|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
|
səhifə | 20/75 | tarix | 05.10.2023 | ölçüsü | 0,98 Mb. | | #125690 |
| O’zbekiston respublikasi oliy va o’rtaDoiraviy rejalashtirish faqat 10 yildan 20 yilgacha mo’ljallangan global maqsadlar va strategiyalarni shakllantiradi. U xalq va jahon xo’jaligi, aholi, texnologiyalar va hokazolarning taxminiy prognoz tendenstiyalari asosida uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini baholash uchun xizmat qiladi. Mazkur loyihada faqat mahsulotning ayrim guruhlari bo’yicha ishlab chiqarish dasturini kengaytirish ko’zda tutilishi mumkin.
Doiraviy reja markazlashgan reja ko’rinishida muntazam ravishda yoki obyekt rejasi ko’rinishida nomuntazam ravishda ishlab chiqiladi (markazlashgan yoki markazlashmagan).
Uzoq muddatli rejalashtirish investistiyalar va mahsulot ishlab chiqarish dasturlariga mahsulotning muayyan gruhiga xos bo’lgan reja gorizontigacha muayyanlashtiradi va odatda, 10 yilgacha bo’lgan muddatni qamrab oladi. Ko’rib chiqilayotgan davrda rejalashtirish gorizontiing o’ziga xosligi yangi xildagi avtomobilni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan davrning uzoqligiga bog’liq, bu davr, jahon tajribasi ko’rsatib turganidek, uch yildan besh yilgacha cho’ziladi (maqsadni shakllantirishdan seriyali ishlab chiqarishga tayyor bo’lguncha vaqt). Bunda investistiyalarni rejalashtirish rejalashtirishning quyiidagi gorizontidan o’tib ketishi mumkin: uzoq muddatli rejalashtirishning o’ziga xos ahamiyati uning strategik xususiyatga egaligida. Uzoq muddatli reja bir yilda kamida bir marta tuziladi
Dostları ilə paylaş: |
|
|