarayonining ajralmas qismlaridan biri sanaladi. Nazoratning muntazamligi va izchilligi oʻquvchilarning faol aqliy mehnat qilishga undaydi, ularda ma’suliyat, burch, diqqat, xotira, oʻz-oʻzini nazorat qilish va baholash koʻnikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Nazoratning toʻliqliligi, haqqoniyligi, keng koʻlamliligi, muntazamliligi barcha metodlar kabi bu metodlarning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va oʻquvchilarga tafovutlab yondashish kabi funksiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu metodlar guruhiga ogʻzaki va yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat, oʻz-oʻzini nazorat, oʻzaro nazorat varagʻi va testlar yordamida nazorat metodlari misol boʻladi.



Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə