O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə14/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Marketing 08972

Tovarni o’rganish. Raqiblar tovarlariga qaraganda yangiligi va raqobatbardoshligi, uning mahalliy qonunchilik, tartib va qoidalar talabiga to’g’ri kelishi, hozirgi va bo’lajak xoridorlar ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatlari xaridorlar talabi va davlat hujjatlari asosida modifikatsiyalash va hokazo.
Xaridorlarni o’rganish. Tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish usullari, tovarning qaysi belgilari uni sotib olishga majbur qilmoqda.
Bozor kon’yunkturasi. Ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi. Bozor kon’yunkturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko’ra, bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin. Bozor kon’yunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko’radi. Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo’lsa, kon’yunktura xaridor uchun qulay bo’ladi, tovarni arzonga olib, bundan naf ko’radi. Bozor kon’yunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo’lishi mumkin. Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o’zgarishiga qarab har xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo’shimcha resurslar va ularning qaytim berish muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport-import, shuningdek narx-navodagi o’zgarishlar tendentsiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovarlar taklifi o’rganiladi. Investitsiya summasi va tarkibiga, mehnat predmetiga bo’lgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek, aholi xarid qobiliyatiga, uning tovarlar bilan ta’minlanishi darajasini hisobga olib talab o’rganiladi. Bozor kon’yunkturasi ehtimollari milliy, regional va jahon bozorlariga, ayrim tovarlarga nisbatan aniqlanadi. Bozor kon’yunkturasi oldindan ko’ra bilish, iqtisodiy tanglikka yo’liqmaslik, bozor muvozanatini ta’minlab borish sharti hisoblanadi. Bozorning umumiy holatini o’rganishda, uning geografik joylashishi, hajmi, tovarlar va firmalar tarkibi, raqobatning shiddati, kon’yukturasi va uning istiqboliga ahamiyat beriladi. Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatlarni ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar majmui bozor kon’yunkturasini bildiradi. U aniq iqtisodiy ko’rsatkichlar talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor hajmi va boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor kon’yunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Bozor va, eng avvalo, butun bozor kon’yunkturasini kompleks tahlil etish, ishbilarmon doiralar fikricha, biznesmenga xatolarga yo’l qo’ymaslik, xo’jalik masalalarida bir qarorga kelishda tavakkalchilikni kamaytirishga yordam beradigan muhim omil
hisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunktura tadqiqoti tovar ayriboshlash sohalarida va ularning takror ishlab chiqarish jarayoni boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqalarni rivojlantirish umumiy qonunlarni o’rganish bilangina cheklanmaydi, balki u yoki bu tovar bozorida tarkib topgan ahvolni har tomonlama chuqur tahlil etishga, yuz berishi mumkin bo’lgan vaziyatni oldindan taxmin qilishga qaratilgandir.
Tovar bozori o’zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi, ikkinchidan ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar tizimini aks ettiradi. Birinchi hol aloqalarning asosiy shakli bo’lib, xarid qilish va sotish hisoblanadi. Ikkinchi shakli esa o’zaroraqobat shakli hisoblanadi. O’ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy kon’yunktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko’ra milliy xo’jaliklar va tovar bozorlari g’oyat xilma-xil hisoblanadi. Har bir bozor va uning kon’yunkturasi rivoji har bir bosqichi uchun muayyan xususiyatlarni va uzoq muddatli yo’nalishlar ko’lamini, o’tkinchi va nisbatan davomli o’zgarishlarni hamda bularning ahamiyatini, o’zaro hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o’rnini belgilab beruvchi omillarni qanchalik uyg’unlashtira olishi muhimdir.
Iqtisodiy kon’yunkturani tadbiq etish metodologiyasi bozorlar turlanishini o’tkazish zarurligini taqozo qiladi. Kon’yukturaviy tadqiqotlarning amaliy yo’nalishi ularga qanday yondashish va qanday uslubdan foydalanish kerakligini ham aniqlab beradi. Boshqacha aytganda tadqiqotlarning maqsadi o’tkaziladigan turlanish zaminida nimalar yotganligini belgilaydi.
Bozor kon’yunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Shuning uchun tovar bozorning tahlili quyidagi ikki yo’l bilan olib borilishi mumkin:

  1. Agar kon’yunkturaning o’zgarish darajasi va tendentsiya-larini bilish ko’zlansa, u holda, uning belgilangan davrdagi dina-mikasi o’rganiladi;

  2. Agar kon’yunkturaning ma’lum muddatga bo’lgan ahvolini bilish zarur bo’lsa, unda tovarning bozordagi hayotiy yo’li o’rgani-ladi, aniq bosqichi belgilanadi va tahlil qilinadi.

Butun yig’ilgan axborotlar uch qismga bo’linadi. Birinchisiga, kon’yunkturani oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi yo’q. Ikkinchisiga, kon’yukturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko’rsata olmaydi. Uchinchisi, kon’yukturaning kelajakdagi o’zgarishini aniqlaydi. Kon’yunkturaning tahliliy bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko’rsatgichlarigina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika ma’lumotlariga asoslanishi kerak.
Kon’yuktura axborotnomasi - kon’yunkturaning tahliliy shakli hisoblanadi. Bu hujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to’g’risidagi, ularning o’zaro aloqalari hamda konyukturaning umumiy o’zgarshini ifodalovchi qonuniyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mamlakat iqtisodiy doirasida kon’yukturani tahlil qilish quyidagi ko’rsatkichlarga asoslanadi:
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, qishloq xo’jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi ko’rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik va inflyatsiya darajalari. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga
tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho, talabning qondirilishi darajasi, tovar ishlab chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko’rsatkichlarning umumiylik tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bog’liq va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchisiga o’tganda ularda o’zgarish ro’y beradi. Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar ro’y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o’rinni egalaydi. Mamlakat iqtisodiyoti kon’yukturasida ro’y beradigan barcha o’zgarishlar manbai bo’lib, ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, uning ko’rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori bo’ladi. Sanoat ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari:

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə