O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə4/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Marketing 08972

Qarshi talab. Bunda bozor qarshi talabga uchragan bo’lib, tovarni yoqtirmaganlar bu tovarni chetlab o’tish uchun qo’shimcha xarakat qilishga ham tayyor bo’ladi. Bu holatda marketingning vazifasi - nega bozor tovarni yoqtirmayapti degan savolni tahlil qilib, bu holatni marketing dasturi orqali tovarni o’zgartirish, narxini pasaytirish bilan hal qilish mumkinmi degan savolga javob topishi kerak.

  • Talabning yo’qligi. Bunda xaridorlar tovarga nisbatan qiziqishlari yo’q yoki umuman befarq bo’ladilar. Marketing bu holatda xaridorlarni tovarga qiziqishlarini oshirish yo’llarini topishi zarur.

  • Yashirin talab. Ko’p xaridorlar o’z ehtiyojlarini namoyon qiladilar, ammo bu ehtiyojlarni qondirib bo’lmaydi. Marketing bu holatda iste’molchi talabini qondiruvchi samarali tovar va xizmatlarni yaratishi lozim.

  • Pasayuvchi talab. Erta yoki kech har bir korxona talabning pasayishi bilan to’qnashadi. Marketing bunda bu tendentsiya (ziddiyat)ni tovar taklifini o’zgartirish orqali teskarisiga aylantirishi lozim.

  • Doimiy bo’lmagan talab. Ko’pchilik korxonalar mavsumi, kunlik tarzda ishlaydi va ishning ortib ketishi va kamayib ketishi muammosi kelib chiqadi. Marketing bunday talabni vaqt bo’yicha taqsimlanishini egiluvchan narxlar orqali to’g’irlashi zarur.

  • To’liq talab. Korxona o’z savdo oboroti bilan mamnun bo’ladi. Marketing bunda mavjud talabni kuchayayotgan raqobatga qaramasdan ushlab turishi lozim.

  • Ortiqcha talab. Ko’p korxonalarda talab hajmi ular qondira olish hajmidan yuqoridir. Marketing bunda vaqtincha yoki doimiy talabni pasaytirish yo’llarini izlab topishlari zarur.

  • Ratsional bo’lmagan talab. Sog’liq uchun zararli bo’lgan tovarlarga talabni kamaytirishga harakat qilish zarur. Marketing bunda har xil qo’rqinchli xabarlarni tarqatib, narxni tezda ko’tarib, odamlarni o’zi sevgan zararli odatlarni tashlashga undaydi.

    Marketingni boshqarishda bir necha funktsional tizimlar mavjud:


    1. Yüklə 210,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə