O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə66/171
tarix18.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#82942
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   171
127791 УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.


Mazkur soxada ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat kо‗rsatish sifatini tubdan yaxshilash va sohani boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida "О‗zbekiston havo yо‗llari" milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "О‗zbekiston avtomobil transporti" ("О‗zavtotrans") davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan О‗zbekiston avtomobil va daryo transporti agentliti); "О‗zbekiston temir yо‗llari" davlat- aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) kabi idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va masuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yо‗llari qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish, yо‗llarni saqlash va ta‘mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat hududlarini xalqaro magistrallar bilan bog‗laydigan yо‗llar qurish masalalariga e‘tibor kuchaydi. О‗z R.ning Markaziy Osiyoda tutgan о‗rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qо‗shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1995-2010 yillarga mо‗ljallangan milliy dastur ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida 1996 yildan Toshkent-Andijon-О‗sh magistralining 100 km.dan ortiq tog‗li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tonellari foydalanishga topshirildi. Almati-Bishkek-Toshkent- Termiz va Samarqand-Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi avtomobil yо‗li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog‗laydigan avtomobil yо‗li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yо‗lagi)ning respublika hududidan о‗tadigan qismini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. О‗zbekistonni Qozog‗iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog‗laydigan 340 kilometrli Qо‗ng‗irot-Beynov avtomobil yо‗li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.

Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yо‗nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7 mayda О‗z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi.

О‗zbekistonning yagona temir yо‗l tarmog‗ini vujudga keltirish bо‗yicha 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yо‗li qurib bitkazildi.

Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yо‗lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yо‗lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kentaytirish hamda transmilliy transport yо‗laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yil 11 oktabrda "О‗zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi" tashkil etildi. Uyushma tarkibiga "О‗zbekiston temir yо‗llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "О‗zbekiston havo yо‗llari" milliy aviakompaniyasi, О‗zbekiston avtomobil va daryo transporti agengligi, "О‗zavtoyо‗l" kompaniyasi, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug‗ullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.

1995-2005 yillarda О‗zbekistonda 2500 km. umumiy foydalanishdagi avtomobil yо‗llari qurildi, 1435 km. avtomobil yо‗llari rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga о‗tkazildi, 47046 km. yо‗l ta‘mirlandi hamda 460 dan ortiq kо‗prik qurildi.

Bu davrda "О‗zbekiston havo yо‗llari" belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan chuqur о‗zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obrо‗-etiborini yanada oshirishga xizmat qildi.

2003 yildan boshlab ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilish, qо‗shni davlatlar hududidan о‗tmaydigan, mamlakat hududlarini bog‗lovchi yangi temir va avtomobil yо‗llari qurish ishlarini davom ettirish, ba‘zi ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini dunyo talablari darajasiga yetkazish, transport-kommunikatsiya sohalarining barqaror rivojlanishini taminlash vazifalari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichda respublika temir yо‗l tarmog‗ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi G‗uzor-Boysun-Qumqо‗rg‗on temir yо‗lining qurilishi amalga oshirildi.

2007 yil 24 avgustda О‗z.Rning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Toshg‗uzor-Boysun- Qumqо‗rg‗on temir yо‗lining tantanali ochilishida nutq sо‗zlab, "Asriy tog‗u toshlar, dashtu

biyobonlar bag‗rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bо‗lgan bu temir yо‗lni qisqa davrda, hammasi bо‗lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining о‗zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, о‗ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bо‗lamiz", deb ta‘kidlagan edi.

Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, о‗zbek xalqi о‗z kuch-qudrati, nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog‗li hududlar bо‗ylab, yozning jazirama issig‗i, garmsellari, qishning izg‗irin shamollari ostida temir yо‗l izlari yotqizilgani, Toshg‗uzor va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqо‗rg‗on kabi 6 ta yangi stansiya va yо‗lovchi platformalariga ega bо‗lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham kо‗rish mumkin. Barcha stansiyalarda yо‗l xavfsizligini ta‘minlaydigan ishlab chiqarish obyektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini kо‗rsatadi.

Yangi temir yо‗l foydalanishga topshirilishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi Tubagat kaliy tuz koni asosida Dehqonobod kaliy о‗g‗itlar zavodining qurilishi loyihasini tayyorlash va unga xorijiy mamlakatlarning investitsiyalarini jalb etish bо‗yicha ishlar boshlandi. Surxondaryo viloyatida Xonjiza polimetall, Sharg‗un va Boysun toshkо‗mir konlarini о‗zlashtirish, yangi sement zavodlari qurish yuzasidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Temir yо‗l tarmog‗ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yо‗lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yо‗llarga xizmat kо‗rsatish va yо‗l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2-2,5 ming qо‗shimcha yangi ish о‗rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida qо‗shimcha 3-4 mingta ish о‗rniga ega bо‗lingani ulkan muvaffaqiyatdir.

Bu yо‗l О‗zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg‗on temir yо‗l yо‗lagi orqali yaqin kelajakda tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, respublikaning tranzit salohiyatini keskin oshiradi.

Respublikada 2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog‗ini yanada rivojlantirish imkonini berdi.

2012 yilning 5 yanvarida temir yо‗llarni elektrlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qо‗llash asosida yо‗lovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish, sifatli xizmat kо‗rsatishni ta‘minlash maqsadida Osiyo Taraqqiyot banki ishtirokida "Maroqand-Qarshi temir yо‗l uchastkasini elektrlashtirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida» Prezident Qarori qabul qilindi.

2017 yil 13 martda ―Buxoro-Miskin temir yо‗l liniyasini qurish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi (PQ-2827), shu yil 26 mayda esa ―Islom taraqqiyot banki ishtirokida «M39 Toshkent-Termiz avtomobil yо‗lini rekonstruksiya qilish» hamda «Saudiya taraqqiyot jamg‗armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‗armasi ishtirokida «4R87 G‗uzor-Chim- Kо‗kdala avtomobil yо‗lini rekonstruksiya qilish» loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bо‗yicha qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi О‗zR Prezident Qarorlarining qabul qilinishi mamlakatimiz transport-kommunikatsiya tizimini yaxshilash yо‗lidagi navbatdagi qadam bо‗ldi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan "Navoiy" xalqaro intermodal logistika markazi va "Angren" logistika markazining imkoniyatlari juda keng. Ta‘kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar Hamdо‗stligi hududida yagona bо‗lgan ushbu markazda tovarlarni yuklash va tushirish, ularni tarqatish va omborlarga joylash ishlari zamonaviy texnika vositalari yordamida tezkorlik bilan amalga oshiriladi.

2012 yilga kelib aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta‘minlandi. Jumladan, О‗zbekiston hukumati yordamida aviakompaniya parki "Boing-757", "Boing-764", A-310, RJ- 85 samolyotlari bilan tо‗ldirildi. "О‗zbekiston havo yо‗llari" aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yо‗nalishini boshqarmoqda. Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat kо‗rsatayotgan, sо‗nggi avlod

aviatsiya texnikalariga texnik xizmat kо‗rsatish va ularni ta‘mirlash bо‗yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bо‗lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati kо‗rsatilayotir.

"О‗zbekiston havo yо‗llari" aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg‗ona, Navoiy) zamona- viy aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.

"Navoiy" xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari bilan jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bо‗lishidan qat‘i nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga ega bо‗ldi.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi ―Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5647-son Farmoni bilan O‗zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O„zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.

Vazirlik avtomobil, temir yo‗l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‗l xo‗jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‗yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‗linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

Keyingi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim ―drayver‖laridan biriga aylandi. 2019 yilga kelib bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga kо‗ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar qо‗llash va yangi istiqbolli yо‗nalishlarni shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.

Iqtisodiy yuksalishni ta‘minlash uchun barcha qulayliklarga ega bо‗lgan zamonaviy infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilinishicha keyingi 3 yilda yо‗l qurilishiga – 9,8 trillion sо‗m, suv tarmoqlariga – 4,6 trillion sо‗m, elektr tarmoqlariga – 18,2 trillion sо‗m, tabiiy gaz ta‘minotiga – 1,2 trillion sо‗m mablag‗ ajratilgan. Bu raqamlar ushbu tarmoqlar uchun sо‗nggi

10 yilda sarflangan mablag‗lardan bir necha barobar kо‗pdir. Lekin, shunga qaramasdan, zamonaviy infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir necha о‗n barobar kо‗p mablag‗ talab etiladi.

2020 yil noyabr xolatiga ko‘ra mamlakativiz hududida 42 869 km. uzunlikdagi yо‗llar mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yо‗llar 3 993 km, davlat ahamiyatidagi yо‗llar 14 203 km. va mahalliy ahamiyatdagi yо‗llar 24 673 km. ni tashkil qiladi.

2020 yil 1 oktabr holatiga jismoniy shaxslarga tegishli bо‗lgan avtotransport vositalari soni 3.083.849 tani tashkil qiladi. Shundan eng kо‗p avtotransport vositalari soni Toshkent shahri (487.507 ta), Samarqand viloyati (366.558 ta) hamda Toshkent viloyati (299.801 ta) hududlariga tо‗g‗ri kelmoqda.



Respublikadagi yо‗l patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar 91 ta, kuzatuv kameralari 95 ta, onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar 183 ta, chorrahalardagi qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154 tani tashkil qilgan.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə