Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‟zolari umumiy sonining
kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bо„yicha qaror qabul qiladi. Bunda О„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste‟foga chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari о‗rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda, davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytiradi va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimidagi о‗rnini ancha oshiradi.
2011 yil 12 dekabrdagi ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonun bilan О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90- moddasiga tuzatish kiritildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi.
Dostları ilə paylaş: |