O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Ikkinchi bosqich – 1991 yildan 2000 yilga qadar bо„lgan davrni о„z ichiga oladi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/171
tarix18.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#82942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
127791 УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Ikkinchi bosqich – 1991 yildan 2000 yilga qadar bо„lgan davrni о„z ichiga oladi. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan о‗tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qо‗yildi.

Shu davrdan boshlab, bir necha avlod davrida shakllanib kelgan va odamlar ongiga singib ketgan kommunistik mafkura aqidasidan voz kechilib, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Milliy istiqlol g‗oyasining asoslari shakllandi. Buning ta‘sirida demokratik qadriyatlarning hayotdagi о‗rnini mustahkamlash imkoniyati tug‗ildi, mamlakatni jahon hamjamiyatiga integratsiyasiz tasavvur qila olmaydigan yangi avlod vakillari maydonga chiqdi. Bu mamlakatda

tub siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ruhiy о‗zgarishlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishida muhim omil bо‗ldi.

―О‗zbek modeli‖ning hayotga joriy etilishi natijasida tarixan qisqa davr ichida ma‘muriy- buyruqbozlikka asoslangan eski sovet tizimi о‗rniga milliy davlatchilik asoslarini yuzaga keltirishga qaratilgan huquqiy baza yaratildi. Yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga о‗tish jarayoni boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlar, an‘ana va qadriyatlarni saqlash hamda taraqqiy ettirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‗tarildi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə