O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 50,88 Kb.
səhifə1/2
tarix25.04.2023
ölçüsü50,88 Kb.
#106899
  1   2
zarafwon iqtisodiy rayon2222222


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
EKOLOGIYA VA GEOGRAFIYA KAFEDRASI
TABIIY VA ANIQ FANLARNI O’QITISH
(GEOGRAFIYA) METODIKASI YO’NALISHI
“MUTAXASSISLIK FANLARINI O’QITISH
METODIKASI” FANIDAN

KURS ISHI
MAVZU:Zarafshon iqdisodiy rayoni

Guliston-2021


M U N D A R I J A :





Kirish…………………………………………………………………………

3

1bob.

Farg’ona iqdisodiy rayoni………….

5

1.1

Zarafshon rayoni maydoni…………………….

5

1.2

Zarofshon iqdisodiy rayoni chegarakari relefi................................

8

1.3

Zarafshon rayoning o’ziga hos husiyatlari...................................................................

11










2-bob

Zarafshon tabii geografik okrugining iqdisodiy kuchi………………………………………………………………………...

16

2.1

Rayonning O’zbekistondagi ahamyati....................

16

2.2

Zarafshon rayonning qo’shni rayonlarga ijobiy va salbiy tasiri…………………………………….

20

2.3

Zarafshon iqdisodiy va uning tarkibi qismi…………………………….

31




Xulosa…………………………………………………………………………







Ilovalar………………………………………………………………………..

36




Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….

37

Bu iqtisodiy rayon Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidan iborat. Maydonining kattaligi jihatidan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan


keyinda turadi. Maydonining asosiy qismi tekislik (Qizilqum cho‘li)dan iborat. U qorako‘lchilik uchun ahamiyatlidir. Tekislik markazida Tomditog‘ (eng baland cho‘qqisi 922 m), Bo‘kantog‘, Ovminzatog‘, Quljuqtog‘ qad ko‘tarib turadi. Tekislikning sharqida Nurota, Oqtog‘, Qoratog‘larning g‘arbiy qismi joylashgan. Bular ham iqtisodiyotda muayyan ahamiyat kasb etadi.

Zarafshon vodiysining quyi qismlari obikor dehqonchilik uchun qulay. Iqtisodiy rayon iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. O‘simlik o‘sadigan davr haroratining yig‘indisi shimolda 3000°C ni, janubda esa 5000°C ni tashkil etadi. Yog‘in nihoyatda kam, yillik yog‘in miqdori 100–300 mm xolos. Qor qoplami yupqaligi yaylov chorvachiligiga qo‘l keladi. Cho‘lda yerosti suvlaridan chorvachilikda, kichikroq joylarda esa sabzavot yetishtirishda foydalaniladi. Tez-tez garmsel shamoli xuruj qilib, o‘simliklarni qovjiratib ketadi.

Suv muammosini hal qilish uchun Zarafshon daryosida Amu–Qorako‘l va Amu–Buxoro mashina kanallari, kanalda esa Quyimozor suv ombori ishga tushirilgan. Suvni 64 metr balanddagi bu kanallarga qudratli nasoslar ko‘tarib beradi. Suv omborga va undan kanallar orqali Buxoro vohasini sug‘orishga sarflanadi.

Zarafshon iqtisodiy rayonida xilma-xil mineral boyliklar ko‘p. Jumladan, Gazli, Uchqir, Qorovulbozor, Sortosh tabiiy gaz konlari, Kogon yaqinida neft koni, Muruntov oltin koni, Ingichka va Zarmitanda nodir metallar konlari, oltingugurt konlari, qurilish materiallari va mineral bo‘yoq konlari mavjud. Bu boyliklar iqtisodiy rayonda energetika, rangli metallurgiya, kimyo hamda qurilish materiallari sanoatlarini rivojlantirish uchun baza hisoblanadi.

Aholisi. Iqtisodiy rayon aholisining ko‘payish sur’ati mamlakat aholisining o‘rtacha o‘sishiga yaqinlashadi. Aholi hudud bo‘ylab juda notekis joylashgan. Ayniqsa, cho‘l mintaqasida aholi o‘ta siyrak.

Xo‘jaligi ­va ­uning ­hududiy ­tashkil ­etilishi. Ushbu iqtisodiy rayonda agrosanoat majmuyi tarkib topib bormoqda. Sanoat ko‘p tarmoqlidir. Zarafshon­ iqtisodiy­ rayonining elektroenergetika, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo va gaz-kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat kabi tarmoqlari jadal rivojlanmoqda.

Qorovulbozor shahrida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlaydigan korxonaning ishga tushirilishi rayonda iqtisodiyotning yangi iqtisodiy sohasini vujudga keltirmoqda. Korxona mamlakatimiz neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning yarmini qondira oladi. Iqtisodiy rayon hosil etilayotgan elektr energiya miqdoriga ko‘ra Toshkent va Mirzacho‘l iqtisodiy rayonlaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Elektr quvvati, asosan, Navoiy IESidan olinmoqda, IES tabiiy gaz bilan ishlaydi. Gaz sanoati bo‘yicha rayon yaqin yillargacha O‘zbekistonda yetakchi o‘rinda edi.

Qashqadaryodagi Sho‘rtan gaz koni ishga tushirilgach, ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Kimyo sanoati tabiiy gaz va boshqa mineral xomashyoga tayanadi. Zarafshon hududiy ishlab chiqarish majmuyining asosiy tarmoqlaridan biri yengil sanoatdir.



Qishloq xo‘jaligi paxtachilik va qorako‘lchilikdan iborat. Yurtimizdagi yaylovlarning yarmidan ko‘pi shu rayonda. Yaylovlar mahsuldorligini oshirish uchun fitomeliorativ tavsiyalar tayyorlovchi 6 ta o‘rmon xo‘jaligi va 1 ta o‘rmon-melioratsiya stansiyasi ishlab turibdi. O‘zbekistondagi qorako‘l qo‘ylarning va tuyalarning yarmidan ko‘pi shu iqtisodiy rayonda boqiladi.
qtisodiy rayon, iqtisodiy-geografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.
Tabiiy sharoiti. Mazkur iqtisodiy rayonlarning geografik asosi ya‟ni,
negizi rayon hosil qiluvchi omil Zarafshon daryosi hisoblanadi. To‟g‟ri, bu
geografik ob‟ekt hozirda Buxoro viloyatiga yetib bormaydi. Biroq, qadimiy
Buxoroning ma‟daniyati va tarixi ayni uning ta‟sirida shakllangan. Qolaversa,
hozirda Buxoro-Qorako‟l vohasi ham Zarafshon daryosi qadimiy oqimi asosida
vujudga kelgan.
Zarafshon vodiysi markazi tektonik botiqdan iborat. Zarafshon vodiysi goh
kengayadi, goh torayadi. Kengaygan qismida Samarqand, Buxoro va Qorako‟l
vohalari, toraygan qismida Xazar va Qorako‟l yo‟lagi joylashgan. Samarqand
botig‟ining eng keng yeri 70-80 km, uzunligi 220 km, okean sathidan balandligi
350-905 m bo‟lib,tog‟ tomon balandlashib, shimolda Nurota Oqtog‟ga, janubda
Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin bog‟lariga tutashib ketadi. G‟arbga torayib Xazar
yo‟lagi orqali Buxoro vohasidan ajralib turadi. Xazar yo‟lagi shimolida QiziltepaAvtobach, janubda Azkamar balandliklari joylashgan. Samarqand botig‟i sharqdan
g‟arbga qarab pasaysa markaziy qismi (Zarafshon maydoni o‟zanidan) har ikki
tomonga balandlashadi. Chunki, bu qismida Zarafshon daryosining 4-5 ta ko‟hna
qayirlar joylashgan.
Bu qayirlarning lyoss yotqiziqlari qalin bo‟lgan yerlarda ko‟plab jarlar
vujudga kelgan. Zarafshon vodiysi g‟arbga kengayib, Buxoro vohasini hosil qiladi.
Vohaning shimoliy-g‟arbini Qizilqum o‟rab olgan. Vohaning janubi-g‟arbida
joylashgan Qorako‟l platasiuni Qorako‟l vihasini ajratadi. Bu yerda voha torayib,
Qorako‟l yo‟lagini osil qiladi. Buxoro vohasining uzunligi 102 km, kengligi 50-70
kmli tekislik bo‟lib, yer yzasini ko‟plab ariq va zovurlar, Zarafshon daryosining
eski o‟zanlari o‟yib yuborgan.
Buxoro vohasi janubi-g‟arb tomon torayib, Qorako‟l vohasining uzunligi
100 km atrofida, eng keng yeri 45-50 km atrofida, yer yuzasi tekis, lekin
Amudaryo tomon nishab, Sandiqli qumligiga tutashib ketadi. Qorako‟l vohasida
Zarafshon daryosining qadimiy o‟zanlari va kichik-kichik botiqlari mavjud bo‟lib,

ularga zovur, tashlama suvlari to‟planib, ko‟pchiligi sho‟r ko‟llarga aylangan.


Buxoro-Qorako‟l vohalarining sharqda Quymazor, Qaynog‟ich, Qushtepa,
Saritosh-Jarqoq kabi balandliklar joylashib, Qarshi cho‟lidan ajralib turadi.
Zarafshon vodiysining shimolida esa Nurota-Qo‟ytosh botig‟i o‟rnashgan. Bu
botiqning o‟rtacha balandligi 500-560 m bo‟lib, uning shimolida Nurota tizmasi
joylashgan. Nurota tizmasining o‟rtacha balandligi 1500 m. Eng baland
Hayotboshi (Zargar) cho‟qqisi 2169 m. Nurota tizmasi sharqda Sangzor daryo
vodiysi orqali Morguzar tog‟idan ajralib turadi. Nurota, Qo‟ytosh botig‟ining
janubda Qo‟bdin, Qaroqchi, Oqtog‟ Baxil tog‟lar joylashgan.
Zarafshon vodiysining janubidagi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin
tog‟lari bir-biridan Taxtaqoracha dovoni Jom Qarnob botiqlari Qarnob botiqlari
orqali ajralib turadi. Zarafshon vodiysi Turon platasining bukilgan mintaqasida
joylashib, ustini neogen va to‟rtlamchi davr cho‟kindi jinslari qoplab olgan. Bu
hududda neogen davrigacha dengiz bo‟lgan so‟ngi tektonik jarayon ta‟sirida
quruqlikka aylangan. So‟ngra Zarafshon daryosi o‟zanini chuqurlashtirib, qator
qayirlar (terrasalar) hosil qilgan. Vodiyning atrofidagi tog‟lar esa paleozoy
erasining toshko‟mir davrida sodir bo‟lgan gersin burmalanishida vujudga kelgan
Zarafshon tabiiy geografik o‟lkasining Buxoro va Qoravul bozor va boshqa gaz
konlari topilgan.
O‟lkada yana marmar, oltin, volfram rudasi mavjud. Shu bilan birga bu
hududda boshqa qazilma boyliklarga boyligi bilan ajralib turadi. Zarafshon vodiysi
O‟rta Osiyoning markaziy qismida joylashganligidan iqlimi kontinental. Vodiy
g‟arbdan sharqqa ancha cho‟zilganligi va relyefining balandlashib borishi tufayli
harorat rejimi va yog‟inlar miqdori har joyda turlicha yillik o‟rtacha harorat
tekislik qismida 12-150 C .
Yoz vodiyning tekislik qismida issiq bo‟lib, uzoq davom etadi, iyulning
o‟rtacha harorati tekislik qismida 440 C ga, togli qismida 25-290 C, tog‟li qismida
esa 20-7,70 C, tog‟li qismida 330C ga chiqadi. Qish vodiyning tekislik qismida
ancha iliq bo‟lib, yanvarning o‟rtacha 0 dan – 1,30C gacha tog‟li qismida – 3
0
dan –
10 gacha bo‟ladi. Eng past harorat – 350C yillik yog‟in 114-400 mm (g‟arbdan

sharqqa ortib boradi), faqat Zarafshon tizmasining g‟arbiy qismi Omonqo‟tonda


881 mm. Yog‟inning ko‟p qismi tekislik qismida yilning sovuq faslida, tog‟li
qismida esa issiq faslda ham tushadi. Vodiyning asosiy daryosi – Zarafshon
ko‟llarida eng yirigi Dengizko‟l- Zarafshon vodiysi botiqda joylashganligi sababli
yerosti suvlari mavjud.
Vodiyning tuproq va o‟simlik qoplami balandlik mintaqalari hosil qilgan
vodiyning eng pastki 400-500 m balandlikgacha bo‟lgan yerlari cho‟l mintaqasidan
so‟ng adirlar boshlanib, balandligi 500 m dan 1200 m gacha bo‟lgan yerlarning o‟z
ichiga oladi. Bu yerlardan tipik to‟q tusli bo‟z tuproq tarqaladi.
Vodiyning 2700 m dan baland qismi yaylov mintaqasidan iborat, tuprog‟i
jigar rang. Hayvonlardan bo‟ri, tulki, quyon, chiyabo‟ri va boshqalar,
parrandalardan qirg‟ovul, loyxo‟rak, o‟rdak, chug‟urchuq, chumchuq bulardan
tashqari, har xil ilon, kaltakesak, tipratikan, kalamush, ko‟rsichqon va boshqalar
uchraydi. Bu hududda ham qizil kitobga o‟simlik va hayvonot dunyosi vakillari
ham ko‟p uchraydi. Bu hududda o‟simlik va hayvonlarni himoya qilish uchun
qo‟riqxonalar mavjud.
Shunday qo‟riqxonalardan biri Zarafshon davlat qo‟riqxonasi hisoblanadi.
Bu qo‟riqxona (Zarafshon daryosi o‟ng qirg‟og‟ida joylashgan). Bu qo‟riqxona
Samarqand viloyatida joylashgan bo‟lib, 1975 yilda tashkil qilingan hisoblanadi.
Buxoro-Qorako‟l vohasi ham Zarafshon daryosining qadimiy asosida vujudga
kelgan.
Ushbu rayon Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarini birlashtiradi.
Maydoni bo‟yicha O‟zbekistonda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan keyingi
o‟rinda turadi. Rayonning maydoni 168,1 ming km2
bo‟lib, respublika hududining
37,4 % ini tashkil etadi. Aholisi 2014 yil 1-yanvar holatida 6070,0 ming kishi yoki
mamlakatimiz jami aholisining 19,9 % ini tashkil qiladi. O‟tgan asrning 60-
yillarida ham ajratilgan edi. U keyinchalik “maydalashib” turli ko‟rinishlarda
bo‟lgan masalan, Buxoro va Navoiy viloyatlariga ajratilgan.

Iqtisodiy tasnifi. Qizilqum yoki Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni.


Samarqand qashqadaryo bilan birgalikda Samarqand-Qarshi rayoni deb ham
yuritilgan. Hozirda VIII sinf darsligida (J. Musayev va T. Musayev) Samarqand
viloyati alohida iqtisoiy rayon sifatida ko‟rsatilgan. Ta‟kidlash lozimki, biz
ajratgan tartibda ya‟ni 3 ta ma‟muriy-iqtisodiy rayonlarni birlashtiruvchi asosiy
rayon maqomida. Ammo, u geografik joylashgan o‟rniga qarab “Markaziy rayon”
deb yuritiladi. Fikrimizcha, “Markaz” tushunchasi iqtisodiy rayonlashtirishda
odatda geodrafik o‟rniga qarab emas, balki siyosiy funksiyasiga ko‟ra poytaxt
shahar mavjud bo‟lgan hududga nisbatan qo‟llaniladi (masalan, Rossiya
Federatsiyasida Markaziy-iqtisodiy rayoni shu mamlakatning o‟rtasida
joylashmagan).
Respublikamizning hududiy mehnat taqsimotiga Zarafshon iqtisodiy
rayoni rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil va oziq-

ovqat sanoatiga paxta, jun, qorako‟l terisi yetishtirishga ixtisoslashgan.


Shuningdek, uni xalqaro ahamiyatga ega bo‟lgan turistik ob‟yekt sifatida ham
ko‟rish mumkin. 2013-yil yakunlariga ko‟ra, rayon ulushiga respublikada
yaratilgan yalpi ichki mahsulotning-17,1, sanoat ishlab chiqarishning-19,9, qishloq
xo‟jaligi 20,1, investetsiya hajmining 30,7 % ga to‟g‟ri keladi. Biroq, uning
eksport-import faoliyati uncha katta emas: 5,9 va 14,5 %.
Rayonning kuchli tomonlari uning foydali qazilmalari va mehnat
resusrlari, nisbatan qulay, transporti, geografik o‟rni, zaif tomonlari esa suv
zaxiralarining yetishmasligi “cho‟llik” hususiyatidir. Xo‟jaligi ham mukammal
hududiy ishlab chiqarish majmuasi ko‟rinishida shakllanmagan.
Zarafshon iqtisodiy rayoni transchegaraviy xususiyatga ega bo‟lgan
Zarafshon daryosining o‟rta va quyi qismini o‟z ichiga oladi. Tabiiy va geografik
jihatdanuning aksariyati qismi Qizilqum cho‟llaridan iborat. Tog‟li hududlari
qisman Samarqand viloyati ajralib turadi. Buxoro viloyati bu borada o‟rtacha
mavqega ega
Buxoro viloyati.
Respublikamiz maydoni katta bo‟lgan hududlaridan biri u 1938-yil 15-
yanvarda tashkil topgan. U o‟zbekiston hududining 9 % ga teng va bu borada
Qoraqalpog‟iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatidan so‟ng 3-o‟rinda turadi.
Odatda, maydoni katta viloyatlar tabiiy shaaroiti xo‟jalik nuqtai-nazardan noqulay
tog‟ yoki cho‟llardan iborat bo‟ladi. buxoro viloyati ham tipik cho‟l mintaqasidir.
Aholisi 1756,5 ming kishi yoki Respublika aholisining 5,8 % I shu hududda
yashaydi.Ma‟muriy jihatdan u viloyatda bo‟ysinuvchi 2 ta shahar, 11 ta qishloq
tumanlarini o‟z tarkibiga oladi. Shahar posyolkalari 69 ta, Q.F.Y 121 ta, qishloq
aholi punktlari 1469 ta. Qishloq tumanlarining eng dastlabkilari Buxoro, Vobkent,
G‟ijduvon, Duvon, !Kogon, Qorako‟l, Rometon va Shofurkon 29.09.1926 yilga
ya‟ni, respublikamizning eng birinchi ma‟muriy qurilmasiga to‟g‟ri keladi va
bunday holat ko‟pgina boshqa qayd etilmaydi.
Sanoati. Mamlakatimiz neft va heft-kimyo sanoatining rivojlanishida
Buxoro (Qorovulbozor) neftni qayta ishlash zavodining birinchi navbatini qurilish

katta ahamiyatga ega bo‟ladi.Ushbu zomonaviy korxona korxona asosan Firansiya


bilan hamkorlikda barpo etilgan va buning uchun 500mln AQSH dollariga yaqin
mablag‟ sarflandi.Zavod qo‟shni Qashqadaryo neft gaz koni asosida ishlamoqda.
Yaqin yillarda Qandim koni negizida 11mlrd.metir kub gazni qayta ishlovchi
zavod ham ishga tushadi.
Viloyatda sanoat korxonalari soni 10 mingdan ziyod, biroq uning yiriklari
25 ta.Buxoro sanoati, asosan,yonilg‟i (benzin, kerosin,dizei yoqilg‟isi), mebel,
ohak,gipskardon, gips,paxta tolasi,ip gazlamava boshqa va boshqalarni ishlab
chiqaradi.Bir yiliga 80-90 ming tona neft va gaz kondensati ,2,6.mlrd. metr .kub
tabiiy gaz ,730 ming tona benzin, 465ming tona dizel yoqilg‟isi,160-165 ming
tona. Mazut, 90ming tonnadan ziyod kerosin ishlab chiqariladi.
Sanoatda ishlab chiqarishning hududiy tarkibi bir xil emas; bu borada
Buxoro va Kogon shaxarlaridan tashqari Qorovulbozor tumani keskin ajralib
turadi.2000 yil yakunlari bo‟yicha,Buxoro shaxri viloyat sanoat maxsulotining
34,8 foizini,Qorovulbozor tumani-35,5% va Kogon shahri5,3 foizini yetishtirib
bergan. 2013 –yilda birinchi o‟ringa Qorovulbozor shaxri chiqib olgan.U hozirda
viloyat sanoat maxsulotining 36,4 foizini beradi;Buxoro hissasiga-14,5%,Kogon
shahri -8,5%,(tumanlar bilan birgalikda -14,3%) Romitan tumani8,1%,G”ijduvon5,5% to‟g‟ri keladi
Qishloq xo’jaligi. Buxoro viloyati respublikamizning muhim qishloq
xo‟jaligi rayonlaridan biridir. Bu yerda,ayniqsa,paxta yetishtirish,qorako‟lchilik
yaxshi rivojlangan. Dehqonchilik jami qishloq xo‟jalik maxsulotining 55,1 foizini,
fermer xo‟jaliklari esa ushbu maxsulot hajmining 28,9 foizini taminlaydi.
Viloyatning cho‟lik xususiyati bu yerda “foydali yer”koffitsentining
pastligiga sabab bo‟lgan.Qishloq xo‟jaligida foydalaniladigan yerlarning atigi
7/1% ekin ekiladi. Ayni paytda bu ko‟rsatgich Kogon ,Vobkent tumanlarida 64-74
foizga yetadi.Viloyatda 2000 yilda ekin maydoni 240ming gektar atrofida
bo‟lgan.Uning 81 gektariga g‟alla,16minga yem-xashak,7 ming ga sabzavot

ekilgan.Viloyatda kartoshka yetishtirish uuncha rivojlanmagan.Bu ekin 4,2ming


gektar yer ajratilib, undan 142 ming tonnadan ko‟proq hosil olingan.
Chorvachilikda: 2013-yil yanvar xolatiga kora shoxli qora molar soni 992
ming bosh,qo‟y va echkilar soni1703 ming bosh bo‟lgan.2000 yillarda chorva
mollarni soni ancha yuqori bo‟lgan.2012 yilda- go‟sht (tirik vazinda)162 ming
tonna, tuxum217,5mlh. Dona, jun3120 tonna, pilla 3100 tonna hajmda olingan.

Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. Odatda,katta hududlarga ega


bo‟lgan mintaqalarda, xususan, ularning ichki qismlarida transporti
infratuzilmasini rivojlantirish muammolari dolzarb bo‟ladi. Buxoro viloyati ham
bundan mustasno emas.
Viloyatning asosiy transport yo‟llari uning voha qismidan o‟tgan. Bu yerda
Buxoro – Turkmanobod (avalgi Chorjo‟y), Buxoro –Qarshi temir yo‟llari o‟tgan,
Buxoro shahri va Toshkent o‟rtasida tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‟lga
qo‟yilgan. Viloyatda qator temir yo‟l bekatlari mavjud,ularning eng kattasi va
qadimiysi Kogon hisoblanadi. Hozirgi kunda u muhim transport tuguni vazifasini
o‟taydi.SHuningdek, Qrakol, Olot bekatlari ham mavjud, biroq, NavoiyUchquduq-Nukus temir yo‟lining ishga tushishi bilan bu bekatlar ahamiyatini biroz
pasaydi.Buxoro (Kogon) – Samarqand –Qarshi “uchburchakda” Buxoro shaxri
ham o‟ziga xos mavqega ega.Toshg‟uzor – Boysun - Qumqo‟rg‟on yo‟lining ishga
tushirilishi Buxoro – Qarshi - Termiz yo‟lagining shakilanishi va rivojlanishiga
imkon berdi. Ayni vaqtda Buxoro-Gazli –Nukus avtomobil yo‟li - Katta O‟zbek
yo‟lining ham ahamiyati ortib bormoqda.
So‟ngi yillarda eksportda paxta tolasi 58,7% tashkil qilsa, energiya
resurslari, qurilish materiallarining hissasi ham ortib bormoqda. Importda -
mashina va uskunalar yetakchlik qiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy qismi, yani eksportning 77,2 % va
importning 68% “Uzoq xorij” mamlakatlari bilan olib boriladi. Bu borada so‟ngi
yillarda Eron, Xitoy va Afg‟oniston MDH mamlakatlaridan Rossiya ustuvorlik
qiladi. Ichki hududiy tarkibida Buxoro shaxri va Qorovulbozor viloyat savdosida
yetakchi.
Ular deyarli viloyat jami tashqi savdo aylanmasini yarmini taminlaydi.
Shuningdek, G‟ijduvon hamda Buxoro tumanlarini ham hissasi katta.
Navoiy viloyati
Viloyat dastlab 1982-yil 20-aprelda tashkil topib, 1988-yilgacha shu
maqomda mavjud bo‟lgan. So‟ngi marta esa, u 1992-yil 27-yanvarda qayta
tiklangan. Maydoni 111,0 ming km2
yoki Respublika hududining qariyb ¼

qismiga teng. Aholi soni esa 900,7 ming kishi (mamlakat aholisining 3 % i) dir.


Qizig‟i shundaki, Bu geografik ko‟rsatkichlar O‟zbekiston miqyosida katta
qutbiylik xarakteriga ega: maydoni bo‟yicha ham, demografik salohiyati bo‟yicha
ham u ikkinchi, biroq hududga ko‟ra viloyat Qoraqalpog‟iston Respublikasidan
keying ikkinchi, aholi soni jihatdan esa faqat Sirdaryo viloyatidan oldinda, ya‟ni
ohirgidan ikkinchi. Navoiy viloyatida aholi soni zichligining nihoyatda pastligidan
guvohlik beradi.
Navoiy viloyatining ichki ma‟muriy tuzilishi murakkab emas; bu yerda
atigi 8 ta tumanlar mavjuddir. Eng kichik tuman - Karmana va eng katta tuman -
Uchquduq o‟rtasidagi tafovut 49,1 martaga barobar. Konimex tumanining
joylanishi ham o‟zgacha: tuman markazi asosiy hududdan ajralgan holda
o‟rnashgan o‟rnashgan, Qishloq tumanlari orasida Karmana va Nurota tumanlari
republikamizda birinchilar qatorida tashkil topgan ushbu toifadagi ma‟muriy
birliklarga kiradi.
Sanoati. Mintaqa iqtisodiyotida sanoat yetakchi o‟rini egalaydi. Kimyo
sanoati yalpi sanot maxsulotlarining 8.5%ni, qurulish materiallari sanoati 10.0%,
yengil sanoat-33,%, rangli metallurgiya -66.6%ni tashkil etadi. Ayni paytda, bu
yerda mashinasozlik va yog‟ochni qayta ishlash sanoat tarmoqlari past darajada.
Respublikaning boshqa mintaqalariga taqqoslaganda viloyatda yengil va oziq -
ovqat sanoati ham sust rivojlangan.Navoiy viloyatining kimyo sanoati
respublikamizda oldingi o‟rinda turadi.bu hususda qurulish materiallri ham
ahamiyatga ega .Sanoatda band bo‟lgan aholi 80-85 ming kishni tashkil
qiladi.Sanoat tarkibiy ulushi sezilarli darajada yuksalmoqda.Sanoatida og‟ir sanoat
ulishi ham katta bo‟lib tog‟ kon ,unduruvchi sanoatlar yuqori ko‟rsatgichga egadir.
Agraiqtisodiyoti. Modomiki, mintaqa xo‟jaligi, asosan sanoatga,
ko‟proquning og;ir tarmoqlariga ixtisoslashgan ekan, tabiiyki, bu yerda qishloq
xojaligiga kam o‟rin qoladi.Buning eng asosiy sababi viloyatning cho‟llik
xususiyati, agroiqlimiy resuslarning tanqisligi yoki yo‟qligi, tuproq qatlamining
rivojlanmaganligi, namgarchlikning yetarli darajada emasligi,suv manbalarning

yetishmasligidir.Binobarin bu yerda sug‟orma dehqonchlikni rivojlantirish


imkoniyatlari juda cheklangan “foydali yer koffisenti” ham past darajada.
Qishloq xo‟jaligi viloyat yalpi hududiy maxsulotining atigi 15,0% ini,
mamlakat yalpi ichki maxsulotining 4,7 % ini beradi.
Agroiqtisodiyot tizimida chorvachilik,asosan,uning jun-go‟sht yo‟nalishi
yetakchilik qiladi. Uning hissasi jami qishloq xo‟jalik maxsulotlarining 54% iga
to‟g‟ri keladi.Fermer xo‟jaliklar qishloq xo‟jalik maxsulotlarining ¼ qismidan
ziyodini taminlaydi.Qizig‟i shundaki, ekin maydonining 80 % to‟g‟ri kelsada,yaratilgan maxsulotning atigi 25,4 % ni ushbu mulkchlik shakli beradi.Ekin
tarkibi asosini bug‟doy egalaydi. Paxtachilik esa viloyatda sustroq rivojlangan
ushbu texnik ekinga 36,0 mingga yer ajratilgan va undan 110 ming tonna paxta
xom ashyosi olinadi. Paxta ko‟proq Xatirchi, Navbaxor va Qiziltepa tumanlarida
rivojlangan.
Transport va tashqi savdo. Viloyatda transport tizimi uncha yaxshi
rivojlanmagan. Uning janubidan xalqaro temir va avtomabil yo‟llar o‟tadi, ana shu
yo‟llarga perpendikulyar shaklda Navoiy-Uchquduq temir yo‟li qurilgan. Hozirgi
vaqtda ushbu yo‟lning davomi ya‟ni
Uchquduq- Nukus yo‟nalishi qurib
bitirilgan.Uning ishga tushishi bilan Xorazm viloyati va Qoraqalpog‟iston
. Murantov oltin koni.

respublikasi mamlakatimizni boshqa hududlari bilan bevosita temir yo‟l orqali


,ya‟ni Turkmanistonga chiqmasdan , bog‟lanadi. Natijada , Navoiy shaxrining
(karmana bilan birga ) transport tuguni vazifasi yanada kuchayadi, Zarafshon,
Uchquduq, Konimex shaharlari rivojlanishiga cho‟l hududi tabiiy resurslaridan
foydalanishga ham qulay imkoniyat yaratadi.
Asosiy muomolari. Navoiy viloyati iqtisodiyotining istiqbollari
sanoatning tarmoqlari tarkibini takomillashtirish, yengil va oziq-ovqat sanoatni
rivojlantirish,agrar sohani mustahkamlash,transport tizmini yaxshilash bilan
bog‟liq.Shuningdek qishloq infratuzilmasini va sanoatni rivojlantirish,mehnat
resurslaridan, to‟laroq foydalanish,Navoiy shaxri va uning atrofi ekologiyasi
sog‟lomlashtirish,aholini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan taminlanishni yaxshilash
ham muhim ahamiyatga ega.
Navoiy viloyati katta hududiy va hozircha to‟la o‟rganilmagan mineral
xom ashyo zaxiralariga ega.Ularni aniqlash va xo‟jalik aborotiga kiritish, ayni
vaqtda,ishlab chiqarishning hududiy tarkibini yaxshilashga ham imkoniyat
beradi.Navoiy shaxrida barpo etilayotgan erkin iqtisodiy-industrial mintaqa,
shubxasiz,viloyat va respublika iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‟ldi va
mintaqamiz miqiyosida haqiqiy o‟sish qutublaridan biriga aylanadi.

Navoiy viloyati iqtisodiy kompleks kartasi


Samarqand viloyati
Samarqand viloyati Respublikamizda eng birinchilar qatorida tashkil
etilgan. U 1938-yil 15-yanvarda ushbu ma‟muriy maqomni olgan. Maydoni 16,8
ming2
km yoki O‟zbekiston hududining 3,7 % ga teng. Uncha katta bo‟lmagan
mintaqada 2014-yilning 1-yanvardagi ma‟lumotlarga qaraganda, 3412,8 ming aholi
yashaydi. Bu mamlakat aholisining 11,2 % demakdir. Viloyat hududning ko‟lami
bo‟yicha Respublikamizda 7 o‟rinda, aholi soniga ko‟ra birinchi o‟rinda turadi.
Bundan viloyat aholisining zichligi o‟rtacha mamlakat ko‟rsatkichiga qaraganda
deyarli 3 marta yuqori deb to‟g‟ridan-to‟g‟ri xulosa chiqarish mumkin. Samarqand
viloyati mamuriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari, 11 ta shahar va 88 ta
shaharchalardan iborat. Bu yerda 125 ta qishloq fuqarolar yig‟inlari, 1871 ta
qishloq aholi punktlari mavjud.
Sanoati. Samarqand viloyati sanoat ko‟p tarmoqli xususiyatga ega.Bu
yerda yerda oziq –ovqat ,mashinasozlik,yengil, kimyo, chinisozlik sanoati
yaxshiroq rivojlangan.Mustaqilik yillarida qurilgan avtomobilsozlik zavodlari
mintaqa iqtisodiyodiy salohiyatini ko‟tarishda katta ahamiyatga ega bo‟ladi.SHu
bilan birga tamaki ,chinni idishlar , yengil sanoat maxsulotlarini ishlab chiqishda
faol ishtirok etmoqda ;hammasi bo‟lib 2730 ta shu jumladan,33tasi yirik
korxonalar faoliyat ko‟rsatadi ,ularda 35.4 ming ishchi xodim xizmat qiladi. Oziq –
ovqat sanoati 41.8%, yengil sanoat 20.3% ,mashinasozlik 19.3%,qurulish
materiallari 6.1%,un-krupa kombikorm 6.5% , boshqalar 5%.
Samarqand viloyatida mamlakatimizda boshqa viloyatlarida yo‟q yoki juda
kam uchraydigan sanoat tarmoqlari mavjud. Ular jumlasiga lift, kino
apparaturalari, choy qadoqlash, sovutgichlar, avtobus, og‟iryuk tashuvchi
mashinalar, tamaki – fermentatsiya kabi zavodlar kiradi. Biroq, viloyatning elektir
energetika hamda qurilish bazasi sustroq, ip gazlama ishlab chiqarish ham
rivojlanmoqda (“samteks”-Jomboyda). Asosiy korxonalar Samarqandni o‟zida
joylashgan. Bu yerda lift, aftomabil, shisha-chini idishlar, kimyo, konserva, vino
zavodlari, ipak gazlama, tamaki, choy qadoqlash fabrikalari kabi korxonalar
mavjud.Viloyat sanoat ishlab chiqarishi dinamikasining taxlili shuni

ko‟rsatadiki,ushbu mikroiqtisodiy tarmoqi,ayniqsa oxirgi yillarda tez rivojlanib


bormoqda.
Qishloq xo’jaligi - Samarqand viloyati respublikamiz agroiqtisodiyotida
muhim o‟ringa ega.Mintaqada qishloq xo‟jaligi qolgan viloyatlardan farqli o‟laroq
,ko‟p tarmoqlidir.Buyerda paxtachilik va g‟alachilikdan tashqari bog‟dorchilik
uzumchilik,tamaki yetishtirish ancha yaxshi rivojlangan.Uzumchilik bo‟yicha u,
Toshkent viloyati bilanbir qatorda ,O‟zbekistonda yetakchi hisoblanadi.Hozirgi
kunda viloyatning 5ta qishloq tumanida paxta yetishtirilmaydi.
Dehqonchilik bilan bir qatorda ,chorvachilik ham rivojlanib bormoqda.
Ayniqsa, qo‟ychilik, qorako‟l qo‟ylarini boqish (asosan,Qarnob cho‟lida) katta
ahamiyatga ega.Yalpi qishloq xo‟jalik maxsulotlari tarkibida dehqonchilik ulushi -
62.8%. Fermer xo‟jaliklar maxsulotning 37.0% yetqazib beradi.
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalari. Samarqand viloyati
mamlakatimizning markazida joylashgani bois, u qulay transport geografik
o‟ringa ega. Bu yerda transchegaraviy ahamiyatga molik xalqaro va milliy
maqomdagi temir yo‟l va avtomobil yo‟llari bor. Respublikamizda birinchilardan
bo‟lib, Toshkent-Samarqand yo‟nalishda tezyurar “Registon” va mustaqilikning
20 yiligi arafasida ishga tushirilgan elektirlashtirilgan temir yo‟l va “Afrosiyob”
tezyurar poyezlari qatnovi tashkil etilgan. Samarqand shaxri ayraporti ham halqaro
ahamiyatga ega bo‟lib, uning asosida erkin iqtisodiy zona barpo etish imkoniyatlari
mavjud.
Mintaqada 2012 yilda 55.6mln.yuk, 434.0 mln yo‟lovchilar tashilgan.
Viloyat doirasida tashilgan yuk va yo‟lovchining 100foizi avtomobil transporti
zimmasiga tushadi. Avtomabil transportida tashilgan yuklar hajmi Bulung‟ur va
Samarqand tumanlarida ko‟p, Toyloq va Urgut yumanlari esa, u nisbatan oz. Yuk
aylanmasi Bulung‟ur ,Qo‟shrobot va urgut tumanlarda yuqori, Harpay, Jomboy va
Paxtachi tumanlarida kamroq.
Samarqand viloyati tashqi savdo aylanmasi 2013- yilda 777,8mln. AQSH
dollariga yaqin bo‟lgan. Eksport - 150,8, import - 62,0mln. Qoldiq - minus
476.2mln dollarga teng. Eksport tarkibida oziq –ovqat maxsulotlari 43.1, xizmatlar

22.9 foizni tashkil etadi. Importda esa mashina va uskunalar ulishi 535, kimyo


sanoati maxsulotlari-23,3, oziq-ovqat 10,0 foizga barobar. Mashina va uskunalar
hisobidan tashqi savdo aylanmasi nisbatan yuqori bo‟lsa, bu yomon emas. Chunki
sotib olingan zomonaviy texnik jixohlar, mashinalar keying yillarda taraqiyoti
uchun zamin hozirlaydi, modernizatsiyalashga yordam beradi.
Ichki tafovutlar va iqtisodiy rayonlar - Viloyatning tabiiy sharoiti,
iqtisodiy va transport geografik o‟rni, tarixiy rivojlanishi omillariga asoslangan
holda, uning ijtimoiy –iqtisodiy salohiyati o‟ziga xos hududiy xususiyatlar kasb
etadi. Bu yerda eng avvalo, viloyatning birinchi va ikkinchi markazlari -
Samarqad va Kattaqo‟rg‟on shaxarlari muhim rayon hosil qiluvchi salohiyatga
ega. Markaz Kattaqo‟rg‟on shaxrida sanoat bir muncha pastroq qishloq xo‟jaligi
paxta vag‟alla, cho‟l yaylov chorvachiligiga moslashgan. Samarqand shaxrida esa
sanoat, fan va talim, barcha ijtimoiy sohalar, jumladan rekratsiya va turizm
rivojlangan.qishloq xo‟jaligi paxta va g‟allaga ixtisoslashgan.
Xulosa o‟rnida shuni aytish mumkinki, Samarqand viloyati respublikamiz,
qolaversa,undan tashqarida ham mashxur bo‟lishiga qaramasdan, uning
umumiyijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi, xususan, sanoat, turizim sohalari
imkoniyat darajasida emas. Shu sababdan ham, mamlakatimiz mintaqaviy
siyosatida unga alohida etibor qaratilmoqda.

Rasm-1
1.2. Zarafshon iqtisodiy rayoni O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni


Bu rayon Respublikada yaratilgan yalpi ichki mahsulotning 17,1 %, saoat
ishlab chiqarishning 19,9 %, qishloq xo‟jaligi mahsulotining 20,1 %, investitsiya
hajmining 30,7 %i to‟g‟ri keladi. Biroq uning eksport-import faoliyati uncha katta
emas: 5,9 va 14,5 %. Buxoro viloyati O‟zbekiston Respublikasining 5,8 % yalpi
ichki mahsulotini, 4,1 % sanoat, 9,9 % qishloq xo‟jaligi mahsulotini taminlaydi.
Uning zimmasiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kapital qo‟yilmalarning
13,5 %, qurilish ishlarining 7 %, chakana savdo hajmining 6,3 % va pullik
xizmatlarning 5,5 % to‟g‟ri keladi. Viloyat so‟nggi yillarda respublikamizda kirib

kelayotgan horijiy investitsiyaning 35-40 % ini o‟ziga jalb qilgan. Buxoro


viloyatining hozirgi eksport salohiyati uncha katta emas atigi-1,9 % (importda
5%).Navoiy viloyati respublikamizda alohida ahamiyatga ega. Viloyat
respublikamz hududiy mehnat taqsimotida, asosan, tog‟-kon, xususan, rangli
metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati hamda go‟sht-jun chorvachiligiga
ixtisoslashgan. Uning hissasiga yalpi ichki mahsulotining 5,4 %, sanoat ishlab
chiqarishining 10,6 %, qishloq xo‟jaligi mahsulotining 4,7 %, chakana savdo
aylanmasining 4,0 %, pullik xizmatlarning 3,0 % I to‟g‟ri keladi. Eksport va
importda viloyat ulushi 2,9 va 4,5 %. Sanoat mahsulotining qiymati bo‟yicha
Navoiy viloyati respublikamizda oldingi o‟rinlarda turadi. Navoiy viloyatida
ro‟yxatga olingan kichik biznes subektlari soni 13,7 mingta. Biroq, ularning
sanoatdagi ulushi atigi, 6,3 % (respublikada eng kam). Sanoatda kichik biznes va
mikrofirmalar hissasi ozdir.
Samarqand. Samarqand viloyatining demografik salohiyati ancha katta
bo‟lsada, asosiy makroiqtisodiy ko‟satkichlar yalpi ichki mahsulotning -6,2 %,
sanoat ishlab chiqarishning -5,4 %, xalq istemol mollarining 10,0 %, kapital
qo‟yilmalarning -6,1 %, qurilishning-4,8 %, chakana savdo hajmining 8,3 %,
pullik xizmatning 9,5 % ini ta‟minlaydi. Eksport salohiyati ancha zaif atigi 1,1 %,
faqat qishloq ho‟jaligi mahsulotining ulushi aholi ko‟rsatkichlaridan yuqoriroq,
xolos (12,1 %).
Shu bilan birgalikda turizm salohiyatining yuqoriligi bilan ham ancha
ustunlik qiladi. Samarqand viloyati mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida muhim ega.
Bu yerda mashinasozlik, oziq-ovqat sanoatlari, paxta, uzum, tamaki yetishtirish,
xalqaro turizm ixtisoslashgan tarmoqlar hisoblanadi.
Samarqand viloyati qulay geografik o‟rinda, respublikamizning qulay
markaziy qismida joylashgan. U ga‟rb va shimoliy-g‟arbda Navoiy, shimolysharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo viloyatlari bilan, janubi sharqda qisqa
masofada Tojikiston Respublikasining So‟g‟d (Panjakent rayoni) viloyati bilan
chegaralanadi.

Viloyat tabiiy resurslarga birmuncha boy. Jumladan, Qo‟shrabot tumanida


oltin (Zarmiton), Nurobot tumanida volfram va molibden (Ingichka), urgut
tumanida marmar, Samarqand tumanida ohak (Ohakli) va boshqalar bor.
Yuqoridagilardan tashqari, mintaqa hududida oltin - Oqbel, Oltinqozon, basalt -
Zarband, granit - Gurmak, Qo‟shrabot, kaolin va alunit Oqtosh, volfram rudalari
Yaxton, Urgut, turli xil qurilish materiallari Jom, Bulung‟ur, Ishtixonda topilgan.
Biroq, bu tabiiy - resurslar salohiyatidan hozircha to‟laligicha foydalanilmayapti.
Samarqand viloyatida mamlakatimizning boshqa viloyatlarida yo‟q yoki
juda kam uchraydigan sanoat tarmog‟i mavjud. Ular jumlasiga lift, kino
apparaturalari, choy qadoqlash, sovutgichlar, avtobus, og‟ir yuk tashuvchi
mashinalar, tamaki - fermentatsiya kabi zavodlar kiradi.
Viloyat sanoat ishlab chiqarishi dinamikasining taxlili shuni ko‟rsatadiki,
ushbu makroiqtisodiy tarmog‟i, ayniqsa, oxirgi yillarda tez rivojlanib bormoqda.
Jumladan, 2013-yilda sanoat mahsulotlari hajmi 113,6 % ga ko‟paygan. Bu o‟z
navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy iqtisodiyotni
sanoatlashtirish siyosatining amaldagi natijasi hisoblanadi. Shu o‟rinda takidlash
lozimki, Samarqand viloyati sanoati ko‟rsatkichlari yaqin o‟tmishda (2000-
yillarda) respublika miqyosida bu borada ancha past edi.
Buxoro: Buxoro viloyati iqtisodiyotidagi agrar-industrial yo‟nalishga ega.
Mustaqillik yillarida mintaqa sanoati, xususan, yoqilg‟i, qurilish materiallarini
ishlab chiqarish ancha tez rivojlanadi, chunki qulay investitsiya muhiti yaraladi.
Hozirgi kunda viloyat umumiqtisodiy rivojlanish ko‟rsatkichlari b„yicha respublika
o‟rtacha darajasidan yuqoriroq pog‟onada turadi.
2013-yil yakunlariga ko‟ra, Buxoro viloyati O‟zbekiston respublikasining
5,8 % yalpi ichki mahsulotini, 4,1 sanoat, 9,9 % qishloq xo‟jalik mahsulotini
ta‟minlaydi. Uning zimmasiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kapital
qo‟yilmalarning 13,5 %, qurilish ishlarining 7,0 %, chakana savdo hajmining 6,3
% va pullik xizmatlarning 5,5 % to‟g‟ri keladi. Viloyat so‟nggi yillarda
respublikamizga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyaning 35-40 %ini o‟ziga jalb
qildi.

Kichik tadbirkorlik sanoat bo‟yicha, xususan, Vobkent va va Kogon


tumanlarida, qurilish Qorako‟lda yaxshi rivojlangan. Masalan, Vobkent tumanida
mazkur sektor sanoat mahsulotining qariyib 100 %ini beradi. Bu jihatdan,
Shofurkon, Romiton hamda Qoravulbozor tumanlari ancha orqada. Ayni vaqtda,
Qorako‟l tumanidagi qurilish ishlarining 100 %i kichik biznes tomonidan
bajarilgan.
Buxoroda sanoat korxonlari soni jami 10 mingdan ziyod, biroq, ularning
yiriklari 25 ta. Buxoro sanoati, asosan, yonilgi (benzin, kerosin, dizel yonilg‟isi),
mebel, oxak, gips, gipsokarton, paxta tolasi, ip gazlama va boshqalarni ishlab
chiqaradi. Bir yilda 80-90 ming t neft va gaz kondensati, 2,6 mlrd. m3
tabiiy gaz,
730 ming t benzin, 465 ming t atrofida dizel yoqilg‟isi, 160-165 ming t. mazut, 90
ming tonnadan ziyod kerosin, 6-7 ming t suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.

Yüklə 50,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə