O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Ogʻzaki va yozma nazorat metodlari



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə11/17
tarix31.03.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#103870
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Abidova Moxidil Adiljonovna

Ogʻzaki va yozma nazorat metodlari oʻquvchilarning bilimlarni mantiqiy izchil bayon qilishga oʻrgatish, nutqni oʻstirish, oʻquvchilar javobidagi tipik xatoliklarni aniqlash va unga barham berish.
Laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari oʻquv va amaliy koʻnikmalarni aniqlash, oʻquvchilarning oʻquv jihozlari va asboblar bilan ishlash koʻnikmalarini aniqlash, bajarilgan topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash, ish mazmuniga bogʻliq holda ob’ektlar va asboblarni toʻgʻri tanlash, ishni yakunlash va natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning toʻgʻriligini aniqlash.
Oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari oʻquv materiali yuzasidan qisqa reja, savollar tuzish, asosiy gʻoyani ajratish, savollarga javoblar topish, masalalar yechish va ularni namunaga muvofiq tekshirib koʻrish, taqqoslash, olingan natijalarning toʻgʻriligini tekshirish.
Oʻzaro nazorat varagʻi yordamida nazorat metodlari oʻrganilgan bob, mavzu boʻyicha nazorat savollarini tuzish, savollarning metodik jihatdan toʻgʻriligi, mantiqiy ketma-ketligi, oʻquvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng koʻlamliligi.
Testlar yordamida nazorat metodlari oʻrganilgan bob, mavzu boʻyicha nazorat testlarini tuzish, test savollari va javoblarning metodik jihatdan toʻgʻriligi, mantiqiy ketma-ketligi, oʻquvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng koʻlamliligi. Barcha metodlar kabi oʻqitishdagi nazorat va oʻz-oʻzini nazorat metodlarining ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Nazoratning ta’limiy vazifasini oʻqituvchi barcha oʻquvchilarni oʻz oʻrtogʻining javobini tinglashga, javobdagi xato va kamchiliklarni toʻgʻrilashga, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritishni taklif etish orqali ta’minlaydi. Shu tufayli ushbu jarayonda oʻquvchilarning oʻzlashtirgan bilimlari tizimga solinadi, takrorlanadi va mustahkamlanadi. Nazoratning tarbiyaviy vazifasi uning oʻquvchilarni ragʻbatlantirishni ta’minlash, tahsil olishdagi ma’suliyat va burchni tarkib toptirish, hissiyotni shakllanishida namoyon boʻladi. Nazoratning rivojlantiruvchi funksiyasi oʻquvchilarda barqaror diqqat, xotirani mustahkamlash, oʻz-oʻzini nazorat qilish va baholash koʻnikmalarini egallashlarida koʻzga tashlanadi.


Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə