O„zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati.
O‗zbekiston demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda hal qiluvchi kuch bo‗lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashni o‗zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. O‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uzoqni ko‗rib ilgari surgan va amaliyotga tatbiq etilgan konseptual g‗oyalari, aniq taklif va tashabbuslari mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini ta‘minladi. ―Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma‟naviy sog„lom o„sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo„lgan, uyg„un rivojlangan insonlar bo„lib, XXI asr talablariga to„liq javob beradigan barkamol avlod bo„lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o„z oldimizga maqsad qilib qo„yganmiz” deb ta‘kidlagan edi I.A.Karimov (Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatamizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko„tarilish sari. 18-j. -T.: O„zbekiston, 2010. B. 185.).
Hozirgi kunda O‗zbekiston aholisining ijtimoiy-demografik holatiga nazar tashlansa, unda yoshlar asosiy ijtimoiy-siyosiy kuch ekanligini ko‗rish mumkin. Chunki mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‗i 64 foizni tashkil qiladi (Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya
Dostları ilə paylaş: |