Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə13/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89
sitologiya majmua

Tayanch iboralar. Plazmatik membrana, gialoplazma, reseptor oqsillar, strukturaviy, transport oqsillar, lipidlar, uglevodlar.
Mashg'ulotning ta'limiy maqsadi: talabalarni hujayraning ichki borligi- sitoplazmaning tarkibi, vazifasi bilan tanishtirish.
Mashg'ulot jihozlari: eukariot hujayraning tuzilishi tasviri, sitoplazma harakatini namouish etuvchi video lavhani kompyuter orqali namoyish qilish.
1. Sitoplazmaning tuzilishi va tarkibi. Hujayra ichidagi plazmatik membrana bilan o'ralgan borliq protoplazmadir. Hujayrani o'rganish tarixida ko'proq e'tibor hujayra qobiqiga qaratilgan. Lekin 1835 yilda F. Dyujarden bir hujayrali organizmlar ichidagi suyuqlikni o'rganib unga sarkoda ya'ni go'shtga o'xshash deb nom beradi. Uning fikricha bu suyuqlik tiriklikning hamma xossasini namoyon qiladi. M.Shleyden ham 1838 yilda o'simlik hujayrasidagi suyuqlikni o'simlik shilimshig'i deb ataydi. Sakkiz yildan so'ng G.fon Mol protoplazma terminini ishlatadi. Undan oldin bu atama 1840 yilda Ya.Purkine tomonidan ishlatilgan bo'lib, u hayvon embrioni rivojlanadigan substansiyaga shunday nom beradi.
Lekin protoplazma kimyoviy tarkibi, funksional holati jihatidan bir xil emasligi ma'lum bo'lgandan keyin oxirgi yillarda shu atama ishlatilmaydi. Hozirda hujayraning asosiy tashkil etuvchilari: yadro, sitoplazma va organoidlardir.
Hujayra ichi butun borlig'i yadrodan tashqari sitoplazmadir. Ya'ni hujayra ikki komponentdan sitoplazma va yadrodan tarkib topgan. Sitoplazma atamasini fanga Z.Strastburger 1882 yilda kiritgan. Sitoplazma: gialoplazmadan, membranali (vakuolyar tizim organoidlari, mitoxondriya, plastida) va membranasiz komponentlardan (sentriola, ribosoma, mikronaycha, mikrofilamentlar) va kiritmalardan iborat.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə