O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə6/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

yorug‘lik kuchi deb ataluvchi kattalik qo‘llaniladi.
Q nuqtada turuvchi nuqtaviy yorug‘lik manbayining atrofida markazi shu nuqtada bo‘lgan r radiusli shar chizamiz. Unda fikran shunday shar sektori (uchi shar markazida bo‘lgan konus) qirqib olaylikki, uning asosi shar sirtida S yuzni hosil qilsin. Bu konus sirti bilan chegaralangan fazo fazoviy burchak  deb ataladi (6- rasm) va u quyidagicha topiladi:

  S .
r 2

(2.2)


Fazoviy burchak tayanib turgan shar sirtining yuzi kattalik jihatidan shar radiu- sining kvadratiga teng bo‘lsa, ya’ni S = r2 bo‘lsa, fazoviy burchak 1 ga teng bo‘ladi



  1. rasm.

1 1

va bu burchak steradian (sr) deb ataladi. Sharning to‘liq sirti S = 4r 2 bo‘lgani uchun nuqta atrofidagi butun fazoni qamrab oluvchi
 to‘liq fazoviy burchak quyidagicha ifodalanadi:

  S
4 r 2
 4



r 2 r 2
sr.
(2.3)

Demak, nuqta atrofidagi to‘la fazoviy burchak 4 steradianga teng bo‘lar ekan.
Yorug‘lik oqimining bu oqim tarqalayotgan fazoviy burchak kattaligiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka manbaning yorug‘lik kuchi deb ataladi:

I  .

(2.4)

Demak, yorug‘lik kuchi 1 steradian fazoviy burchak ichida tarqaladigan yorug‘lik oqimi bilan o‘lchanadi.
Yorug‘lik jismga tushib, ularni yoritadi. Yorug‘likni baholash uchun yoritilganlik deb ataladigan kattalik kiritilgan.
Yorug‘lik oqimining o‘zi tushayotgan sirt yuziga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik yoritilganlik deyiladi.
Agar E yoritilganlik, Ô — yorug‘lik oqimi, S — yoritilayotgan sirt yuzi bo‘lsa, u holda ular orasidagi bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi:

E  .
S
(2.5)

Bundan, yorug‘lik oqimi sirt bo‘yicha bir tekis taqsimlanganda yoritilganlik son qiymati jihatidan yuza birligiga tushayotgan yorug‘lik oqimiga teng ekan.
Mehnat unumini orttirish va ko‘zning ko‘rish qobiliyatini saqlash uchun ish joyining yaxshi yoritilgan bo‘lishi katta aha- miyatga ega. Quyidagi jadvalda har xil ishlar uchun yoritilganlikni turli mezonlari belgilangan.



1 2

Shu vaqtgacha biz nuqtaviy yorug‘lik manbalari haqida gapirdik. Biroq ko‘p hollarda yorug‘lik manbalari biror o‘lchamga ega bo‘ladi, ya’ni yoyilgan bo‘ladi. Bunday manbalarning shakli va o‘lchamlari ko‘z bilan ko‘rib farq qilinadi.
Yoyilgan yorug‘lik manbalari uchun yorug‘lik kuchi yetarli xarakteristika bo‘la olmaydi. Shuning uchun qo‘shimcha xarak- teristikalar — yorqinlik va ravshanlik tushunchalari kiritiladi.
Yorug‘lik manbayining yuza birligidan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha nurlanayotgan yorug‘lik oqimiga son jihatdan teng bo‘lgan kattalik yorqinlik deyiladi:

R F ,
S
bu yerda S — manbaning yorug‘lik sochayotgan yuzi.
(2.6)

Yorug‘lik manbalari katta o‘lchamli bo‘lganda ko‘z manba sirti alohida qismlarining ma’lum yo‘nalishdagi nurlanish kuchini ajratadi.
Manba sirtining yuza birligidan ma’lum yo‘nalishda yuzaga nor- mal ravishda chiqayotgan yorug‘lik kuchiga son jihatdan teng bo‘lgan kattalik ravshanlik deyiladi:


I
B S .

(2.7)


Agar yorug‘lik ixtiyoriy yo‘nalishda chiqayotgan bo‘lsa, ravshanlik quyidagicha ifodalanadi:



B I ,
Scos

(2.8)


bu yerda  — nurlanayotgan sirtga o‘tkazilgan normal bilan kuzatish yo‘nalishi orasidagi burchak.
Endi yuqorida ko‘rib o‘tilgan fotometrik kattaliklarning o‘lchov birliklari bilan tanishib chiqaylik. Xalqaro birliklar sistemasi (SI) da fotometrik kattaliklarning asosiy birligi qilib yorug‘lik kuchi birligi kandela (lotincha sham) — kd qabul qilingan. Kandela temperaturasi platinaning normal bosimdagi qotish temperaturasi (1769 °C) ga teng bo‘lgan to‘la nurlagich kesimining 1/600000 m2 yuzidan bu kesimga perpendikular yo‘nalishda chiqargan yorug‘lik kuchidir.
Yorug‘lik oqimining birligi qilib lumen (lm) qabul qilingan. (2.4) formulaga binoan 1 lm = 1 kd•1 sr, ya’ni yorug‘lik kuchi 1 kandela bo‘lgan nuqtaviy manbaning bir steradian fazoviy burchak ichida chiqargan yorug‘lik oqimi bir lumen deyiladi.
1 3

Agar nuqtaviy manba yorug‘likni hamma yo‘nalishlar bo‘yicha tekis tarqatayotgan bo‘lsa, uning to‘liq yorug‘lik oqimi
Ô0 = 4I (2.9)
ga teng bo‘ladi. Yoritilganlik birligi qilib luks (lk) qabul qilingan. (2.5) formulaga asosan, 1 m2 sirtga 1 lumen yorug‘lik oqimi nor- mal tushib, tekis taqsimlanganda hosil bo‘lgan yoritilganlik 1 luks deb ataladi.
Yorqinlik ham yoritilganlik o‘lchanadigan birliklarda, ya’ni lukslarda o‘lchanadi.
Ravshanlik birligi qilib nit (nt) qabul qilingan. (2.7) formulaga asosan u quyidagiga teng:
1 nit = 1 kd/1m2.
Buyumlarning yoritilganligi manbaning yorug‘lik kuchiga va manbadan yoritilayotgan sirtgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq holda o‘zgarar ekan. Yoritilayotgan r radiusli shar bo‘lib, uning mar- kazida yorug‘lik kuchi I bo‘lgan nuqtaviy manba turgan bo‘lsin. Bu holda nurlar yoritilayotgan sirtning har qanday elementiga per- pendikular bo‘ladi (7- rasm). Yorug‘lik kuchi I bo‘lgan manbaning barcha yo‘nalishlar bo‘ylab sochayotgan to‘liq yorug‘lik oqimi Ô0
= 4I bo‘ladi. Butun shar sirtining yuzi S = 4r 2, bu sirtning
yoritilganligi quyidagicha bo‘ladi:

E 0
0 S
4I 4r 2
I .
r 2

(2.10)


Bu bog‘lanish yoritilganlikning birinchi qonunini ifodalaydi. Nuqtaviy yorug‘lik manbayidan chiqayotgan nurlar sirtga perpendikular tushganda sirtning yoritilganligi manbaning yorug‘lik kuchiga to‘g‘ri proporsional va undan yoritilayotgan sirtgacha bo‘lgan masofa kvadratiga teskari proporsionaldir.
Yoritilganlik yuqorida ko‘rsatilgan omillardan
tashqari, nurning yorituvchi sirtga qanday bur- chak ostida tushishiga ham bog‘liqdir. Bu bog‘liq- likni aniqlaylik. Perpendikular nurlarning Ô0 oqimi yuzi S va uzunligi AB bo‘lgan to‘g‘ri to‘rt- burchak sirtiga tushayotgan bo‘lsin (8- rasm). Bu


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə